Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Aholining ish bilan oqilona bandligini ta’minlash va



Yüklə 2,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/116
tarix11.05.2023
ölçüsü2,07 Mb.
#109714
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116
4295-Текст статьи-10704-1-10-20220205 (1)

Aholining ish bilan oqilona bandligini ta’minlash va 
ishsizlikni kamaytirishning samarali mexanizmlaridan biri 
mehnat 
bozorini 
maqsadga 
muvofiq 
shakllantirish 
va 
rivojlantirish hamda uni tartibga solish hisoblanadi
. Bu, ishchi 
kuchiga talab va taklif oʻrtasidagi uzviy aloqalar va ziddiyatlarni, ular 
hamkorligining samaradordik mezonlarini aniqlashga, qishloq 
mehnatkashlari kasb malakasini oshirishning asosiy yo‘nalishlarini 
belgilashga hamda jonli mehnat resurslarini “ortiqcha” va ish joylari 
“taqchil” sharoitlarda ishchi kuchiga talab va taklifni makroiqtisodiy 
tartibga solishga, pirovardida ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy tadbir-
larni maqsadga muvofiq ravishda ishlab chiqishga samarali imkon 
beradi. 
Bunday tadbirlarni ishlab chiqish sodir bo‘layotgan jarayonlarni 
chuqur o‘rganishni, mehnat bozorining shakllantirilishi va rivojlan-
tirilishining eng muhim muammolarini va ularni ijobiy yechish 
yo‘llarini aniqlashni taqozo qiladi. Bu yo‘llarni to‘g‘ri topish esa 
“Mehnat bozori iqtisodiyoti” fanining nazariy va amaliy asoslarini 
mukam-malroq, o‘rganishni talab etadi. 
Mazkur fanning maqsadi – talabalarga mehnat resurslari 
bilan ko‘p ta’minlangan respublikamiz uchun xarakterli bo‘lgan 
ishchi kuchiga talabni oshirish va uning taklifini kamaytirish 
bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyanomalar ishlab chiqishni 
o‘rgatishdan iborat
. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda mazkur 
fanning 
asosiy vazifalari
etib quyidagilar belgilanadi: 
– “mehdat bozori” tushunchasi va uning tarkibiy qismlarini 
o‘rganish; 
– mehnat bozori shakllanishi va unga ta’sir etuvcha omillar, shart-
sharoitlar, tamoyillar va cheklovchilarni aniqlash; 



– mehnat bozori rivojlanishining asosiy bosqichlari va ularning 
ijtimoiy-iqisodiy tadbirlarini belgilash; 
– mehnat bozoridagi ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solib, 
usullarini o‘ganish; 
– mehnat bozorini tahlil qilishning aniq, sotsiologik tadqiqot 
usulini o‘rganib, uni qo‘llash metodikasi bilan tanitish; 
– ishchi kuchiga talab va taklifning yaqin kelajakdagi holatini 
istiqbollashtirish asoslarini o‘rganish; 
– mehnat bozori rivojlanishining maqsadli kompleks dasturini 
tuzishni o‘rgatish. 
«Mehnat bozori iqtisodiyoti» fani «Mehnat iqtisodiyoti», 
«Xodimlarni boshqarish», «Iqtisodiy nazariya», «Makroiqtisodiyot», 
«Mikroiqtisodiyot, «Marketing» va «Menejment» kabi iqtisodiy 
fanlar bilan uzviy bog‘langan. 




Yüklə 2,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə