Tijorat banklari faoliyatini


jadval Aksiyadorlik jamiyatlarining xo‘jalik yurituvchi sub’ekt sifatidagi



Yüklə 152,79 Kb.
səhifə4/13
tarix10.06.2023
ölçüsü152,79 Kb.
#116601
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
bank tizimida

jadval Aksiyadorlik jamiyatlarining xo‘jalik yurituvchi sub’ekt sifatidagi


ijobiy jihatlari va kamchiliklari13



Ijobiy jihatlari

Kamchiliklari

Aksiyadorlarning son tarkibiga hech qanday cheklashlarning yo‘qligi. Ya’ni, investor sifatida har qanday mablag‘ egasining ishtirokini ta’minlay olishi. Shu bilan birga aholi bo‘sh pul mablag‘larini real sektorga jalb etishning samarali
vositasi bo‘lishi

Ortiqcha tashkiliy harakat va xarajatlarni talab etishi. Ya’ni jamiyatni shakllantirish va samarali faoliyatini tashkil etishdagi murakkabliklar.

Usiav kapitalining aksiyalarga bo‘linishi. Ya’ni aktivlar egaligining diversifikatsiyasi

Davlat tomonidan nazoratning kuchliligi va xuquqiy tartibga solinishi

Jamiyai majburiyatlari bo‘yicha aksiyadorlarning javobgarligi, faqat ustav kapitalidagi ulush miqdorida
cheklanganligi. Mulkiy riskning kamayishi

Jamiyat daromadlari va mulkdor (aksiyador)lar mulkiy daromadlari yuzasidan sezilarli soliq yuki mavjudligi

Aksiyalar tovar sifatida erkin oldi-sotdi jarayonlarining predmeti bo‘lishi. YA’ni, egalikning o‘zgarishi jamiyat aktivlari va aksiyadorlarga nisbatan xuquq va
majburiyatlarni o‘zgarmasligi

Jamiyat faoliyatini boshqarish va yollanma menejerlarning qo‘shimcha rag‘batlantirilishi bilan bog‘liq katta xarajatlar

Katta hajmdagi pul mablag‘larining jalb qilish imkoniyati orqali innovatsion
g‘oyalar va fan-texnika yutuqlarini joriy etish imkoniyati mavjudligi

Axborotlarning oshkoraligi. Ya’ni, oshkoralik tamoyillari qo‘llanilishi natijasida tijorat sirlari oshkora bo‘lishi

Ko‘psonli aksiyadorlar o‘rtasidafoydataqsimlanishi orqali o‘rta tabaqasinfi shakllanishi va jamiyat
farovonligidarajasi ortishi

Ko‘pchilik mulkdor (aksiyador)lar, davlat va boshqa manfaatdor tomonlarning manfaatlari uyg‘unligini ta’minlashzarurati

Ishchi xodimlarning aksiyador sifatidajamiyat mulkiga munosabatini o‘zgartishga
erishish va h.k.

Jamiyatga mulkiy aloqador bo‘lmaganshaxslarning boshqaruvdagi ishtirokivah.k.

Bunga ko‘ra, aksiyadorlik jamiyatlarining ijobiy jihatlari va kamchiliklarini boshqaruv jarayonida, manfaatlar to‘qnashuvida hamda davlat va jamiyatning


rivojlanishidagi o‘rni hisobga olinishi har bir korporativ boshqaruv ishtirok etuvchi tomonlarning samarali faoliyatini ta’minlaydi.
Korporativ boshqaruvda mavjud muammolarni bartaraf etish nazariy jihatdan ham, amaliy jihatdan ham muhim ahamiyat kasb etishini e’tirofetib, iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash sharoitida mazkur faoliyat muammolarini tadqiq etuvchi nazariy ishlanmalar va amaliy asoslarning sezilarli darajada zamon talabidan ortda qolayotganligi va shu sababli ushbu muammolar echimi bo‘yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqish zarurligini alohida qayd etish o‘rinlidir.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda fond bozorlarini shakllantirish jarayonlari bo‘yicha jahon tajribasiga ko‘ra, mazkurbozorning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi ko‘p jihatdan investitsion infratuzilmaning o‘z vaqtida shakllantirilishiga bog‘liq.
O‘zbekiston fond bozori shakllanishining xususiyati shundan iboratki,fond bozorida faoliyat yurituvchi emitentlar va investorlar kapitalbozorining imkoniyatlariga yaqin yillardan boshlab tushuna boshlamoqda vaulardan foydalanishga harakat qilmoqda. Shu bilan birga, bu ikki toifaga xizmat qiluvchi vositachi tomon – ixtisoslashtirilgan infratuzilma institutlari fond aktivlari bilan ishlash amaliy tajribasi hali kam bo‘lib,ularning rivojlanish darajasi milliy iqtisodiyotning o‘sib boruvchi ehtiyojlaridan orqada qolmoqda.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. Mirziyoyev ta’kidlaganidek,“Bugungi kunda ko‘plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida etakchi o‘rin tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so‘zsiz isbotlab bermoqdaki,raqobatbardoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o‘zgartirish vadiversifikasiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash, faoliyat ko‘rsatayotgan quvvatlarni modernizasiya qilish va texnikyangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi mumkin”14.


14SH. Mirziyoyev. 2021 yil - Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘taradigan yil bo‘ladi. //Xalq so‘z, 2021 yil 20 yanvar.
Shunday ekan, iqtisodiyotni isloh qilishning yangi bosqichi- modernizatsiyalash jarayonlarida, ham mulkchilik shakli, ham ishlab chiqarish munosabatlari bo‘yicha xo‘jalik yuritishning bir-biridan farqlanuvchi usullarinirag‘batlantirish zarurati yuzaga keladi. Korporativ boshqaruv biznesda odatda uzoq muddatli maqsadlarga erishish imkonini yaratadi hamda ushbu mexanizm orqali investorlar manfaatlarining yollanma menejerlar manfaatlari bilan o‘yg‘unlashishi sodirbo‘ladi.
Potensial investorlar sinfini shakllantirish, investitsiyalarni kengko‘lamda jalb qilish orqaligina «biznesni, kapital to‘plashni kengaytirish» haqiqatda mumkinligini mahalliy mulkdorlar hali to‘la tushunibetmayotganligi mazkur tizim rivojlanishiga salbiy ta’sir etmoqda.
Korporativ boshqaruv jarayonida sub’ektlar harakatini ta’minlovchi asosiy vosita bu iqtisodiy munosabatlarni vujudga keltiruvch imexanizmlardir. Korporativ boshqaruv harakatini ta’minlovchimexanizmlarning mohiyati ko‘plab adabiyotlarda tahlil etilgan va iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy, motivatsion, siyosiy va tashkiliy mexanizmlardir. Ushbu mexanizmlar orqali ishtirokchi sub’etlar o‘zlarining manfaatlarini ro‘yobga chiqaradilar. Fikrimizcha, aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvning tahliliy natijalariga berilgan ta’riflar ularda mavjud muammoning echimi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning holatini, mavjud konunchilikni hamda jahonda tan olingan korporativ boshqaruv modellarining tamoyillarini boshqaruvdagi o‘rnini hisobga olgan holda berilgan. Biz ushbu keltirilgan fikr va mulohazalardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, korporativ boshqaruvga ta’rif berishda hamda korporativ boshqaruvning nazariy- uslubiy shaklini tasvirlashda undagi afzal jihatlar, kamchilimlar va aksiyalarning xususiyatlari hamda milliy mentalitetni hisobga olishimiz zarur. Shu nuqtai nazardan, korporativ boshqaruv umumiy maqsad yo‘lida mulkiy va boshqaruv munosabatlar ishtirokchilari (menejerlar) harakatini ta’minlash orqali manfaatdor tomonlar (ishchi xodim, kreditor, davlatva boshq.) manfaatlari ro‘yobga chiqarilishini ta’minlovchi mexanizmlar majmuidir. Bunda har bir ishtirokchi aynan shu aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari xususiyatlarini, ijobiy jihatlari va
kamchiliklarini hamda milliy va davlat manfaatlarini tushunib harakat qilishi muhimdir.



    1. Yüklə 152,79 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə