Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


ishchi kuchiga talab va uning taklifi, qiymati



Yüklə 2,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/116
tarix11.05.2023
ölçüsü2,07 Mb.
#109714
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   116
4295-Текст статьи-10704-1-10-20220205 (1)

ishchi kuchiga talab va uning taklifi, qiymati, 
bahosi va yollashdagi raqobat 
(1-rasmga qarang). Talab iqtisodiyot 
tarmoqlari, ishlab chiqarish – ijtimoiy infratuzilmasi va boshqa sohalar-
ning mehnat bozoriga buyurtma bergan, ish haqi fondi, shaxsiy 
yordamchi xo‘jaliklardan daromadlar va boshqa hayotiy vositalar bilan 
ta’minlangan ishchi kuchi ehtiyojining hajmi va tarkibini aks ettiradi. 
Taklif yollanma sharti bilan ishga ega boʻlishdan manfaatdor ishchi 
kuchining miqdor va sifat (soni, jinsi, yoshi, ma’lumoti, kasbi, malakasi, 
millati, ishlab chiqishi, daromadi va boshqalar boʻyicha) tarkibini 
ifodalaydi.
Mehnat bozoridagi ishchi kuchining taklifi murakkab demografik 
choʻzilishga ega. Avvalambor, aholining umumiy sonidan yollanib ish-
lashga qodir, ya’ni mehnat salohiyatiga ega boʻlib, uning egasi - xodim 
mehnat bozorida uni taklif qilishdan, tadbirkor esa uni oʻz korxonasida 
belgilangan vaqt davomida foydalanish uchun yollanishidan manfaat-
dor qismini ajratish kerak.


11 


12 
Aholining umumiy sonidan ikkita yirik guruhni ajratish mumkin:
1) yollanib ishlashga qodir mehnatga layoqatli va undan yuqori 
yoshdagi aholi;
2) yollanib ishlashga qodir boʻlmagan mehnatga layoqatli yoshdan 
kichik va kattaroq aholi. 
Birinchi guruh quyidagi guruhchalarga boʻlinadi:
a) iqtisodiyot sektorlarida yollanish boʻyicha band boʻlganlar; 
b) yollanish boʻyicha band boʻlmaganlar; 
d) ish qidirib erkin harakat qiluvchi shaxslar. 
Ikkinchi guruh ham guruhchalarga boʻlinadi: 
a) mehnatga qobiliyatli yoshdan kichik aholi, ya’ni 16 yoshgacha 
boʻlgan oʻsmirlar;
b) mehnatga qobiliyatli yoshdan keksarok aholi, ya’ni yoshi va 
nogironligi tufayli ishlamayotgan nafaqaxoʻrlarning asosiy qismi.

Yüklə 2,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə