Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya kafedrasi kimyoviy mikrobiologiya fani bo



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə26/28
tarix15.10.2018
ölçüsü1,27 Mb.
#74339
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28

VI.KEYSLAR BANKI


1-Keys.

Mikrobiologiya laboratoriyasining tuzilishi va uning jixozlanishi. Laboratoriyada ishlash qoidasi. Surtma tayyorlash texnikasi. Oddiy bo’yash usullari.



Keysni bajarish bo‘yicha topshiriqlar:

1.Bakteriologik laboratoriyaga olib kelingan biologik ashyodan surtma tayyorlab, Gram usulida bo‘yash kerak. Buning uchun vrach-bakteriolokka qaysi laboratoriya jihozlari va qanday bo‘yoqlar kerak bo‘ladi?

2.Bemordan olingan biologik ashyodan bakteriologik surtma tayyorlandi. Uni Ojeshko usulida bo‘yash uchun qaysi bo‘yoklardan foydalaniladi?



2-Keys. Mikroorganizmlar morfologiyasi, strukturasi, bakteriyalarning kimyoviy tarkibi.Murakkab bo’yash usullari va axamiyati.

Keysni bajarish bo‘yicha topshiriqlar:

1.Yiringdan tayyorlangan surtmada kokklar aniqlandi. Ularning qaysi avlodga mansubligini aniqlash uchun qo‘shimcha nimalarni bilish zarur?

2.Bakteriologik laboratoriyaga epidemik meningit deb shubhalanilgan bemordan orqa miya suyuqligi olib kelindi. Surtmada qaysi mikroorganizmlar aniqlanishi mumkin. Gram bo‘yicha ular qanday bo‘yaladilar?

3.Najasdan tayyorlangan surtmada grammanfiy tayoqchalar aniqlandi. Ularning harakatchanligini aniqlash uchun qaysi usullardan foydalaniladi?


3-Keys. Mikroorganizmlar fiziologiyasi: ozik muxitlari, ularning klassifikasiyasi.nafas olishi, o’sishi va ko’payishi. Aerob va anaerob bakteriyalarni sof kulturasi.

Sterilizasiya, dezinfeksiya, aseptika va antiseptika.Antibiotiklar, ularning klassifikasiyasi. Mikroorganizmlarning antibiotiklarga sezgirligini aniklash usullari.



Keysni bajarish bo‘yicha topshiriqlar:

1.Mikroorganizmlarning sof kulturasini ajratib olishda sun’iy oziq muhitlaridan foydalaniladi, lekin ular ma’lum talablarga javob berishi shart. Bular qanday talablar va buni nima uchun bilish kerak?



2.Bemordan olingan biologik ashyodan ichak tayoqchasi ajratib olindi. Sof kultura olish va ichak mikroflorasining boshqa vakillaridan uni farqlash uchun qaysi oziq muhit ishlatiladi. Farqlash qanday amalga oshiriladi?

3.Anaerob infeksiya bor deb shubhalanilgan bemordan ashyo sifatida jarohat ekssudati olindi. Qo‘zg‘atuvchi sof kulturasini ajratib olish uchun anaerob sharoit yaratish usullarini aytib bering.

4.Jarroh o‘zining ishi jarayonida steril bog‘lov materillarini ishlatadi. “Steril” terminining ma’nosi nima? Bog‘lov materiallari qanday sterillanadi?

5.Talabalar oshxonasida talabalarga pasterizatsiyalangan sut sotishdi. “Pasterizatsiyalangan” deganda nimani tushunasiz va u qanday o‘tkaziladi?

6. Bakteriolog-shifokor tif-paratiflar kasalligiga shubha qilingan bemordan olingan qonni elektiv Rapoport oziq muhitiga ekdi. “Elektiv oziq muhit”, deganda nima tushuniladi va nima uchun qon Rapoport muhitiga ekildi?




4-Keys. Umumiy virusologiya: tuzilishi, klassifikasiyasi, reproduksiyasi. Bakterofaglar

Keysni bajarish bo‘yicha topshiriqlar:

1.Laboratoriyada vabo vibrionining sof kulturasi ajratib olindi. Xuddi shunday shtammlar kanal suvida ham borligini qaysi usul yordamida isbotlash mumkin?

2.Burun-halqum surtmasidan gripp virusi ajratib olinishi kerak. Bu qanday amalga oshiriladi?

3.Poliomielitga shubhalanilgan bemor shifoxonaga yotkizildi. Undan qanday biologik ashyo olinadi? Nima uchun?

4.Laboratoriyaga poliomielitga shubhalanilgan bemordan biologik ashyo olib kelindi. Virus ajratib olish uchun qaysi biologik ob’ektlar kerak?

5.Laboratoriyada sitopatogen ta’sirga ega bo‘lgan virus kulturasi ajratib olindi. Ajratib olingan virus qaysi usulda identifikatsiya qilinadi?

6.Qon topshirish bo‘limida qon zardobida NvsAg borligi nazorat qilinadi. Nima uchun va bu qaysi usullar yordamida amalga oshiriladi?

8.Toshkent shahridagi Virusologiya intstitutiga virusli gepatitga shubhalanilgan bemor qon zardobi olib kelindi. Kasallikka tashhis qo‘yish va uni farqlash uchun qaysi usullar qo‘llaniladi?


5-Keys. Dorivor o’simliklar xom ashyosining mikroflorasi. O’simliklarda kasallik qo’zg’atuvchi mikroorganizmlar. Tayyor dorilarning mikroflorasi va aniqlash usullari.

Keysni bajarish bo‘yicha topshiriqlar:

1.Davolanish uchun olingan moychechakni damlamasi olinib, ichish uchun tavsiya qilinganda,bemorda ichak faoliyati buzilishi kuzatilgan,sababini aytib bering?



2.Tayyorlangan ekstrakt bemorga berilganda MNS da o‘zgarishlar va alaxlash yuzaga kelgan. Ekstraktni tarkibida qanday mikroorganizmlar bor?
6-Keys. Infeksiya xaqida tushuncha. Virulent va patogen mikroorganizmlar.Infeksion kasalliklarni klassifikasiyasi va laboratoriya diagnostika usullari

Keysni bajarish bo‘yicha topshiriqlar:

1.YUqumli kasalliklar shifoxonasiga dizenteriya deb shubhalanilgan bemordan tekshiriluvchi biologik ashyo olib laboratoriyaga jo‘natildi. Bakteriologik laboratoriyada vrach bakteriolog dizenteriya tashhisini tasdiqlash uchun nimalarga e’tibor berishi kerak?

2.Bemorlardan olingan biologik ashyo oziq muhitlarga ekib, tekshirilganda dizenteriya qo‘zg‘atuvchilariga xos koloniyalar o‘sdi. Vrach bakteriolog ajratib olingan koloniyalarni qanday identifikatsiya qiladi?

3.Qorin tifi bilan og‘rib o‘tgan shaxslarni bakteriya tashuvchanlikka tekshirish natijasida qo‘zg‘atuvchi topilmadi. Tekshirilgan shaxslar bakteriya tashuvchi emasligini tasdiqlasak bo‘ladimi? YAkuniy xulosa berish uchun qanday biologik ashyo qo‘shimcha tekshirilishi lozim?

4.Statsionarga ikki opa-singil mushaklarning kuchsizlanishi, narsalarning ko‘zga ikki bo‘lib ko‘rinishi, ovoz bo‘g‘ilishi, yutishning qiyinlashuvi, nafas olishning buzilishi belgilari bilan tushdi. Ushbu simptomlar boshlanishidan bir necha soat oldin ular uyda tayyorlangan konservalangan zamburug‘ iste’mol qilishgan. SHifokor dastlabki tashhis qo‘yib, bemordan biologik ashyo olib, laboratoriyaga jo‘natdi. Laboratoriyada tashhis qo‘yish uchun qaysi mikrobiologik usul, qanday olib boriladi?


7-Keys. Immunitet, immunitet turlar. Organizmning immun xolatiga baxo berish usullari

Keysni bajarish bo‘yicha topshiriqlar:

1.SHifokor bemorda birlamchi immunologik tekshirish o‘tkazmoqda. Buning uchun u qaysi immunologik testlardan foydalanishi kerak?

2.SHifokor bemorda qorin tifi borligiga shubhalanmoqda. Bunda serologik tashhis qaysi usullar bilan va kasallikning qaysi haftasida qo‘yiladi? Nima uchun?

3.Bilvosita gemaglyutinatsiya reaksiyasi qo‘yilganda quyidagi natijalar olindi: 1:2 dan 1:256 gacha bo‘lgan suyultirilmalarda planshet chuqurchalari tubida eritrotsitlar “soyabon” holida, 1:512 va 1:1024 suyultirmalarida esa “tugmacha” holida cho‘kmaga tushdi. Ishlatilgan zardobning antitelolar titri qanday?

4.Komplementni bog‘lash reaksiyasi qo‘yilganda bir probirkada eritrotsitlarning to‘liq gemolizi kuzatilsa, ikkinchisida gemoliz bo‘lmadi. SHu probirkalardan qaysi biri nazorat uchun, qaysisiga antigen aralashtirilgan?


8-Keys. Mikroorganizmlar genetikasi. Mikroorganizmdagi uzgaruvchanlik va ulardan tibbiyotda foydalanish. Vaksinalar va zardoblar.

Keysni bajarish bo‘yicha topshiriqlar:

1.Har bir madaniyatli kishi ovqatlanishdan oldin qo‘lini sovun bilan yuvishi kerak. Sovun ishlatishdan qanday maqsad ko‘zlanadi?

2.Jarohatlarga birlamchi ishlov berish uchun bo‘yoqlar ishlatiladi. Qaysilar? Ularning ta’sir mexanizmi nimadan iborat?

3.Bakteriologik laboratoriyaga tekshirish uchun balg‘am olib kelindi. U bakteriologik jihatdan tekshirib bo‘lingach, kanalizatsiyaga to‘kishdan oldin qanday ishlov berilishi kerak? Nima uchun?


9-Keys. Patogen gram manfiy (meningokok va gonokoklar) va gram musbat kokklar.(stafilokokklar, streptokokklar)

Keysni bajarish bo‘yicha topshiriqlar:

1.Bakteriologik laboratoriyaga ashyo sifatida jarohatdan yiring olib kelindi. Surtma tayyorlab ko‘rilganda ko‘rish maydonida stafilokokklar kuzatildi. Keyingi tekshirish rejasini tuzing va xulosa qiling.

2.Bakteriologik laboratoriyaga ashyo sifatida tomoqdan va burundan olingan surtma keltirildi. Keyingi tekshirishlar rejasini tuzing.

3.O‘ng qo‘ltiq ostida karbunkul rivojlangan bemor shifoxonaga murojaat qildi. Tashhis qo‘yish va uni davolash uchun Siz ko‘radigan chora-tadbirlar.

4.CHap tovoni jarohatlangan bemor Sizga yordam so‘rab murojaat qildi. Nimadan xavotirlanasiz va Sizning hatti-harakatingiz.

5.Bemor birdaniga harorat ko‘tarilishi, bosh og‘rishi, qaltirish shikoyatlari bilan shifokorga murojaat qildi. SHungacha uning barmog‘ida yiring bo‘lib, u uyda davolangan. Tashhis qo‘yish uchun qanday mikrobiologik tekshirish o‘tkazasiz va Sizning keyingi hatti-harakatingiz.


11-Keys. Yuqumli ichak kasalliklari, ichak tayoqchasi mikrobiologik xususiyatlari. Ovqatdan zaharlanishni keltirib chikaruvchi mikroorganizmlar: salmonellyoz, botulizm.

Keysni bajarish bo‘yicha topshiriqlar:

1.To‘qqiz yoshli bolaning yo‘g‘on ichak normal mikroflorasi tekshirilganda Endo muhitida qizil rangli, S ko‘rinishli koloniyalar bilan bir qatorda rangsiz koloniyalar ham aniqlandi. Identifikatsiya qilinganda har ikkala koloniyadagi mikroorganizmlar ham bir turga mansubligi aniqlandi. Bunday vaziyatni izohlang va baho bering.

2.Bakterial dizenteriya deb shubhalanilgan bemor bolaning najasi laboratoriyaga olib kelindi. Qaysi usullar yordamida qo‘zg‘atuvchi ajratib olinadi.


12-Keys. Xavo - tomchi orqali yuquvchi infeksiya. (Korinebakteriya, mikobakteriya)

Keysni bajarish bo‘yicha topshiriqlar:

1.Bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga uzluksiz yo‘tal bilan to‘rt yashar bola tushdi. SHifokor sifatida Siz bemorga qanday yordam berasiz.

2.Bakteriologik laboratoriyaga ko‘kyutal bilan kasallangan bemordan biologik ashyo sifatida balg‘am olib kelindi. Surtma qaysi usul bilan bo‘yaladi? Qo‘zg‘atuvchining morfologik xususiyatiga ta’rif bering.

3.Bakteriologik laboratoriyaga difteriya deb shubhalanilgan bemor burun-halqumidan ajralmalar olib kelindi. Surtmada qaysi mikroorganizmlarni aniqlash mumkin. Gram usulida ular qanday bo‘yaladi?

4.SHifoxonaga difteriya kasalligining og‘ir ko‘rinishi bilan bemor tushdi. Davolovchi vrach nimadan xavotirlanadi va u qanday yo‘l tutadi?

5.Jarrohlik bo‘limida statsionar davolanishga kelgan bemorga “o‘ng tizza saramasi” tashhisi qo‘yildi. Qaysi qo‘zg‘atuvchi ushbu kasallik chaqirishi mumkin va kasalikka tashhis qo‘yishda qanday tekshirish usulidan foydalaniladi?


13-Keys. Sodda patogen jonivorlar. (Bezgak, leyshmanioz).Zamburug’lar keltirib chiqaradigan infeksiya. (dermatomikozlar, kandidozlar)

Keysni bajarish bo‘yicha topshiriqlar:

1.Ozena bilan og‘rigan bemordan biologik ashyo olinib, bakteriologik laboratoriyaga jo‘natildi. Uning kapsulasini aniqlash uchun qaysi usulda va qanday bo‘yab ko‘rish mumkin?

2.Vrach-bakteriolog shubhalanilgan qo‘zg‘atuvchining sof kulturasini ajratib oldi. Uning sofligini aniqlash qanday amalga oshiriladi?

3.Bakteriologik laboratoriyaga bemordan biologik ashyo sifatida najas olib kelindi. Bakteriologik tashhis qo‘yish uchun qanday ishlarni amalga oshirish lozim?

4.Bemor siydik kovug‘ini bo‘shatish uchun kateter qo‘yish zarur. Ishlatishdan oldin unga qanday ishlov beriladi?


14-Keys. Patogen anaeroblar. Qoqshol, gazli gangrena, qo’zg’atuvchilari

Keysni bajarish bo‘yicha topshiriqlar:

1.Gazli gangrena kuzatilgan bemorlarning jarohatidan ajralib chiqqan biologik ashyodan surtma tayyorlab, mikroskop ostida ko‘rilganda musbat javob olindi. Ko‘rilgan mikroorganizmlarning morfologik va tinktorial xususiyatlariga ta’rif bering.

2.Transport halokati tufayli jabrlangan odam jarohati tuproq bilan ifloslangan xolda statsionarga keltirildi. Tuproq bilan jarohatga qanday mikroorganizmlar tushishi mumkin va bunday holda bakteriologik tekshirishga ashyo yuborish mumkinmi? Siz qo‘llaydigan profilaktika choralari qanday?

3.Ovqatdan zaharlanishga shubhalanilgan bemordan olingan ashyo (qusuq) tekshirilganda katta grammusbat tayoqcha aniqlandi. Sizning bakteriolog sifatida harakat rejangiz qanday bo‘ladi?

4.Bakteriologik laboratoriyaga difteriya deb shubhalanilgan bemordan ashyo (tomoqdan shilliq) olib kelindi. Mikrobiologik tashhis rejasini tuzing.


15-Keys. Patogen zoonoz o’ta xafli bakteriyalar. (Kuydirgi, vabo qo’zg’atuvchilari.)

Keysni bajarish bo‘yicha topshiriqlar:

1.Vrach bakteriolog toun bilan kasallangan bemorlardan tekshiriluvchi biologik ashyo olib kelish to‘g‘risida topshiriq oldi. U tekshirish joyiga borishdan oldin nimalarga e’tibor berishi kerak va nima uchun?

2.SHifoxonada brutsellyoz bilan kasallangan bemor yotibdi (kasallikning 2 haftasi). Bemordan tekshirish uchun qanday biologik ashyo olib jo‘natildi? Laboratoriyada tashhis qo‘yish uchun qaysi usullardan foydalaniladi?

3.Brutsellyoz bilan kasallangan bemordan laboratoriyaga najas olib kelindi va ozik muhitlarga ekildi. Oziq muhitlarda o‘sib chiqqan koloniyalardan surtma tayyorlandi. Surtmani tekshirishda qaysi bo‘yash usulidan foydalaniladi va ko‘rish maydonida qanday mikroorganizmlar kuzatiladi?

4.Siz yashayotgan joyda brutsellyoz bilan hayvonlar kasallanishi ko‘p kuzatilmoqda. Uchastka shifokori sifatida kasallikni kamaytirish maqsadida qanday chora-tadbirlar olib borish lozim?

16.Keys Patogen spiroxetalar. (Zaxm qo’zg’atuvchilari) Rikketsiozlar. (Toshmali tif qo’zg’atuvchilari.

Keysni bajarish bo‘yicha topshiriqlar:

1.Teri va tanosil kasalliklari dispanseriga bundan 3 oy avval so‘zakni eslatuvchi klinik ko‘rinishlari kuzatilgan bemor murojaat qildi. Retrospektiv tashhis qo‘yish uchun qaysi mikrobiologik tekshirish usullari qo‘llaniladi?

2.Sizga peshob yo‘llaridan yiring oqishidan shikoyat qilib, bemor murojaat qildi. Nimadan shubhalanasiz va Sizning hatti-harakatingiz.

3.SHifoxonaga farzandsizlikka shikoyat qilgan bemor yotqizildi. Unda 7 yil oldin so‘zakka o‘xshash kasallik paydo bo‘lganda o‘zi vrach maslahatisiz uyda davolangan. Ayol 28 yoshda, turmushga chiqqaniga 6 yil bo‘lgan. Nimadan shubhalanasiz va Sizning hatti-harakatingiz.

4.Qon quyish muassasasiga donor bo‘lish istagi bo‘lgan erkak kishi murojaat qildi. Unda zahm kasalligi yo‘qligini isbotlovchi qanday tekshirish usullarini qo‘llash mumkin?

5.YUqori tanglayida yarasi bor bo‘lgan bemor jarroh-stomatolokka murojaat etdi. Uning zahm bilan og‘rishi ma’lum bo‘ldi. Tashhis qo‘yish uchun qaysi usullardan foydalanilgan?


17-Keys. Virusli kasalliklar. (Gripp, qizamiq) Gepata viruslari.

Keysni bajarish bo‘yicha topshiriqlar:

1.Laboratoriyaga gripp bilan og‘rib o‘tgan bemordan qon zardobi olib kelindi. Qaysi usul yordamida qo‘yilgan tashhisni tasdiqlash mumkin? Buning uchun qaysi serologik reaksiyalardan foydalaniladi?

2.Qutirishga shubhalanilgan it veterinar laboratoriyaga olib kelindi. Tashhis qo‘yish uchun qanday biologik ashyo olinadi? Qaysi usullar qo‘llaniladi?

3.Kanali ensefalitga shubhalanilgan bemordan ikki marta qon zardobi olib, laboratoriyada tekshirildi. Qo‘yilgan tashhis qanday tasdiqlanadi? Buning uchun qaysi usullar qo‘llaniladi?

4.Adenovirus infeksiyasiga shubxalanilgan bemor burun bo‘shlig‘idan bosma-surtma olindi. Qaysi tekshirishlarga asoslanib adenovirus infeksiyasi tasdiqlanadi?




18Keys Rabdovirus. (qutirish).OITS,Entero-, neyroviruslar (poliomielit).

Keysni bajarish bo‘yicha topshiriqlar:

1.Gripp kasalligini oldini olish uchun aholi orasida emlash o‘tkazildi. Ular nima bilan emlandi va qanday qilib?

2.Travmatologiya bo‘limiga notanish it tishlagan bemor murojaat qildi. Maxsus profilaktika uchun nimadan foydalaniladi? SHifokor sifatida Sizning hatti-harakatingiz.

3.OITS markazi shifokori shubhalanilgan odam qon zardobini immunoferment usuli bilan tekshirganda musbat natija kuzatildi. Lekin immunobloting usuli bilan tekshirganda bu natija tasdiqlanmadi. Buning sababi nimada?

4.Uzoq vaqtdan beri isitmalab yotgan narkoman bemor immun tizimi tekshirilganda T- xelperlar, tabiiy killerlar miqdori keskin kamayib ketganligi, T- supressorlar miqdori oshganligi kuzatildi. Qaysi kasallik to‘g‘risida taxmin qilish mumkin? Nima uchun?

A M A L I Y O‘ Y I N L A R

1. SHifoxonaga bir oiladan ikkita bemor nevrologik simptomlar - diplopiya, afoniya, afagiya va boshqalar bilan tushdi. Kasallik anamnezida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, bemorlar uyida konservalangan ko‘ziqorin iste’mol qilishgan.

Davolovchi shifokor:

Anamnezi va klinik belgilariga asoslanib, qanday kasallik kelib chiqqaniga shubha bor? Sizning hatti-harakatingiz. Bemorlarda tashhisni tasdiqlash uchun qanday ashyo olasiz va buni qaysi laboratoriyaga jo‘natasiz? Laboratoriyaga jo‘natish uchun yo‘llanma tayyorlang va uni asoslang.



Vrach bakteriolog:

Olingan ashyo va yo‘lanmani izohlang. Tekshirish o‘tkazish rejasini tuzing va javob muddatini belgilang. Mumkin bo‘lgan javoblarni tuzing. YAkuniy natijani davolovchi shifokorga yozma ravishda bering.


Davolovchi shifokor:

Laboratoriya javobini izohlang. Sizning qo‘ygan tashhisingiz tasdiqlangandan so‘ng etiotrop davo tayinlang. Kasallik tarqalishini oldini olish uchun qanday choralar ko‘rasiz?


2. Poliklinkaga bir guruh ishchilar o‘tkir ovqatdan zaharlanish bilan murojaat qilishdi. Ular ko‘ngil aynishi, qusish, epigastral tomonda og‘riq bo‘lgandan shikoyat qilishdi. Ishchilar o‘z kasalliklarini korxona oshxonasida iste’mol qilingan kremli tort bilan bog‘lamokdalar.

Davolovchi shifokor:

Sizning hatti-harakatingiz va dastlabki tashhis. Laboratoriya tekshirishi uchun qanday ashyo olasiz? Yo‘llanma to‘lg‘azing va uni asoslang.



Vrach bakteriolog:

Yo‘llanma va olingan ashyoni izohlang. Tekshirish o‘tkazish rejasini tuzing va muddatini belgilang. YAkuniy natijani yozma ravishda bering.



Davolovchi shifokor:

Laboratoriyadan olingan javobni izohlang. Dastlabki tashhisingiz tasdiqlangandan so‘ng etiotrop davo belgilang. Kasallikning oldini olish maqsadida qanday ishlarni olib borasiz?


3. YUqumli kasalliklar shifoxonasiga og‘ir gastroenterit, ich ketish, suvsizlanish, tana haroratining pasayishi va boshqa belgilari bor bemor tushdi. Bemor 2 kun oldin Hindistondan xizmat safaridan qaytgan.

Davolovchi shifokor:

Kasallik alomatlari bo‘yicha qaysi kasallikka shubha tug‘ildi. Sizning hatti-harakatingiz. Dastlabki tashhisni tasdiqlash maqsadida bakteriologik laboratoriyada tekshirish uchun bemordan biologik ashyo oling. Yo‘llanma to‘ldirib, biologik ashyoni yuborish qoidalarini izohlang.



Vrach bakteriolog:

SHifokor yo‘llanmasini izohlang. Tekshirish rejasini tuzing va muddatini belgilang. Mumkin bo‘lgan javoblarni tuzing. YAkuniy javobni asoslab bering.



Davolovchi shifokor:

Vaboga shubha tug‘ilganda bakteriologik laboratoriyadan javob olguncha qanday tez chora-tadbirlar qo‘llaysiz? Laboratoriyadan olingan javobni izohlang va qo‘ygan tashhisingiz tasdiqlangandan so‘ng etiotrop davo qo‘llang. Kasallikning tarqalishini oldini olish uchun qanday ishlarni olib borasiz?


4. YUqumli kasalliklar shifoxonasiga ichak sohasida o‘tkir og‘riq (tenezmlar), tez-tez “soxta chaqiriqlar” bo‘lishi, ich ketishi bilan bemor tushdi. Bemor yashagan joyda dizenteriya kasalligi hodisasi bo‘lgan.

Davolovchi shifokor:

Simptomlari va epidemiologik holati bo‘yicha qaysi kasallikka shubha tug‘ildi. Dastlabki tashhisni tasdiqlash uchun bemordan qanday biologik ashyo olib, jo‘natasiz. Bakteriologik laboratoriyaga yo‘llanma to‘ldiring va uni asoslab bering.



Vrach bakteriolog:

Yo‘llanmani izohlang. Tekshirish rejasini tuzing va muddatini belgilang. Mumkin bo‘lgan javoblarni tuzing. YAkuniy natijani izohlang.



Davolovchi shifokor:

Bakteriologik laboratoriyadan olingan javobni izohlang. Sizning tashhisingiz tasdiqlangandan so‘ng, etiotrop davo qo‘llang, uni asoslab bering. Kasallikning tarqalishini oldini olish uchun qanday tadbirlar olib borasiz.


5. Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yuqori harorat (380S), qusish, terida toshmalar, qorin sohasida qattiq og‘riq bilan bemor tushdi. U yashaydigan yotoqxonada qorin tifi kasalligining hodisasi bo‘lgan.

Davolovchi shifokor:

Simptomlari va epidemiologik holatiga qarab dastlabki tashhis qo‘ying. Sizning hatti-harakatingiz, bakteriologik laboratoriyaga jo‘natish uchun biologik ashyo oling. Yo‘llanma yozing va uni asoslab bering.



Vrach bakteriolog:

Davolovchi shifokor yo‘llanmasini asoslang. Tekshirish o‘tkazish rejasini tuzing va muddatini belgilang (qo‘zg‘atuvchining turini aniqlang). Tekshirishning natijasini yakuniy javobda ko‘rsating va uni izohlang.


Davolovchi shifokor:

Bakteriologik laboratoriyadan olingan javobni izohlang. Qorin tifi tashhisi tasdiqlanib, qo‘zg‘atuvchining turi aniqlangach, etiotrop davo qo‘llang, uni asoslang. Kasallikning tarqalishini oldini olish uchun qanday maxsus va umumiy profilaktika choralarini ko‘rasiz?


6. Teri va tanosil kasalliklari shifoxonasiga jinsiy organida noma’lum yara, limfa tugunlarining kattalashuvi, subfebril harorat, suyaklarda (tunda) og‘riq bo‘lishi, uyqusizlik belgilari bilan bemor tushdi. Bundan 3 hafta oldin bemor notanish jinsiy hamroh bilan jinsiy aloqada bo‘lgan.

Davolovchi shifokor:

Kasallik simptomlari va bemor anamneziga asoslanib, dastlabki tashhis qo‘ying. Sizning hatti-harakatingiz. Bemordan qanday biologik ashyo olasiz? Bakteriologik laboratoriyaga yo‘llanma yozing va uni asoslab bering.



Vrach bakteriolog:

Yo‘llanmani izohlang. Tekshirish o‘tkazish rejasini tuzing va muddatini belgilang. Mumkin bo‘lgan javoblarni tuzing. YAkuniy javobni asoslab bering.



Davolovchi shifokor:

Bakteriologik laboratoriyadan javob olingungacha qanday choralarni ko‘rasiz? Laboratoriyadan tasdiqlangan javob olingandan keyin etiotrop davo qo‘llang, uni asoslang. Profilaktik chora-tadbirlarni belgilab bering.



7. Bolalar poliklinikasiga 12 yashar bola tomog‘ida og‘riq, yuqori harorat bilan murojaat etdi. Bolaning 4 kun oldin ota-onasi bilan qarindoshlarinikida mehmonda bo‘lgani va ularning bolalarida xuddi shunday simptomlar bo‘lgani aniqlagan.

Uchastka shifokori:

Anamnezi va klinik belgilariga binoan bolada qanday kasallik kelib chiqqaniga shubha bor? Buday vaziyatda bemorga nisbatan va infeksiyaning mabaini aniqlash, turar joy, maktabda epidemiyaga qarshi qanday chora-tadbirlarni olib borasiz?



Davolovchi shifokor:

Yo‘llanma bilan bemor shifoxonaga tushganda dastlabki tashhisni tasdiqlash uchun bemordan qanday biologik ashyo olib, qaysi laboratoriyaga jo‘natasiz? Yo‘llanma to‘ldirib, ashyoni olish qoidasini izohlang.



Vrach bakteriolog:

Yo‘llanma va olingan biologik ashyoni izohlang. Bakteriologik tekshirish o‘tkazish rejasini tuzing va uning muddatini belgilang. YAkuniy tashhisni yozma ravishda bering.



Uchastka shifokori:

Kasalliklan sog‘aygan bola uyga qaytgandan so‘ng turar joyda va uchastkangizda shu kasallikning oldini olish borasida qanday ishlarni olib borasiz?



8. Bolalar bog‘chasiga qatnaydigan 4 yashar bolada xurujli yo‘tal alomatlari paydo bo‘ldi. Bundan 8 kun oldin bolani yuqori nafas yo‘llarida kataral holat kuzatilsada, u bolalar bog‘chasiga qatnashda davom etgan. Bu vaqtda bog‘cha hamshirasi mehnat ta’tilida bo‘lgan, tabiyachilar esa bolaning kasalligiga etarlicha ahamiyat bermagan. Tekshirishda shu guruhda yo‘talib turgan yana uch bola aniqlangan.

Uchastka shifokori:

Simptomlari va epidemik holatiga qarab dastlabki tashhis qo‘ying. Tashhisni aniqlash uchun qanday tadbirlar ko‘rilishi lozim? Bog‘chada kasallik manbaini aniqlash, oldini olish bo‘yicha qanday choralar ko‘riladi?


Vrach bakteriolog:

Uchastka shifokori yo‘llanmasini izohlang. Tekshirish rejasini tuzing va mumkin bo‘lgan tadbirlarni tuzing. YAkuniy natijani izohlang.



Davolovchi shifokor:

Bakteriologik laboratoridan olingan javobni asoslang. Dastlabki tashhis tasdiqlangandan so‘ng, etiotrop davo tayinlang va bolalar kasallikdan sog‘ayganda shifoxonadan chiqarish qoidasini izohlang.



9. SHifoxonaga go‘sht do‘konida ishlaydigan qassob yuqori harorat, tayanch harakat organlari, periferik nerv tizimi hamda tanosil a’zolarining zararlanishi bilan murojaat etdi. Ishchi kasallik sababini o‘zining kasbi bilan bog‘lamoqda.

Davolovchi shifokor:

Sizning hatti-harakatigiz va dastlabki tashhis. Bakteriologik laboratoriyada tekshirish uchun qanday ashyo olasiz? Yo‘llanma to‘ldirib, uni asoslang.



Vrach bakteriolog:

Yo‘llanma va olingan ashyoni izohlang hamda tekshirish o‘tkazish rejasini tuzing. Mumkin bo‘lgan javoblarni yozing, yakuniy tashhisni davolovchi shifokorga yozma ravishda bering.



Davolovchi shifokor:

Bakteriologik usulda dastlabki tashhis tasdiqlanganidan so‘ng, etiotrop davo qo‘llang va bemor to‘liq tuzalgach shifoxonadan chiqarish qoidasini tushuntirib bering.



Uchastka shifokori:

Kasallikdan sog‘ayib uyga qaytgan shaxsga nisbatan turar joyda profilaktik maqsadda qanday ishlarni olib borasiz?



10. 54 yoshli ayolning qo‘lida karbunkul paydo bo‘lgani tufayli og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Bemor uyida yolg‘iz yashaydi va qishloq xo‘jaligi hayvonlarini boqmaydi. Anamnezidan ma’lum bo‘lishicha ayol uyida paypoq, sharf, qo‘lqop va boshqalarni to‘qish uchun bozorda turli shaxslardan jun xarid qilgan.

Davolovchi shifokor:

Simptomlari va epidemik vaziyat bo‘yicha bemorda kuydirgi bo‘lishi mumkinmi? Sizning hatti-harakatigiz, bakteriologik laboratoriyada tekshirish uchun biologik ashyo olish qoidasini tushuntirib bering. Yo‘llanma yozing va asoslang.



Vrach bakteriolog:

Yo‘llanmani izohlang va tekshirish rejasini tuzing, muddatni belgilang. YAkuniy natijani izohlang.



Davolovchi shifokor:

Bakteriologik laboratoriyadan olingan javobni izohlang va tashhis tasdiqlangandan so‘ng etiotrop davo tayinlang. Kasallikdan batamom sog‘ayganda shifoxonadan chiqarish koidasini xamda kasallik tarqalishini oldini olish uchun qanday maxsus va umumiy choralar ko‘riladi.



11. Talabalar 10 oktyabrda Qo‘shko‘pir tumaniga paxta yig‘im-terimiga borishdi. 31 oktyabrda 4 nafar talabada bosh og‘rig‘i, haroratning yuqori bo‘lishi, ishtaha yo‘qligi, yorug‘ nur, shovqin yoqmasligi belgilari kuzatildi. Anamnezdan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, talabalar yotoqda quduq suvidan ichishgan.

Uchastka shifokori:

Anamnezi bo‘yicha bemorda qanday kasallik paydo bo‘lgan va bunday vaziyatda bemorlarga hamda yotoqda yashayotgan talabalarga nisbatan Sizning hatti-harakatingiz.



Davolovchi shifokor:

QVP shifokori yo‘llanmasida ko‘rsatilgan dastlabki tashhis bilan talabalar shifoxonaga tushishdi. Bemorlarga oxirgi tashhis qo‘yish uchun ulardan qanday biologik ashyo olib, qaerga jo‘natasiz?



Vrach bakteriolog:

Yo‘llanmani izohlang. Tekshirish o‘tkazish rejasini tuzing va muddatini belgilang. Mumkin bo‘lgan javoblarni tuzing. YAkuniy javobni asoslab bering.



Davolovchi shifokor:

Bakteriologik usulda bemorlar tashhisi tasdiqlanganidan so‘ng etiotrop davo qo‘llang va uni asoslang. Bemorlarni kasallikdan sog‘ayganlaridan so‘ng shifoxonadan chiqarish tartibini tushuntirib bering.



Uchastka shifokori:

Kasallikdan tuzalib turar joyiga qaytgan talabalarga nisbatan profilaktik maqsadda qanday ishlar olib boriladi?



12. 45 yoshli bemor uzoq muddatli safardan qattiq bosh og‘rig‘i, tanasida razeolyoz-petexial toshmalar bo‘lishi hamda alahsirash kuzatilgan holda uyga qaytdi. Og‘riq azobidan shikoyat qilib QVP ga murojaat qilgan. Anamnezi bo‘yicha bemorda epidemik toshmali tifga shubha tug‘ildi.

Uchastka shifokori:

Anamnezi bo‘yicha bemorda epidemik toshmali tifga shubha tug‘ilgan vaziyatda Sizning hatti-harakatingiz.



Davolovchi shifokor:

Dastlabki tashhisni tasdiqlash maqsadida bakteriologik laboratoriyaga tekshirish uchun qanday biologik ashyo olasiz? Yo‘llanma to‘lg‘azing va uni asoslang.



Vrach bakteriolog:

Olingan biologik ashyo va yo‘llanmani izohlang. Tekshirish o‘tkazish rejasini tuzing va muddatini belgilang. YAkuniy javobni yozma ravishda bering.



Davolovchi shifokor:

Tashhisi ma’lum bo‘lgan bemorda davolash ishlarini olib borish tartibini tushuntirib bering. Davo choralari tugagach, uni shifoxonadan chiqarib yuborishda nimalarga e’tibor beriladi?



Uchastka shifokori:

Epidemik toshmali tifdan sog‘aygan shaxsga nisbatan ko‘riladigan chora-tadbirlar va kasallikning bundan keyin uchramasligi bo‘yicha qanday ishlar amalga oshiriladi?



13. Bolalar poliklinikasiga 25 oktyabr kuni 10 yoshli maktab o‘quvchisi quruq yo‘tal, tumov, yuqori harorat, ko‘z qizarishi, lunjida toshmalar bo‘lishi bilan murojaat etdi. Anamnezidan o‘quvchi 15 oktyabrda mehmonda bo‘lgani va u erda xuddi shu belgilari mavjud 7 yoshli qarindoshi bilan o‘ynagani ma’lum bo‘ldi.

Uchastka shifokori:

Anamnez bo‘yicha bemorda qanday kasallik kelib chiqqaniga shubha tug‘ildi. Bakteriologik laboratoriyada tekshirish uchun qanday ashyo olasiz? Yo‘llanma to‘ldiring va uni asoslang.



Vrach virusolog:

Yo‘llanma va olingan biologik ashyoni izohlang. Tekshirish o‘tkazish rejasini tuzing va muddatini belgilang. YAkuniy natijani yozma ravishda bering.



Uchastka shifokori:

Virusologik laboratoriyadan olingan javobni izohlang. YAkuniy tashhis qo‘yilgandan sung etiotrop davo belgilang. Kasallikning oldini olishda maxsus va umumiy chora-tadbirlar nimadan iborat bo‘ladi.


14. Uy egasi tongda o‘z uyining hovlisiga sigirga em-hashak berish uchun chiqqan. Hovlida adashgan tulki unga xujum kilib, bo‘ynidan tishlamoqchi bo‘lganda bo‘ynini qo‘llari bilan berkitishga ulguradi. Xayvon uning qo‘lini tishlab, tirnab tashlaydi va qochadi. SHikastlangan kishi 4 soat o‘tgach, uchastka shifokoriga murojaat etgan.

Uchastka shifokori:

Yuzaga kelgan vaziyatda uchastka shifokori sifatida Sizning hatti-harakatingiz.



Travmatolog shifokor:

Yo‘llanma bilan kelgan bemor anamnezidan qutirish kasalligiga shubha tug‘ildi. Bu holda shikastlangan kishiga nisbatan qanday tez chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Virusologik tekshirishlar o‘tkaziladimi? Qanday holatda?
15. shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga isitma, sariqlik, holsizlik belgilari bilan bemor murojaat etdi. Epidemik anamnezi bo‘yicha bemor shifoxonaga tushishdan oldin uyda davolangan.

Yuqumli kasalliklar shifokori:

Kasallik belgilari va anamnezi bo‘yicha qanday kasallik kelib chiqqaniga shubha bor? Sizning hatti-harakatingiz. Bemorda tashhisni tasdiqlash uchun qanday biologik ashyo olasiz va qaysi laboratoriyaga jo‘natasiz?



Vrach virusolog:

Yo‘llanma va olingan ashyoni izohlang. Tekshirish olib borish rejasini tuzing va muddatini belgilang. Yakuniy javobni yozma ravishda ering.



Yuqumli kasalliklar shifokori:

Virusologik laboratoriyadan olingan javobni izohlang. Tashhis tasdiqlangandan so‘ng davo ishlarini olib boring va kasallikdan tuzalgandan keyin shifoxonadan chiqarish qoidalarini tushuntirib bering.




Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə