Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


oʻsuvchi va ochiq, ijtimoiy-iqtisodiy tizimchasidir



Yüklə 2,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/116
tarix11.05.2023
ölçüsü2,07 Mb.
#109714
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   116
4295-Текст статьи-10704-1-10-20220205 (1)

oʻsuvchi va ochiq, ijtimoiy-iqtisodiy tizimchasidir

1.2. Mehnat bozorining ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni 
 
Respublikamiz uchun mehnatga qobiliyatli aholining ish bilan 
bandligini oshirish bo‘yicha muammoni hal qilishning eng samarali 
vositalaridan biri boʻlgan mehnat bozorining ijtimoiy-iqtisodiy 
mazmunini tadqiq qilish katta ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Ularni 
oʻrganish quyidagi demografik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlarning 
inobatga olinishini taqozo etadi:
– respublikada mehnatga qobiliyatli aholining 60% dan ortig‘i 
qishloq joylarda yashaydi va yalpi ichki mahsulotning (YaIM) 40% dan 
koʻprog‘ini ishlab chiqaradi;
– noqishloq xoʻjaligi ishchi joylari yetishmasligi sababli ish bilan 
band boʻlmagan qishloq mehnat resurslari ulushi respublikaning ish 
bilan band boʻlmagan butun aholisining 60% dan ortig‘ini tashkil qiladi 
va ularning soni oʻsmoqda;
mehnatga qobiliyatli, ish bilan band boʻlmagan qishloq 
mehnatkashlari malakasi va safarbarligining pastligi ularning yashash 
joylaridan shaharga va mamlakatning kam mehnat bilan ta’minlangan 
hududlariga hamda xorijiy davlatlar obyektlariga qarab harakat 
qilishlariga asosiy toʻsiq boʻlmoqda;


10 
– mehnat resurslari sonining mehnatni tatbiq etish mintaqalarga 
nisbatan tezroq oʻsishi yashirin ishsizlikni, ayniqsa, qishloq xoʻjaligida 
ishchi kuchini taklif etish unga talabdan oshib ketadigan darajada 
koʻpayishiga bevosita yordam beradi
– qayta ishlash sanoati, qurilish va xizmat koʻrsatish korxonalari 
hamda xususiy xoʻjaliklarda yangi ishchi joylarini yaratish yoʻli bilan 
ishchi kuchi talabi va taklifi oʻrtasidagi ratsional nisbatni ta’minlash 
uchun haqiqiy imkoniyatlar mavjud.
Bozor iqtisodiyoti davrida mehnat bozorini «mehnatga 
qobiliyatli» ishchi kuchini xarid qilish-sotishni amalga oshiruvchi tizim 
sifatida koʻrib chiqish oʻrinli. Shuning uchun u ijtimoiy yo‘naltirilgan 
bozor iqtisodiyoti va ijtimoiy mehnat sohasining ochiq, murakkab, koʻp 
aspektli va oʻsuvchi tizimchasi boʻlib, ishchi kuchiga talab va taklifning 
hajmi, tarkibi va nisbatini shakllantiruvchidir. Mazkur bozor ishchi 
kuchiga talab va aholining taklifini tartibga solishda bevosita ishtirok 
etadi va oqilona bandlikning shakllanishi hamda ishsizlikni 
kamaytirishga koʻmaklashadi. 
Mehnat bozori tarkibiy qismining asosiy elementlariga 
quyidagilar kiradi: 

Yüklə 2,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə