Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Mehnat bozorining boshqa muhim nazariy qoidasi – uni oʻz-



Yüklə 2,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/116
tarix11.05.2023
ölçüsü2,07 Mb.
#109714
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116
4295-Текст статьи-10704-1-10-20220205 (1)

Mehnat bozorining boshqa muhim nazariy qoidasi – uni oʻz-
oʻzini hududiy ifodalash haqidagi tasavvuri
. Xodim hatto 
yollanganda ham, oʻzining “mehnatga qobiliyatlari”ni qayta ishlab 
chiqarishga ehtiyojini boshidan doimiy kechira borib, bozor bilan 
aloqasini uzmaydi. 
Bundan tashqari, xodim eng yaxshi sharoitlarni qidira borib, bir 
yollovchidan boshqasiga oʻtishga tabiiy intilishi ham mavjuddir. 
Amaliyotning koʻrsatishicha, ishlab chiqarish kuchlari darajasi 
qanchalik yuqori boʻlsa, migratsion faollik ham shunchalik jadaldir. 
Bunda xodimlarning bir qismi mehnat bozorida vaqti-vaqti bilan paydo 
boʻlib, vaqtincha ishlab chiqarishda ishtirok etmaydi. Prof.
V. Kulakovning hisob-kitoblariga koʻra, ish bilan band boʻlganlarning 
katta qismi shunday harakatda boʻladi: har yili sanoatda 35% gacha, 
qurilishda 40% , temiryoʻl transportlarida 37% ishtirok etadi [5, 15-6]
2

Shuning uchun mehnat bozori ijtimoiy bozor iqtisodiyoti va 
ijtimoiy-mehnat sohasining tarkibiy qismidir. Ilmiy va oʻquv 
adabiyotlarida mehnat bozorining oʻnlab ta’riflari keltiriladi. Masalan, 
yangi sinfiy maktabni yaratuvchilar D. Gilder, A. Laffer, M. Feddstayn, 
R. Xollar mehnat bozorini ichki bir xil boʻlmagan va g‘oyat oʻsuvchi 
hamda bozor qonunlariga boʻysunuvchi tizim sifatida qaraydilar. Narx-
navo mexanizmi uning asosiy regulatori boʻlib xizmat qiladi. 
Mehnat narxi va ish haqi darajasi ishchi kuchiga talab va taklifga 
ta’sir qiladi, ular oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga soladi, kerakli 
mutanosiblik va muvozanatni saqlaydi. Tabiiy bozor mexanizmlariga 
koʻra, ishchi kuchi narx-navo, bozor konyunkturasiga tez va epchillik 
bilan javob beradi, uning haqiqiy ehtiyojiga muvofiq koʻpayadi yoki 
2
Manba “Asosiy adabiyotlar”dagi tartib raqami bo‘yicha ko‘rsatilgan. 



kamayadi. Jadal mehnat bozori sharoitlarida ishsizlik – mehnatga 
layoqatli aholining band boʻlmagan qismi davra aylanishi vazifasini 
bajaruvchi tabiiy hodisa. 
Keynsman maktabining asoschisi J. Keyns oʻz konsepsiyasini 
«Bandlik, foiz va pullarning umumiy nazariyasi» nomli kitobida bayon 
qilgan. U mehnat bozorini sustkash, statistik tizim sifatida koʻrib 
chiqadi, ishchi kuchi narxi (ish haqi)ni yetarli darajada qat’iy, deb qayd 
etadi. Majburiy ishsizlikning mavjudligi majmuaviy samarali talab 
yetishmasligi bilan asoslangan, uni budjet va kredit-pul tartibiga 
solishning samarali (ekspansiyanistik) choralari yo‘q kilishi mumkin. 
Talabning yetishmasligi mehnatga pul toʻlashning uning pasayishi 
tomoniga egiluvchan emasligi oqibatida vujudga keladi, buning 
natijasida talab pasayganda ishlab chiqarish hajmi va bandlik qisqaradi, 
ish haqining nominal stavkalari oʻzgarishsiz qoladi. Davlat bozorni 
tartibga solib boruvchi vazifasini oʻtaydi, u majmuaviy talabni oshirib 
yoki pasaytirib, ushbu tengsizlikni yoʻq qilishi mumkin. Ishchi kuchiga 
jami talab investitsiya va ishlab chiqarish hajmlari bilan tartibga 
solinadi. 
Prof. V.A. Pavlenkov ta’kidlaydiki, bozor iqtisodiyotida mehnat 
bozori yollanib ishlashga qodir kishilarning barchasini: ham yollanma 
mehnat bilan band boʻlganlar va band boʻlmaganlarni qamrab oladi [8, 
15-6.]. A.A. Nikiforova esa boshqa umumiy ta’rifni taklif etadi: 
«Mehnat bozori rivojlanishining darajasi va bozorda ishtirok etuvchi 
kuchlar: tadbirkorlar, mehnatkashlar va davlat oʻrtasida ma’lum davrda 
erishilgan manfaatlar balansini aks ettiruvchi ijtimoiy munosabatlar 
tizimi sifatida vujudga kelgan» [7, 15-6.]. 

Yüklə 2,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə