Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya kafedrasi kimyoviy mikrobiologiya fani bo


V. AMALIY MASHG`ULOT MATERIALLARI



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə16/28
tarix15.10.2018
ölçüsü1,27 Mb.
#74339
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28

V. AMALIY MASHG`ULOT MATERIALLARI
Mavzu: Mikrobiologiya laboratoriyasining tuzilishi va uning jixozlanishi. Surtma tayyorlash.
Darsning maqsadi Surtma tayyorlash xaqida tushuncha xosil qilish

Namoish qilish

1. Mikrobiologiya laboratoriyalarida foydalaniladigan asosiy asbob va jihozlarning tuzilishi, qo’llanilishi: termostat, sentrifuga, avtoklav, quritish shkafi va boshqa asboblar, idishlar.

2. Biologik mikroskoplar va ularning turli xillari.

3. Bakteriya, achitqi zamburug’i preparatlari.

4. Bakteriologik amaliyotda qo’llanilayotgan bo’yoqlar.

Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq

1. Stafilokokkning agarli kulturasidan surtma tayyorlash, gensian binafsha bilan bo’yash, mikroskopda ko’rish, rasmini daftarga chizish.

2. Streptokokkning bulonli kulturasidan surtma tayyorlash gensian binafsha bilan bo’yash, mikroskopda ko’rish, rasmini daftarga chizish.

3. Ichak tayoqchasining agarli kulturasidan surtma tayyorlash, suvli fuksin bilan bo’yash, mikroskopda ko’rish, rasmini daftarga chizish.


Bakteriologik, virusologik va serologik laboratoriyalarni tashkil qilinish prinsiplari.

Bakteriologik, virusologik va serologik laboratoriyalar sanitariya epidemiologik stansiyalar (SES) tarkibida va yirik shifoxonalarda va tibbiyot institutlarida (talabalar bilan mashg’ulot o’tish uchun) tashkil qilinadi. Bu laboratoriyalarda bemorlardan olingan patologik materiallar asosida bakteriologik, virusologik va serologik tekshiruvlar o’tkaziladi. Shu bilan bir qatorda bu laboratoriyalarda bakteriya tashib yuruvchilar ko’rikdan o’tkaziladi, hamda suv, havo, tuproq, oziq-ovqat mahsulotlari va turli mahsulotlar, buyumlar ham sanitariya bakteriologik tekshiruvdan o’tkaziladi.

Kasalxonalar tarkibidagi bakteriologik, serologik laboratoriyalarda 3 va 4 guruh yuqumli kasalliklar ( ichak, havo tomchi, yiringli infeksiyalar) tashxisi uchun tekshiruvlar o’tkaziladi. Shu bilan bir qatorda shifoxonaning sanitariya gigiena holatiga baho berishda, sterillash va dezinfeksiya sifatlari ham muntazam tekshirib boriladi.

O’ta xavfli yuqumli kasalliklar ( toun, brusellyoz, kuydirgi, tulyarimiya va bosh.) qo’zg’atuvchilari diagnostikasi maxsus laboratoriyalarda olib boriladi.

Virusologik laboratoriyalar respublika, shahar, viloyat SES tarkibida va virusologiya ilmiy tekshirish institutida tashkil qilingan. Bu laboratoriyalarda viruslar keltirib chiqaruvchi kasalliklar (gripp, poliomielit, qizamiq va boshqalar) xlamidiya (ornitoz va boshqalar) va rikketsiylar ( toshmali tif, KU –isitmasi va boshqalar) qo’zg’atuvchilariga virusologik tashxis qo’yiladi. Virusologik laboratoriyalarni tashkil etish, jihozlashda viruslar, hujayra kulturalari, tovuq embrionlari va laboratoriya hayvonlari bilan ishlashda maxsus bokslar ko’zda tutiladi va juda qattiq aseptik sharoitlar talab etilishi xisobga olinadi.

Laboratoriyalarni tashkil qilishda O’zR sog’liqni saqlash vazirligi qoshidagi rejim xa’yatining talab qoidalariga qattiq amal qilinadi. Ishning hajmi va maqsadlaridan kelib chiqgan holda bir necha xonalarga joylashgan bo’lishi mumkin. Har bir laboratoriyada quyidagilar mo’ljallanadi:

a) analizlarni ro’yxatga olish va ularning javobini berish uchun xona;

b) ayrim bakteriyalar guruhi ( ichak, havo tomchi, sanitariya va bosh.) bilan ishlash uchun xonalar;

v) steril materiallar bilan ishlash uchun bokslar;

g) serologik tekshirishlar o’tkazish uchun xona;

d) oziqli muhitni tayyorlash, sterillash uchun xona;

z) idishlarni yuvish uchun alohida xonalar;

j) sog’lom va tajriba qilinayotgan hayvonlar va ularni saqlash uchun xona (vivariya).

Virusologiya laboratoriyalarida yuqorida ko’rsatilgan xonalardan tashqari yana tekshiriladigan materialga maxsus ishlov berish va hujayra kulturalari bilan ishlash uchun alohida bokslar mavjud bo’lishi shart.

Bakteriologik, virusologik va serologik laboratoriyalar hozirgi kunda quyidagi zamonaviy asboblar, anjomlar: biologik va qo’shimcha moslamali (yorug’lik beruvchi, fazo-kontrast) lyuminessent, elektron mikroskoplar, termostat, anaerostat, sterillash uchun asboblar (avtoklav, quritish, sterillash shkafi), suv xammomi, rN-metrlar, distillangan suv tayyorlaydigan asboblar (distillyator), sentrifugalar, texnik, analitik tarozilar, filtrlaydigan asboblar (Zeyts filtri va boshqalar), xolodilniklar, paxta-dokali probkalar tayyorlaydigan apparat, asboblar to’plami (bakteriologik qovuzloqlar, shpatellar, ignalar, pinset, avtomatik mikropipetkalar va boshqalar), laboratoriya idishi (probirkalar, kolbalar, Petri kosachalari, matraslar, flakonlar, ampulalar, paster pipetkasi va belgilangan pipetkalar) va boshqalar bilan ta’minlangan. Zamonaviy yirik laboratoriyalarda bakteriyalarning identifikasiya (saralash) qilishda kompyuterli programmalar mavjud. Shu bilan bir qatorda serologik, virusologik laboratoriyalarda immunoferment, immunobloting tekshirish uchun asbob anjomlar va PSR apparati mavjud.

Laboratoriyada mikroskopik preparatlarni bo’yash uchun alohida joy ajratilgan bo’ladi. Bu yerda bo’yoqlar eritmasi, spirt, kislotalar, reaktivlar filtr qog’oz va boshqalar mavjud. Har bir ish joyida gaz yoki spirtli gorelkalar va dezinfeksiya eritmasi solingan shisha idishlar bilan ta’minlanadi. Kundalik ish uchun laboratoriyada yetarli miqdorda oziqli muhitlar, kimyoviy reaktivlar, diagnostik preparatlar va boshqa kerakli narsalar bo’lishi zarur.



Bakteriologik laboratoriyalarda ishlash qoidalari

Mavjud bakteriologik, virusologik va serologik laboratoriyalarda yuqumli kasalliklarni qo’zg’atuvchi, ya’ni patogen mikroorganizmlar bilan ish olib boriladi. Shuning uchun laboratoriyada ishlashning ichki tartib qoidalariga qat’iy (xodimlar va talabalar) rioya qilishlari zarur.

1. Laboratoriyalarga patologik materiallarni qabul qilish va bakteriologik ishlarni bajarilishida bir tomonga yo’naltirilgan oqim qoidalariga qa’tiy rioya qilinishi kerak.

2. Laboratoriyaning barcha xodimlari oq xalat, oq qalpoqcha yoki oq ro’molcha o’rab, maxsus almashtiriladigan oyoq kiyimida ishlashlari kerak. Laboratoriyaga halatsiz kirish mutloqa mumkin emas.Zarur hollarda xodimlar yuzlariga dokadan tayyorlangan niqoblar bilan ishlashlari mumkin. Virusologik va o’ta hafli maxsus rejimli laboratoriyalarda xodimlar maxsus qabul qilingan qo’llanmalarga rioya qilgan holda ishlashadi.

3. Patologik materiallarni qabul qilish, ekish va serologik muolajalarni bajarishda xodimlar albatta rezina qo’lqop bilan ishlashlari zarur.

4. Laboratoriyada chekish, ovqatlanish qa’tiy man qilinadi. Ovqatlanish, dam olish va yechinish uchun maxsus xonalar ajratiladi.

5. Favqulotda yuqumli materiallar ish stoliga, polga va boshqa joylarga tushsa, bu joy dezinfeksiya qiluvchi eritma bilan yaxshilab zararsizlantirilishi zarur.

6. Mikroorganizm kulturalarini saqlash, kuzatish va ularni o’ldirish maxsus qo’llanmalar asosida olib borilishi lozim. Barcha laboratoriyaga kelgan patogen materiallar, ajratib olingan mikrob shtammlari maxsus daftarlarga ro’yxatga olinadi.

7. Ishni tamomlagach, ish joyi tartibga keltiriladi va qo’lni yaxshilab yuvish, kerak xollarda, dezinfeksiya qiluvchi eritmalardan foydalanish lozim.

8. Har bir talaba o’quv laboratoriyasida o’z o’rniga ega bo’lishi kerak.

9. Mashg’ulot uchun berilgan materiallarni navbatchi talaba qabul qilib oladi va o’qituvchi nazoratida talabalarga tarqatadi.

10. Mashg’ulot ohirida talabalar ishlatilgan materiallarni navbatchi talabaga, navbatchi talaba kafedra laborantiga topshiradi.

11. . Mashg’ulot ohirida talabalar o’z ish joylarini tartibga keltirishadi, qo’llarini sovun bilan yuvishadi, mashg’ulot bo’yicha qilingan ishlar bayonnomalari va rasmlar chizilgan daftarga o’qituvchi imzosini qo’ydiradi.

Bakteriyalarni morfologiyasini o’ganish. Buning uchun bakteriyalar kulturalaridan tirik preparatlar, yopishtirilgan surtmalar tayyorlanib, anilin bo’yoqlari bilan bo’yaladi va mikroskopda ko’riladi.

Metodik ko’rsatmalar

Mikroskop yordamida tekshirish uchun preparatlar tayyorlash.



Tekshirish uchun materialning olinishi. Preparat tayyorlash uchun probirka, kolba yoki Petri kosachasidan bakteriologik qovuzloq yoki steril pipetka orqali tekshiriladigan material olinadi. Ayrim hollarda bu maqsadda preparovka ignalari ham ishlatiladi. Bakterial kulturali probirka chap qo’lga, bakteriologik qovuzloq esa, o’ng qo’lga olinadi. Qovuzloq gorelka alangasida qizargunga qadar qizdiriladi. Paxtali probka probirkadan o’ng qo’lning IV, V barmoqlari bilan kaftga siqib burab, chiqarib olinadi va probirka og’zining chetlari alangada biroz qizdiriladi. Qovuzloq asta-sekin probirka ichiga kiritiladi, ichki devoriga tekkizib sovitiladi, so’ng asta harakat qilib material olinadi. Shundan keyin yana probirka chetlari qizdiriladi va probka bilan berkitiladi. Preparat tayyorlangandan so’ng, qovuzloq albatta gorelka alangasida qizdirilishi (sterillash) lozim. Suyuq materialni probirka yoki kolbadan pipetka orqali olish mumkin, bunda pipetka o’ng qo’lda ushlanadi va pipetka teshigi II barmoq bilan berkitib turiladi.

Surtma tayyorlab ko’rish etaplari

1. Surtma tayyorlash.

2. Quritish

3. Fiksasiya (qotirish) qilish

4. Bo’yash

5. Mikroskopda ko’rish.



Ish tartibi. Surtma tayyorlash uchun buyum oynasi yog’sizlantiriladi ( spirtovka alangasida), mikrob kulturasi qovuzloq bilan olinib ( mikrob kulturasi agarda o’sgan bo’lsa steril fiziologik eritma bilan) buyum oynasiga surtma tayyorlanadi. Surtma yupqa 10 so’mli tangaday bo’lishi kerak. Material aynan shunday taqsimlangandagina yakka-yakka joylashgan bakterial hujayralarni ko’rish mumkin. Agar tekshirilayotgan material suyuq muhitda bo’lsa, u holda uni qovuzloq bilan to’g’ridan-to’g’ri buyum oynasiga tomiziladi va surtma tayyorlanadi

Quritish- surtmalar havoda yoki iliq havo oqimida gorelka alangasi ustida quritiladi.

Fiksasiya qilish- surtmani qotirish uchun buyum oynasi (surtmani yuqoriga qaratgan holda) 3 marta asta-sekin (3 sekund davomida) gorelka alangasidan o’tkaziladi. Ayrim hollarda qon surtmasi, a’zo va to’qimalar surtma tamg’alari, mikroorganizm kulturalaridan tayyorlangan surtmalar 5—20 min metil yoki etil spirti, Nikiforov aralashmasi, sulemali spirt yoki boshqa fiksasiya qiladigan suyuqliklarga solinadi va fiksasiya qilinadi. Mikroorganizmlar fiksasiya qilinayotganda oyna yuzasiga qattiq birikkan holda o’ladi va keyingi ishlovlarda yuvilib ketmaydi.
Fiksasiyadan maqsad- mikroorganizmlar fiksasiya qilinayotganda oyna yuzasiga qattiq birikkan holda o’ldiriladi, zararsizlanadi va keyingi ishlovlarda yuvilib ketmaydi va o’lgan bakteriyalar yaxshi bo’yaladi. Fiksasiyada ro’y beruvchi xatoliklar. Agar buyum oynasini yuqorida ko’rsatilgandan ko’proq qizdirilsa, hujayralarning tuzilishi keskin o’zgarib ketadi.

Surtmani bo’yashda 2 xil oddiy va murakkab usullardan foydalaniladi. Oddiy usulda faqat bitta bo’yoq qo’llaniladi, murakkab bo’yashda esa bir necha bo’yoqlar qo’llanilishi mumkin.


Nazorat savollari:

1. Mikrobiologik (bakteriologik, virusologik va serologik) laboratoriyalarni tashkil etish va ularda ishlash qoidasi.

2. Mikrobiologiya laboratoriyalarining asosiy asboblari va jihozlari.

3. Mikroskoplar va ulardan foydalanish usullari.

4. Mikroorganizmlar hakida tushuncha, bakteriyalarni o’rganish usullari

5. Sharsimon bakteriyalar morfologiyasi

6. Surtma tayyorlash texnikasi, oddiy bo’yash usuli.
Mavzu: Mikroorganizmlar morfologiyasi. Mikroorganizmlarni tirik va o`ldirilgan xolda tekshirish. Bo’yash usullari.
Darsning maqsadi: Mikroorganizmlarni tirik va o`ldirilgan xolda tekshirish va bo’yash usullari xaqida tushuncha xosil qilish.
Bakteriyalar — bir hujayrali mikroorganizmlardir. Ular turli shaklda bo’lib, murakkab tuzilishga ega, bu esa ular faoliyatining turli-tumanligini belgilaydi. Bakteriyalarni asosan to’rt shakli tafovut qilinadi: sharsimon, tayoqchasimon, burama shaklli va ipsimon

Sharsimon bakteriyalar — k o k k l a r (yunoncha coccus- don, mag’iz degan so’zdan olingan). bo’linish sathi va har bir hujayraning surtmada joylashishiga ko’ra kokklar bir-biridan farq qiladi.

1. Aohida-alohida joylashgan kokklarni mikrokokklar deb ataladi, saprofit kasallik keltirib chiqarmaydi ( rasm-9).



2. Diplokokklar – surtmada juft- juft bo’lib joylashgan kokklar. Diplokoklar orasida odamda uchrovchi har xil kasalliklarning qo’zg’atuvchilari (pnevmokokklar, gonogokklar, meningokokklar) bor.

3. Streptokokklar – bo’lingandan keyin bir-biridan ajralib ketmasdan, zanjirsimon joylashgan kokklar. Bularning vakillarining ko’pchiligi odam uchun patogen hisoblanadi.

4. Stafilokokk (uzum shingiliga o’xshab joylashgan). Bo’linishi muayyan tartib bilan bormaydigan bo’lsa, u vaqtda kokklar birgalikda qolaveradi va uzum shingiliga o’xshash to’plamlar hosil qiladi.Odam uchun patogen turlari mavjud.

5 Tetrakokklar (to’rtta-to’rtta bo’lib joylashgan kokklar) bir-biriga tik ikki tekislikda bo’linganda to’rta kokkdan iborat bo’lib joylashadi. Odam uchun patogen emas.

6.Sarsinalar (8 yoki 16 ta kokklardai tashkil topgan to’plamlar) bir-biriga tik uchta tekislikda bo’linganda kubchalar ko’rinishini eslatadigan kokkdan iborat bo’lib joylashadi. Odam uchun patogen emas.



Bakteriyalarni morfologiyasini o’ganish. Buning uchun bakteriyalar kulturalaridan tirik preparatlar, yopishtirilgan surtmalar tayyorlanib, anilin bo’yoqlari bilan bo’yaladi va mikroskopda ko’riladi.

Metodik ko’rsatmalar

Mikroskop yordamida tekshirish uchun preparatlar tayyorlash.



Ish tartibi. Surtma tayyorlash uchun buyum oynasi yog’sizlantiriladi ( spirtovka alangasida), mikrob kulturasi qovuzloq bilan olinib ( mikrob kulturasi agarda o’sgan bo’lsa steril fiziologik eritma bilan) buyum oynasiga surtma tayyorlanadi. Surtma yupqa 10 so’mli tangaday bo’lishi kerak. Material aynan shunday taqsimlangandagina yakka-yakka joylashgan bakterial hujayralarni ko’rish mumkin. Agar tekshirilayotgan material suyuq muhitda bo’lsa, u holda uni qovuzloq bilan to’g’ridan-to’g’ri buyum oynasiga tomiziladi va surtma tayyorlanadi

Quritish- surtmalar havoda yoki iliq havo oqimida gorelka alangasi ustida quritiladi.

Fiksasiya qilish- surtmani qotirish uchun buyum oynasi (surtmani yuqoriga qaratgan holda) 3 marta asta-sekin (3 sekund davomida) gorelka alangasidan o’tkaziladi. Ayrim hollarda qon surtmasi, a’zo va to’qimalar surtma tamg’alari, mikroorganizm kulturalaridan tayyorlangan surtmalar 5—20 min metil yoki etil spirti, Nikiforov aralashmasi, sulemali spirt yoki boshqa fiksasiya qiladigan suyuqliklarga solinadi va fiksasiya qilinadi. Mikroorganizmlar fiksasiya qilinayotganda oyna yuzasiga qattiq birikkan holda o’ladi va keyingi ishlovlarda yuvilib ketmaydi.
Fiksasiyadan maqsad- mikroorganizmlar fiksasiya qilinayotganda oyna yuzasiga qattiq birikkan holda o’ldiriladi, zararsizlanadi va keyingi ishlovlarda yuvilib ketmaydi va o’lgan bakteriyalar yaxshi bo’yaladi. Fiksasiyada ro’y beruvchi xatoliklar. Agar buyum oynasini yuqorida ko’rsatilgandan ko’proq qizdirilsa, hujayralarning tuzilishi keskin o’zgarib ketadi.

Surtmani bo’yashda 2 xil oddiy va murakkab usullardan foydalaniladi. Oddiy usulda faqat bitta bo’yoq qo’llaniladi, murakkab bo’yashda esa bir necha bo’yoqlar qo’llanilishi mumkin.



Oddiy usul. Fiksasiyalangan surtma birgina bo’yoq bilan bo’yaladi, masalan, fuksinning suvli aritmasi (1—2 min) yoki metilen ko’kining eritmasi bilan (3—5 min) bo’yaladi, so’ng suv bilan yuviladi, quritiladi va mikroskop ostida immersion sistemada ko’riladi.
Mavzu: Sterilizasiya va uning usullari. aseptika va antiseptika dezinfeksiya va uning turlari. Oziqa muxitlari klassifikasiyasi, ularni tayyorlash usullari .
Bakteriyalar fiziologiyasini o’rganish bakteriyalarning oziq-ovqatga extiyojini, plastik va energetik metabolizmda qatnashuvchi fermentlarini aniqlash, qattik, suyuq, va yarim suyuq oziqli muhitlarda o’sishi va ko’payishini tekshirishdan iborat. Turli mikroorganizmlar metabolizmidagi umumiy qonuniyatlar energitik va konstruktiv metobalizmda turga xos belgilar, o’zgarish usullari va yo’llaridagi jiddiy farqlar bilan birga kechadi. Mikroorganizmlarni bir-biridan ajratish va identifikasiya qilish shularga asoslangan bo’lib, yuqumli kasalliklar mikrobiologik diagnostikasida muhim bosqichlardan hisoblanadi.

Bakteriyalar metabolizmini o’rganish faqat amaliy ahamiyatga ega bo’lib qolmay, balki biokimyoviy va irsiy axborotga javobgar gen tiplarining mexanizmlarini va ularni amalga oshirish yo’llarini, oqsil sintezidagi boshqaruv sistemasini va mikrob hujayrasida sodir bo’ladigan boshqa jarayonlarni bilish uchun juda keng istiqbollar ochib berdi.



Mashg’ulot rejasi:

1. Oziqli muhitlarni tayyorlash usuli.

2. Oziqli muhitlar va ularni tayyorlash uchun kerakli ingredientlar.

3. Oziqli muhitlarga aerob sharoitda birlamchi patologik materiallarni ekish usullari.



Namoyish qilish.

1. Oziqli muhitlarni tayyorlash uchun ishlatiladigan ingredientlar.

2. Oziqli muhitlarni tayyorlash etaplarini o’quv laboratoriyasida ko’rish.

3. Asosiy, differensial-diagnostik, elektiv, sun’ii oziqli muhitlar ularni tayyorlash etaplari.

4. Kukun yoki pastadan oziqli muhit tayyorlash.

5. Oziqli muhitlarga qo’yiladigan talablar bilan tanishish.

6. Oziqli bulonning rN ni aniqlash.

Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq

1. Petri kosachasiga go’shtli peptonli plastinkali agar tayyorlash.

2. Tayyorlangan go’shtli peptonli plastinkali agarga havodan (sedimintasion) cho’ktirish usuli bilan ekish

3. Bakteriya sof kulturasini ajratib olish maqsadida bemor yiringini sut qo’shilgan tuzli agar (SQTA) ga ekish.

4. Bemor najasidan Endo muhitiga ekish.

Oziqli muhitlar

Mikrobiologik amaliyotda bakteriya yoki boshqa mikroorganizmlarni laboratoriya va ishlab chiqarish sharoitida ko’paytirish uchun qo’llaniladigan, turli tarkibli murakkab yoki oddiy birikmalardan tashkil topgan muhitga oziqli muhit deb ataladi.

Oziqli muhitlarga qo’yiladigan talablar:

1.Tarkibi (asosiy xususiyalaridan biri) - ma’lum mikroorganizmlar-ning ko’payishi uchun barcha kerakli moddalar tutishi (azot va uglerodni universal manbasi oqsil gidrolizati, peptid va peptonlar, vitamin va mikroelementlarning manbasi o’simlik, xayvon oqsillari) kerak;

2. Oziq moddalarni bakteriyalar oson o’zlashtirishlari zarur;

3. Qulay namlik, yopishqoqlik va har bir bakteriyalarga hos rN ga ega bo’lishi;

4. Izotonik holatda tiniq bo’lishi kerak;

5. Har bir muhit albatta sterillangan bo’lishi kerak.

Tarkibi bo’yicha oqsilli, oqsilsiz va mineral oziqli muhitlar ishlatiladi.

Oziqli muhitlar kelib chiqishiga qarab bo’linadi- t a b i i y va

s u n ‘ i y. Tabiiy muhitlar xayvonlar mahsuloti (qon, zardob, o’t sapro, mol gushti, tuxum va bosh.) va o’simliklardan ( meva va sabzavotlar) olinadi. Sun’iy muhitlar esa yuqoridagi moddalardan olingan mahsulotlardan (pepton, aminopeptid, achitqi uglevodlar va jo’xori ekstraktlari) tayyorlanadi.

Oziqli muhitda o’stiruvchi omillarning borligi katta ahamiyatga ega. Ular metabolik jarayonlarda katalizator vazifasini bajaradi, asosan V gruppa vitaminlari, nikotin kislota va boshqalar shular qatoriga kiradi.

Yu m sh o q q a t t i q l i g i g a (konsistensiyasiga) ko’ra oziqli muhitlar qattiq, suyuq va yarim suyuq bo’ladi. Qattiq muhitlar suyuq muhitga 1,5—2% arap, yarim suyuq muhitga 0,3—0,7% agar qo’shish natijasida tayyorlanadi. Agar — maxsus dengiz o’simligini qayta ishlash natijasida hosil bo’lgan mahsulot bo’lib u qotirilsa, muhitni qattiq holatga keltiradi. Agar 80—86°S da eriydi, 40°S da qotadi. Ayrim hollarda qattiq oziqli muhitlarni olish uchun (10—15%) jelatin ishlatiladi. Tabiiy muhitlar, ivitilgan qon zardobi, tuxum oksili o’z-o’zidan qattiq holatda bo’ladi.

Bakteriologiya amaliyotida ko’pincha quruq oziqli muhitlardan foydalaniladi. Ular sanoat ko’lamida oziq-ovqat uchun ishlatilmaydigan mahsulotlarning arzon gidrolizatlaridan (baliq chiqindilari, go’sht-suyak uni, -texnik kazein) va oziqli agardan tayyorlanadi. Quruq muhitlarni uzoq vaqt saqlash mumkin, ularni transportda yuborish ham qulay, negaki tarkibi standart, o’zgarmagan holda saqlanadi.

Oziqli muhitlar qo’llanilishi va nima maqsadda ishlatilishiga ko’ra saqlab turuvchi, (konserviruyuщie) ko’paytiruvchi (obogasheniya) asosiy, elektiv, maxsus va differensial-diagnostik turlarga bo’linadi.

Saqlab turovchi muhitlar. Patogen bakteryalarni saqlanishini taminlaydi va saprofitlarni ko’payishini to’xtatishi mumkin. Amaliyotda gliserin aralashmasi (Tiga muhiti), gipertonik eritma, gliserinli konservant va dezoksixolat natriy va bosh. qo’laniladi. Bu muhitlar asosan bakteriyalarni ma’lum mutdatda saqlash va laboratoriyaga yetkazib borishda ishlatiladi.

Ko’paytirovchi muhitlar. Ma’lum guruh bakteriyalarni ko’paytirib olishda qo’llaniladi va birlamchi ekishda ishlatiladi. Masalan bularga (Myuller, Kitta –Tarossi, tioglikolli muhitlar va selenitli bulon) kiradi.

Asosiy muhitlar. Bu muhitlar ko’pgina bakteriyalarni o’stirish uchun qo’llaniladi. Bular baliq mahsulotlarining triptik gidrolizatlari, gusht bulonlari yoki kazeinlar bo’lib, ulardan suyuq muhit — oziqli bulon va qattiq oziqli agar tayyorlanadi. Bunday muhitlar boshqa murakkab muhitlarni tayyorlash uchun asos bo’ladi. Ko’rsatilgan muhitlar qandli, qonli, zardobli va boshqa patogen bakteriyalarni oziqli muhitga talabini qondira oladigan aralash muhitlar tayyorlashda ishlatiladi. Ayrim hollarda muhitning asosi sifatida ma’lum mineral tuzlardan tayyorlangan sun’iy muhitlar ishlatilib, ularga aminokislotalar, vitaminlar, glyukoza, pepton, jo’xori yoki achitqi ekstrakti va boshda oziqli moddalar qo’shiladi.

Elektiv muhitlar. Elektiv oziqli muhitlar turli xil, boshqa mikroflorali materialdan ma’lum turni ajratib olish va uni to’plashga mo’ljallangan. Ma’lum mikroblarga elektiv oziqli muhitni yaratishda, bu mikroblarning boshqa ko’pchilik mikroblardan farqlantiradigan biologik, fermentativ xususiyatlariga asoslaniladi. Masalan qonli zardobli muhitlar bo’g’ma, ko’k yo’tal qo’zg’atuvchisini ajratib olishda (Klauberg II, KUA) tuberkulyozda (Levenshteyn-Yensen) stafilokokklarda natriy xlor tuzining konsentrasiyasi yuqori bo’lgan muhiti, vabo vibrionida esa — ishqoriy muhit qo’llaniladi.

Differensial-diagnostik oziqli muhitlar. Ayrim turdagi (yoki gruppalar) mikroorganizmlarni bir-biridan ajratish, farqlash uchun ishlatiladi.

Differensial-diagnostik muhit tuzilish prinsipiga ko’ra, bakteriyalar xilma-xil turlarining o’zaro biokimyoviy faolligi hamda bir xil bo’lmagan fermentlar to’plamiga ega bo’lishi va oziqli muhit tarkibiga kiruvchi substratlarning parchalanishiga asoslangan.

Differensial-diagnostik muhitlar tarkibiga quyidagi asosiy komponentlar kiradi: a) bakteriyalarning ko’payishini ta’minlaydigan asosiy organik, neorganik birikmalar,kazein gidrolizati pepton va bosh.

b) qo’shimcha ma’lum kimyoviy substrat ularni parchalanishi oqibatida muhitni rN nordon tomonga (uglevodlar, mochevina) yoki ishqoriy (oqsillar parchalanishida) o’zgaradi. Bu xususiyat shu mikrobning diagnostik belgisi hisoblanadi; v) rangli indikator (masalan, Andrede, bromtimol ko’ki, bromkrezol purpur, krezol qizil indikatori), rangining o’zgarishi sodir bo’layotgan biokimyoviy reaksiyadan va tekshirilayotgan mikroorganizmda ushbu ferment sistemasi borligidan dalolat beradi.Agar oziq muhitdagi metobalitlarni parchalasa muhit nordonlashuvi mumkin, Andrede indikatori bor muhit qizarishi, brom timol ko’k bilan musbat bo’lishi mumkin, lekin oraliq mahsulot natijasida muhit ishqoriy tomonga siljisa bu ikki indikatorni rangi o’zgarmaydi.

Hamma Differensial-diagnostik muhitlar 4 ta asosiy guruxga bo’linadi.

1.Tarkibida oqsil tutuvchi, bakteriyalar fermentlari ta’sirida harakterli o’zgaruvchi muhitlar (qon, jelatina, sut va bosh.). Bu muhitlarda bakteriyalarni gemolitik, protolitik xususiyatlari o’rganiladi, bulardan eng ko’p ( gusht peptonli jelatina, ivitilgan ot qon zardobi, sutli va qonli agar) ishlatiladi.

2.Tarkibida uglevodlar, ko’p atomli spirtlar tutuvchi indikatorli muhitlar. Bu muhitlarda bakteriyalar uglevodlarni parchalashi oqibatida kislotalar va gaz xosil bo’ladi, muhitning rN nordon tomonga siljiydi va indikator muhitni rangini o’zgartiradi. Bakteriologik amaliyotda lakmusli sut (Minkovich muhiti), Giss (Xissa) muxitlari keng qo’llaniladi.Giss muhitida bakteriyalarni turli uglevodlarni fermentasiya qilish xususiyati o’rganiladi. Enterobakteriyalarni farqlashda peptonli uglevod, Andrede indikatori qo’shilgan va muhitga gaz hosil bo’lishini aniqlash uchun uzunligi 3 sm bo’lgan shisha naycha, uning bir tomoni berk, solib qo’yiladi. Agar bakteriyalar uglevodni parchalasa indikatorni rangi o’zgaradi, gaz xosil bo’lsa shisha naychaga gaz yig’iladi. Giss muhitida bir nechta uglevodlar qo’llanganligi sababli, bakteriyalar bir uglevodni parchalashi, ikkinchisini esa parchalamasligi mumkin. Shuning uchun uglevodlar qatori olachipor ( rangli qator) bo’lishi mumkin, nomlash shundan kelib chiqgan. Uglevodlardan amaliyotda ko’pincha monosaxaridlar (glyukoza,arabinoza, mannoza), disaxaridlar (laktoza,maltoza, saxaroza) polisaxaridlardan (kraxmal, glikogen, inulin, dekstrin) va glikozidlardan esa (adonit, inozit, salisin) ishlatiladi.

3. Bakteriyalar tomonidan ma’lum moddalarni parchalashini, tiklanishini (redusiruyuщie) o’rganuvchi muhitlar (metilen ko’ki qo’shilgan sutli muhit, nitratli muhit). Masalan enterokokklar metilen ko’ki qo’shilgan sutli muhitda, uni reduksiyaga uchratib, muhitni oqatirib qo’yadi, S. pyogenis esa muhitnt rangini o’zgartirmaydi.



4. Bakteriyalar tomonidan ma’lum moddalarni o’zlashtira (assimilasiya) olishini aniqlovchi muhitlar. Amaliyotda eng ko’p sitratli agar (Simmons muhiti) qo’llaniladi. Masalan Salmonella avlodi vakillari Simmons muhitida yaxshi o’sadi muhit ko’karadi, ichak tayoqchasi esa sitratli agarda moddalarni assimilasiya qila olmaydi, muhitni rangini o’zgartirmaydi

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə