Тошкент фармацевтика институти



Yüklə 1,6 Mb.
səhifə11/20
tarix21.03.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#32920
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20

O‘tkir pankreatit- me’da osti bezining utkir yalliglanishi. Bu kasallik oshqozon osti bezi fermentlari (proteaza, lipaza,amilaza) ning jigar o‘tining qanchadir miqdorda tushishi natijasida, faolligining oshishidan bez to‘qimasi emirilish natijasida kelib chiqadi. Bundan tashqari yog‘ almashinuvining bo‘zilishi, spirtli ichimliklarga ruju quyish, yurak qon-tomir, ut pufagi kasalliklari xam sabab bo‘ladi. Bunda og‘riq ung qovurg‘a tagida, oshqozon soxasida quproq tanani belbog‘ singari qamrab oladigan kuchli og‘riq bilan boshlanadi. Bemorda xuddi kesgandek, xurujsimon, siqib og‘riq turib elka soxasiga kuchadi. Kungil aynishi va qusish, teriningo oqarishi, qorinning dam bulishi, axlatning tutilishi, gaz yig‘ilishi kuzatiladi. Kasallikning og‘ir formasida kuchli intoksikatsiya, es-xushning buzilishi, buyrak,jigar,yurak-qon tomir tizimi faoliyatlarida buzilish kuzatiladi.

Analgetik, spazmolitiklar (no-shpa, platifillin,papaverin), proteoliz ingibitorlari (25000-100000 TB da kantrikal) beriladi. Tezda shifoxonaga yuboriladi va xirurgik davolanadi.



Peritonit-qorin pardasining utkir yallig‘lanishi. Ko‘pincha qorin bo‘shlig‘i a’zolarining teshilishi oqibatida rivojlanadi.

Belgilari: Butun qorin soxasida og‘riq, intoksikatsiya, bemorning es-xushi ayniydi va eyforiyaga tushadi, arterial qon bosimi pasaygan, puls ipsimon, ya’ni zurg‘a seziladi. Bemordan muzdek ter ajraladi, qorin shishadi, ichak peritsaltikasi (xarakati) yuq, gaz ajralmaydi, qorinda quchib yurgan suyuqlikning shovqini eshitiladi, buyrak va jigar faoliyati buziladi. Qorin devorini siylaganda uning mushaklarining qisqargan bo‘lishi natijasida u taxtaga o‘xshash qattiq xolatda bo‘ladi.

Bemorga tinch sharoit yaratish, uni yotqizib qo‘yish, qoringa muzli xalta qo‘yish va kasalxonaga etkazish zarur. O‘tkir peritonitda yordam qancha erta boshlansa, asoratlari shuncha kam va bemorning tuzalib ketishi tez bo‘ladi. CHunki kasallik faqat jarroxlik yo‘li bilan davolanadi: oshqozon, ichak, qorin bo‘shlig‘ini yuvish, mikroblarni yo‘qotish, drenaj qo‘yish, antibotiklar va boshqa antibakterial terapiya o‘tkazi, immunitetni oshirish va b. tadbirlardan iborat. SHuningdek, bemorni shok xolatidan chiqarish, ichki a’zolar faoliyatini tiklash lozim.

Me’da va 12 barmoqli ichak yara kasalligida ichakning yoki me’daning teshilishi og‘ir asoratdir.

Belgilari: Bunda tusatdan qorin soxasida pichoq urgandek sanchiq turib bemor shoka tushadi. Og‘riq kuchliligidan bemor majburiy xolat,ya’ni qulni qoringa quyib,bukchayib,tizzalari qoringa tiraladi. Ko‘zdan kechirilganda qorin pardasi taranglashgan, xarakatsiz,nafas olishda ishtirok etmaydi. Bu xolat qorinning taxta kabi qotib qolish xolati deyiladi. Koringa Kul bilan tegilganda juda qattiq og‘riq va gazlarning tutilib qolishi kuzatiladi, AB pasayadi, puls minutiga 50-60 ta, nafas olish susayadi. Me’da va 12 barmoqli ichak teshilganidan 5-6 soat utgandan sung peritonit rivojlanadi.

BTYO. Bemorni zudlik bilan kasalxonaga olib boirsh.

Bemorga ovqat va suyuqliklar berish, me’dani yuvish, tozalovchi klizmalar qilish, qorinni isitish man etiladi.

Davolash. yalliglangan a’zoning qismi olib tashlab qorin pardasini yuvib, drenaj quyiladi, sungra qolgan kismini jarroxlik usuli qullaniladi.

Me’da va 12 barmoqli ichak yarasining asoratlaridan yana biri undan qon ketishidir. Bemorning umumiy axvoli ketayotgan qon miqdoriga bog‘liq. o‘larda xolsizlik, bosh aylanishi,nafas siqilishi,qusish, kurish funksiyasining buzilishi (sharpalar paydo bulishi va atrofdagi buyumlarning 2 ta bulib kurinishi) kuzatiladi. Bemor kofe quyqasiga uxshash qusadi.Agar kon ichakka tushsa axlat qorayadi. Bemorning bezovta, terisi oqargan, sovuq ter bilan qoplangan, puls tez va kuchsiz, AB susaygan. Kup miqdorda qon yuqotish bemor xayoti uchun xavfli.

BTYO.


Bemor urinda yotish kerak, xarakat taqiqlanadi, bemorga muz parchasi beriladi, 5% li aminokapron kislota, 10% li kalsiy xlor venaga yuboriladi. Sungra kasalxonaga nosilkada olib boriladi.

O‘tkir ichak tutilishi-ichakdagi axlat massasini oshqozondan tug‘ri ichakka tabiiy xarakatlanishining tuxtashi. Turlari- mexanik va dinamik tutilish.

Mexanik turi ichak buralib qolganda, ichak bushlig‘ida chandiq bo‘lganda kuzatiladi.

Dinamik turi ichak xarakati buzilganda kuzatilib, spaztik xamda paralitik bulishi mumkin. Paralitik kurinishida qorin bo‘shlig‘ida operatsiyalardan sung va qorin parda a’zolari yallig‘langanda, umurtqa pog‘onasi va chanoq SHikastlanganda ichakning falajlanishi tufayli kelib chiqadi.

Spastik kurinishi esa nevroz, eseriya xolatida, gelmentozlarda kuzatiladi.

Belgilari: xurujsimon og‘riq, qusish, axlat va gazlarning tutilishi kuzatiladi. Kusish bir necha bor takrorlansa xam bemorning axvoli engillashmaydi. Og‘riq esa tusatdan paydo bulib kuchayadi va xurujsimon kurinishga utadi. Axlat va gazlar xarakatlanmasligi sababli ichak va qorinning tarangligi ortadi va natijada qorinda g‘uldirash ovozi eshitiladi. Intoksikatsiya belgilari, pulsning tezlashishi 120 tagacha, AB ning pasayishi kayd etiladi.

BTYO. Klizma kili shva surgi dorilardan foydalanish man etiladi. Zudlik bilan kasalxonaga olib borish va jarrohlik usuli.



CHurraning chiqib qolishiga sabab, kupincha qorin ichki bosimining ortishi ( og‘ir kutarish,kuchli tuxtovsiz yutal va x.k). Natijada churra qopchasi ichak petlyasidan tashqariga chiqib qoladi. Keyinchalik chiqib qolgan churrada oziqlanish buzilib uladiv a peritonit rivojlanadi.

Belgilari: churra soxasida tarqaluvchi kuchli og‘riq paydo buladi, churra qopchasining kattalashishi,taranglashishi, tegilganda bezillab turishi asosiy belgi xisoblanib, bundan tashqari terining oqarishi, taxikardiya. AB pasayishi,qusish kuzatiladi. Tushgan ichakni qaytadan qorin bo‘shlig‘iga o‘tmasligi, gaz va ich kelmasligi xam churrani tushganligidan darak beradi.

BTYO. CHurrani uzicha qaytadan solishga xarakat qilish, issiq vannalar qabul qilish, spazmolitiklar yuborish mumkin emas. Tezda kasalxonaga yuborilib zudlik bilan operatsiya qilinadi.

Profilaktikasi. CHurrasi bor odamni rejali ravishda operatsiya qilishdan iborat.



Bachadondan tashqari xomiladorlik-urug‘langan tuxum hujayraning bachadon bo‘shlig‘ida emas, balki bachadon naylarida rivojlanishidir. Bola kattalashgan sari bachadon nayi taranglashib boradi va yorilishga olib keladi. Bachadon nayining yorilishiga ko‘pincha qorin ichki bosimining ortishi, jismoniy zo‘riqish, og‘ir ko‘tarish sabab bo‘ladi. Bemorda qorin pastki qismida to‘satdan kuchli og‘riq turib, oraliq va to‘g‘ri ichak tomon tarqaladi. Og‘riqlar bosh aylanishi, es-xushni yo‘qotish bilan kechadi, bemorning rangi oqargan, sovuq ter bosgan, ko‘z qorachiqlari kengaygan bo‘ladi. Puls tezlashgan, yuzaki, arterial bosim pasaygan, tana harorati biroz ko‘tarilgan. Bemorning ahvoli og‘irlashib, jinsiy a’zolardan qonli ajratmalar keladi. Qorin shishgan, Yumshoq, nafas olishda ishtirok etadi, qorin pardani ta’sirlanish belgilari paydo bo‘ladi. Qonda gemoglobin va eritrostitlar miqdori kamayadi. Qon qorin parda ostiga yig‘ilgani sababli «o‘tkir qorin» belgisi va ichki qon yo‘qotish alomatlari kuzatiladi.

Bemor tezda shifoxonaga jo‘natiladi va jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi. Birinchi yordam 10 ml 10 % kalsiy xlorid venaga yoki kalsiy glyukonatni mushak orasiga, teri ostiga 30-50 ml 10 % jelatina eritmasi yuborishdan iborat. SHuningdek, 1-2 ml 1 % vikasolni mushak orasiga yuborish mumkin. Bemor nosilkaga boshi pastroq yotqizilgan holda kasalxonaga yuboriladi.




7-MAVZU

O’tkir terapevtik kasalliklar va unda BTYO(Bronxial astma.yurak ishemik kasalligi , yurak astmasi tutqanoq,buyrak sanchig‘i,miyaga qon quyilishi, diabetik komalar)

TA’LIMNING TEXNOLOGIK MODELI

ma’ruza soati: 2 soat

talabalar soni: ta

ma’ruza shakli

Bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish buyicha ma’ruza

Ma’ruza rejasi

  1. Stenokardiya kasalligi, belgilari, tibbiy yordam tadbirlari

  2. Miokard infarkti, sabablari, belgilari va tibbiy yordam tadbirlari.

  3. YUrak va bronxial astmasi, tibbiy yordam va davolash prinsiplari

  4. O‘pka shishi, unda BTYO tadbirlari.

  5. O‘tkir yurak va tomir etishmovchiligi: shok va kollaps belgilari, BTYO

  6. YUrak astmasi belgilari, BTYO

  7. Gipo va giperglikemik komalar va unda BTYO

8. Tutqanoq kasalligi va unda BTYO

Ma’ruzaning maqsadi:Talabalarga O’tkir terapevtik kasalliklar va unda ko‘rsatiladigan BTYO

Pedagogik vazifalar:

  • talabalarni o‘tkir terapevtik kasalliklar, belgilari, turlari va ularda ko‘rsatiladigan birinchi tibbiy yordam tadbirlari bilan tanishtirish

O‘quv faoliyatining natijalari:

talabalar biladilar:

  • talabalar nafas a’zolari va yurak-qon tomir kasalliklari, jumladan, bronxial astma, yurak poroklari, gipertoniya, stenokardiya,miokard infarkti, kollaps, yurak astmasi to‘grisida tushunchaga ega bo‘ladilar va o‘tkir terapevtik kasalliklarda BTYO ko‘nikmalarini hosil qiladilar.

Ta’lim usullari

seminar mashg‘ulot, tezkor so‘rov, munozara.

Ta’lim vositalari

Darslik, o‘quv ko‘rsatmalar, ko‘rgazmali materiallar

O‘qitish shakllari

Ommaviy, jamoaviy

O‘qitish shart-sharoiti

Maxsus texnika vositalari bilan jixozlangan xona

II. TA’LIMNING TEXNOLOGIK XARITASI

Ta’lim shakli. Ish bosqichi

Faoliyat

o‘qituvchiniki

Talabalarniki

Seminar mashg‘ulot: tayyorgarlik bosqichi

1-bosqich.

Ma’ruzaga kirish (10 daq)



1.1. Mavzuning maqsadi, rejadagi o‘quv natijalarini e’lon qiladi, ularning ahamiyatini va dolzarbligini asoslaydi.

Tinglaydilar, yozib oladilar


2-bosqich.

Asosiy bosqich

(60 daq)


  1. Stenokardiya kasalligi, belgilari, tibbiy yordam tadbirlari

  2. Miokard infarkti, sabablari, belgilari va tibbiy yordam tadbirlari.

  3. YUrak va bronxial astmasi, tibbiy yordam va davolash prinsiplari

  4. O‘pka shishi, unda BTYO tad-birlari.

  5. O‘tkir yurak va tomir etish-movchiligi

  6. SHok va kollaps belgilari, BTYO

  7. YUrak astmasi belgilari, BTYO

  8. Gipo va giperglikemik komalar va unda BTYO

  9. Tutqanoq kasalligi va unda BTYO

2.1.Savollar beradi.

2.2.Ma’ruzani tinglagan talaba tushunchalarini daftariga yozadi



3-bosqich.

YAkuniy


(10 daq)

3.1.Mavzu to‘g‘richa yakun qiladi, olingan bilimlarni kelgusida kasbiy faoliyatlarida ahamiyatga ega ekanligi muhimligiga talabalar e’tibori qaratiladi.

3.2.Mustaqil ish uchun topshiriq beriladi.

3.3.Kelgusi mashg‘ulot uchun mavzusi: Reanimatsiya usullari tug‘risida tushuncha.Zaharlanishlar (ilon, chayon, qoraqurt chaqqanda, petsitsidlar, zaharli o‘simliklar, dorilardan zaharlanish) va BTYO beriladi.

Savollarga javob beradi



Savollar berishadi

1-ilova

Pedagogik texnologiya usullari.

Miyaga xujum” uslubida 4-5 talabalardan iborat kichik guruxlar tuziladi, ularga savollar beriladi, javobga vaqt ajratiladi. Talabalar javoblarni ochiq muxokama qilishadi, javoblar g‘oyalarga aylanishi mumkin. Domlalar aralashmaydilar, xech qanday ko‘rsatmalar berish mumkin emas.



«Akliy xujum» savollari




Savollar

1.

Stenokardiya kasalligi, belgilari, tibbiy yordam tadbirlari

2.

Miokard infarkti, sabablari, belgilari va tibbiy yordam tadbirlari.

3

YUrak va bronxial astmasi, tibbiy yordam va davolash prinsiplari

4

O‘pka shishi, unda BTYO tadbirlari.

5

SHok va kollaps belgilari, BTYO

6

YUrak astmasi belgilari, BTYO

7

Gipo va giperglikemik komalar va unda BTYO

8

Tutqanoq kasalligi va unda birinchi tibbiy yordam


7 – ma’ruza.

O‘TKIR TERAPEVTIK KASALLIKLAR.
Reja

  1. O‘tkir nafas a’zolari kasalliklari

a) Bronxial astma kasalligi, kelib chiqish sabablari, asosiy belgilari va unda BTYO.

b) O‘pkadan qon ketishi va sabablari, asosiy belgilari va BTYO

2. YUrak qon-tomir kasalliklari

a) YUrak poroklari kasalligi, kelib chiqish sabablari, asosiy belgilari va BTYO

b) Stenokardiya va miokard infarkti kasalligi, kelib chiqish sabablari, turlari, asosiy belgilari va BTYO

3. Gipertoniya kasalligi, kelib chiqish sabablari, asosiy belgilari va BTYO tadbirlari.



Bronxial astma- bronxlar bo‘shlig‘ining torayishi natijasida to‘satdan paydo bo‘ladi. Bo‘g‘ilish va nafas chiqishining qiyinlashuvi bilan xarakterlanadi

Etiologiyasi va patogenezi. O‘pkani innervatsiyalovchi adashgan nerv uchlarining quzg‘alishidan bronxlar silliq mushaklarida spazm kelib chiqadi va bronxlar torayadi va astma xuruji yuzaga keladi. Allergenlar (tuxum, baliq, uy xayvonlarining yungi xidi) ta’siridan, burun to‘sig‘ining qiyshayishi, burundagi poliplar, ut pufagi yallig‘lanishi va yuqumli kasalliklar natijasida, bulardan tashqari zax xonalarda yashash, nam xavodan xam astma xuruji kelib chiqadi. Bu ko‘proq MNS faoliyatiga bog‘liq bo‘lib, ya’ni kuchli qurqish, ruxiy o‘zgarishlar oqibatida asabi bushagan kishilarda ko‘proq uchraydi.

Belgilari. Kukrak qisilib, kishi darmonsizlanadi va to‘satdan xuruj tutadi. Nafas olish va chiqarish og‘irlashadi, rangi uchib yuzi ko‘karadi, sinchiklab qaralganda ko‘krak qafasining kattalashganligi seziladi, o‘pkada perkutor tovush aniq, ravshan, past tonda, auskultatsiyada nafas tovushi sekinlashadi va xushtak ovozidek xirillash kuzatiladi, tana xarorati deyarli uzgarmaydi. Xuruj 2-3 soat va uzoqroq davom etadi. Xuruj datslab kam va keyinchalik tez-tez tutib turadi.

Tashxis quyish: nafas olish, chiqarish qiyinlashadi,bo‘g‘ilish, balg‘am bilan Krushma spirallari, SHarko-Leydin kritsallari uchraydi, qonda eozinofiliya va allergenlarning ta’siri kuzatiladi.

BTYO. Xurujda kiyim-bosh echiladi, xona xavosi almashtiriladi,bemor tinchlantiriladi. Teri ostiga adrenalin, 5%li 1ml efedrin qushib yuboriladi. venaga 2,4% li 7-10 ml eufillin, 10% li kalsiy xlor, dimedrol, astmatol, prednizalon, AKTG, kortizon kabilar beriladi. MNS ni mutstaxkamlash maqsadida gidroterapiya, psixoterapiya,nafas gimnatsikasi, iqllim sharoitini o‘zgartirish klimatoterapiya) lar tavsiya qilinadi.

O‘pkadan qon ketishi. O‘pka gangrenasi, o‘pka raki, o‘pka jaroxatida o‘pkadan kon ketadi. Bemor qon tupiradi yoki ko‘proq ajralsa og‘zi qonga tuladi.

BTYO. Bemorga tinch sharoit yaratish, boshini balandroq qilib yotqizish, ortiqcha xarakatga va ko‘p gapirmaslik kerak. Engil xazm buluvchi butqalar, qon tuxtatuvchi jele, ilitilgan tuxum, Osh tuzi eritmasi ichiriladi, klizma qilinib ichagi tozalanadi. Kattiq yutalda kichik dozalarda kodein yoki dionin beriladi. Koni tuxtatish uchun kalsiy xlor,gipertonik eritma, vikasol beriladi. Narkotik moddalar berish taqiqlanadi. Oxirida xirurgik usul qullaniladi.

YUrak porogi. YUrak klapanlari funksiyasi yurakning organik o‘zgarishi oqibatida buzilishi va qon aylanishning izdan chiqishi.
Poroglar to‘g‘ma va orttirilgan bo‘ladi. Tug‘ma porok ona qornida bolaning normal o‘smasligi, yurak qon-tomir tizimining notug‘ri shakllanishi tufayli paydo buladi. o‘mumiy porogning 1-3% ni tashkil etadi. Orttirilgan porog- 90% ini tashkil qilib, asosan revmatizm sabab bo‘ladi.

Klapan yoki tomirning zararlanishiga kura mitral klapan porogi, 3 tavaqali klapan porogi kabilar farqlanadi.

Kechishi YUrak klapanlardagi organik o‘zgarishlarni tiklab bo‘lmaydi. Lekin yurak kompensatsiyasiga ko‘ra shiddatli ishlaydi. 10-12 yildan so‘ng yurak dekompensasiyasi kuzatiladi.( yurak muskullarining bushashishi) Bunda nafas siqiladi, terida kukarish (sianoz), venada qon dimlanishi, tana shishi, moda almashinuvining va qon bilan ta’minlashni buzilishi kuzatiladi, bemor ozib ketadi. Srajesko va Vasilenko tasnifiga ko‘ra porogning 3 bosqichi, ya’ni 1-bosqichda qon dimlanmaydi, jismoniy mexnatda xarsillash va yurak uynashi kuzatiladi. 2-qon aylanishning buzilishi, xalloslash, venada qon dimlanishi, oyoq shishi kuzatilib, ish qobiliyati susayadi. 3- qon aylanishi buzilishi bilan birga organlar funksional va morfologik o‘zgarishlarga uchraydi va bemor ishga yaroqsiz bo‘lib qoladi.

Davolash 3 bosqichda olib boriladi. 1. Bemor kamida 2 xafta urinda bulib, engil xazm buluvchi taomlar, adonis preparatlari, diuretiklar, trankvilizatorlar berilib, tuz va suyuqlik mikdori cheklanadi. sanatoriyalarda davolanish tavsiya etiladi. 2. 1-2 oy o‘rinda yotadi, yotoq yarasining oldini olish maqsadida kamfora suriladi, nafasni engillatish choralari kurilib, sutkalik siydik miqdori aniqlanadi. Suyuqlik miqdori cheklanib, yog‘siz taomlar, baliq, tuxum, sabzavotlar va rezavor mevalar beriladi. Digitalis preparat damlamalari ichiriladi. kuniga 3 maxal 15 tomchidan lantazid, srofantin va glyukoza venaga, diuretiklar (nourit,gipotiazid), og‘ir shaklida revmatizmga qarshi preparatlar beriladi. 3- bemor kasalxonada vrach nazoratida bulishi kerak. 2-nchi bosqichdagi dorilardan tashqari kordiamin kamfora, kofein, narkotiklar in’eksiya qilinadi.



Stenokardiya- miokardning kislorodga bulgan extiyoji va uning qon bilan etib kelishi urtasidagi farqdan kelib chiqadi. Toj tomirlar teshigining torayishi va yurak muskulining kon bilan to‘la ta’minlanmasligi miokard gipoksiyasiga sabab buladi. Stenokardiya asosan toj arteriyalarining aterosklerozi tufayli, shuningdek, qattiq ruxiy iztirob, tomirlarni o‘smalar ezib qo‘yishi va b. tufayli kelib chiqadi. Tinchlik va zuriqish stenokardiyasi ajratiladi. Barqaror va beqaror stenokardiya farqlanadi. Barqaror stenokardiya xurujning kelib chiqishi va kasalning ahvoliga qarab 4 ta funksional sinfga ajratiladi:

I funksional sinf-stenokardiya xuruji faqatgina tez va ko‘p bajarilgan jismoniy ishdan keyin paydo bo‘ladi,

II funksional sinf-stenokardiya xuruji tez yurganda, zinadan ko‘tarilganda, balandlikka chiqqanda, sovuq qotganda va ruxiy hayajonlanganda ertalab paydo bo‘ladi,

III funksional sinf-stenokardiya xuruji hatto tekis yo‘lda yurganda (200-500 m), birinchi qavatga ko‘tarilganda hamda past tepalikka chiqqanda paydo bo‘lishi mumkin. Bemorning jismoniy harakati sezilarli darajada chegaralangan bo‘ladi.

IV funksional sinf-engil-elpi jismoniy harakatdan keyin, ba’zan esa tinch turganda ham paydo bo‘ladi. Bemorning jismoniy harakati yaqqol cheklangan va ahvoli og‘ir bo‘ladi.

Belgilari: kukrak qisishi, bu soxada og‘riq, yurak va tush suyagi orqasida burab og‘riq turadi va chap qul, elka va buyinga tarqaladi. Xarakatda og‘rik kuchayadi, yuzi oqarib, sovuq ter bosadi. AB kutariladi, puls tezlashadi, og‘riq tuxtashi bilan kup siydik ajraladi, bemor bushashadi.

Davolash. Toj tomirlarni kengaytiruvchi preparatlar (nitro preparatlar), ko‘pincha nitroglitserin 0, 5 mg tabletkalari yoki 1-2 tomchi 1 % eritmasi til ostiga tashlanadi. Sedativ preparatlar (aminazin, meprobamat, elinium) va antikoagulyantlar (fenilin, geparin) beriladi. Xozirgi paytda izonitrat monosorbit va disorbit preparatlari qullanilmoqda. Og‘riqni bosish uchun2-3 ml 2% papaverin yoki 2 ml 2 % no-shpa eritmasi 2 ml 50 % analgin va 5-10 ml 2, 4 % eufillin eritmasi bilan ko‘shib venaga yuboriladi. Mexnat rejimini tashkil qilish, xayajonlanishga yul quymaslik choralari kuriladi.

Miokard infarkti. Toj tomirlardan birining tromb bilan bekilishi yoki torayish natijasida miokardning bir qismi oziqlanmasdan nekrozga uchrashi tufayli sodir buladi. Klinik kurinishi miokardni qancha qismi zararlanganligiga bog‘liq. Kasallik kuproq gipertoniyalar, ateroskleroz, ortiqcha yog‘ bosish va kuchli sresslar bilan bog‘liq.

Miokard infarkti kechishida 5 davr ajratiladi.

I. Erta davr bo‘lib, stenokardiya xurujlari tutib turishi bilan tavsiflanadi.

II. O‘ta o‘tkir davr-miokardning o‘tkir ishemiyasidan to nekroz o‘chog‘i paydo bo‘lishining ilk belgilariga qadar davom etadi (0, 5-2 soat). Bu davrda to‘sh suyagi orqasida kuchli og‘riq paydo bo‘lib, chap va o‘ng ko‘krak sohasi bo‘ylab tarqaladi. Atipik turida hatto qorin bo‘shlig‘iga ham tarqalishi mumkin. Bemorda yurak ritmi buzilishi, holsizlanish, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, havo etishmasligi, arterial bosimning keskin tushib ketishi, es-xushini yo‘qotish kuzatiladi.

III. Nekroz o‘chog‘i shakllanishi davri (davomiyligi 2-10 soat). Bunda ham og‘riq saqlanadi, bemorning umumiy ahvoli og‘irligicha qoladi. Bunga sabab yurak etishmovchiligi va qon bosimining pastligidir. Bu davrda nekrozlangan miokard yumshaydi (miomalyasiya) va o‘ta noziklashib qoladi. Bemor yurak yorilishi (tamponada) aritmiyalardan yoki og‘riq natijasida kelib chiqadigan kardiogen shokdan halok bo‘lishi mumkin.

Bu davr miokard nekroz sohalari yallig‘lanishi bilan kechgani sababli tana harorati ko‘tarilishi, neytrofil leykostitoz, ECHT oshishi kuzatiladi.

IV. CHandiqlanish davri. Og‘riq yo‘qolib, yallig‘lanish belgilari susayadi.

V. Infarktdan keyingi davr.

BTYO. To‘g‘ri yordam ko‘rsatish uchun miokard infarktini stenokardiyadan farqlay olish lozim. Infarktga xos belgilar og‘riq uzoq davom etishi, yurak tomir faoliyatining susayishi, nitro preparatlar va validol ta’sirida bosilmasligi, EKG kursatkichlarining uzgarishidir.

Miokard infarktida shoshilinch yordam tadbirlari quyidagilar:

1. Bemorni zudlik bilan maxsus kardiologik brigadani chaqirib shifoxonaga jo‘natiladi. Ular etib kelgunicha yurak va nafas faoliyati buzilgan taqdirda ularni tiklash lozim bo‘ladi. Bemorni harakatlantirish mutlaqo man etiladi.

2. Bemorga zudlik bilan og‘riq qoldirish uchun narkotik analgetiklar-morfin, omnopon, pantopon va b. qilinadi, og‘ir hollarda azot (I) oksidi xidlatiladi.

3. Qonni suyultirish uchun geparin 7500-10000 TB da 200 ml izotonik eritma bilan venaga tomchilab yuboriladi. Bunda protrombin ko‘rsatkichini nazorat qilish lozim.

4. Aritmiya kuzatilganda aritmiyaga qarshi –novokainamid, anarilin, etmozin, lidokain, aymalin va b. beriladi.

5. YUrak glikozidlari-srofantin, korglikon adonis preparatlari beriladi.

6. Kardiogen shok rivojlansa mezaton, noradrenalin, natriy xlorid yoki glyukoza eritmasi ishlatiladi.

7. YUrak to‘xtab qolsa adrenalin yuboriladi, bu ham yordam bermasa, defibrillyasiya o‘tkaziladi.

Miokard infarktini o‘tkazgan odamga sport bilan shug‘ullanish, ratsional ovqatlanish, ruxiy siqilishdan saqlanish, profilaktika uchun aspirin ichish tavsiya etiladi.



Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə