Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə359/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
356 
innovatsion texnologiyalardan uzviy, integrativ asosda foydalanish bugungi kun 
talabidir. 
Zamonaviy rivojlangan jamiyatga ilmli, ma‘naviyatli, barqaror rivojlanish 
talablariga javob beradigan, respublikamiz kelajagi uchun qayg‗uradigan intellektual 
yetuk avlodni tarbiyalash zarur. O‗zbekiston Respublikasida ta‘limning barcha 
bosqichlarida chet tilini o‗qitishning asosiy maqsadi o‗rganuvchilarning ko‗p 
madaniyatli dunyoda kundalik, ilmiy va kasbga oid sohalarda faoliyat olib borishi 
uchun chet tilida kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishdan iborat [2, 102-b.].
Chet tili kommunikativ kompetensiyasi - o‗rganilayotgan chet tili bo‗yicha 
egallagan bilim, ko‗nikma va malakalarni muloqot jarayonida qo‗llash qobiliyatidir. 
Lingvistik kompetensiya til materiali (fonetika, leksika, grammatika) haqida bilimlar 
va nutq faoliyati turlari (tinglash, gapirish, o‗qish va yozish) bo‗yicha ko‗nikmalarni 
egallashni nazarda tutadi. Sotsiolingvistik kompetensiya so‗zlovchining biror bir 
nutqiy vaziyat, kommunikativ maqsad va xohish-istagidan kelib chiqqan holda 
kerakli lingvistik shakl, ifoda usulini tanlash imkonini yaratadi. Sotsiolingvistik 
kompetensiya ijtimoiy-madaniy kompetensiyani o‗z ichiga olib, autentik nutqning 
milliy xususiyatlarini: o‗zi yashayotgan mamlakatning urf-odatlari, qadriyatlari, 
marosimlari va boshqa milliy-madaniy xususiyatlarni bilish hamda tili 
o‗rganilayotgan mamlakat bilan taqqoslagan holda taqdim eta olish qobiliyatini 
ko‗zda tutadi. Pragmatik kompetensiya o‗rganilayotgan chet tilida kommunikativ 
vaziyatda tushunmovchiliklar paydo bo‗lganda takroran so‗rash, uzr so‗rash va 
hokazolar orqali murakkab vaziyatlardan chiqib keta olish qobiliyatini nazarda tutadi. 
Mazkur standartda diskurs kompetensiyasi pragmatik kompetensiya tarkibiga 
kiritildi. Mazkur kompetensiya og‗zaki yoki yozma nutqda fikrlarni tegishli til 
vositalari orqali ifodalashni nazarda tutadi. Diskurs kompetensiyasi og‗zaki yoki 
yozma nutqdagi izchillikni ta'minlashda lingvistik signallarni tushunish va 
interpretatsiya qilish ko‗nikmalarini nazarda tutadi. 
Ta‘lim tizimidagi bugungi ijtimoiy talablar axborotlashtirish jarayonlarini 
rivojlantirishni taqozo qilmoqda. Oliy ta‘limni zamonaviy rivojlanish talablariga 
moslashtirish, fanlardan elektron ta‘lim resurslarini takomillashtirish, talabalarning 
elektron manbalar bilan faol muloqotni ta'minlash, mustaqil ta‘limni amalga 
oshirishda o‗z-o‗zini baholash, zaruriy ma‘lumotni tezkor izlab topish va yuzaga 
kelayotgan 
muammolarni 
xal 
qilishda 
undan 
foydalanish 
ko‗nikmalarini 
shakllantirishni nazarda tutadi. Shu nuqtayi nazardan, ta‘lim sifati ko‗rsatkichlaridan 
biri kompetentlik hisoblanadi. Inglizcha "competence" tushunchasi lug‗aviy jihatdan 
bevosita ―qobiliyat‖ ma‘nosini ifodalaydi. Mohiyatan esa faoliyatda nazariy 
bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va 
iqtidorni namoyon qila olishni anglatadi [3, 174-b.]. 



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə