Tir convention Uzbekistan



Yüklə 3,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/163
tarix13.06.2023
ölçüsü3,25 Mb.
#116982
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163
TIR Convention Uzbekistan

2.1.
1975 YILGI
XYT KONVENSIYANING 
MATNI (JUMLADAN TUSHUNTIRISH 
XATLARI VA SHARHLAR)
XYT KITOBCHASIDAN FOYDALANGAN HOLDA YUKLARNI XALQARO 
TASHISH TO‘G‘RISIDAGI BOJXONA KONVENSIYASI (1975 YILGI
XYT 
KONVENSIYASI) 
AHDLASHUVCHI TOMONLAR,
Yo‘l transport vositalari orqali yuklarni xalqaro tashishni soddalashtirishga 
ko‘maklashish ISTAGIDA,
Tashishlarni yaxshilash ular o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning 
muhim omillaridan biri deb HISOBLAB, 
Xalqaro 
tashishlar 
sohasida 
ma’muriy, 
xususan, 
chegara 
rasmiyatchiliklarini soddalashtirish va uyg‘unlashtirish foydasiga SO‘ZLAB,
Quyidagi KELISHUVGA KELDILAR:
I bob
UMUMIY QOIDALAR
A) TA'RIFLAR
1-modda
Ushbu Konvensiyani qo'llashda:
a) 
"XYT tashish" atamasi mazkur Konvensiyada o‘rnatilgan XYT tartibiga 
rioya qilgan holda jo‘natish joyidan belgilangan joyning bojxonasigacha 
yuk tashishni anglatadi;
(ECE/TRANS/17/Amend.21, 2002 yil 12 mayda kuchga kirgan)
b) 
"HYT operatsiyasi" atamasi mazkur Ahdlashuvchi tomonda jo‘natish joyi 
yoki kirish bojxonasidan (oraliq bojxonasidan) belgilangan joy yoki chiqib 
ketish bojxonasigacha (oraliq bojxonasigacha) amalga oshiriladigan XYT 
tashishning bir qismini anglatadi.
(ECE/TRANS/17/Amend.21, 2002 yil 12 mayda kuchga kirgan)


1 b) moddaga tushuntirish xati 
0.1
b) 1 b) moddada shu narsa nazarda tutiladiki, jo‘natish joyi yoki belgilangan
joyning bir nechta bojxonasi bitta yoki bir nechta mamlakatda bo‘lganida, bitta
Ahdlashuvchi tomonda bittadan ortiq XYT operatsiyasi amalga oshirilishi
mumkin. Bunday vaziyatlarda ikkita ketma-ket joylashgan bojxonalar o‘rtasida
amalga oshiriladigan XYT tashishning milliy qismi, ular jo‘natish joyi,
belgilangan joy bojxonasi yoki oraliq bojxonalar bo‘lishidan qat’iy nazar, XYT
operatsiyasi sifatida ko‘rilishi mumkin.
(ECE/TRANS/17/Amend.25, 2005 yil 1 oktabrda kuchga kirgan) 

Yüklə 3,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə