Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 1,89 Mb.
səhifə41/201
tarix21.05.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#111746
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   201
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Idrok qilish va diqqat

Idrokning aniqligi va samaradorligiga bevosita aloqador bo’lgan psixik jarayonlardan biri – diqqatdir. Shuning uchun ham uyqusirab o’tirib ma’ruza tinglagan talabaning o’sha ma’ruza matnini idrok qilishi qay darajada bo’lishi mumkinligini tasavvur qilish qiyin emas. Shuning uchun ham biz diqqatimizni kerakli obyektda ushlash uchun, yuqorida misolda talabaning ma’ruzani to’la idrok qilishi uchun konspekt qilish kerakligi tavsiya etiladi. Chunki shu paytda ongimiz eshitayotgan so’zlarning mazmuniga qaratilgan bo’ladi. Demak, diqqatshunday psixik jarayonki, uning yordamida ongimiz o’zimiz uchun ahamiyatli bo’lgan narsalar, hodisalar, predmetlar mohiyatiga qaratiladi. Ya’ni, diqqat – ongning yo’nalganligini tushuntiruvchi psixik jarayondir. Gap shundaki, bizni o’rab turgan borliq va undagi hodisa va predmetlar dunyosi shunchalik murakkab va turfaki, biz ongimizni bir vaqtda ularning barchasiga birdan yo’naltira olmaymiz. Diqqat shuning uchun kerakki, u bizga ayni vaqtda kerak bo’lgan obyektni shu turfaning orasidan ajratib, uni o’rganish yoki tanishishga imkon beradi. Masalan, o’qituvchining savoliga javob berayotgan o’quvchini tasavvur qiling: gapirayotib, barmoqlari bilan daftarining qirg’og’ini hadeb buklayotganligini o’zi sezmaydi. O’qituvchining “Daftarni tinch qo’y”, degan tanbehdan so’nggina diqqatini o’zi amalga oshirayotgan harakatga yo’naltiradi.


Hozirgi paytda reklama sohasi ham O’zbekistonda rivojlana boshlayapti. O’sha reklama beruvchilar xaridorlarning diqqatini u yoki bu tovarga jalb etish uchun uning zaruratini bizdagi tabiiy ehtiyojlarga, bizga tanish bo’lgan mashhur shaxslar hayotiga o’qish yoki mehnatimiz sharoitlariga bog’lashi bejiz emas. Chunki biz diqqatimizni bevosita o’zimizga kerak bo’lgan, muhim va ahamiyatli obyektlarga qaratamiz. Agar ma’ruzada o’tirib, juda qorningiz ochgan bo’lsa, diqqatingiz ko’proq oshxonaga yoki uyga ketaveradi, lekin darsning tugashigacha qolgan vaqt ham rosa chuzilayotganday tuyuladi. Bu misollar idrokimizning va ongli hayotimizning diqqat jarayoniga nechog’lik bog’liqligini yana bir marotaba isbotlaydi.
Diqqatning asosan ikki xil turi farqlanadi: ixtiyoriy va beixtiyor diqqat. Agar ixtiyoriy diqqat shaxs ongining bevosita o’zi uchun ahamiyatli obyektlarga ataylab jalb etishi bo’lsa, (masalan, ma’ruzani to’la tushunish uchun talabaning urinishlari) beixtiyor diqqat narsa va hodisalarning mazmun va mohiyati, jozibasiga bog’liq tarzda ongimizning ma’lum narsalarga yo’nalganligidir. Masalan, tijorat do’konida mashhur aktyor kiyib rol o’ynagan ko’ylak qizlarning diqqatini beixtiyor o’ziga tortadi.



17-rasm. Diqqatni jalb etishning universal qoidalari (qonunlari)


1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə