Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya kafedrasi kimyoviy mikrobiologiya fani bo



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə22/28
tarix15.10.2018
ölçüsü1,27 Mb.
#74339
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28

Penetratsiya (lot.penetrate-kirib olish)bir necha yuqumli kasallik qo'zg'atuvchi mikroblar epiteley xujayralari. Leykosit va limfositlar sitoplazmasiga kira olish

(penetratsiya qilish) xususiyatiga ega. Ichakning epiteley xujayralariga shigella, ma'lum tip ichak tayoqchasiga salmonollelar kira oladi. Bunda xujayra parchalanadi. Epiteliy qavatining butunligi buzilib, muvofiq a'zo yoki to'qimada patologik jarayon rivojlanadi.



Invaziya (lot.invasio-xujum qilish) Patogen mikroblarning organizmga kira olish xususiyati to'qimalarni yemira oladigan yoki har xil xujayralarni shikastlaydigan fermentlar ishlab chiqarishiga bog'liq. Ko'pgina patogen mikroblar (Cl.perfringens, Streptococcus, Starhylococcus va boshqalar) da gialuron kislotani yoki birikturuvchi to'qima asosini tashkil etuvchi mukopolisaxaridni parchalay oladigan gialurondaza fermenti topilgan. Bu ferment mikroblarning organizmga tez tarqalishiga imkon beradigan patogenlik omillaridan biri xisoblanadi.

Vabo vibrioni, streptokokk kabi mikroorganizmlar neyraminidaza fermenti ishlab chiqaradi, bu ferment har xil glikoprotoid glikolipid polisaxaridlar tarkibidagi neyramin kislotasini tanlab parchalaydi, natijada har xil to'qimalarning o'tkazuvchanligi ortadi. Shuning uchun mikroblar neyraminidaza yordamida nafaqat to'qimalar, balki xujayralar ichiga ham kirib olishi mumkin.

Stafilokokk streptokokklar qon va turli a'zo xujayralarining qobig'ini yemiradigan lesitinaza va leykosidin, eritrositlarni lizisga uchratadigan gemolizin ishlab chiqaradi.

Agressiv omillar. Organizmning ximoya kuchlariga ta'sir ko'rsatuvchi omillar agresinlar deb yuritiladi. Bakteriya xujayrasining ustki qismida joylashgan kapsulalar

(polisaxaridlar, oqsillar) tilla rang stafilokokklarning xujayra devoridagi A-oqsili,patogen streptokokklarning M-oqsili, grammanfiy bakteriyalarning lipopolisaxaridlari, mikobakteriyalarning kort -omili, o'lat bakteriyasining V-va W - antigenlari shunday xususiyatga ega moddalardir. Bu omillar leykositlar xemotaksisini susaytirib, fagositozning amalga oshishiga to'sqinlik qiladi. Boshqa taxminlarga ko'ra. yuqorida sanab o'tilgan omillar opsoninlar (antitelolar) yoki komplement ma'lum bir komponentlarning faolligiga ta'sir ko'rsatadi.

Fermentlar yordamida xam organizm ximoya to'sig'ini yengib o'tishi mumkin. Bularga proteaza, qon plazmasini ivitadigan koagulaza, fibrinni eritadigan fibrinolizinlar misol bo'la oladi

Bakteriya toksinlari (zaxarli moddalari) Bakteriyalar sintez qiladigan zaxarli moddalar kimyoviy tabiatiga ko'ra oqsillar (ekzotoksinlar) yoki liposaxaridlar (endotoksinlar)ga bo'linadi.

Oqsillar bakteriya xujayrasining tashqi qobig'ida joylashgan bo'lib, to'liq tashqariga sintez qilinadigan (V.cholerae xolerogeni, V.parahaemolyticus gemolizni. Cor. diphteiae. gistotoksini va boshqalar) qisman (Bord.pertussis leykotoksini, Vl.teteani tetanospazmini, Cl.botulinum neyrotoksini,) va umuman sintez qilinmaydigan turlar (Sh.dysenteriae enterotoksini, Y.pestis " sichqon toksini") ga bo'linadi. Oxirgi xillari faqat bakteriya xujayrasi parchalangandan keyin tashqariga tushadi. Binobarin, oqsil tabiatli toksinlar nafaqat mikrob virulentligining amalga oshishida, balki bakteriyalarning metabolik jarayonlarida xam qatnashadi.

Lipopolisaxaridlar (LPS) bakteriyaning xujayra devorida joylashgan bo'lib bu tuzilma parchalangandan so'ng tashqari tushadi.

Oqsil tabiatli toksinlar. Bu xilga mansub 80 dan ortiq bakteriya zaharlari tafovut qilinadi.Ular bir-biridan molekulyar massasi, kimyoviy tuzilishi, tropligi (moyilligi) va biologik faolligi bilan farq qiladi.

Oqsillar asaosan termolabil bo'lishiga qaramay, ularning issiqqa chidamli turlari xam mavjud. Masalan,Cl.botulinum, E.coli, patogen stafilokokklar ishlab chiqaradigan zaxarlar 100 C da xam bir necha minut saqlanib qoladi. Ekzotoksinlar a'zo va to'qimalarga moyilligi,zaxarliligi,antigenligi, immunogenligiva boshqa belgilari bilan ta'riflanadi. Ta'sir mexanizmiga ko'ra 4 xili ajratiladi.

Sitotoksinlar oqsil sintezini buzadi.

Membranotoksinlar- eritsosit (gemolizin) va leykositlar (leykosidin) o'tkazuvchanligini oshiradi, natijada birinchilar gemolizga uchraydi, ikkinchilari parchalanadi.

Funksional blokatorlar- xujayra adenilatsiklaza fermenti faolligini oshiradigan enterotoksinlar, ular ta'sirida ingichka ichak devorining o'tkazuvchanligini oshadi va suyuqlik ko'p miqdorda chiqib ketishi xisobiga diareya yuzaga keladi. Masalan, patogen vabo vibrioni ishlab chiqaradigan xolerogen,enterobakteriyalarning enterotoksinlari xuddi shunday xususiyatga ega.

Patogen stafilokokk va streptokokklar ishlap chiqaradigan eksfoliatin va eritrogenlarning xujayralarning o'zaro va xujayra aro moddalar ta'sirlashuvi jarayonlariga ta'sir ko'rsatadi. Bir qator oqsil tabiatli formalin ta'sirida anatoksinlar olinadi.

Endotoksinlar bakteriya qobig'i bilan bog'langan bo'lib, organizmda mikrob xujayrasi parchalangandan so'ng ajralip chiqadi. Endotoksinlar kimyoviy tarkibi bo'yicha LPS bo'lgani uchun,ko'proq grammanfiy bakteriyalarda uchraydi. Ular glyusido-lipido-protein birikmasidan iborat bo'lib, issiqqa chidamli (termostabil), avtoklavda xam o'z kuchini saqlab qoladigan preteolitik fermentlar ta'sirida parchalanmaydi, endotoksin formalin ta'siriga ham chidamli.

Endotoksin tajriba xayvonlariga katta miqdorda kiritilsa, fagositozning pasayishi, xolsizlik kuzatiladi, nafas olish qiyinlashadi, yurak faoliyati susayadi, tana xarorati pasayadi. Aksincha, kichik miqdorda kiritilsa, qarama-qarshi xolat kuzatiladi: fagositoz kuchayadi, tana xarorati ko'tariladi va x.k. LPS qonga tushgach qon xujayralariga ta'sir ko'rsatib, ulardan pirogen moddalar ajraladi, natijada odam isitmalaydi.



Infeksion jaroyonning yuzaga kelishi va rivojlanishida makroorganizm. Tashqi muxit va ijtimoiy sharoitlarning axamiyati.

Yuqumli kasalliklarning paydo bo'lishi odam organizmning reaktivligi, patogen qo'zg'atuvchi uchun kerakli moddalar, immunitet xolati, mikrobning patogenligi va virulentligi, tashqi muxit ta'siri va ijtimoiy omillar bilan bog'liq. Bu omillarning munosabatiga qarab infeksion jarayon qo'zg'atuvchisi yoki xo'jayini o'limi yoki xo'jayin bilan parazit o'rtasida moslashuv yuzaga kelishi mumkin. Organizmning yuqumli mikrobga ta'sirchanligiga asab,endokrin, immun, va boshqa tizimlar xolati, jinsi, yoshi ma'lum bir fiziologik xolatlar ta'sir ko'rsatadi. Ko'p hollarda organizm ximoyasining susayishiga och qolish, sovqotish, isib ketish, nurlanish, alkogolizm va boshqalar sabab bo'ladi. O'z navbatida to'g’ri ovqatlanish, kerakli vitaminlarni vaqtida olish, sarishtalik qoidalariga rioya qilish, yashash va ishlashni to'gri yo'lga qo'yish, o'z vaqtida dam olish.organizmni chiniqtirish va sport bilan shug'ullanish yuqumli kasalliklarning oldini oladi. Uzoq vaqt och qolish yoki to'g'ri, to'la-to'kis ovqatlanmaslik natijasida sil. ichburug', furunkulyoz kabi kasalliklar rivojlanadi. Infeksion xolatlarning rivojlanishida gipovitaminozlarning (ayniqsa A.B.C guruh) ahamiyati katta. Tana xaroratining pasayishi organizmdagi patogen va shartli-patogen mikroblarning ko'payib xar-xil kasalliklar keltirib chiqarishiga sabab bo'ladi.



Yuqumli kasallik qo'zg'atuvchilaring organizmga tushishi va kasallikning

rivojlanish davri.

Infeksiya manbaiga qarab antroponoz, antropozoonoz, zoonoz va sopronoz infeksiyalar tafovut qilinadi. Antroponoz infeksiyalar (qorin tifi, ichburug', vabo, qizamiq, zaxm so'zak va boshqalar) faqat odamlarga yuqadi, Antropozoonoz infeksiyalar (toun, kuydirgi, brutselyoz, quturish va x.k.) odam va xayvonlarga yuqadi. Bunda kasal va bakteriya tashuvchi odam xamda xayvonlar infeksiya manbai bo'lib xizmat qiladi. Zoonoz infeksiyalar (tovuq, va itlar o'lati)da faqat xayvonlar oziqlanadi. Sopronoz infeksiyalarda tashqi muxit kasallik qo'zg'atuvchi manba (suv, xavo tuproq va boshqalar) xisoblanadi. Patogen mikroorganizmlarning organizmga kiradigan a'zo va to'qimalari infeksiyalarning kirish darvozalari deb ataladi.


Yuqumli kasallik davri.

Yashirin (inkubatsion) davr, patogen mikrob organizmga tushganidan boshlab to kasallikning dastlabki belgilari paydo bo'lgungacha o'tadigan vaqt. Yashirin davrning muddati odam organizmning umumiy rezistentlik va immunitet darajasi, tashqi muxit va ijtimoiy omillar ta'siri, patogen mikrobning tushgan miqdori va virulentligiga bog'liq. Agar organizm tushgan mikrobni ximoya omillar yordamida yengsa, unda kasallik rivojlanmasligi ham mumkin.

Prodromal davr. Bu davrda patogen mikrob o'ziga moyil a'zo yoki to'qimada ko'paya boshlab, agressiv ferment va toksinlar ishlab chiqaradi. Prodromal davr bir necha soatdan bir necha kungacha davom etadi. Bu davrda kasallikga xos umumiy belgilar: tana xaroratining ko'tarilishi, bosh og'rig'i, darmonsizlik.lanj bo'lish, ishtaxa yo'qolishi va boshqalar paydo bo'ladi.

Kasallikning avj olish davrida bemorda kasallikning asosiy belgilari namoyon bo'ladi. Bu davrda kasalik qo'zg'atuvchisi yanada ko'payib,organizmda gemotagen, limfogen va neyrogen yo'llar bilan tarqaladi. Bu davr turli kasalliklarda turlicha davom etadi va patogen mikrob tutuvchi bemor atrofdagilar uchun xavfli xisoblanadi. Shu bilan birga.immun tizim omillari kasallik qo'zg'atuvchisi bilan kurasha boshlaydi. Agar bu kurashda patogen mikroorganizm g'olib kelsa bemor nobud bo'lishi mumkin. Aksincha, organizmning ximoya omillari yengib chiqsa, keyingi tuzalish davri (rekonvalesensiya) boshlanadi, bunda organizmning zararlangan a'zo to'qima va xujayralari asta-sekin tiklanib, fiziologik xolat barqarorlashadi.



Infeksiya shakllari va ularning tavsifi.

Infeksiya va infeksion jarayon shakllari xar xil bo'lib, bu kasallik qo'zg'atuvchisining tabiati, uning makroorganizmdagi ta'sir joyi, tarqalish yo'llari va boshqa sharoitlarga bog'liq.

Ekzogen infeksiya - patogen makroorganizmning odam organizmiga tashqaridan oziq-ovqat maxsulotlari, suv, xavo,va tuproq kasal odam, mikorb tashuvchi va rekonvalesentlarning chiqindilari orqali tushishi. Masalan, vabo, botulizm, ichburug', salmonellyoz va boshqalar.

Endogen infeksiya - ma'lum bir sharoitda odamning normal mikroflorasiga kiruvchi shartli -patogen mikroorganizmlarning kasallik qo'zg'atishi.Bunday holat ko'pincha har xil sabablarga ko'ra, masalan organizmning ximoya omillari susayganda,uzoq vaqt antibiotiklar qo'llanilganda yuz beradi.Disbakterioz.appendisit,xolisistit kabi kasalliklar shular jumlasiga kiradi.

Autoinfeksiya - endogen infeksiyaning bir turi bo'lib odam mikroflorasi bir biotopdan ikkinchisiga ma'lum bir sabablar bilan tushganida yuzaga keladi. Makro - va mikroorganizm o'rtasidagi muvozanatning buzilishi infeksiya o'chog'i faollashib patogen mikrobni gematogen,limfogen, va neyrogen yo'l bilan organizmda tarqalishiga olip keladi. Bakteriyalar qonga tushsa,bakteremiya, bakteriya toksinlari tushsa, toksinemiya,viruslar tushsa , virussemiya xolati yuzaga keladi. Agar patogen mikroorganizmlar qondagi ximoya omillarini yengsa, unda ko'payib, sepsis yoki septisemiya xolatini vujudga keltiradi. Kasallik qo'zg'atuvchi infeksiya turlarining xili bo'yicha kam farq qiladi: monoinfeksiya- bir tur mikroorganizm qo'zg'atadigan kasalliklar (masalan, gripp, so'zak, zaxm, vabo va boshqalar ): aralash (mikst) infeksiya - bir necha tur patogen mikroorganizmlar yuzaga keltiradigan kasalliklar .Yuqumli kasallikning qaytalanishi bo'yicha quyidagi turlari mavjud : reinfeksiya - bemor kasallikdan tuzalgandan keyin qisqa vaqt ichida xuddi shu tur infeksiya qo'zg'atuvchisining organizmga qayta tushib kasallik paydo qilishi. Residiv - kasallik qo'zg'atuvchisining organizmda saqlanb qolib, ma'lum vaqtdan so'ng kasallik belgilarining qaytalanishi, Masalan, osteomielit.qorin tifi, sil va boshqalar. Superinfeksiya - bemor tuzalmasdan, xuddi shu tur patogen mikroorganizmning uning organizmiga tushishi. Masalan, zaxm kasalligida. Kasallik kechish muddatiga ko'ra ham farq qilinadi : o'tkir infeksiya va surunkali infeksiya.

Mikroorganizmlarning antagonizm xususiyati.

Antagonizm—mikroorganizmlarning bir turining(bakteriya, zamburug’, antinomisetlar) boshqa bir turning o’sishi va ko’payishini ozuqa uchun kurash maqsadida to’xtatib qo’yadi.

Antogonizm namoyon bo’lishi: metabolizmning achchiq mahsulotlarni ajratishi PH kamayishi, protiolitik valigolitik fermentlar ajratish, mikotoksin, fitonsid, antibiotiklarni ajratish. Antagonistik xususiyatga ega bo’lgan mikroorganizmlarga mog’or zamburig’I, tuproq aktinomisetlar ,achigan sut bakteriyalari misol bo’la oladi.

Nazorat savollari.

1.Kasallik qo'zg'atuvchi mikroorganizmlarni ayting.Virulentlik omillari nima?

2.Patogenlik va virulentlik nima ?

3.Infeksiya,infeksion jarayon. Infeksion yuqumli kasalliklar haqida ayting.

4.Laboratoriya jonivorlariga kasallik yuqtirishning maqsadi va vazifalarini aytib bering.

5 Yuqumli kasalliklarning yuqish yo`llari.


Mavzu: Immunitet va immun sistema. Immun kimyoning infeksion kasalliklarni oldini olishdagi ahamiyati

Darsning maqsadi: Immunitet, antigen, antitela haqida tushuncha olish.

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

darsning turi - suhbat .



  1. metod - 1. “Qopdagi mushuk” , 2. “ Qo'r boron”, 3. “Interaktiv usul” v) forma (shakl) - gurux

  2. g) vosita - doska, tarqatma material, jadval, tayyor preparat, mikroskop, bo’yoqlar, reaktivlar, kompyuter

  3. usul - nutqli

  4. nazorat- kuzatish (ко 'rish)

  5. j) baholash - o’z - o’zini va umumiy baholash

Kirish 4

Adabiyotlar:I. 1. 333-349 b. I. 3. 374-385 b 14

Ximiyaterapevtik preparatlar, ularning immun sistemaga ta’siri. Antibiotiklar olinishi va turlari. Biotexnologiyada ishlatilishi. 14

Adabiyotlar: I. 1. 321-329 b. I. 3. 200-204 b. I. 1. 361-377 b. I. 3. 210-215 b. I. 2. 354-358 b 14

Soat 15


III. FANNI O’QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTERFAOL TA’LIM METODLARI. 24

“M I YA SH T U R M I” U S U L I 24

“S T O L U S T I D A R U CH K A” U S U L I 25

“Q O R B O‘ L A K CH A L A R I” U S U L I 26

“Q O R U YU M I” U S U L I 26

“D I S K U S S I YA” U S U L I 27



. 35

IV.NAZARIY MATERIALLAR 40

1.O‘simliklarda uchraydigan mikrorganizmlarning asosiy turlari va ular to‘g‘risida ma’lumot 75

Dorilarni tayyorlashda har xil o‘simliklardan foydalaniladi yoki ko‘pgina o‘simliklardan qaynatma, damlamalar tayyorlanadi. Dorivor modda va tayyor dori-darmonlar tarkibida turli xil mikroorganizmlar bo‘lishi mumkin. O‘simliklardan olinadigan dorivor moddalarning mikroblar bilan zararlanishi o‘sha o‘simlik turi va uning o‘sib chiqishi uchun zarur bo‘lgan shart – sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. CHunki o‘simliklar atrof muhitdagi ayniqsa, tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar bilan zararlangan bo‘lishi ham mumkin. 75

Lekin shuni hisobga olish kerakki, dorivor o‘simliklar xom ashyosida o‘z mikroflorasi ya’ni normal mikroflora va fitopatogen mikroorganizmlar ya’ni o‘simlik kasalliklari qo‘zg‘atuvchilari bilan zararlangan bo‘lishi mumkin. 76

O‘simliklar normal mikroflorasi barg yuzida, urug‘larida, ildiz oldi sistemasida har xil bo‘ladi. 76

Jonli (tirik) o‘simliklarda yashovchi va ularga zarar keltirmaydigan mikroblar, “epifit mikroflora” tushunchasiga birlashgan. YAngi kesilgan yaproq yuza qismida ko‘pincha 2 xil bakteriya aniqlandi: 76

1)Bact herbicola aureum va 76

2)Psevdomonas fluorescens 76

Kam hollarda sporali bakteriyalar: Bac mesentericus 76

Bac vulgatus 76

Sporasiz - Bact putiodam, E coli va zamburug‘lar 76

Bu mikroflora o‘simliklarda qaysi geografik zonadaligidan qat’iy nazar bo‘ladi. 76

Bact herficola aureum – qisqa Gr(-) tayoqchalar bo‘lib, 2 ta polyar xivchinlari bo‘ladi. Go‘sht peptonli agarda yuzida shilimshiq bo‘lgan, tilla sariq rangli yumaloq koloniyalar hosil qiladi. 76

Ps flureccens – polimorf, polyar xivchinli tayoqchalar bo‘lib, Gr(-). Zich ozuqa muhitida chetlari notekis bo‘lgan tiniq koloniyalar hosil qiladi. 76

Tuproqda o‘simlik ildizi atrofida intensiv o‘sish zonasi bo‘ladi va mikroblar yuqori aktivlikka ega bo‘lib, bu qism rizosfera deyiladi. 76

Rizosferaning sifat va miqdor tarkibi har bir o‘simlik turi uchun spetsifik bo‘ladi. 76

Ko‘pincha sporasiz bakteriyalar va mikobakteriyalar uchraydi. Kam xollarda sporali bakteriyalar, aktinomitsetlar va zamburug‘lar uchraydi. Tuproq mikroorganizmlari o‘simliklarga ijobiy ta’sir qilib, ular o‘simliklar uchun zarur bo‘ladi, ular bilan simbioz holda bo‘lishi mumkin yoki zararli ta’sir qilib, ularning nobud bo‘lishiga olib kelishi mumkin. 76

Tuproqdagi bakteriyalardan Ps fluoreccens, rizosfera zonasida joylashgan bo‘lib, o‘simliklarni infeksiyadan ximoya qilishda katta rol o‘ynaydi, ya’ni ular o‘simliklarni fitopotogen bakteriyalardan ximoya qiladi. Lekin aynan shu bakteriyalar o‘simliklarda jarohatlangan to‘qimalari orqali kirib, ularning chirishiga sabab bo‘ladi. 76

O‘simliklarning mikroblar bilan ifloslanishi o‘stirish sharoitlariga, ularning balandligi va butunligiga bog‘liq bo‘ladi. Kulturali tuproq o‘simliklarida mikroblar, o‘rmon va gulzorlardagiga qaraganda ko‘p bo‘ladi. Kuzda yaproqlarda bakteriyalar, bahordagidan ko‘p bo‘ladi. O‘simliklarning yuqori qismida joylashgan yaproqlarda mikroblar kam, pastki qismidagi yaproqlarda ko‘p bo‘lib, bunga sabab, pastki qismiga mikroblar tuproqdan yomg‘ir yog‘ganda sachrab o‘tishi xisobiga. Ayniqsa o‘simlik mikroblar bilan ko‘p ifloslangan bo‘ladi sug‘orish maydonlarida, axlatxonali joylarda, yoki avvaldan axlatlar to‘kilgan joylarda, mol boqiladigan yaylovlarda. SHu erda o‘sgan o‘simliklar tarkibida inson salomatligi uchun xavfli bo‘lgan patogen mikroorganizmlar bo‘lishi mumkin. 76

Kesilgan yoki yulingan o‘simliklarni darrov qayta ishlash, ishlov berilishi lozim, chunki ular mikroblarning rivojlanishi uchun qulay muhit hisoblanadi. Quritilgan o‘simliklarda mikroblar hayot faoliyati susayadi, ko‘pgina bakteriyalar nobud bo‘ladi. 76

Fitopotogen mikroblar qo‘zg‘atuvchi o‘simliklardagi infeksion kasallanish ya’ni bakterial kelib chiqishiga ega bo‘lsa bakterioz deyiladi. Bakteriozlarga har xil chirishlar, bakterial dog‘lar, kuyish, nekroz, so‘lish va boshqalar kiradi. CHirishlar quruq va nam bo‘ladi, bunda o‘simlik xujayralarining yumshaganligi, xujayralarning parchalanishi yoki ma’lum bir qismining yoki butun o‘simlikning nobud bo‘lishi kuzatiladi. 76

O‘simliklarning kasalligini o‘rganuvchi fan – fitopatologiya fanidair. 76

O‘simliklarning kasalliklari chaqiruvchi mikroorganizm katta ziyon keltiralilar, chunki ularning ta’sirida hosildorchilik pasayadi, ildiz, barg va o‘simlik tanasini zararlab, noyob o‘simliklarning yo‘q bo‘lib ketishiga olib boradi. Dorivor o‘simliklarning bu holda uchrashi, bu o‘simlikning dori tayyorlash uchun ishlatib bo‘lmaslikka olib boradi. Er kurrasida bakteriya va zamburug‘lar o‘simliklarda kasallik chaqiruvchini sifatida keng tarqalgan bo‘lib, taro‘alishi o‘simlikning o‘sish zonasiga bag‘liq bo‘ladi. 76

Mikroorganizmlar havo orqali tarqalib, atmosferaning turli qatlamlarida turli mikroorganizmlar bo‘ladi, suv orqali va o‘simlik urug‘lari orqali tarqalishi mumkin. 77

Barcha mikroblar orqali tarqalayotgan kasalliklarni tarqalganliklariga qarab, shartli ravishda endemik va pandemik tarqalishiga ajratish mumkin. Endemik ma’lum bir geografik zonada tarqalish holatiga aytiladi. 77

O‘simliklarda kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlarning turi 310 dan ortiq bo‘lib, ular tayoqchasimon, kokklar, spiralsimon bo‘lib, grammlar kupchilik turlarini tashkil etadi. Fitopatogen mikrorganizmlarning ko‘pchiligi flurossensiya holatini chaqiruvchi bo‘lib, turli rangdagi (sariq, jigar rang) pigment hosil qilish xossasiga ega. Fitopatogen mikrorganizmlarning asosiy ozuqa manbai bo‘lib o‘simlik oqsiliva uglevodlar hisoblanadi, ular kraxmalni gidroliz qiladi, spirt va shakarni parchalash, sutni chiritmi, jelatinani eritishi, ammiak, indol hosil qilish xossasiga ega. Fitopatogen bakteriyalarning yashash faoliyatlari turlicha bo‘lib, ba’zi turlari tuproqda uzoq yashab, sovuqni, quyosh nurlarining ta’sirini va qurishga chidamli hisoblanadi. Umuman fitopatogen bakteriyalarni bir necha avlodga taaluqli hisoblab, ularga quyidagi turlar kiradi: 77

1.Ervini-ervini 77

2.Psevdomanus-psevdomanus 77

3.Corinobacteria-korinobakteriya 77

4.Acvobacteria-akvobakteriya 77

Dorivor o‘sialiklardan tayyorlangan dorilar mikroflorasi o‘ziga xos xossalarga ega bo‘lib, quyidagi faktorlarga bog‘liq bo‘ladi: 77

Xom ashyoning turiga, ozuqa tarkibiga. 77

Dorivor mikroorganizmlar kimyoviy tarkibiga. 77

Dorining tayyorlanish usuliga (qaynatma temperatura, bosim, ta’sir vaqtiga). 77

Saqlanish usuliga. 77

Dorixonalarning sanitar-gigienik holatiga. 77

Dorivor o‘simliklarning kasalligini asosan 2 turga ajratish mumkin: 77

O‘simlik tomirining jarohatlanishi natijada, butun tanasiga jarohatlanishi, bunda o‘simlik halok bo‘ladi. 77

O‘simlik tanasining ma’lum bir qismini chegarali jarohatlanishi (yaproq, ildiz, shoh). 77

O‘simlik kasalliklarini o‘ziga qaysi tarzda o‘tishi bilan bir necha xil turlarni bilishi mumkin: 77

Qatron (o‘mola) yoki shilimshiq oqishi bilan o‘tuvchi kasalliklar. Buni zamburug‘lar, bakteriyalar chiqaradi, ba’zan bu holat yuqumli bo‘lmagan bakteriyalar chaqirishi mumkin. Bunga ignabargliklar va yaproq bargiga ta’sirchan bo‘ladi. 77

CHirish protsess bilan boruvchi kasalliklar. 77

CHirish xo‘l va quruq bo‘lishi mumkin. CHirish protsessida o‘simlikning ba’zi to‘qimalari bakteriyalar va zamburug‘lar yashash faoliyati natijasida bu protsessga uchraydi. 77

Unli shudring – bu o‘simlikning bargida, shohlarida ipsimon zamburug‘lar ko‘payishi natijasida kesib chiqadi. 77

Xiralashishi va qurishi. Bunda barglar, shoh va butoqlar sarg‘ayadi va quriydi. 77

Kuydirish. Bunda o‘simliklarning guli, yangi shoh-butoqlari, bargi, mevalari bakteriya ta’sirida qorayadi va kuyadi. Bu kasallik asosan mevali daraxtlarda ko‘p uchraydi. 77

Dog‘ hosil bo‘lishi. Buni asosan zamburug‘lar hosil qiladi. 77

SHish hosil bo‘lishi. Bular qo‘zg‘atuvchilari fitobakteriyalar bo‘lib, o‘simliklarda shish hosil qiladi. 77

Bundan tashqari o‘simliklarning kasalliklari yara, deformatsiya, barglarning moxlanishi kabi xolatlarini chiqarishi mumkin. 77

O‘simliklarning jaroxatlanishi, faqat kasallik bakteriyalar ta’sirida bo‘lmay, balki simbioz natijasida mumkin. Masalan: zamburug‘lar bilan bakteriyalar simbiozda, bunday holatdagi kasallik o‘limga olib keladi. 78

Fitopatogen mikroorganizmlarga yaqin hisoblangan zamburug‘larga mikorida hosil qiluvchi zamburug‘lar kiradi. Ular o‘zlaridan mikoriaza ajratadilar. Buni birinchi bo‘lib 1883 y. Kamenskiy F.F. aniqlagan. Bu turkumiga kiruvchi zamburug‘larga bazidomitsetlar, fikomitsetlar va tugallanmagan zamburug‘larga misol bo‘la oladi. 78

Mikoriazani turli tuproqlarda uchratish mukin. Uning bo‘lishi turning miqdoriga bog‘liq bo‘lib, sifatiga bog‘liq bo‘lmaydi. Mikoriazalar ko‘p miqdorga yozda kamlar miqdorida bahor va kuz oylarida kamroq bo‘ladi. 78

O‘simliklarning fitopatogen mikroorganizmlarga chidamlikligini qanday saqlaydi degan savolga quyidagicha javob berish mumkin: 78

P. Gumaral va xujayra faktorlari. 105



Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə