Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə360/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
357 
Kompetentlik – ma‘lum fan sohasida samarali faoliyat olib borish uchun 
bilim va tajribalarni egallash. Kompetentlik (lotincha competens- mos keladigan, 
muvofiq keladigan, qobiliyatli, bilimli) qaysidir sohada har tomonlama mukammal 
bilim egallagan shaxsga xos sifat va qarashlar bo‗lib, shuning uchun salmoqli, nufuzli 
hisoblanadi. Kompetentlik tarkibiga sof kasbiy bilim, ko‗nikma va malakalardan 
tashqari tashabbuskorlik, hamkorlik, guruhda ishlash layoqati, kommunikativ 
qobiliyat, real baholay olish, mantiqiy fikrlash, axborotni saralash va foydalana olish 
kabi sifatlar ham kiradi. "Competence" so‗zi "to compete" so‗zidan kelib chiqqan 
bo‗lib, ―musobaqalashmoq‖, ―raqobatlashmoq‖, ―bellashmoq‖ degan ma'noni 
bildiradi. So‗zma-so‗z tarjima qilinsa, ―musobaqalashishga layoqatlilik‖ degan 
ma‘noni ifodalaydi. Ilmiy pedagogik, psixologik manbalarda keltirilishicha
kompetensiya, kompetentlik o‗ta murakkab, ko‗p qismli, ko‗pgina fanlar uchun 
mushtarak bo‗lgan tushunchalardir. Shu boisdan uning talqinlari ham hajmi ham 
tarkibiga ko‗ra, ham ma'nosi, ham mantiqiy mazmuni jihatidan turli-tumandir. 
Atamaning mohiyati, shuningdek, ―samaradorlik‖, ―moslashuvchanlik‖, ―yutuqlilik‖, 
―muvaffaqiyatlilik‖, ―tushunuvchanlik‖. ―natijalilik‖, ―o‗quvlilik‖, ―xususiyat‖, 
―sifat‖, ―miqdor‖ kabi tushunchalar asosida ham tavsiflanmoqda. ―Kompetentlik‖, 
―kompetensiya‖ tushunchalarining tavsiflarida quyidagi holatlarga alohida e‘tibor 
qaratiladi: bilimlar majmuining amalda qo‗llanishi; shaxsning o‗quvi, xislatlari, 
fazilatlari; amaliy faoliyatga tayyorlik darajasi; muammolarni hal qilish, amalda zarur 
natijalarni qo‗lga kiritish layoqati; shaxsning kasbiy faoliyatini ta'minlovchi bilim, 
ko‗nikma, malakalar yaxlitligi: faollashgan (amaliyotga tatbiq qilingan) o‗quv, bilim, 
tajribalar majmui; shaxsning maqsadga yo‗naltirilgan emotsional iroda kuchi [4, 15-
b.]. 
Kompetentlilik faqatgina bilim va ko‗nikmalar yig‗indisi bo‗libgina qolmay, 
balki talabalarning egallagan bilimlarini mobillashtirish va amaliyotda muayyan 
vaziyatlarda qo‗llay olishi bilan ham tavsiflanadi. O‗z egallagan bilim, ko‗nikma va 
malakalarini hayotda qo‗llay olish tajribasi deb qarash kerak. Bunday ta‘limning 
asosiy vazifasi talabalarni topshiriqlarni yechish faoliyatiga va hayotiy faoliyati 
doirasida turli muammolarni xal qilishga o‗rgatish kelib chiqadi. Jahon ta‘lim 
amaliyotida ―kompetentlik‖ tushunchasi o‗zida ta‘limning intellektual va malakaviy 
tarkibini birlashtirish, ta‘lim mazmunini interpretatsiyalash g‗oyasini qamrab olish 
bilan birga madaniyat va faoliyat sohalaridagi keng qamrovli qator ko‗nikma va 
malakalarni integratsiyalash tabiatiga ega [5, 125-b.]. 
O‗qituvchining kasbiy faoliyatining asosiy vazifasi talabalarga ma'lum 
bilimlarni berishdir. Shuning uchun ham o‗qituvchi nutqi shunday tashkil yetilishi va 
taqdim yetilishi kerakki, u uzatgan ma'lumot talabalar tomonidan to‗liq va 
qiyinchiliksiz idrok qilinsin. Shubhasiz, talabalar e'tiborini bo‗lajak kasb egalari nutqi 
sifatida ularning nutqi ma'lum bir baland va ravshanlik, aniqlik va ifodalilik bilan 



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə