Тошкент фармацевтика институти



Yüklə 1,6 Mb.
səhifə12/20
tarix21.03.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#32920
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20

Gipertoniya- YUrak va tomirlar, endokrin tizim, bo‘yrak va siydik chiqaruv yo‘llaridagi organik o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lmagan holda AB ning uzoq vaqt birlamchi kutarilib turishidir. CHunki arterial bosim buyrak utsi rakida, ensefalit, poliomielit, kontuziya, suyak Shikastlanishlari, buyrak kasalliklarida, aterosklerozda ham kuzatilishi mumkin.

Patogenezi. Markaziy nerv tizimi faoliyatining tez-tez izdan chiqishi, moddalar almashinuvining buzilishi, nikotin ta’siri gipertoniyaning kelib chiqishida muhim ahamiyatga ega. Bu omillar miya qobig‘i hujayralarida turg‘un qo‘zg‘alish o‘choqlarini paydo qiladi. Natijada mayda arteriolalarda vaqtincha, keyinchalik doimiy spazm paydo bo‘lib, maksimal va minimal arterial qon bosimi ko‘tarilib ketadi.

Belgilari. Bosh og‘rig‘i, quloq shang‘illashi, uyqusizlik, tez charchash, darmonsizlik, yurak tomir sitsemasida organik uzgarishlar kelib chiqqanda AB ning kutarilishi turg‘un buladi. Gipertoniyaning 3 bosqichi farqlanadi. 1-xayajonlanganda AB qisqa vaqt kutariladi

2-da AB kutarilishi turg‘un va davolanmasa pasaymaydi. 3- sklerotik bosqich: buyrak, aorta, miya va a’zolarning tormirlarida qaytmas uzgarishlar kuzatiladi.

Davolash. Bemorlar dam olish va uxlash rejimiga rioya qilish kerak. Rezerpin, raunatin, rausedil, izobarin, dibazol, papaverin, magneziya, diuretiklar beriladi.

Gipertoniya kasalligi bor odamlarda arterial bosimning qisqa muddatda yuqori ko‘rsatkichlargacha ko‘tarilishi-gipertonik kriz deyiladi. Gipertonik krizning klinik belgilari: kuchli bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynish, qayt qilish, arterial bosimning yuqoriligi, bosh aylanishi, quz oldida sharpa paydo bo‘lishi va b. SHoshilinch ravishda davo choralari ko‘rilmasa gipertonik kriz insult bilan tugaydi.


O‘TKIR TERAPEVTIK KASALLIKLAR.

Reja


1.O‘tkir yurak va tomir etishmovchiligi

a) SHok va kollaps belgilari, BTYO

b) YUrak astmasi belgilari, BTYO

2.Gipo va giperglikemik komalar va unda BTYO

3.Tutqanoq kasalligi va unda birinchi tibbiy yordam

YUrak va tomirning o‘tkir etishmovchiligi- tomirlar tonusining pasayishi, vena va kapillyar qon tomirlarning kengayishi natijasida kelib chiqadi. Oqibatda qon bosimi pasayadi, yurakka qon kelishi kamayadi. Sababi: psixik travmalar, MNS travmasi, og‘ir jaroxatlanish bulib, bemor shok va kollaps xolatiga tushib qoladi.

SHok va kollaps infeksiya va intoksikatsiyalarda tomirlarning o‘tkir etishmovchiligi tufayli qon aylanishning buzilishi kollaps deyilib,jaroxatlanish, travma, kuyish, peritonitlarda buladigan kollaps xolati shok deyiladi.

Belgilari: bemor xushidan ketmaydi, o‘zini zaif sezadi, tana xarorati pasayib oyoq qo‘llari muzlaydi, kuz qorachig‘i kengayadi, yuzi kukarib sovuq ,yopishqoq ter bilan qoplanadi, til va og‘iz qurib, tashnalik sezadi. Nafas yuzaki, puls tezlashgan, sezilarsiz, arterial va venoz qon bosimi pasayadi, siydik miqdori ancha kamayadi.

BTYO: toza xavoga olib chiqish, kiyim, kukrak va buyin soxasidagi tugmalar echiladi, boshini past qilib yotqiziladi, xushiga keltirish uchun yuziga sovuq suv purkaladi, navshatir spirti xidlatiladi. Xushiga qaytmasa kofein, kamfora in’eksiya qilinadi, sun’iy nafas beriladi, narkotiklar, tomir toraytiruvchi (adrenalin, noradrenalin, efedrin, mezaton), MNS ni quzg‘atuvchilar (kofein, srixnin, kamfora) beriladi.



YUrak astmasi. Nafas siqish bilan kupincha kechqurun xuruj qiladi. Bunga gipertoniya, miokard infarkti, ateroskleroz, yurak porogi, o‘tkir nefrit va yuqumli kasalliklar sabab buladi.

Belgilari: xavo etishmasligi, teri ransizlanib kukaradi, ter tomchilari paydo buladi, nafas olish tezlashadi. Ba’zan yutal, balg‘am ajralishi, puls tezlashishi kuzatiladi.

BTYO: bemorga orom berish, boshini yuqori qilib yotqizish, qon dimlanmasligi uchun 300-400 ml qon chiqariladi, miya va yurak tomirlarini kengaytirish uchun venaga 0,5 ml srofantin va 20 ml 40% li glyukoza yuboriladi. Kislorod beriladi, nitroglitserin, validol tabletkalari, bronxlarni kengaytirish uchun 1% li 1 ml morfin eritmasi, 0,1% atropin (0,5 ml) yuborish lozim.


  1. Koma xolati- oliy nerv faoliyatining buzilishi natijasida yuzaga kelib, es-xushning, sezgirlikning susayishi bilan kechadi. Ammo nafas olish va qon aylanish faoliyati buzilmaydi.

Diabetik koma. Insulin miqdorining organizmga etishmasligi va buning natijasida giperglikemiyaning rivojlanishi, keton tanachalarining xosil bo‘lish jarayonining oshishi, vodorod ionlarining kupayishi diabetik komaning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.

Giperglikemiya natijasida xujayradan tashqari suyuqlikning osmatik bosimi oshib ketadi va xujayra degidratatsiyasi kuzatiladi. Birlamchi siydikda glyukoza miqdorining yuqoriligi suv va elektrolitlarni buyrak kanalchalarida qayta surilishiga qarshilik qiladi va organizm suvsizlanib minerallar almashinuvi buziladi. Diurez kamayadi va vodorod ionlarining chiqarilishi susayib ketadi (atsidoz). Metabolik atsidoz natijasida natriy va kaliy zapaslari kamayadi. Diabetik koma koma qandli diabet kasalligi bilan kasallangan bemorlarda, insulinni ortiqcha qabul qilish va parxezga rioya qilmaslik oqibatida rivojlanadi. Bunga yuqumli kasalliklar, jarroxlik operatsiyalari, jismoniy va emostianal zuriqish xam sabab buladi.

Belgilari: Koma oldidan chanqash kuchayadi, peshob miqdori ortadi, kungil aynish , qusish va ayrim xollarda qorin va bug‘imlarda og‘riq kuzatiladi.

Giperglikemik koma atsa sekin rivojlanadi, bemorlar apatik (loqayd), es-xushi tiniq emas, nafas olishi chuqur va shovqinli, og‘zidan atseton xidi keladi, teri qoplamlari oqargan va quruqlashgan, kuzlari kirtaygan, mushaklar bushashgan, pay reflekslari deyarli yuq, AD pasaygan, puls tez va zaif. CHuqur koma vaqtida kollaps xolati rivojlanib, qondagi qand miqdori (normada 3,3-5,5 g/l) 8 g/l gacha oshadi. Diabetik koma ayrim xollarda yuqori giperglikemiya, glyukozuriya bilan kechadi, lekin ketoatsidoz kuzatilmaydi.

BTYO. insulinoterapiya utkaziladi (40-50 TB insulin izotonik eritmani 20-40 ml bilan aralashtirilib venaga, bir vaqtda yana Ringer-Lokk eritmasi yoki 4-8% li 200-400 ml natriy gidrokarbonat, yurak glikozidlaridan korglyukon (1ml 0,06%) yoki srofantin 1ml, 0,05% venaga yuboriladi.Og‘ir xolatida bemorning qoniga mos yangi tayyorlangan sitrat qushilgan qon qo‘yiladi.

Gipoglikemiya. Bosh miyani uglevodga bo‘lgan tanqisligidan kelib chiqadi. Kondagi qand miqdori 0,5 g\l dan past bo‘lganda bu kasallik rivojlanadi. Gipoglikemik koma diabetiklarga insulin moddasini ortiqcha yuborilganda, uglevodlarning tanaga kam tushishidan yoki ularning jismoniy va ruxiy zuriqqanda kuproq sarflanishidan xamda - xujayralarning usmasining insulinni ortiqcha ishlab chiqarishidan kelib chiqadi.

Belgilari. Ortiqcha quzg‘aluvchanlik, bezovtalik, kuchli ochqash, bosh aylanishi, og‘izdan atseton xidi kelishi, terining oqarishi,sovuq ter bosish, kungil aynish, AD ning oshishi, taxikardiya kuzatiladi. Ammo nafas siqishi kuzatilmaydi.

Og‘ir xollarda es-xushning yuqolishi, tonik titrashlar, nutqning buzilishi, nafasning yuzakiligi, AD pasayishi, bradikardiya, qonda qand miqdorining keskin kamayishi kuzatiladi. Bosh miyadagi qaytmas o‘zgarishlar tufayli bemor xalok bo‘lishi xam mumkin.

BTYO. Engil xolatida shirin choy ichirish lozim. Undan sung 40-50 ml 40% li glyukoza eritmasi venaga yuborilib, bemor xushiga kelmasa yana takrorlanadi. Teri ostiga 0,5-1 ml 0,1% li adrenalin yuboriladi. Samara bermagan paytda glyukortikoidlar (gidrokortizon 75-100 mg, prednizolon 30-60 mg) 500 ml 5 % li glyukozada eritib yuboriladi.



Tutqanoq-ruxiy kasallik bo‘lib, bosh miyada patologik epileptogen o‘choq hosil bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Tutqanoq xurujining bir necha turlari ajratiladi:

- katta tutqanoq xurujlari-eng og‘ir shakli bo‘lib, tonik-klonik qisqarishlar, es-xushni yo‘qolishi, markaziy nerv tizimining umumiy susayishi bilan kechadi. Bemor og‘zidan ko‘pik kelib, yiqilib tushadi, nafas yo‘llari aspiratsiyasi natijasida bemor asfiksiyadan halok bo‘lishi mumkin,

- psixomotor qo‘zg‘alishlar- bemor o‘zini boshqacha tutadi, moslashmagan harakatlar qiladi, lekin keyinchalik bularni eslay olmaydi. Ko‘pincha es-xushni xiralashishi kuzatiladi, lekin xurujlar ruy bermaydi.

- kichik xurujlar- qisqa vaqtga xushini yo‘qotish, yuz va boshqa mushaklarni uchishi va b. belgilar kuzatiladi.

BTYO.

Katta tutqanoq xurujlari vaqtida bemorning nafas yo‘llarini sulak va ko‘pik massalaridan tozalash, tilni orqaga ketib qolmasligi uchun tortish kerak. Xurujlarni bartaraf etish uchun fenobarbital, benzonal va boshqa barbituratlardan foydalanish mumkin. Sibazon, klonazepam preparatlari, og‘ir hollarda esa narkoz vositalaridan foydalanish mumkin. Bemorga osoyishtalovchi rejim tavsiya etiladi.



8-MAVZU

Reanimatsiya usullari tug‘risida tushuncha

TA’LIMNING TEXNOLOGIK MODELI

ma’ruza soati: 2 soat

talabalar soni: ta

ma’ruza shakli

Bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish buyicha ma’ruza

Ma’ruza rejasi

1.Reanimatsiya to‘g‘risida tushuncha.

2. SHok, uning turlari va unda tibbiy yordamning umumiy tamoyillari.

3. CHo‘kkanda birinchi yordam tadbirlari.

4. Elektr toki urganda birinchi yordam tadbirlari.

5.Dori moddalaridan zaharlanish va BTYO

6. Og‘ir metall tuzlari bilan zaharlanish va BTYO.

7. Alkogoldan zaharlanganda BTYO.

8. Qishloq xujaligida ishlatiladigan kimyoviy moddalardan zaharlanganda BTYO.

9. Ilon chaqqanda birinchi yordam.


Ma’ruzaning maqsadi:Talabalarga reanimatsiya usullari va zaharlanishlarda ko‘rsatiladigan BTYO xakida tulik ma’lumot berish

Pedagogik vazifalar:


  • Talabalarga turli xil terminal xolatlarda va zaxarlanishlarda birinchi yordam berishni o‘rgatish

O‘quv faoliyatining natijalari:

talabalar biladilar:

  • talabalar terminal holatlarning bosqichlari, kollaps, shok, klinik va biologik o‘lim belgilari bilan tanishadilar va nafas, yurak faoliyatini tiklash ko‘nikmalarini o‘zlashtiradilar.

  • talabalar zaharlanish sabablari, belgilari, turlari va birinchi tibbiy yordam berish tadbirlari bilan tanishadilar.

Ta’lim usullari

Seminar mashg‘ulot, tezkor so‘rov, munozara.

Ta’lim vositalari

Darslik, o‘quv ko‘rsatmalar, ko‘rgazmali materiallar

O‘qitish shakllari

Ommaviy, jamoaviy

O‘qitish shart-sharoiti

Maxsus texnika vositalari bilan jixozlangan xona

II. TA’LIMNING TEXNOLOGIK XARITASI

Ta’lim shakli.

Ish bosqichi

Faoliyat

O‘qituvchiniki

talabalarniki

Seminar mashg‘ulot: tayyorgarlik bosqichi

1-bosqich.

Ma’ruzaga kirish (10 daq)



1.1. Mavzuning maqsadi, rejadagi o‘quv natijalarini e’lon qiladi, ularning ahamiyatini va dolzarbligini asoslaydi.

Tinglaydilar, yozib oladilar

2-bosqich.

Asosiy bosqich

(60 daq)


1.Reanimatsiya to‘g‘risida tushuncha.

2. SHok, uning turlari va unda tibbiy yordamning umumiy tamoyillari.

3. CHo‘kkanda birinchi yordam tadbirlari.

4. Elektr toki urganda birinchi yordam tadbirlari.

5.Dori moddalaridan zaharlanish va BTYO

6. Og‘ir metall tuzlari bilan zaharlanish va BTYO.

7. Alkogoldan zaharlanganda BTYO.

8. Qishloq xujaligida ishlatiladigan kimyoviy moddalardan zaharlanganda BTYO.

9. Ilon chaqqanda birinchi yordam.


2.1. Savollar beradi.

2.2.Ma’ruzani tinglagan talaba tushunchalarini daftariga yozadi.



3-bosqich.

YAkuniy


(10 daq)

3.1Mavzu to‘g‘richa yakun qiladi, olingan bilimlarni kelgusida kasbiy faoliyatlarida ahamiyatga ega ekanligi muhimligiga talabalar e’tibori qaratiladi.

3.2Mustaqil ish uchun topshiriq beriladi.

Savollarga javob beradi


Savollar berishadi


«Akliy xujum» savollari



Savollar

1.

Reanimatsiya to‘g‘risida tushuncha.


2.

SHok, uning turlari va unda tibbiy yordamning umumiy tamoyillari.

3

CHo‘kkanda birinchi yordam tadbirlari.

4

Elektr toki urganda birinchi yordam tadbirlari.

5

Dori moddalaridan zaharlanish va BTYO

6

Og‘ir metall tuzlari Bilan zaharlanish va BTYO.

7

Alkogoldan zaharlanganda BTYO

8

Qishloq xujaligida ishlatiladigan kimyoviy moddalardan zaharlanganda BTYO.

9

Ilon chaqqanda birinchi yordam.


8 – ma’ruza.

REANIMATSIYA USULLARI TO‘G‘RISIDA TUSHUNCHA.

Reja:


1. Reanimatsiya to‘g‘risida tushuncha.

2. SHok, uning turlari va unda tibbiy yordamning umumiy tamoyillari.

3. CHo‘kkanda birinchi yordam tadbirlari.

4. Elektr toki urganda birinchi yordam tadbirlari.

Reanimatsiya-organizmning hayotiy zarur faoliyatlarini tiklash tadbirlaridir. Reanimatsiyani nafas harakati va yurak faoliyati to‘xtaganda yoki bu ikala faoliyat organizm talabini qondira olmaydigan darajagacha kamayganda o‘tkaziladi. O‘lim sodir bo‘lish mexanizmi murakkab bo‘lib, o‘lim hech qachon birdaniga ro‘y bermaydi, o‘lim oldi –terminal holat davrida bo‘ladigan o‘zgarishlarni orqaga qaytarish mumkin. Organizmning etarlicha qarshilik qilish xususiyati borligi va o‘z vaqtida ko‘rsatilgan yordam tufayli terminal holatdagi o‘zgarishlarni bartaraf etish mumkin. Terminal holatda agoniya va klinik o‘lim farq qilinadi.

Agoniya-es-xushning yo‘qolishi, reflekslarning sunishi, teri qoplamlarining oqarib ketishi, arterial bosimning aniqlanmasligi, nafasning buzilishi-aritmik bo‘lishi, yuzakilashishi bilan xarakterlanadi. Puls uyqu arteriyalarida zo‘rg‘a aniqlanadi. YUrak tonlari bo‘g‘iq bo‘lib, zo‘rg‘a eshitiladi. Agonal holat bir necha daqiqa yoki soat davom etib, klinik o‘limga o‘tadi.

Klinik o‘lim-nafas olish va qon aylanishining to‘la to‘xtashi bilan davom etadi. Bosh miyada hali qaytmas o‘zgarishlar yuzaga kelmagan bo‘ladi. Klinik o‘lim 5-8 daqiqa davom etib, reanimatsiya chora-tadbirlari ko‘rilsa odamni saqlab qolish mumkin.

Keyin esa biologik o‘lim rivojlanadi. Bu davrdagi o‘zgarishlarni orqaga qaytarib bo‘lmaydi.

YOrdam ko‘rsatuvchi odam tiriklik va o‘lim belgilarini aniqlay olishi lozim. Tiriklik belgilari: yurak urishi-chap ko‘krak sohasida quloq bilan eshitib; nafas-og‘iz yoki burunga tutilgan oynaning namlanishiga qarab; qorachiqlarning yorug‘likka reaksiyasi ko‘zga nur yo‘naltirilganda qorachiqning torayishiga qarab aniqlanadi.

Tiriklik belgilari aniqlansa zudlik bilan reanimatsiya choralari ko‘rilishi lozim.

O‘lim belgilari: ko‘z shox pardasining xiralashishi va qurishi, «mushuk ko‘zi simptomi»-ko‘z bosib, qo‘yib yuborilsa qorachiq deformatsiyalanadi va mushuk ko‘zini eslatadi, tananingsovushi va murda dog‘larining paydo bo‘lishi, murdaning qotishi. Biologik o‘lim yuz bergandan so‘ng tiriltirishning iloji bo‘lmaydi.

Reanimatsiya choralari avvalo o‘lim sababini yo‘q qilish va nafas hamda qon aylanishini tiklashga qaratilgandir. Reanimatsiyani og‘ir mexanik travmadan so‘ng, travmatik shok va qon ketishi holatlarida, tok urganda, o‘tkir zaharlanishda, bo‘g‘ilish yoki suvga cho‘kish, termik kuyish, umumiy sovqotish holatlarida o‘tkaziladi.

Reanimatsiya qanchalik vaqtli boshlansa shunchalik ijobiy natijaga erishish oson bo‘ladi. Reanimatsiyani bir odam amalga oshirayotgan bo‘lsa 2:15 nisbati tavsiya etiladi, ya’ni har 2 marta o‘pkaga tez yuborilgan havodan keyin 15 marta ko‘krak qafasi eziladi. Agar yordamni 2 kishi amalga oshirayotgan bo‘lsa, unda bir kishi yurakni massaj qiladi, ikkinchisi esa o‘pkani sun’iy ventilyasiya qiladi. Ularning harakatlari kelishilgan bo‘lishi kerak, aks holda o‘pkaga havo yuborilayotgan vaqtda ko‘krak qafasi ezilib turilsa bunday «nafas»dan foyda bo‘lmaydi, balki o‘pkaning yorilishi kuzatilishi mumkin. Bunday holatning oldini olish uchun 1:5 nisbat tavsiya etiladi, bunda birinchi odam o‘pkaga bir marta havo yuboradi, ikkinchisi 5 marta ko‘krak qafasini ezadi.

Hozir jahon bo‘yicha qabul qilingan AVS dasturi (jonlantirish alifbesi) qat’iy ketma-ketlikda, ilmiy asoslangan davolash muolajalarining yig‘indisidir. Uning eng katta afzalligi oddiyligi va aholiga qulayligidir.

AVS dasturi bo‘yicha jonlantirish qat’iy ketma-ketlikda o‘tkaziladigan 3 usuldan iborat:

A. Birinchi navbatda nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini tiklash zarur. Buning uchun bemor orqasiga yotqiziladi, boshni maksimal orqaga engashtiriladi, pastki jag‘ esa oldinga chiqaziladi. SHundan so‘ng barmoq bilan (datsrumolga o‘rab) og‘iz bo‘shlig‘ini aylanma harakat qilib tekshiriladi va yot moddalardan, qusuq massalari va shilimshiqdan tozalanadi. Bular tez, lekin jarohat etkazmasdan extiyotkorlik bilan o‘tkaziladi.

V. Sun’iy nafas oldirish: og‘izdan og‘izga yoki og‘izdan burunga. Agar yurak faoliyati to‘xtamagan bo‘lsa, sun’iy nafas oldirish Mustaqil nafas tiklangunga qadar davom etadi. Nafas to‘xtashiga tezda yurak to‘xtashi qo‘shiladi.

S. Bir vaqtning o‘zida qon aylanishi yurakning tashqi massaji yordamida tiklanadi. Buning uchun kesishgan kaftlarni to‘shning utsiga, uning pastki qismiga qo‘yiladi va tez ritmik harakat bilan u eziladi. SHunda yurak to‘sh va umurtqa oralig‘ida siqilib yurakdan qon haydaladi, tanaffus vaqtida esa ko‘krak qafasi kengayib, yurak ichi qonga to‘ladi. YUrakni bilvosita massaj qilish uchun nafaqat qo‘l kuchini, balki gavda og‘irligini ham qo‘llash kerak.

Klinika sharoitida bemorni jonlantirish uchun o‘pkaning sun’iy ventilyasiya apparati va defibrillyatordan foydalaniladi. Agar jarrohlik amaliyoti davrida yurak to‘xtasa bevosita massaj usulidan foydalanish mumkin. Bunda jarroh ko‘krak bo‘shlig‘ini ochib, yurakni quliga oladi va massaj qiladi.

SHok-organizmning umumiy og‘ir reaksiyasi bo‘lib, eksremal omillar ta’sirida sodir bo‘ladi. SHokning asosini hayot uchun muhim bo‘lgan qon aylanish va nafas olish faoliyatlari, asab va endokrin tizim, moddalar almashinuvining birdan buzilishi tashkil qiladi. Kelib chiqish sabablariga ko‘ra shokning bir necha turi farqlanadi:

Kardiogen shok-yurak etishmovchiligining alohida og‘ir shakli bo‘lib, miokard infarktining asorati hisoblanadi. Kardiogen shok arterial bosimning pasayib ketishi, pulsning tezlashuvi, qon aylanishining buzilishi bilan kechadi.

Infeksion-toksik shok-og‘ir infeksion jarayonlarda rivojlanadi. Bu holatda shokning klinik ko‘rinishi tana haroratining oshishi, qaltirash, yiringli septik o‘choqning bo‘lishi bilan ajralib turadi.

Emostional shok-to‘satdan va kuchli ruxiy travmalar ta’sirida yuzaga keladi. Ba’zan qo‘rquv tufayli to‘liq harakatsizlik kelib chiqishi mumkin. Bu holat bir necha daqiqadan bir necha soatgacha davom etishi mumkin. Ayrim holatlarda aksincha keskin qo‘zg‘aluvchanlik kelib chiqadi, bunda baqirish, ma’nisiz harakatlar, yugurish,yurak urishining tezlashishi, terining chuqur qizarishi yoki oqarishi, terlash, ich ketishi kuzatiladi.

Anafilaktik shok-dori moddalariga tana sezuvchanligi yuqori bo‘lganda kelib chiqadi. Buning oldini olish uchun dorilarni yuborishdan oldin teri-allergik sinamasi o‘tkazish lozim.

Potsgemorragik shok-ko‘p qon yo‘qotilganda, gemolitik shok esa gemolitik zaharlar bilan zaharlanganda yoki noto‘g‘ri qon quyilganda kuzatiladi.

Travmatik shok-og‘ir Shikastlanishlar natijasida kelib chiqadi. Qattiq kuyish natijasida yuz beruvchi kuyish shoki ham travmatik shokning bir turi hisoblanadi.

SHokning davrlari.

Qo‘zg‘alish davri (erektil faza)-10-20 daqiqa davom etadi. Belgilari: hushi joyida, teri va shilliq qavatlar oqargan, qarashlari notinch, kuchli ter ajralishi, qorachiqlar kengayishi, qorachiqlarning yorug‘likka sezuvchanligining yaxshiligi, puls past, arterial bosim me’yor atrofida, mushaklartortishgan, teri va pay reflekslari kuchaygan, nafas olishi tezlashgan.

Tormozlanish davri (torpid faza)-bu davrda hushi joyida bo‘lsa ham og‘riq sezuvchanlik birdan pasayib ketadi. Belgilari: arterial va venoz bosim tushadi, puls tezlashadi, tana harorati tushib ketadi, nafas olish sekinlashadi, terini nam, sovuq ter bosadi, chanqoqlik, ba’zan qayt qilish kuzatiladi, bemor xotirjam yotadi, atrof-muhitni sal sezadi yoki umuman sezmasligi mumkin.

Travmatik shokning tormozlanish davri 4 darajaga bo‘linib, zudlik bilan beriluvchi yordam shokning og‘ir-engilligiga mos kelishi kerak.

I daraja (engil): teri oqargan, es-xushi joyida yoki sal tormozlangan, mushaklar titraydi, arterial bosim tushib ketgan, puls bir maromda, nafas olishi tekis, tana harorati me’yorda. Bu daraja hayot uchun xavfli emas.

I darajali shokda birinchi yordam: jismoniy va ruxiy tinchlantirish, og‘riqsizlantirish, qon oqishini to‘xtatish, transport immobilizatsiyasidan iborat.

II daraja (o‘rta og‘irlikda): bemorning ahvoli birmuncha og‘irroq, asablari taranglashgan, sezilarli darajada yaqqol tormozlangan. Terisi oqargan, hushi joyida, qorachiqlar yorug‘likni sal sezadi, arterial bosim tushib ketadi, puls va nafas olishi tezlashadi, tana harorati pasayadi, reflekslar pasayib ketadi.

II darajali shokda birinchi yordam: jabrlanuvchiga issiq shirin choy ichirish, og‘riqsizlantirish, nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini tiklash, tashqi qon oqishini to‘xtatish, transport immobilizatsiyasi, tezlikda kasalxonaga etkazishdan iborat

III darajali (og‘ir) shok: asablarning sezilarli darajadagi taranglashuvi, qotib qolish, atrofga va o‘ziga nisbatan befarqlik, hushi joyida, teri va shilliq qavatlar kulrangroq rangpar, sovuq ter bosgan, sitsolik bosim 70 mm s.u.dan past, diatsolik esa 30-40 mm s.u., puls va nafas olish sekinlashgan, yuzaki bo‘ladi.

III darajali shokda birinchi yordam: asab, yurak, qon-tomir tizimi, nafas olish a’zolari faoliyatini normallashtiruvchi shokka qarshikompleks choralar ko‘riladi; yuqori nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligi ta’minlanadi-boshni orqaga egib, pastki jag‘ini tortib, nafas yo‘llarini shilliqlardan, qondan, qusuq moddalardan tozalanadi; og‘riqsizlantiriladi; qon oqishini to‘xtatiladi; zararlangan qo‘l-oyoq oxirlarini standart transport vositalari yordamida immobilizatsiya qilinadi; zudlik bilan kasalxonaga yotqiziladi.

IV daraja (oxirgi): klinik o‘limga o‘tuvchi davr. Voqea joyida yordam ko‘rsatish va transportirovka qilishda jabrlanuvchini shok holatidan butunlay chiqarishga urinish shart emas. Muhimi, shokning kuchayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, nafas va yurak qon tomir tizimining faoliyatini yaxshilab, o‘lim xavfini kamaytirish kerak. Travmatik shokni davolashning asosiy manbai-maxsus davolash muassasasiga zudlik bilan yotqizish.

SHokda yordam berishning umumiy tamoyillari. SHokda birinchi yordam jabrlanuvchini jarohatlovchi omil ta’siridan xalos qilishga qaratiladi. buning uchun uni yonayotgan kiyim, elektr toki manbai va b. dan xalos qilish lozim. Ochiq jarohat bo‘lib, qon oqayotgan bo‘lsa, qonni vaqtinchalik to‘xtatish choralarini ko‘rish, sinish yoki chiqish bo‘lsa vaqtinchalik immobilizatsiya qilish kerak. Og‘iz bo‘shlig‘i va halqum qusuq moddalari va b. dan tozalanadi. Agar zarur bo‘lsa o‘pkaning sun’iy ventilyasiyasi o‘tkaziladi. Agar jabrlanuvchi hushsiz bo‘lsa-yu, yurak va nafas faoliyati saqlanib qolgan bo‘lsaqusuq moddalarining nafas yo‘liga tushib qolmasligi uchun qorin tarafga buklab, boshini yon tomonga egadi. Hushi o‘zida bo‘lgan jabrlanuvchiga og‘riq qoldiruvchi dorilar ichiriladi. Bundan tashqari shokning kelib chiqishiga qarab klinikada maxsus choralar ko‘riladi (potsgemorragik shokda qon quyish, kardiogen shokda narkotik analgetiklar yuborish va b.)

CHo‘kish suv havzalarida cho‘milish vaqtida yoki to‘satdan suvga tushib ketganda sodir bo‘ladi. CHo‘kayotgan odamni bir daqiqadan so‘ng 90 %; 6-7 daqiqadan so‘ng faqatgina 1-3 % qutqarish mumkin.

CHo‘kishni bir nechta turlari farqlanadi.

1. Haqiqiy cho‘kish-o‘pka va nafas yo‘llarini suv to‘ldiradi, odam hayot uchun kurashadi va talvasali harakat qilib, suvni tortadi va suv o‘z navbatida havo kirishiga halaqit qiladi. CHo‘kayotgan odamning terisi ko‘kargan bo‘lib, og‘iz va burundan ko‘pik keladi; agar odam suv tagida 3-6 daqiqadan ko‘p bo‘lmasa, jonlantirish choralari muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin.

2. Quruq cho‘kish-ovoz yorig‘i spazmi tufayli suv o‘pkaga kirmaydi, teri ko‘karishi kam, hushdan ketishi kuzatiladi, cho‘kayotgan odam shu zahoti suv tubiga tushadi.

3. Sinkopal cho‘kish-to‘satdan nafas olishi va yurak urishi to‘xtashi o‘limga olib keladi. Bunda cho‘kayotgan odam terisi oqaradi.

Quruq va sinkopal cho‘kishda, odam suv tubida 10-20 daqiqadan ortiq bo‘lsa, jonlantirish choralari muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin.

Sovuq suvda cho‘kayotganda himoya qiluvchi gipotermiya effekti paydo bo‘ladi va jonlantirish choralarini 20 daqiqa davomida suv tubida bo‘lganda ham o‘tkazish mumkin.

CHo‘kayotgan odamni qutqarib, qirg‘oqqa olib chiqiladi va birinchi yordam beriladi. Agar SHikastlangan odam hushdan ketmagan bo‘lsa, pulsi qoniqarli va nafas olishi saqlangan bo‘lsa, uni tekis, quruq qattiq joyga yotqiziladi, boshi past bo‘lishi lozim, kiyimlari echiladi, qo‘l yoki sochiq bilan ishqalanadi. Issiq ichimlik beriladi va issiq matoga o‘raladi.

Agar jabrlanuvchi hushsiz bo‘lib, puls iva nafas olishi saqlangan bo‘lsa, boshi orqaga qilinadi, pastki jag‘i oldinga tortiladi, so‘ng uni boshi past qilib yotqizilib, barmoqlar bilan og‘iz bo‘shlig‘ini loydan, qusuq massalaridan tozalash kerak, uni ishqalab, artib isitiladi.

Jabrlanuvchi hushdan ketganda, Mustaqil nafas olmaganda, lekin yurak faoliyati saqlanib, nafas yo‘llarini tozalash choralari o‘tkazilgandan so‘ng, tezlikda sun’iy nafas berishni boshlash kerak. Jabrlanuvchi nafas olmaganda va yurak faoliyati kuzatilmagandasun’iy nafas berishni yurak massaji bilan birga o‘tkazish lozim. Oldin nafas yo‘llaridan suvni chiqarib tashlash kerak, buning uchun uni qorni bilan tizza bo‘g‘imida bukilgan oyog‘i soniga yotqiziladi kuraklar orasiga bosiladi. Bu muolajalar 15-16 sekunddan oshmasligi kerak, chunki sun’iy nafas o‘z vaqtida berilishi kerak.



Birinchi yordam ko‘rsatilgandan so‘ng jabrlanuvchini tezlikda kasalxonaga yotqizish lozim, chunki o‘pkada asoratlar rivojlanishi mumkin (ikkilamchi cho‘kish sindromi). Ikkilamchi cho‘kish sindromi belgilari: o‘tkir nafas etishmovchiligi, ko‘krakda og‘riq, yo‘tal, hansirash, havo etishmasligi, qon bilan yo‘talish, qo‘zg‘alish, puls tezlashishi.

Elektr tokidan SHikastlanish katta kuchdagi elektr toki yoki atmosfera tokidan (chaqmoq urishidan) yuzaga keladi. Elektr toki organizmga mahalliy va umumiy ta’sir ko‘rsatadi. Mahalliy ta’sir tokning kirish va chiqish joylarida to‘qimalar kuyishi bilan namoyon bo‘ladi. Tok ta’sirida nafas olish va yurak faoliyati to‘xtaydi. Jabrlanuvchining terisi oqargan, qorachiq kengaygan, yorug‘likka reaksiyasi yo‘qolgan bo‘ladi.

BTYO. Zudlik bilan elektr toki ta’sirini to‘xtatish lozim, ya’ni elektr toki darhol o‘chiriladi. SHikastlangan kishini tortib olishda tokni yomon o‘tkazadigandan foydalaniladi. So‘ng mahalliy jarohatlariga aseptik bog‘lam qo‘yiladi. Og‘riq qoldiruvchilar, tinchlantiruvchilar, yurak dorilari (Zelenin tomchilari) beriladi. Nafas va yurak faoliyatito‘xtaganda reanimatsiya choralari ko‘riladi, ya’ni sun’iy nafas oldiriladi, yurakni yopiq massaj qilinadi. Bemor hushiga kelgach unga choy yoki kampot berib, issiq o‘rab qo‘yish kerak. Alkogoli ichimliklar va kofe ichirish mumkin emas. Transportirovka vaqtida ham bemorni kuzatib borish lozim, chunki nafas va yurak urishi to‘xtab qolishi mumkin.

SHikastlanganlarni erga ko‘mish man etiladi, bu nafas olishni qiyinlashtiradi, qon aylanishi buziladi va yordam ko‘rsatish qiyinlashadi.

CHaqmoq ta’siridan SHikastlanish ham elektr tokidan SHikastlanishni eslatadi va birinchi yordam ham o‘xshash bo‘ladi.

CHaqmoq ta’sirida SHikastlanishning oldini olish uchun jala va chaqmoq paytida televizor, radioni o‘chirish, telefonda gaplashishni to‘xtatish, derazalarni berkitish lozim. Ochiq joyda, yakka darax tyoki utsunlar yonida turish mumkin emas.




9-MAVZU

Zaxarlanishlar (ilon, chayon, qoraqurt chaqqanda, petsitsidlar, zaharli o‘simliklar, dorilardan zaharlanish) va btyo

TA’LIMNING TEXNOLOGIK MODELI

ma’ruza soati: 2 soat

talabalar soni: ta

ma’ruza shakli

Bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish buyicha ma’ruza

Ma’ruza rejasi

1. Dori moddalaridan zaharlanish va BTYO

2. Og‘ir metall tuzlari bilan zaharlanish va BTYO.

3. Alkogoldan zaharlanganda BTYO.

4. Qishloq xujaligida ishlatiladigan kimyoviy moddalardan zaharlanganda BTYO.

5. Ilon chaqqanda birinchi yordam.


Ma’ruzaning maqsadi:Talabalarga reanimatsiya usullari va zaharlanishlarda ko‘rsatiladigan BTYO xakida tulik ma’lumot berish

Pedagogik vazifalar:


  • Talabalarga turli xil zaxarlanishlarda birinchi yordam berishni o‘rgatish

O‘quv faoliyatining natijalari:

talabalar biladilar:

  • talabalar zaharlanish sabablari, belgilari, turlari va birinchi tibbiy yordam berish tadbirlari bilan tanishadilar.

Ta’lim usullari

Seminar mashg‘ulot, tezkor so‘rov, munozara.

Ta’lim vositalari

Darslik, o‘quv ko‘rsatmalar, ko‘rgazmali materiallar

O‘qitish shakllari

Ommaviy, jamoaviy

O‘qitish shart-sharoiti

Maxsus texnika vositalari bilan jixozlangan xona

II. TA’LIMNING TEXNOLOGIK XARITASI

Ta’lim shakli.

Ish bosqichi

Faoliyat

O‘qituvchiniki

talabalarniki

Seminar mashg‘ulot: tayyorgarlik bosqichi

1-bosqich.

Ma’ruzaga kirish (10 daq)



1.1. Mavzuning maqsadi, rejadagi o‘quv natijalarini e’lon qiladi, ularning ahamiyatini va dolzarbligini asoslaydi.

Tinglaydilar, yozib oladilar

2-bosqich.

Asosiy bosqich

(60 daq)


1. Dori moddalaridan zaharlanish va BTYO

2. Og‘ir metall tuzlari bilan zaharlanish va BTYO.

3. Alkogoldan zaharlanganda BTYO.

4. Qishloq xujaligida ishlatiladigan kimyoviy moddalardan zaharlanganda BTYO.

5. Ilon chaqqanda birinchi yordam.


2.1. Savollar beradi.

2.2.Ma’ruzani tinglagan talaba tushunchalarini daftariga yozadi.



3-bosqich.

YAkuniy


(10 daq)

3.1Mavzu to‘g‘richa yakun qiladi, olingan bilimlarni kelgusida kasbiy faoliyatlarida ahamiyatga ega ekanligi muhimligiga talabalar e’tibori qaratiladi.

3.2Mustaqil ish uchun topshiriq beriladi.

Savollarga javob beradi


Savollar berishadi



«Akliy xujum» savollari



Savollar

1.

Dori moddalaridan zaharlanish va BTYO

2.

Og‘ir metall tuzlari Bilan zaharlanish va BTYO.

3

Alkogoldan zaharlanganda BTYO

4

Qishloq xujaligida ishlatiladigan kimyoviy moddalardan zaharlanganda BTYO.

5

Ilon chaqqanda birinchi yordam.


ZAXARLANISHLAR (ILON, CHAYON, QORAQURT CHAQQANDA, PETSITSIDLAR, ZAHARLI O‘SIMLIKLAR, DORILARDAN ZAHARLANISH) VA BTYO

Reja:


1. Dori moddalaridan zaharlanish va BTYO

2. Og‘ir metall tuzlari bilan zaharlanish va BTYO.

3. Alkogoldan zaharlanganda BTYO.

4. Qishloq xujaligida ishlatiladigan kimyoviy moddalardan zaharlanganda BTYO.

5. Ilon chaqqanda birinchi yordam.
Zaharlanish deb zaharli xususiyatga ega moddalarni tanaga tushishi natijasida rivojlanadigan patologik jarayonga aytiladi. Bunday xususiyatga sanoat va maishiy maqsadlarda ishlatiladigan turli xil kimyoviy moddalar, o‘simlik va hayvon zaharlari, dori moddalari ega bo‘lishi mumkin.

Ushbu moddalarni tanaga kirish tezligiga, zaharlilik darajasi, miqdoriga qarab o‘tkir, o‘tkir osti va surunkali zaharlanishlar rivojlanishi mumkin. Bundan tashqari sababiga ko‘ra suidqasd tufayli va tasodifan; kasbiy, maishiy va dorilardan zaharlanishlar ajratiladi. Zaharli moddalar tanaga tushgach mahalliy, rezorbtiv yoki reflektor ta’sir ko‘rsatishi mumkin, lekin bu bulinish nisbiy hisoblanadi.

Zaharlanishlarda birinchi yordam zaharning tanaga ta’sirini to‘xtatish va chiqarib yuborishga qaratiladi. Buning uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

1. zaharni tanaga tushishini to‘xtatish,

2. zaharni hali qonga so‘rilib ulgurmagan qismini chiqarib yuborish,

3. zaharli moddani so‘rilishini kamaytirish va zararsizlantirish,

4. qonga o‘tgan zaharli moddani ziddizahar yordamida zararsizlantirish,

5. organizmning hayotiy faoliyatini tiklash.



Dori moddalaridan zaharlanish.

Narkotik moddalardan zaharlanish.

Narkotik vositalarni yuqori dozalarda qabul qilish o‘tkir zaharlanish va o‘limgacha olib kelishi mumkin. Morfinning 0, 1g dan ortig‘i zaharli hisoblanadi. Morfindan o‘tkir zaharlanishda ko‘z qorachiqlari torayib, yorug‘likka sezgi pasayib ketadi, teri qizaradi, mushaklar tonusi oshib ketadi. Hind kanoplyasidan (gashish, marixuana) zaharlanish psixomotor qo‘zg‘alish, ko‘z qorachiqlarining kengayishi, quloqlarda shovqin, gallyusinatsiyalar bilan kechadi. Keyinchalik umumiy holsizlik, bequvvatlik, chuqur uyqu, tana haroratining tushib ketishi kuzatiladi. Og‘ir hollarda nafas buzilib, asfiksiya rivojlanadi.

BTYO.

1. Me’dani zondsiz usulda yuvish (ko‘p miqdorda suyuqlik ichirib, qusish refleksini chaqirish bilan),



2. Tuz surgilarini qo‘llash (1 choy qoshiq achchiq tuzga ½ sakan sovuq suv),

3. Ko‘p suyuqlik ichirish (choy, kampot),

4. Bemorni shifoxonaga yotqizish.

Narkotiklarga qarshi ziddi-zahar sifatida nalorfin ishlatiladi, u venaga (0, 5 % eritmasi 1-2 ml) yuboriladi. Nalorfin yo‘qligida teri ostiga atropin (0, 1 % eritmasi 1 ml) yuborish mumkin. Reanimatsiya sharoitida forsirlangan diurez va peritoneal dializ usullaridan foydalaniladi, nafas susayganda o‘pkaning sun’iy ventilyasiyasi o‘tkaziladi. Bundan tashqari yurak-tomir vositalari, analeptiklar (kofein, kardiamin), vitaminlar, glyukoza eritmasi yuboriladi.



Barbituratlardan zaharlanish.

Barbituratlar qatoriga barbamil, barbital, fenobarbital, benzonal va b. kirib, yuqori dozalarda zaharlanishlarga sabab bo‘ladi. Barbituratlardan zaharlanish ko‘proq MNSning zararlanishi bilan namoyon bo‘ladi. Barbituratlar bilan zaharlanganda 4 bosqich kuzatiladi: a) uxlash, b) yuzaki koma, v) chuqur koma, g) komadan keyingi bosqich.

Uxlash bosqichida bemorni uyqu tortadi, apatiya, ataksiya, nutqning buzilishi kuzatiladi. Qorachiq birmuncha toraygan, yorug‘likka reaksiya saqlangan, nafas va yurak faoliyati buzilmagan bo‘ladi. Bemor og‘riq va kuchli ovozga reaksiya beradi. Gipersalivatsiya kuzatiladi. Uxlash bosqichi 10-15 soat davom etadi.

YUzaki koma bosqichida uyqu chuqur bo‘lib, reflekslar saqlangan. Es-xush yo‘qolgan, qorachiqlar toraygan, yorug‘likka reaksiya kamaygan bo‘ladi. Patologik reflekslar paydo bo‘lishi mumkin. Nafas sekinlashgan, puls tezlashgan bo‘ladi. Bu bosqichda til orqaga ketib qolishi va qusuq massalarini aspiratsiyasi natijasida asfiksiya kelib chiqishi mumkin.

CHuqur koma davri chuqur uyqu, reflekslarning yo‘qolishi, mushaklar tonusining yo‘qolishi, oyoq-qo‘llarni muzlashi, nafasni sekinlashishi, sianoz bilan tavsiflanadi. Bu bosqichda o‘tkir yurak-tomir etishmovchiligi, pulsni zaiflashishi va arterial bosimni pasayishi kuzatiladi. Nafas to‘xtashi, kollaps, o‘pka, miya shishi, paroksizmal taxikardiya rivojlanishi mumkin.

Komadan keyingi davrda- harakatlar koordinatsiyasi buzilishi, emostional labillik, depressiya kuzatilishi mumkin. Upka yallig‘lanishi, to‘qimalar oziqlanishining buzilishi kelib chiqadi. Engil zaharlanganda uyquchanlik 1 kun, o‘rtachada esa 1-2 kun, og‘ir hollarda 5 kundan ortiq davom etadi.

BTYO.

1. Barbituratlar og‘iz orqali qabul qilingan bo‘lsa tezlik bilan qutsirish yoki me’dani yuvish.



2. Nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligini ta’minlash maqsadida shilliq va qusuq moddalaridan tozalash.

3. Kislorod yosiqchasidan nafas oldirish.

4. Tuz surgilarini qo‘llash (1/2 sakan suvga 30 g. tuz)

5. Tozalovchi huqna qilish.

6. Faollashtirilgan ko‘mir berish.

7. Koma holatida sun’iy nafas oldirish.

8. Qondagi zaharni chiqarib yuborish uchun peshob haydovchi dorilar berish

9. Bemorni shifoxonaga yotqizish.



Xolinolitik dorilardan zaharlanish.

Xolinolitik vositalar-atropin, amizil, astmatol, skopolamin, aprofen va b. markaziy va periferik nerv tizimidagi xolinolitik tizimlarni tormozlaydi.

Xolinolitiklardan zaharlanganda og‘iz qurishi, yutish va nutqning buzilishi, yorug‘likdan qurqish, yurak o‘ynashi, nafas siqishi, bosh og‘rig‘i kuzatiladi. Akkomadatsiya falajlanadi, qorachiqlar kengayadi, yaqindan ko‘rish buziladi. Teri qoplamlari quruq, giperimiyalangan. Og‘ir hollarda ruxiy va harakat qo‘zg‘alishi, ko‘rish gallyusinatsiyalari, jazavaga tushish, tutqanoqsimon xuruj, so‘ngra es-xushni yo‘qolishi kuzatiladi.

BTYO.


Agar zahar og‘iz orqali kirgan bo‘lsa, me’dani 1 % tanin yoki 1:1000 kaliy permanganat eritmasi bilan zond orqali yuvish, suyuqliklar ichirib qutsirish lozim.

Agar zahar ko‘z shilliq pardalari orqali kirgan bo‘lsa, tezlik bilan ko‘zni yuvish kerak. Taxikardiyada inderaldan foydalanish mumkin. Agar gipertermiya kuchli bo‘lsa, sovuq suv yoki muzli xaltacha, nam artish usulidan foydalaniladi.



Ganglioblokatorlardan zaharlanish.

Arfonad, benzogeksoniy, gangleron, dimekolin, paxikarpin, pentamin, pirilen va b. ganglioblokatorlar zaharlanishga olib kelishi mumkin. Paxikarpin bachadon tonusini oshirib, uning mushaklarini qisqarishini kuchaytirgani sababli ayollar homiladorlikni to‘xtatishda foydalangan. Bu maqsadda paxikarpin 0, 5 dan 8 g dozagacha ishlatilganda zaharlanishga olib keladi.

Zaharlanishning klinik belgilari: bosh aylanishi, ko‘rishni pasayishi, qusish, ko‘ngil aynishi, qorinda og‘riq, quloqlar shang‘illashi, og‘iz qurishi. Ruxiy qo‘zg‘alishlar, tirishishlar, og‘ir hollarda es-xushni yo‘qotish, kollaps rivojlanadi. Bemor nafas falajlanishi va yurak to‘xtashidan halok bo‘lishi mumkin.

BTYO.


Birinchi yordam me’dani yuvish, tuzli surgilar berish, tozalovchi klizmalar qilishdan iborat. Vegetativ gangliylardan nerv impulslari o‘tishini yaxshilash maqsadida prozerin (1 ml 0, 05 % eritmasi), ATF (2-3 ml 1 % eritmasi), V gurux vitaminlari beriladi. Harakat qo‘zg‘alishlarida geksenal yuboriladi. Kollaps rivojlanganda mezaton, yurak-tomir preparatlari qo‘llanadi.

Og‘ir metall tuzlaridan zaharlanish.

Mis birikmalaridan zaharlanish.

Mis kuporosi, mis oksidimis karbonat va b. ko‘pincha nafas yo‘llari orqali tanaga tushadi. va ularni ta’sirlaydi. Ular qon gemolizi va ichki a’zolarda degenerativ o‘zgarishlarni chaqirish xususiyatiga ega.

YAshirin davr (4-48 soat) o‘tgach, bemorda isitma (39-400 S), titrash, kuchli terlash kuzatiladi. So‘ngra umumiy holsizlik, taxikardiya, qusish boshlanadi. Burundan qon ketishi, katta dozalarda esa o‘pka shishi, MNS zararlanishi rivojlanadi. Bemor tezda o‘lib qolishi mumkin.

Mis birikmalari me’daga tushsa og‘izda metall ta’mi, salivatsiya kuzatiladi. Bunga ko‘ngil aynish, qusish, qorinda og‘riq, chanqash, ich ketishi qushiladi. Teri qoplamlari sarg‘ayadi. Til va og‘iz shilliq pardalari ko‘k rangga bo‘yaladi. Tana harorati pasayadi. YUrak qisqarishlari soni kamayadi. Og‘ir hollarda koma, tirishishlar kuzatilishi mumkin.

BTYO.

Birinchi yordam me’dani bir necha marta yuvishdan iborat. SHuningdek, faol ko‘mir va magniy oksiddan foydalaniladi. Bemorga sut, yog‘li ovqatlar berish taqiqlanadi. Bemorning terisi ostiga morfin va atropin, venasiga 100 ml 30 % natriy tiosulfat yuboriladi. Ko‘p qusganda amnazin yuboriladi.



Qurg‘oshin birikmalaridan zaharlanish.

Qurg‘oshin birikmalari nafas va me’da-ichak yo‘llari, teri orqali tanaga tushishi mumkin. Bemor og‘zida shirin ta’m, so‘lak oqishi, ko‘ngil aynish, qusish, qorinda kuchli og‘riq, spastik qabziyat kuzatiladi. Bemor qo‘zg‘algan, qorni dam bo‘lib, terlaydi, arterial bosim va harorati ko‘tariladi. Ajralayotgan peshob miqdori kamayib ketadi, hattoki to‘xtashi mumkin. Jigar etishmovchiligi va sarg‘ayish rivojlanadi.

BTYO.

Birinchi navbatda me’dani magniy yoki natriy sulfat eritmasi bilan yuviladi va tuzli surgilar beriladi. Atropin (0, 1 % 1 ml kuniga 2-3 marta), promedol (2 ml 2 % eritmasi) teri ostiga, 0, 25 % novokain eritmasi 200 ml gacha, 20 % mannitni glyukozadagi eritmasi 1-2 g/kg hisobida venaga yuboriladi. Davolashda paranefral novokain blokadalari, qorin sohasiga diatermiya, magniy sulfat klizmalaridan foydalanish mumkin. Maxsus davo sifatida tetatsin-kalsiy ishlatiladi, uni 20 ml 10 % eritma holida 500-1000 ml 5 % glyukoza bilan venaga tomchilab kuniga 1-2 mahal yuboriladi, surunkali zaharlanishda esa 0, 5 g dan 4 marta kun oralab ichga beriladi.



Bundan tashqari vitaminlar, spazmolitiklar, sut va o‘simlik mahsulotlariga boy parhez buyuriladi.

Rux va uning birikmalaridan zaharlanish.

Tanaga rux birikmalari nafas a’zolari va hazm yo‘llari orqali tushishi mumkin. Rux birikmalari bilan zaharlanganda og‘izda metall ta’mi, chanqash, holsizlik, ko‘ngil aynish, qusish, qorinda og‘riq, ich ketishi kuzatiladi. Bemor uyquchan, mushaklarda og‘riqqa shikoyat qiladi. Keyinroq bronxit belgisi bo‘lgan quruq yo‘tal kuzatiladi. Bu 4-5 soat davom etib, so‘ngra kuchli titrash, tana haroratini 38-400 S ga ko‘tarilishi, terlash kuzatiladi. Og‘ir hollarda pnevmoniya va o‘pka shishi rivojlanadi.

Agar rux birikmalari teriga tushsa yara paydo bo‘ladi, og‘iz orqali kirsa hazm yo‘llarining kuyishiga olib keladi.

BTYO.


Rux birikmalari og‘iz orqali kirganda me’dani 3 % natriy gidrokarbonat yoki 0, 2 % tanin eritmasi bilan yuviladi, tuzli surgilar beriladi. Ziddizahar sifatida unitiol ishlatiladi, u 1-kunlarda har 10 kg og‘irlikka 1 ml 5 % eritma hisobida 3-4 mahal, 2-kunda 2-3 mahal, 3-7-kunlar 1-2 mahal beriladi. Ishqorli ingalyasiyalar, glyukoza va askorbin kislota vena orqali, zaruriy hollarda esa narkotiklar, yurak-tomir vositalari beriladi.

Mishyak birikmalaridan zaharlanish.

Mishyak birikmalari tanada nefrotoksik, gepatotoksik, neyrotoksik, enterotoksik ta’sirlarni namoyon qiladi. Zahar tanaga og‘iz orqali tushganda metall ta’mi, qorinda og‘riq, qusish kuzatiladi. Qusuq massasi yashil rangda bo‘ladi, axlat guruch qaynatmasini eslatadi. Tana suvsizlanib, tirishishlar rivojlanadi. Gemolitik kamqonlik, sariqlik, buyrak etishmovchiligi, og‘ir hollarda kollaps, koma kuzatiladi.

Zahar nafas yo‘llari orqali kirganda sopor holati, tirishishlar, xushdan ketish, nafasning falajlanishi, kollaps kuzatiladi. Ingalyasiya yo‘li bilan zaharlanganda tezda qon gemolizga uchraydi. 2-3-kunlarga kelib jigar va buyrak etishmovchiligi kuzatiladi.

Mishyakning o‘ldiruvchi dozasi ichga qabul qilinganda 0, 1-0, 2 g ga teng.

BTYO.

Me’dani yuvish, xuqna, venaga 150-200 ml 5 % unitiol eritmasi yuborish tavsiya etiladi. Vitaminoterapiya ham maqsadga muvofiqdir.



Alkogoldan zaharlanish.

Alkogol mast qiluvchi dozadan ham yuqori miqdorda qabul qilinsa zaharlanish kelib chiqadi. Belgilari: yuz terisini qizarishi, tana haroratini pasayishi, qusish, sovuq ter ajralishi, qorachiqlarni torayishi, nafasni susayishi, pulsni zaiflashishi va b. Tirishishlar, qusuq massalarini aspiratsiyasi, laringospazm rivojlanishi, nafas va yurak faoliyati to‘xtashi mumkin.

96 % spirtni 300 ml miqdori o‘limga olib keladi.

BTYO. Me’dani zond bilan yuvish lozim. Venaga glyukozaning gipertonik eritmasini insulin bilan qo‘shib (500 ml 20 % glyukozaga 20 TB insulin), 500-1000 ml 4 % natriy gidrokarbonat eritmasidan yuborish mumkin. Komada forsirlangan diurez usulidan foydalaniladi. SHuningdek, yurak-tomir vositalari, tonusni oshiruvchilar (kardiamin, kamfora) tavsiya etiladi.



Qishloq xo‘jaligida ishlatiluvchi kimyoviy moddalardan zaharlanish.

Fosfororganik birikmalardan zaharlanish.

Fosfororganik birikmalar (dixlofos, karbofos, xlorofos, tiofos va b.) qishloq xo‘jaligida zararli hashorotlar, begona o‘tlarga qarshi kurashda, shuningdek, defoliantlar sifatida keng ishlatiladi. Zahar tanaga teri, nafas yo‘llari, og‘iz orqali tushishi mumkin. Fosfororganik birikmalar xolineseraza fermentini qaytmas ravishda ingibirlab, atsetilxolin miqdorini oshib ketishiga olib keladi.

Fosfororganik birikmalardan zaharlanishning 3 ta darajasi ajratiladi.

I darajada psixomotor qo‘zg‘alish, nafas siqishi, o‘pkada nam xirillashlar, terlash, arterial bosim oshishi, ko‘krak sohasida noxo‘sh sezgi kuzatiladi.

II darajada miofibrillyasiya, tonik-klonik tirishishlar, ko‘krak qafas mushaklari rigidligi, nafas olishni buzilishi kuzatiladi.

III darajada oyoq-qo‘llarning mushaklari falajlanadi, nafas mushaklari zaiflashadi, nafas markazi susayadi, hattoki nafas to‘xtab qolishi mumkin. Arterial bosim tushib ketadi, yurak ritmi va o‘tkazuvchanligi buziladi. O‘lim nafas va yurak faoliyati etishmovchiligi tufayli ro‘y berishi mumkin.

Keyinchalik esa pnevmoniya, psixozlar va polinevritlar rivojlanishi mumkin.

BTYO.


Jabrlanuvchini zaharlanish maydonidan olib chiqiladi, kiyimlari echiladi, teri iliq suv bilan yuviladi. Agar zahar og‘iz orqali kirgan bo‘lsa, me’da zond orqali yuviladi, tuzli surgilar beriladi va davolash muassasasiga yuboriladi. Fosfororganik birikmalar bilan zaharlanganda xolineseraza fermentini qayta tiklash xususiyatiga ega bo‘lgan moddalar-dipiroksim, alloksim, izonitrozin kabilar ziddizahar sifatida ishlatilishi mumkin.

Xlororganik birikmalardan zaharlanish.

Xlororganik birikmalar neyrotoksik va tirishtiruvchi ta’sirga ega. Zaharlanishda dispeptik o‘zgarishlar, qorinda og‘riq kuzatiladi. Og‘ir hollarda nafas siqishi, qo‘zg‘alish, ataksiya, ko‘rishning buzilishi, burundan qon ketishi, tirishishlar kelib chiqadi. O‘tkir yurak-tomir va jigar etishmovchiligi rivojlanadi. Ichga qabul qilinganda zaharning 30 g miqdori o‘ldiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.

BTYO.

Me’dani zond orqali yuvish, tuzli surgilar berish lozim. Keyin esa forsirlangan diurez o‘tkaziladi. Venaga kalsiy glyukonat yoki xlorid (10 ml 10 % eritmasi), glyukoza askorbin kislota bilan, nikotin kislota (2 ml 5 % eritma), V guruh vitaminlari yuboriladi. Tirishishlar kuzatilganda diazepam, barbamil beriladi. Toksik kamqonlik va gepatitni davolanadi. Zaharlangan odam albatta shifoxonaga yotqizilishi lozim.



Zaharli ilonlar va hasharotlarning chaqishi.

Zaharli ilonlar chaqishi qattiq va uzoq davom etadigan og‘riq, shish, chaqqan joyda qon quyulishni keltirib chiqaradi. Belda og‘riq bo‘ladi, nafas olish va yurak urishi qiyinlashadi, og‘ir hollarda es-xushning yo‘qolishi, qusish, nafas olishning va yurak faoliyatining keskin sutslashuvi kuzatiladi. Zahar tezlik bilan tananing boshqa qismlariga tarqalishi mumkin, buning natijasida arterial bosimning pasayishi, qo‘zg‘alishlar, talvasa, nuqtali qon quyilishlari kuzatiladi.

Hasharotlar chaqqanda to‘qimalarning mahalliy shishi, qizarishi va mahalliy tana haroratining ko‘tarilishi kuzatiladi. Holdan toyish, bosh aylanishi va og‘rishi, titrash, ko‘ngil aynishi, qusish, ayrim hollarda eshakem, belda va bo‘g‘imlarda og‘riq, yurak urishi kuzatiladi.

BTYO.


Ilon, chayon va zaharli hasharotlar chaqqanda birinchi yordam bir xil bo‘ladi.

1. Jarohatdan zaharni so‘rib tashlash. YOrdam berayotgan odamning badanida shilinishlar va jarohatlar bo‘lmasligi lozim.

2. Ilon chaqqan joyga sarimsoq sharbati yoki 3 kun davomida yangi xamirturush surtish kerak. Ulardan 1 soat keyin maydalangan sarimsoq qo‘yish kerak.

3. Ilon chaqqan joyga muz qo‘yish, bor bo‘lsa 0, 3 ml 0, 1 % adrenalin eritmasi yuboriladi.

4. Jarohatni 3 % kaliy permanganat eritmasi bilan yuvish kerak.

5. Jarohatga bog‘lam qo‘yish kerak.

6. Og‘ir hollarda jabrlanuvchini shifoxonaga olib borish lozim.

Jgut qo‘yish va chaqqan joydagi terini tilish qat’iy man etiladi.

Ovqat toksikoinfeksiyalari va botulizm.

Ovqat toksikoinfeksiyalari-mikroblar va ularning toksinlari tushgan oziq-ovqatlarni its’emol qilish natijasida kelib chiqadi. Kasallik o‘tkir boshlanib, qorin dam bo‘lishi, qurillash, xurujsimon og‘riq, ko‘ngil aynish, qusish, ich ketishi, ko‘p suv yo‘qotish, shaytonlash, arterial bosim tushib ketishi kuzatiladi. Bosh og‘rishi, titrash, tana harorati ko‘tarilishi mumkin.

Birinchi yordam berishda me’dani yuvish, klizma qilish, ko‘p miqdorda suyuqlik ichirish tavsiya etiladi. Iliq qaynatilgan suvga ½ choy qoshiqda soda eritmasi 1 sakan suvga qo‘shib ichiriladi. Bemor darhol shifoxonaga yotqizilib, shifokor tavsiyasi asosida dori-darmonlar beriladi.

Botulizm anaerob mikroblar (Clostridium botulinum) qo‘zg‘atadigan kasallikdir. Botulizm ko‘proq zararlangan konserva mahsulotlari, konservlangan va dudlangan mahsulotlarni its’emol qilinganda kelib chiqadi va kuchli zaharlanish belgilari bilan kechadi. Birinchi yordam ovqat toksikoinfeksiyalaridagi kabi. Maxsus davo sifatida botulizmga qarshi zardobdan foydalaniladi.


Is gazidan zaharlanish.

Is gazi (SO) rangsiz va hidsiz bo‘lib, undan o‘y sharoitida va yopiq joylarda (shaxtalar, konlar) ishlaganda zaharlanish mumkin. Uylarda pechni noto‘g‘ri yoqish natijasida is gazi to‘planadi va zaharlanishga sabab bo‘ladi.

Is gazi odam organizmiga faqat nafas yo‘llari orqali kiradi. Nafas a’zolarida qonga so‘rilib, undagi gemoglobin bilan birikadi (karboksigemoglobin hosil bo‘ladi). Natijada gemoglobin o‘pkada kislorod bilan birika olmaydi., demak, kislorodni tana to‘qimalariga olib kelolmaydi va o‘tkir gipoksiya rivojlanadi. Bunday holat o‘limga olib kelishi mumkin.

Is gazidan zaharlanish uning havodagi konsentratsiyasiga va ta’sir muddatiga bog‘liq bo‘ladi.

Engil darajadagi zaharlanishda bosh qattiq og‘riydi, aylanadi, quloqlar shang‘illaydi, ko‘ngil ayniydi, ba’zan qusish, hushdan ketish, gandiraklash kuzatiladi.

O‘rtacha darajada zaharlanishda mushaklar kuchsizlanadi, nafas siqiladi, puls tezlashadi, arterial qon bosimi pasayadi, ko‘ngil ayniydi va qusiladi, aql xiralashadi, ba’zan odam uyquchan bo‘ladi. YUzida qirmizi dog‘lar paydo bo‘ladi.

Og‘ir darajada zaharlanishda odam batamom xushidan ketadi. Oyoqlari ko‘karib yoki oqarib, yuzida qirmizi dog‘lar paydo bo‘ladi. Puls tezlashadi, arterial qon bosimi keskin pasayadi, nafas olish sekinlashadi va chuqurlashadi, mushaklar bo‘shashadi, nafas to‘xtaydi va odam o‘ladi.

BTYO.


Avvalo zaharlangan odam toza havoga olib chiqiladi, paxtani nashatir spirt bilan xo‘llab xidlatiladi, tanasi isitiladi va tinch qo‘yiladi. Nafas olish to‘xtaganda zudlik bilan sun’iy nafas oldiriladi. SHifokorlik yordami o‘pkaning sun’iy ventilyasiyasi, kislorod berish, lobelin yoki sititon in’eksiya qilish, analeptiklar, yurak-tomir vositalari berish, tanani isitish va b. dan iborat.


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə