Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya kafedrasi kimyoviy mikrobiologiya fani bo



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə21/28
tarix15.10.2018
ölçüsü1,27 Mb.
#74339
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28

Tuproq na’munasini olish. Sanitar bakteriologik tekshirish uchun tuproq na’munasi qo’yilgan maqsad asosida tekshirilayotgan uchastkani ma’lum kvadratlaridan ( 5 x 5 m. kam bo’lmaslik kerak) “konvert” usulida ( 4 ta na’muna diagonal bo’yicha va 1 ta markazdan) olinadi. Na’munalar tuproqni 20-30 sm. chuqurlig’idan 200 g, tuproqni bakteriologik ifloslanganini aniqlash uchun esa 20 sm chuqurlig’idan olinadi. Olingan na’munalar maxsus steril idishlarga solinib laboratoriyaga jo’natiladi. Tuproq na’munalari zarur sharoit kelib chiqqanda 24 soat muzlatkichlarda saqlanishiga ruxsat beriladi.

Tuproqni tekshirish uchun tayyorlash. Beshta nuqtadan olingan tuproq na’munalari maxsus idishda aralashtirilib undan 10 -30 g tortib olinadi va 1 : 10 nisbatda sterillangan vodoprovod suvi bilan tuproq suspenziyasi tayyorlanadi ( 10 g tuproq + 100 ml suv). Bu asosiy suspenziyadan qo’yilgan maqsad asosida suyultirilgan ( 10-2, 10-3, 10-4, 10-5 va x.) na’munalar tayyorlaniladi. Tuprqni sanitar- mikrobiologik baho berishda tuproqdagi UMS va SKB koli-titri va perfringensni titri aniqlanadi.

Tuproqdagi umumiy mikroblar sonini topish –ohirgi 2 ta suyultirilan na’munadan oziqli muhitning yuzasiga 0,1 ml olinib shpatel bilan (GPA yoki suslo-agarga) ekiladi. Ekilgan ekma 48 soat termostatda saqlanib, oziqli muhitlarda o’sib chiqqan koloniyalar soniga qarab 1 g turoqdagi UMS topiladi. Masalan 10-4 nisbatda suyultirilgan na’munadan ekilgan chashkada 41 koloniya topildi, 10-5 dan esa 33.

8 x 10 000 + 3 x 100 000

UMS = ------------------------------------ x 10 = 190000

2


Tuproqni koli-titri va perfringensni titrini aniqlash. Tuproqni koli yoki perfringens titri deb, bitta ichak tayoqchasi yoki perfringens topilgan tuprqni eng kam miqdoriga aytiladi. Tuproqdagi ichak tayoqchasini koli –titrini aniqlashda elektiv muhitlar ishlatiladi. Bu muhitlar tarkibi qo’shimcha mikroblarni o’sishini to’xtatib qo’yuvchi o’t saprosi, gensian violet tutadi, lekin ichak tayoqchasini o’sishiga to’sqinlik qilmaydi. Eng ko’p qo’llaniladigan suyuq Kissler muhiti xisoblanadi, uning tarkibida yuqorida aytilgan kompanentlardan tashqari E. coli bijg’itib gaz hosil qilishi uchun pepton va laktoza tutadi. Gaz hosil bo’lganini aniqlash uchun muhitga bir tamoni payatlangan shisha po’kak solib qo’yiladi, hosil bo’lgan gaz po’kakga yig’iladi. Tuproq suspenziyasining suyultirilganidan 1 ml dan Kessler muhiti bo’lgan probirkalarga ekiladi va termostatda 43°S da 48 soat davomida saqlanadi. 48 soatdan kiyin Kissler muhiti ko’zdan kechiriladi va musbat reaksiyali probirkalar (E. coli muhitda gaz hosil qilib, loyqatib o’sadi) ajratib olinadi va Endo muhitiga musbat na’munalardan qayta ekiladi va termostatga 37° S 24 soatga qo’yiladi. Muhitda to’q qizil metal singari tovlanib turgan koloniyalar hosil bo’lsa va surtma tayyorlanib bo’yab ko’rilganda gram manfiy tayoqchalar topilsa E. coli deb xulosa qilinadi. Keyinchalik suvning koli-titrini aniqlashda qo’llaniladigann sxema bo’yicha analiz o’tkaziladi va tuproqni koli titri topiladi.

Tuproq suspenziyasining perfringens-titrini topish uchun, turli darajada suyultirilgan suspenziyadan 1 ml ( sporsiz bakteriyalar o’smasligi uchun suyultirilgan tuproq suspenziyasi 80°S da 10-15 minut qizdiriladi) dan yog’siz, steril sut yoki tayyorlangan temir sulfitli Vilson-Bler muhit quyilgan probirkalarga yex tempore (tezlikda) ekiladi.

Bu ekmalar 43°S da termostatda 24—48 soat davomida saqlanadi, so’ng sutning chirishi yoki Vilson-Bler muhitining agarli ustunchasida hosil bo’lgan Cl. perfringens qopa koloniyalarga ko’ra xulosa chiqariladi. Koloniyalardan surtmalar tayyorlanib, Gram usuli bilan bo’yaladi. Mikroskop ostida ko’rilgandan so’pg, perfringens titri aniqlanadi.

Muhit tarkibi. Kessler muhiti 1% peptonli suv, 5% o’t sapro, 0,25% laktoza va grammusbat bakteriyalarning o’sishini to’xtatish uchun gensian binafshadan iborat.

T ye m i r s u l f i t l i V i l s o n-B l ye r m u h i t i 3 % oziqli agar, 1% glyukoza, 2% natriy sulfit, 0,08% temir xloriddan qo’shilgan.

Termofil (issiqni sevuvchi) bakteriyalarni aniqlash uchun suyultirilgan tuproq suspenziyasidan 1 ml Petri kosachasiga tomiziladi, ustidan eritilgan va sovutilgan oziqli agar quyiladi. Ekmalar 60°S da termostatda 1 kun saqlanadi. So’ng hosil bo’lgan koloniyalar sanalib, 1 g tuproqdagi bakteriya soni aniqlanadi.



aniqlash. Usulni mohiyati tekshirilayotgan suvni ikkitadan kam bo’lmagan na’munasi 1,0 ml olinib, oziqli muhitga ekib, o’sgan koloniyalarni sanab xisoblashga asoslangan. Tadqiqot usulini bajarilishi – tekshirilayotgan suv yaxshilab aralashtirilib 1,0 ml dan olingan suvlar sterillangan Petri kosachasiga ( diametri 90-100 mm) quyiladi, ustiga 10—12 ml eritilgan, 45 —49°G gacha sovutilgan oziqli agar quyiladi va yaxshilab suv bilan aralashtiriladi. So’ngra ekilgan materiallar 37°S da termostatda 24 soatga qo’yiladi. . So’ng har ikkala kosachadagi agar yuzasida va ichida o’sib chiqqan koloniyalar soni sanaladi, qo’shilib ikkiga bo’linib, suvning 1 ml dagi umumiy mikroblar soni aniqlanadi (xisoblab topish tuproqning UMS aniqlashga o’xshash, faqat na’muna 1.0 ml lingani uchun 10 ko’paytirilmaydi)

Natija 1 ml suvda topilgan bakteriyalarni koloniya hosil qiluvchi birligida (KHQB) beriladi.



Umumiy va termotolerant koliform bakteriyalarni membra filtrlash usulida aniqlash. Usulni mohiyati tekshirilayotgan suvni maxsus membrana filtridan o’tkazilib, laktoza tutuvchi differensial muhitda o’stirib, kultural va bioximik xususiyatlari bo’yicha identifikasiya qilishga asoslangan. Tadqiqot usulini bajarilishi. 3-nomerli membranali filtr Bunzep kolbasiga o’rnatilgan Zeyts voronkasiga joylashtirilib, so’ngra vakuum-nasos bilan birlashtiriladi Membranali filtrlar oldindan distillangan suvda qaynatilib, sterillanadi.Ichimlik suvlari uchun na’muna 300 -500 ml, ochiq suv havzasidan olingan toza suv 5, 10, 40, 100, 150 ml hajmda filtrlanadi. Agap suv nihoyatda ifloslapgai bo’lsa, filtrlashdan oldin steril distillangan suv bilan suyultiriladi.

Ichimlik suvni tekshirishda 3 ob’yom 100 ml dan olinadi, har bir ob’yom suv filtrdan o’tkaziladi. Filtrlar Petri kosachasidagi Endo muhiti yuzasiga qo’yiladi va 37°S da termostatda 24 soat saqlanadi. Agar filtr yusasida 24 soat maboynida koloniyalar o’smasa yoki koliform bakteriyalarga xos bo’lmagan mog’ar zamburug’lari koloniyasi topilsa, umumiy koliform bakteriya (UKB) va termotolerant koliform bakteriya (TKB) topilmadi deb natija beriladi.

Agar membrana filtrda tipik aloxida yotgan laktozamusbat, qizil metal singari yaltiroq, yoki rangsiz koloniyalar topilsa, har ikkala tip koloniyalar aloxida sanalib ularning UKB va TKB mansubligi aniqlaniladi. UKB tasdiqlash uchun filtrda 5 tadan kam, lekin 3-4 tadan har bir tipdagi koloniyalardan, TKB ni tasdiqlash uchun hamma tipik aloxida koloniyalardan 10 tadan oshmagan holda oksidaza aktivligi, Gram usulida bo’yalishi va laktozani kisota gaz hosil qilib fermentlashi aniqlanadi. Oksidaza testini qo’yishda oksidaza disklaridan foydalaniladi (dimetil-p-fenilendiamin shimdirilgan filtr qog’ozi). Membrana filtrlarda koloniyalar qalin o’sgan bo’lsa, oksidaza diski to’g’ridan to’g’ri filtr ustidagi koloniyalarga distillangan suv bilan namlab qo’yiladi, ko’k ranga kirsa reaksiya musbat bo’ladi. Agar filtr yuzasidagi hamma koloniyalar oksidazamusbat bo’lsa tekshirish to’xtatiladi va na’munadan UKB va TKB topilmadi deb javob beriladi. Agar koloniyalar oksidaza manfiy bo’lsa tekshirilayotgan koloniyalar qayta ekilib aloxida koloniyalar olinadi va ularni UKB va TKB mansubligi o’rganiladi. Koloniyalarni UKB mansubligi gram manfiy bakteriyalar koloniyasi oksidaza manfiy va laktozani kislota, gaz hosil qilib 37°S da fermentasiya qilsa, ularni UKB mansubligi tasdiqlanadi. TKB mansubligi esa shu testlarni 44°S da aniqlanadi. Boshqa hollarda agar na’munalardan UKB va TKB topilmasa tekshirilgan 100 ml suvda KHQB UKB va 100 ml suvda va KHQB TKB topilmadi deb javob beriladi.

Havoni sanitar-mikrobiologik tekshirish

Havoni miqdoriy mikrobiologik tekshirish usullari sedimentasiya (cho’ktirish), aspirasiya yoki filtrlash prinsipiga asoslangan. Havo mikroflorasini tekshirish ikki yo’nalishda olib boriladi. Birinchi yo’nalish atmosfera xavosiga sanitar-bakteriologik baho berish. Atmosfera havosida SKB ( stafilokokk va streptokokk) 3,7% xollardagina aniqlanadi, asosan bu zonalarda odamlar (shaharlar) ko’p to’planishi, zich yashashlari mumkin. Havo mikroflorasida asosan tuproq mikroflorasi domenantlik qiladi.Atmosfera havosining bakterial ifloslanganligini boholaydigan normativlar yo’q.

Yopiq xonalar havosini sanitar-bakteriologik jihatdan tekshirish planli tartibda yaslilar va bolalar bog’chalarida, maktablar, kasalxonalar, operasiya xonalari, dorixonalar, kinoteatrlarda olib boriladi.

Davolash muasassalarining havosi har bir kvartalda bir marotiba davlat SES tamonidan joriy tekshiruv o’tkaziladi. Kasalxona bakteriologik laboratoriyasi esa epid ko’rsatma asosida har oyda bir marotiba joriy tekshiruv o’tkazadi. Gigienik va epidemiyaga qarshi o’tkazilayotgan joriy tekshiruvlarda 1m³ havosidagi UMS ( umumiy mikroblar soni) va SKB (oltinsimon stafilokokk, gemolitik streptokokk va gram manfiy tayoqchalar, zamburug’lar ( aptekalarda) aniqlanadi.

Kasalxona xonalari havosida asosan oltinsimon stafilokokk, gemolitik streptokokklar70-30% xollarda uchraydi. Shu bilan bir qatorda operasiya oldi, operasiya zallarida, operasiyadan kiyingi palatalarda, tug’riq zallarida va reonimasiyalarda bu mikroorganizimlar topilmasligi kerak. Havo mikroflorasiga sanitar –bakteriologik baho berishda quyidagi usullar qo’llaniladi.

Sedimentasion ( Kox usuli) usul. Asosan yopiq xonalar havosini tekshirishda qo’llaniladi. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, oziqli agar kuyilgap Petri kosachasi xonani bir necha joyiga ochiq holda ma’lum vaqtga ochiq qoldiriladi ( ko’proq 20-30 min.). So’gg 37°S da termostatga joylashtiriladi. Kosachalardan o’sib chiqqan koloniyalar soniga qarab 1 m³ havodagi UMS Omelyankiy formulasi yordamida topish mumkin.

a · 100 · 1000 · 5

x = --------------------------

b · 10 · t

Bu yerda x ─ 1 m³ havodagi mikroblar miqdori; a- Petri kosachasidagi oziqli muhitda o’sgan mikroblar soni; b- Petri kosacha yuza maydoni (πτ²); t –kosacha ochiq turgan vaqt, minutlarda; 5- Omilyansiy xisoblashidagi vaqt; 10- mikroorganizimlar cho’kishi zarur bo’lgan havo ob’yomi;1000 – izlanilayotgan havo ob’yomi litrda. Xisob qilishda xonaga qo’yilgan har bir kosachalardagi mikroblaro soni aniqlanib uning o’rtacha miqdoriy ko’rsatkichi (a ) olinadi. Tekshirilayotgan xonalarda topilgan UMS 250 dan kam koloniya o’sib chiqsa, havo toza hisoblanadi. Koloniyalar soni 250—500 ta bo’lsa, havo o’rtacha ifloslangan, agar 500 dap ortiq bo’lsa nihoyatda ifloslangan bo’ladi.

Aspirasion usul. Bu havodagi UMS aniqlashda juda ham aniq usul hisoblanadi. Havo apparat yordamida ekiladi.

Havoni tekshirish uchun boshqa apparatlardan (Dyakov, Rechmenskiy, Kiktenko, PAB-1 — aerozol bakteriologik namuna oluvchi, POV-1 — havodan tekshirish uchun namuna oluvchi apparat) ham foydalaniladi.

Bu aparatlar yordamida ma’lum hajmdagi havo, suyuqlik yoki filtrlardan o’tkaziladi. So’ngra o’lchab, oziqli muhitga ekiladi. PAB-1 va POV-1 apparatlari yordamida ko’p hajmdagi havoni tekshirish orqali patogen bakteriya va viruslarni topish mumkin. Hozirgi vaqtda kasalxonalar ichida yuqadigan infeksiyalarning qo’zg’atuvchilari bo’lmish patogen va shartli-patogen baktsriyalarii (stafilokokklar, ko’k-yiring tayoqchalari va boshqa grammanfiy bakteriyalar) bevosita jarrohlik, akusher-ginekologik va boshqa bo’limlarning havosini tekshirish mobaynida topish mumkin.

Kasalxona ichida stafilokokk etiologiyali infeksiya paydo bo’lganida, tekshirishlar infeksiya manbaini, tarqalish yo’llarini aiiqlashga qaratiladi. Atrof-muhitdagi ob’ektlardan, shuningdek bemorlar va kasalxona xizmatchilardan ajratib olingan stafilokokk kulturasi na’munasini bir xilligini ularni fagotiplarini tekshirish yo’li bilan aniqlanadi. Kasalxona binolaridagi havolarga mo’ljallangan UMS va Staph. aureus sonining normativ ko’rsatkichlari 20 -jadvalda keltirilgan.



Nazorat savollari

1. Atrof-muhitdagi mikroflorani o’rganish usullari.

2. Cyv, havo va tuproqni saiitariya-baktoriologiya usullari bilan baholash.

3. Membran filtr usuli bo’yicha suvning koli-indeksini aniqlash.

4. Krotov apparati va sedimentasiya usuli bilan havodagi mikrob sonini aniqlash.

5. Tuprosning perfringois-titri ia koli-titrini aniqlash usullari.

Namoish qilinadi

1. Gemolitik streptokokkning qonli agarda o’sishi.

2. Staph. aureus ning tuxum sarig’i va sut qo’shilgan tuzli agarda o’sishi.

3 Clostridium perfringens Kitto torasi muhitiga ekilganda o’sishi.

4. Krotov apparati, membranali filtirlar

5. Tuproq, suv va havoning sanitariya-bakteriologik baho berishda qo’llaniladigon

usullarnig sxemalari.
Mavzu: Infeksiya xaqida ta`limot Patogenlik va virulentlik. Oqrganish usullari.
Darsning maqsadi.Talabalarni infeksiyani inson organizmiga tushishi,infeksiya jarayoni, patogenlik va virulentlik faktorlari bilan tanishtirish.Laboratoriya jonivorlariga infeksiyani yuqtirish usullari va maqsadini tushuntirish. Talabalarni kimyoterapevtik moddalarning asosiy guruhlari va ularni mikroblarga qarshi ta’sir mexanizmi bilan tanishtirish. Mikroorganizmlarning kimyoviy preparatlarga chidamliligi va uni bartaraf qilish yo’llari haqida tushuncha xosil qilish.

Darsning vazifasi.

Talabalarga laboratoriya hayvonlariga infeksiyani yuqtirish usullarini o'rgatish. Mikroorganizmlarni virulentlik darajasini ko'rsatuvchi dozalar bilan tanishtirish. Talabalarga kimyoterapevtik preparatlar faolligini aniqlash usullarini o’rgatish.



O'quv jarayoning mazmuni.

1.Kasallik qo'zg'atuvchi (patogen ) mikroorganizmlar.

2.Kasallik bilan o'lgan jonivorlarni yorib ko'rish va mikrobiologik jihatdan o'rganish.

3.Kimyoterapevtik moddalarning asosiy guruhlari va ularning mikroblarga qarshi ta’sir mexanizmi.

4.Antibiotiklar:umumiy ma’lumotlar.

5.Muhim antibiotiklar va ularning mikrobga qarshi mexanizmi.

6.Mikroorganizmlarning kimyoviy preparatlarga chidamliligi va uni bartaraf qilish yo’llari.
O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi ( metod, forma, vosita, usul, nazorat, baholash)

A) Darsning turi - suhbat.

B) Metod -1 "Qopdagi mushuk" 2."Qor bo'ron" ish o'yini 3. " Interaktiv usul."

V) Forma (shakl) - guruh.

G) Vosita - doska, tarqatma material,tablitsa,tayyor preparat, mikroskop, kompyuter,labarator idish, uskunalar.

D) Usul - nutqli.

E) Nazorat - kuzatish (ko'rish)

J) Baxolash - o'z- o'zini va umumiy baxolash.



Metodlar.

1."Qopdagi mushuk" ish o'yinini o'tkazish uslubi.Ish uchun zarur.

1. Davra suhbati”, 2. “Qor bo’ron” ish o'yinini o'tkazish mеtodikasi.

.

5.1 "Qor bo'ron " ish o'yini



Maqsad:

Gurux talabalarining hammasini bir vaqtning o'zida bilimini nazorat qilish.


Ishni o'tkazish tartibi:

Gurux 2-3 talabadan iborat kichik guruxlarga bo'linadi.Gurux talabalarining xammasi bitta savol yoki vaziyatli masalani o'zaro taxlil qilishadi.Har bir to'g'ti javob bergan guruxchaga ball sifatida qor qor bo'ron yozib qo'yiladi.Natijada eng ko'p bo'ronlar to'plangan guruxcha g'olib bo'ladi. Guruh 2-3 talabadan iborat kichik guruhchalarga bo’linadi. Guruh talabalarining hammasi bitta savol yoki vaziyatli masalani o’zaro taqlil qilishadi. Har bir to’g’ri javob bеrgan guruhchaga ball sifatida qor bo’ron yozib qo’yiladi. Natijada eng ko’p bo’ronlar to’plangan guruhcha qolib bo’ladi.



Ish o'yini uchun savollar.

1.Kasallik qo'zg'atuvchi mikroorganizmlarni ayting.Virulentlik omillari nima?

2.Patogenlik va virulentlik nima?

3.Infeksiya,infeksion jarayon.infeksion yuqumli kasalliklar haqida ayting.

4.Laboratoriya jonivorlariga kasallik yuqtirishning maqsadi va vazifalarini aytib bering.

5.Kimyoterapevtik moddalarning asosiy guruhlari va ularning mikroblarga qarshi ta’sir maxanizmi.

6.Antibiotiklar:umumiy ma’lumotlar.

7.Muhim antibiotiklar va ularning mikrobga qarshi mexanizmi.

8.Mikroorganizmlarning kimyoviy preparatlarga chidamliligi va uni bartaraf qilish yo’llari.

9. Kimyoterapevtik preparatlarning etiotropligi va organotropligi. Kimyoterapevtik ideks nimaligini aytib bering.

10. Kimyoterapevtik preparatlarning asosiy turlari va ularning mikroorganizmlarga ta’sir etish mexanizmlari.

11.Antibiotiklar rejasini aytib bering.

12. Mikroorganizmlarning dori vositalariga nisbatan tabiiy va o’zlashtirma chidamliligi.

13.Mikroorganizmlarning dori vositalariga rezistentligini bartaraf etish yo’llari.

14.Kimyoterpevtik moddalarni aktivligini aniqlash usullari.

15.Antagonizm. Antibiotiklarga talab.



6. O'quv jarayonida talabalar bajaradigan mustaqil ishi.

1.Laboratoriya hayvonlariga yuqtirish usullari.

2.Laboratoriya hayvonini yorish,o'qituvchi bilan birgalikda.

3.Surtma tayyorlash va gramm usuli bilan bo'yash,mikroskop orqali kuzatish va dafatrga chizib olish.

4.Tayyor preparatlarda fagositoz hodisasanini mikroskop orqali kuzatish, metodik qo'llanmalar bilan mustaqil ishlash.

5.Bakteriyalarni antibiotiklarga sezgirligini antibiotiklar shimdirilgan standart disklar metodi bilan aniqlash.

6.Turli darajada suyultirish usuli bilan atibiotiklarning aktivligini aniqlash.

7.Antibiotiklarning kuchini agarda diffuziyalash usuli bo’yicha aniqlash.

8.Mikroorganizmlarning antibiotiklarga sezuvchanligini aniqlashning tezkor usuli.

Infeksiya xaqida ta'limot.

Infeksiya (lotincha, infection-yuqtiraman,tashqaridan biron narsani kiritaman) degnada odam, hayvon,o'simlik organizmiga tushgan mikroorganizmlar ta'sirida yuzaga keladigan jarayon tushuniladi.

Infeksion jarayon- bu makroorganizmga patogen mikrob ta'sir qilishi natijasida yuzaga keladigan fiziologik va patologik o'zgarishlar majmuidir. Infeksion jarayon quyidagi omillar: a) patogen mikroblar va ularning hayot faoliyati davrida ishlab chiqaradigan maxsulotlari :

b) jarayon rivojlanishi davridagi makroorganizm holati ; v) tashqi muhit sharoitlari ;

g) ijtimoiy omillar ta'sirida rivojlanadi.

Yuqumli kasalliklar boshqa kasaliklardan (somatik,genetik) ko'pgina xususiyatlari bilan farq qiladi. Avvalo, yuqumli kasalliklarni maxsus patogen mikroblar qo'zg'atadi,mikrob organizmga tushgandan so'ng kasallik darxol namoyon bo'lmay, ma'lum bir yashirin davr o'tadi. U xastalangan odamdan sog'lom kishilarga yuqib, katta xududlarga tarqalishi mumkin.

Evolyutsion rivojlanish jarayonida odam va xayvonlarning xujayra va to'qimalarida tekinxo'r hayot kechirishga moslashgan va ularga zaxarli ta'sir etib fiziologik holatni izdan chiqaradign mikroblar patogenlar deb ataladi.

Patogenlik - mikroorganizmlarning infeksion jarayonini yuzaga keltira oladigan potensial xususiyati. Patogenlik faqat ma'lum bir sharoitda, yani unga moyil bo'lgan organizmdagina amalga oshadi, shuning uchun potensial xossa xisoblanadi.Masalan,bo'g'ma bakteriyasi yoki vabo vibrioni faqat odam uchun patogen bo'lib, xayvonlarga nisbatan hech qanday xavf tug'dirmaydi. Aksincha, qoramol, cho'chqa,it,yoki tovuq o'latining viruslari odam uchun zararsizdir.

Patogenlik maxsus bo'ladi, ya’ni mikrob tabiiy yo'l bilan organizmga tushganda ma'lum bir to'qima va a'zolarda shu tur kasallik qo'zg'atuvchisiga xos bo'lgan patomorfologikva patofiziologik o'zgarishlar keltirib chiqaradi, Bu infeksiyaga muvofiq patogenetik va klinik ko'rinishlarda namoyon bo'ladi. Muhitning ma'lum bir sharoitlarida patogen mikroorganizmning genotipi,virulentlik va toksik xususiyatlari fenotipik tarzda ro'y beradi.Bu sharoitlar organizmning ximoya tizimlari holati, ya'ni yuqumli omil bilan kurasha olish qobiliyatiga bog'liq.Shunga ko'ra ularning patogenlik darajasi virulentlik dep nomlangan.Patogen mikroblar turli shtammlarning virulentligiga moyil hayvonlarni o'ldira oladigan eng kam miqdoriga qarab belgilanadi.

Mikroblarning ularga sezgir xayvonning 80-95 % ini ma'lum vaqt ichida o'ldira oladigan eng kichik miqdori minimal letal doza ( lot.dosis letalis minima- DLM)deb ataladi.100 % tajriba hayvonlarini o'ldiruvchi miqdori DSL (loy.dosis letalis -50 ishlatiladi,bu patogen mikroorganizmlarning tajriba xayvonlarining 50 % ini o'ldirishga qodir miqdorini bildiradi.

Patogen mikroorganizmlarning kasallik qo'zg'ata oladigan miqdoriga infeksion miqdoriga infeksion doza (ID) dep ataladi. Masalan, qorin tifi ( ich terlama ) bakteriyalarning o'rtacha yuqumli miqdori 10, El-Tor vabo vibrionlari uchun 10-10, ichburug' bakteriyalari uchun esa 10-100 ta mikrob xujayrasiga teng.Yuqumli kasallikning og'ir yoki yengil kechishi hamda asoratlari mikrobning organizmga tushgan joyi va miqdoriga bog'liq.

Yuqumli kasallikga moyil organizmga tushgan patogen mikrobning bitta hujayrasi o'rtacha xar 20 minutda bo'linsa , 6 soat dovomida uning soni 250000 ga, yana bir necha vaqtdan so'ng milliardga yetb og'ir shikast yatekazishi mumkin.

Boshqa belgilar kabi mikroblarning virulentligi xam o'zgarib turishi mumkin.Bu yo’l fenotipik ko'rinishda, yo'ki genlardagi mutatsiyalar xisobiga amalga oshadi.Masalan, fenotipik o'zgarishlar ( virulentlikning kamayishi) bakteriya kulturasining " qarishi " noqulay sharoitda o'stirilishi natijasida yuzaga keladi. Lekin , bu o'zgargan mikroblar qulay sharoitlarda , maxsus oziq muxitlarda ekilsa, ular o'z virulentligini tiklay oladi. A virulent mutantlari olishda mikroorganizmlarga xar xil fizik va kimyoviy omillar ta'sir ettiriladi.Virulentligi pasaygan yoki yo’qolgan (avirulent) mikroorganizm shtammlaridan tirik vaksinalar tayyorlanadi.



Patogenlik va Virulentlik omillari.

Patogen mikroorganizmlarning virulentligi,ularning adgeziv,kolonizatsiya qilish yoki ko'payishi,invaziv,ximoya omillarini ( birinchi navbatda fagositoz qiluvchi hujayralar faoliyatini ) susaytirish ,zaharli moddalar ishlap chiqarish kabi xossalari orqali amalga oshadi.



Adgeziya va kolonizatsiya. Infeksion jarayon boshida,mikrob xujayralari ularga ta'sirchan makroorganizm xujayralariga yopishib oladi ( adgeziya qiladi ) so'ngra u yerda ularning ko'payishi (kolonizatsiya) boshlanadi.

Adgeziya(lot.adhasio-yopishish)da mikrob epiteley xujayrasining ustki qismiga yopishadi.Bu jarayonda bir tomondan nomaxsus fizik-kimyoviy omillar( mikrob xujayralarining gigrofobligi,membrana usti zaryadlari va boshqalar), ikkinchi tomondan maxsus tuzilmalar ( adgezinlar, retseptorlar ) qatnashadi.

Adgezinlar asosan oqsil tabiatli tuzilmalar bo'lib,ularning maxsusligi xisobiga bir tur mikroorganizmlar nafas yo'llarining,ikkinchilari - ichak yo'llari,uchinchilari -siydik- tanosil a'zolarining epiteleylariga birikadi va x.k.

Ko'pgina grammanfiy bakteriyalarda tukchalar adgezinlar vazifasini bajaradi.Grammusbat bakteriyalada esa hujayra devoridagi oqsil va lipoteyxova kislotalari shunday xossaga ega.

Odam to'qimasi xujayralarida har xil : tabiiy, induksiya qilingan va orttirilgan retseptorlar mavjud.Tabiiy retseptorlar epiteley xujayralarida joylashgan bo'lib,ularga moyil bakteriyalarning adgeziyasida qatnashadi. Induksiya qilingan retseptorlar viruslar o'ziga sezgir xujayralarga absorbsiya qilganidan keyin paydo bo'ladi.( masalan.gripp virusi) so'ngra bu xujayralarga har xil bakteriyalar ( masalan.stafilakokk,streptokokk.) yopishishi mumkin.

Kasallik qo'zg'atuvchi mikroorganizmlar o'ziga moyil to'qima xujayrasiga birikkanidan so'ng uning ustki qismi yoki ichiga kirib tezda ko'payishiga ( kolonizatsiya qilishga ) xarakat qiladi.Agar shunday qilmasa ,maxalliy ximoya omillari va normal mikrofloraning antogonistik ta'siri xisobiga tezda nobud bo'ladi.



Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə