Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 2,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/116
tarix11.05.2023
ölçüsü2,07 Mb.
#109714
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116
4295-Текст статьи-10704-1-10-20220205 (1)

I BOB 
 
MEHNAT BOZORINING MOHIYATI, IJTIMOIY 
IQTISODIY MAZMUNI, ASOSIY VAZIFALARI VA XUSU-
SIYATLARI 
 
1.1. Mehnat bozorining mohiyati va tushunchalari 
 
Hozirgi vaqtda oʻtish davri iqtisodiyotining oldida turgan dolzarb 
muammolardan biri – mehnat bozorini samarali shakllantirish va 
rivojlantirishdir. Buning uchun, hammadan avval ijtimoiy va iqtisodiy 
tizimlar rivojlanishining obyektiv qonunlaridan savodli foydalanish 
zarur. 
Ma’lumki, taraqqiyot sohibi boʻlib xizmat qilgan inson jami-
yatning asosiy ishlab chiqarish kuchi hisoblanadi. U bir vaqtning oʻzida 
moddiy boyliklar va xizmatlarning ishlab chiqaruvchisi va iste’mol 
qiluvchisi boʻlganligi tufayligina «Ishlab chiqarish - iste’mol» tizimida 
muvozanatga erishiladi. Faqat inson ehtiyojini juda muhim deb bilgan 
va uning samarali takror ishlab chiqarilishini ta’minlagan jamiyatgina 
eng yuqori taraqqiyotga erishadi. Jamiyatning boshqa barcha vositalari: 
mulkchilik shakllari, ishlab chiqarish va ilmiy salohiyat, moliya, narxlar 
va h.k.lar ushbu asosiy maqsadga boʻysunishi kerak. Bu degani
bugungi bozorga qarab, iqtisodiy tizim harakatini toʻg‘ri moʻljalga 
olish, oʻtish davrini tezlatish yoxud sekinlashtirishdir. 
Mehnat bozori – bozorning boshqa barcha tizimchalari bilan 
uzviy bog‘langan
. Haqiqatan ham, talabga ega boʻlish uchun ishchi 
kuchi jismoniy, aqliy va kasbiy qobiliyatlarning belgilangan majmu-
asiga ega boʻlishi kerak. Ishlab chiqarish jarayoniga bu qobiliyatlarni 
tatbiq eta turib, u oʻz iste’mol sifatlarini yoʻqotmasligi uchun doimo 
qayta ishlab chiqarilishi lozim. Nafaqat oʻzini qayta ishlab chiqarish
balki mehnat resurslari va butun aholining sifat koʻrsatkichlari ham 
yaxshilanishini rag‘batlantirib borib, kelajakda qayta ishlab chiqarish-
ga asos solishi kerak. Bundan kelib chiqadiki, mehnat bozorida raqobat 
xodimning mehnat qobiliyatini takomillashtiruvchi asosiy kuch sifatida 
mavjud boʻlishi lozim. 
Boshqa tomondan, «mehnatga qobiliyatlar» egasi doimiy qayta 
ishlab chiqarishga ehtiyojlarni boshidan kechira turib, buning ustiga har 



doim yangi, eng yuqori sifat darajasida, shunday ish beruvchini 
qidiradiki, u bu qobiliyatlardan eng foydali sharoitlarda foydalana olsin.
Shu munosabat bilan ishchi kuchiga talabni shakllantiruvchi 
tizimchada xuddi shunday oʻzgarishlar sodir boʻlishi, ya’ni xaridorlar – 
mulkdorlar oʻrtasida raqobat paydo boʻlishi kerak. Faqat shunday 
sharoitlarda bir tomondan, xodimning iqtisodiy faolligiga va boshqa 
tomondan, ishlab chiqarish vositalari egasining bozordagi iqtisodiy 
faolligiga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga umid bog‘lash 
mumkin.

Yüklə 2,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə