Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya kafedrasi kimyoviy mikrobiologiya fani bo



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə23/28
tarix15.10.2018
ölçüsü1,27 Mb.
#74339
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28

3.Interaktiv usui. 164

O’quv jarayonida talabalar bajaradigan mustaqil ishi. 164

3.Talabalarning o'z ustida ishlash uchun lozim bo'Igan metodik qo'llanmalar. (nazariy materiallar) 165

VI.KEYSLAR BANKI 187

187



VII. MUSTAQIL TA’LIM MAVZULARI 198

2.Mikroorganizmlar klassifikatsiyasi muallifi va taklif etilgan yilni ko‘rsating? 199

+Berdji, 1923 - Berdji, 1900 199

- Linney, 1892 - Linney, 1923 199

3.Sal egilgan ko‘rinishiga ega bo‘lgan bakteriyalar nima deb ataladi? 199

9. Bo‘yashni qaysi usuli differensialga kiradi? 199

11.Sporaning tashqi muhit ta’siriga chidamliligi xamma sanab o‘tilgan 199

Xususiyatlar bilan ta’minlanadi. Qaysi xususiyatidan tashqari? 199

12.Nukleoidning ximiyaviy komponentlarini sanab o‘ting? 199

16.Kapsula xosil kilmaydigan bakteriyalarni ayting? 200

+ curtmani oynaga yopishtirish 200

- preparatni zararsizlantirish 200

- bo‘yoqlarni yuvib tashlash 200

- optik zichlikni oshirish 200

18.Aktinomitsetlar sporasi bakteriyalar sporasidan qanday fark kiladi? 200

21.Prokariotlarga sanab o‘tilgan mikroorganizmlarning xammasi kiradi, qaysi biridan tashkari? 200

25.L-formali deb ataluvchi bakteriyalar varianti yo‘qotadi? 200

27.Xujayraga kiruvchi moddalarning asosiy boshkaruvchisi bo‘lib bakteriya 200

xujayrasining qaysi strukturasi xisoblanadi? 200

29.Ozik muhitlarga talabchan bo‘lgan bakteriyalar qaysi muhitlarda o‘stiriladi? 200

30.Qo‘llanilishi bo‘yicha ozik muhitlar bo‘linadi? 200

32.Sintetik muhitlar qaysi maksadlar uchun qo‘llaniladi? 200

34.Bosim ostida bug‘ yordamida sterillash o‘tkaziladi? 200

42.Bakteriya xujayrasining xayot faoliyatida uglerodning roli? 201

43.Odamning terisida qaysi mikroorganizmlar me’yorda bo‘ladi? 201

44.Organizmning xayot faoliyatida ichak mikroflorasining axamiyati? 201

46.Qaysi mikrooraganizmlar quritishga chidamli bo‘ladi? 201

47.Ultrabinafsha nurlarning antimikrob ta’sirining mexanizmi? 201

50.Avtonom genetik tuzilmalarga kiradi? 201

51.Immersion ob’ektiv necha barobar kattalashtiriladi? 201

52.Qaysi ob’ektiv 630 barobar kattalashtirilib ko‘rsatadi? 201

54.Kokklar o‘zaro asosan farqlanadi? 202

58.Qaysi organelalar xarakat organi bo‘lib xisoblanadi? 202

59.Kiprikchalar qaysi funksiyani bajaradi? 202

60.Zamburug‘larda spora qanday funksiyani bajaradi? 202

63.Sporasi uchida (subterminal) joylashgan klostridiyalar qaysi kasallikni qo‘zg‘atadi? 202

68.Tayyor organik birikmalar bilan oziqlanuvchi bakteriyalar oziklanishi bo‘yicha qaysi turga mansub? 202

81.Og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasining vakili? 203

99. Ekologiya fani nimani o‘rganadi? 204

IX.GLOSSARIY 224

X. ADABIYOTLAR RO‘YXATI 228

lshni bajarish tartibi.



  1. Qur’a tashlash yo’li bilan gurux 3-4 ta talabadan iborat bo’lgan kichik guruxlarga bo’linadi.

  2. Har bir kichik gurux alohida stol atrofida o’tiradi toza qog’oz varog’i va ruchka tayyorlanadi.

  3. Varoqda sana, gurux soni, ish o’yinini nomi, shu kichik guruxda ishtirok etadigan talabalar familiyasi, ismi, sharifi yoziladi.

  4. Xar bir kichik guruxlarni bitta qatnashchisi o’qituvchini oldiga kelib kanvertdan topshiriq variantini oladi.

  5. Talabalar varoqga o’zlarining topshiriqlarini ko’chiradilar va ish bajarish uchun 15 mm vaqt beriladi.

  6. Kichik guruxlar topshiriqni muxokama qiladilar va to’liq javobni yozadilar.

  7. O’qiluvchi kuzatib turishi shart, talabalar ko’chirmasligi va boshqa guruxlar bilan aloqa qilmasligi kerak.

  8. 15 min o’tgandan so’ng javob varaqalari yig’ib olinadi.

  9. Q’qituvchi dars davomida topshiriqlar to’g’ri, to’la, tartib bilan bajarilishini tekshiradi.

  10. Kichik guruxlarni hamma ishtirokchilariga bir hil ball qo’yiladi.

  11. Darsni joriy baxolashda talabalami olgan ballari e’tiborga olinadi

Variant-II.

  1. Fagotsitoz jarayonini tushuntirib bering?

  2. Immunitet turlarini sanab bering?

  3. Antitelalar va antigenlarning o’zaro munosabati qanday?

Variant-II.

  1. Immunitetning reaksiyalarinin sanab bering?

  2. Agglyutinatsiya reaksiyasini gapirib bering?

  3. Interaktiv usui.

Kompyuter yordamida mavzu bo'yicha video va audio materiallari bilan tanishish.

O’quv jarayonida talabalar bajaradigan mustaqil ishi.



  1. Zardoblar layyorlash.

  2. Antigenlar sinab ko’rilayotgan mikroorganizmlarning tortmasini tayyorlash

  3. Talabalarning o'z ustida ishlash uchun lozim bo'Igan metodik qo'llanmalar. (nazariy materiallar)



I. IMMUNITET HAQIDA TUSHUNCHA. Immunitet lotincha so’z bo’lib, immunitas- ozod bo’lish yoki qutqazish ma’nosini bildiradi.Bu murakkab fiziologik moslashish kompleksidir. Shu moslashish kompleksi organizmga tashqaridan genetik informatsiyani tashuvchi tirik organism yoki moddalarni kirishga to’sqinlik qilib yo’l bermaydi. Organizm faqat yuqumli kasal qo’zg’atuvchilarga va ular ishlab chiqargan zaharli moddalargagina qarshi turmasdan, u begona to’qimalarga ham qarshi turadi. Organizmning begona to’qimalarga bunday qarshi turish qobiliyati transplatatsion deb nom olgan. Immunitetni o’rganadigan fan immunologiya deyiladi. Immunitet paydo bo’lishi juda murakkab hodisadir. U butun organizmning ishtiroki bilan vujudga keladi, ammo immunitetni paydo bo’lishida asosiy rolni markaziy nerv sistemasi o’ynaydi. Bulling ta’sirida retikula - endothelial sistemaning fagotsitar funksiyasi zo’rayadi va organizmga kirgan mikrobning yoki uning zaharini zararsizlash uchun immune modda (antitela) paydo bo’ladi. Organizmning anatomic va fiziologik hususiyatlari uni turli pathogen mikroblardan qo’riqlab turishda, ya’ni immunitetli bo’lishida katta ahamiyatga ega. Yetarli ovqatlanmaslik, A va С vitaminlarning yetishmasligi, organizmning qizib ketishi yoki sovub qolishi, o’ta charchashlar immunitet vujudga kelishida katta ta’sir ko’rsatadi.

II. IMMUNITETNING TURLARI. Immunitetning paydo bo’lishiga qarab uni bir necha turlarga bo’lish mumkin. Bular: infektsion immunitet va infektsion bo’imagan, ya’ni transplatatsion immunitet. Infektsion immunitet spetsifik va spetsifik bo’lmaganlarga bo’linadi. Spetsifik bo’lmagan immunitet tabiiy yoki tug’ma va organizmni himoya qiiish anatoma - fiziologik faktorli bo’ladi. Tabiiy yoki tug’ma immunitet o’z navbatida ikkiga: absolyut yoki mutloq va nisbiyga bo’linadi. Ular ham aktiv va passivga bo’linadi. Aktiv immunitet steril va steril bo’lmaganga bo’linadi. 1898 yilda N. N. Chistovech va J. Barde degan olimlar immunitet faqat mikroorganizmlarga va uiarning zaharlariga emas, balki to’qimalarning hujayralariga ham hosil bo’lishini aniqladilar. Bu spetsifik emas, ya’ni transplantatsion immunitetni o’rganishga sabab bo’ldi.

Organ va to’qimalarni boshqa organizralarga ko’chirish paytida katta rol o’ynaydi. Spetsifxk bo’lmagan immunitet boshqa organizmdan olingan va to’qimalarga' qarshi turishga qobiliyatlidir.

Bu hodisaning aksinchasi - immuniologik tolerantlikdir. Inymmiologik tolerantlik, ya’ni immunologik chidamlilik to’g’risida F. Bernet degan olim aytib o’tgan. Lekin 1953 yili olimlardan P. Medavar va M. Gasheklar embrional rovojlanish paytida antigen ta’sir etilgan organizm, tug’ilib katt bo’lganda shu antigenga - organ va to’qimalarga qarshi turish qobiliyatiga ega emasligini isbotladilar. Ya’ni bunday organizmlarda immuniologik tolerantlik hosil bo’ladi va shu to’qimalarga qarshi qobiliyat bo’lmaydi.

Yuqorida aytib o’tilganidek, immunitetning yana bir turi infektsion immunitetdir. Infektsion immunitet o’z navbatida spetsifik va spetsifik bo’lmaganlarga bo’linadi. Spetsifik bo’lmagan immunitet tug’ma immunitet bo’lib, mexanik, fizikaviy va biologic faktorlarga organizmning qarshi turish qobiliyatidir.



Tabiiy passiv immunitet bu chaqaloqlar (platsenta) immuniteti bo'lib, homila ona qorindaligidayoq orttiriladi. Shuningdek, chaqaloqlar ona suti orqali ham immunitetni orttirishi mumki. Immunitetning bu turi uzoq davom etmaydi, 6-8 oydan so'ng yo'qolib ketadi. Lekin tabiiy passiv immunitetning ahamiyati katta, u chaqaloqlarni yuqumli kasalliklarga chalinmasligini ta'minlaydi

Sun'iy immunitet (faol immunitet) odamda immunizatsiya (emlash) natijasida orttiriladi. Immunitetning bu turi organizmga kuchsizlantirilgan yoki turli usulda o'ldirilgan bakteriya, ularning zaharlari, viruslar yuborilgandan so'ng hosilbo'ladi. Masalan, ko'kyo’tal, bo'g'ma, chechak kasalliklariga qarshi immunitet shular jumlasidan. Bunda organizmda faol qayta qurilish yuzaga keladi, ya'ni qo'zg'atuvchi va toksinlarga o'ldiruvchi ta'sir ko'rsatuvchi modda (antitelo) hosil bo'ladi. Shuningdek, hujayra xossasining o'zgarishi mikroorganizmlar va ular ishlab chiqaradigan moddalarga ta'sir ko'rsatadi. Sun'iy faol immunitet sekin-asta, 3-4 hafta ichida hosil bo'ladi va 3 oydan 1 yilgacha saqlanadi.

Sun'iy passiv immunitet organizmga tayyor antitelo yuborish natijasida yuzaga keladi. Immunitetning bu turi organizmga antitelo, zardob va immunoglobulin yuborilgan zahoti hosil bo'ladi va faqat 15-20 kungacha saqlanadi, so'ngra antitelolar parchalanib, organizmdan chiqib ketadi.

Mahalliy immunitet tushunchasini fanga A.M.Bezredko kiritgan. U organizm to'qimalari va alohida hujayralar ma'lum moyillika ega, deb hisoblaydi. Ularni emlash infeksiya qo'zg'atuvchilarning kirishiga to'siq hosil qiladi. Hozirgi vaqtda umumiy va mahalliy immunitetning birligi isbotlangan. Lekin alohida to'qima va a'zolarning mikroorganizmlarni yuqtirmasligi katta ahamiyatga ega.

Antimikrob immunitet turli xil mikroorganizmlar keltirib chiqaradigan kasalliklardan so'ng yoki vaksina (kuchsizlantirilgan tirik yoki o'ldirilgan mikroorganizmlardan tayyorlangan vaksinalar) yuborilganda hosil bo'ladi.

Antitoksik immunitet — bakteriyalarning zaharli ta'sirlari (toksinlari)ga nisbatan hosil bo'ladi.

Antivirus immunitetvirusli kasalliklardan so'ng hosil bo'ladi. Immunitetning bu turi uzoq davom etadi va mustahkam (qizamiq, chechak va boshqalar) bo'ladi. Shuningdek, faol virusli immunitet virusli vaksinalar bilan emlangandan so'ng hosil bo'ladi.

Steril immunitetko'pgina qo'zg'atuvchilar bemor tuzalganda organizmdan yo'qoladi. Immunitetning bu turi steril immunitet deyiladi (qizamiq, chechak va boshqalar).

Sterillanmagan immunitet — infeksiya qo'zg'atuvchining moyilligi xo'jayin organizmida bo'lgan davrdagina saqlanib turiladi. Bunday immunitet sterillanmagan yoki infeksion immunitet deyiladi. Immunitetning bu turi sil, zaxm va ayrim boshqa infeksiyalarda kuzatiladi.

Odamning yuqumli kasalliklarni yuqtirmasligi spetsifik va nospetsifik himoya omillarida o'z aksini topadi. Nospetsifik himoya deb, organizmning tug'ma xususiyatiga aytiladi, bu odam tanasi yuzasidagi va organizm ichidagi turli xil mikroorganizmlarni yo'qotishga imkon beradi. Spetsifik himoya omili organizm kasallik qo'zg'atuvchisi yoki toksinlar bilan to'qnashganda hosil bo'ladi, bu omillarning ta’siri faqat shu qo'zg'atuvchilar yoki ularning toksinlariga qarshi qaratilgan bo'ladi.

Spetsifik bo’lmagan immunitet ikkiga bo’linadi:

Tabiiy yoki tug’ma.

Organizmni himoya qilish anatoma - fiziologik faktorlari.

Tabiiy yoki tug’ma immunitet evolyutsiya jarayonida hosil bo’lib, nasldan - naslga o’tadi. Masalan, qoramollar, otlarning manqa kasalligiga, otlar, itlarning toun kasalligiga, odam esa cho’chqalarning va itlarning toun kasalligiga sezgir emas. Hayvonlarda va odamlarda bo’ladigan bunday immunitet tabiiy, tug’ma va zotiga xos immunitet deyiladi. Bunday immunitetning paydo bo’lishi sababi har xildir. I. M. Mechnikov tug’ma immunitetning bir turim kaltakesak va toshbaqalarda tekshirib, uning sababini isbotlagan.

U qoqshol tayoqchasinining katta miqdorini kaltakesak va toshbaqaning terisi ostidan yuborib, bu toksin ularga hech ta’sir etmaganligini, ya’ni ularni shu toksinga immunitetli ekanligini aniqlagan.

Tabiiy tug’ma immunitet absolyut yoki mutloq va nisbiyga bo’linadi. Absplyut yoki mutloq immuniteti bo’lgan hayvonlar kasallik qo’zg’atuvchilarning miqdori katta yoki shu qo’zg’atuvchi mikrob uchun nihoyatda qulay sharoit bo’lishiga qaramay kasallanmaydilar. Misol uchun ot hech qanday sharoitda ham qoramollarning toun kasalligi bilan kasallanmaydi, ya’ni otlarda qoramollarning toun kasalligiga absolyut immunitet bor.

Nisbiy immunitetda esa organizm fizikaviy - kimyoviy va biologic faktorlar yoki tashqi muhitning ta’sirida qo’zg’tuvchi mikroorganizmiaming katta miqdori bilan zaharlantirilsa, shu qo’zg’tuvchi mikroorganizmlargaorganizmning qarshi turish qobiliyati yo’qoladi. Masalan, tabiiy sharoitda kaptar kuydirgi kasalini qo’zg’tuvchi mikroorganizmlarga chidamli. Lekin unga avval alkagol berib, keyin mikroorganizmlar yuborilsa, u albatta kuydirgi bilan kasallanadi.

III. ANATOMA - FIZIOLOGIK VA IMMUNITETN1NG BOSHQA FAKTORLARI.

Hayvon va odamlarning organizmi hayotda tashqi muhit va boshqa tirik jonivorlar bilan turli munosabatda bo’lib, ularning ta’siriga javob qaytarish va qarshi turish qobiliyati paydi bo’ladi. Hayvonlar va odam organizmi pathogen mikrobning kirishiga to’sqinlik qiladigan, ulami halokatga olib boradigan, yo bo’Imasa organizmdan tezlik bilan chiqarib yuboradigan bir necha tabiiy himoya qilish anatoma - fiziologik hususiyatlarga va immunitetning boshqa faktorlariga ega. Teri, shilimshiq pardalar, limfa bezlari, ichak va oshqozon shirasi, lizotsin moddasi, o’t, fagotsit va gumoral anatoma - fiziologik faktorlar bo’lib, ular organizmni mikrobdan himoya qiluvchi to’siq sifatida himoya qiladi, Tcri va shilimshiq pardalar mikroblarning organizm to’qimalariga o’tishiga to’sqiniik qiladi, bular tabiiy to’sqinlikdir.



FAGOTSITOZ JARAYONI.Organizmga kirgan mikroblarning ko’payib yoki aksincha yemirilib yo’q bo’lib ketishi Ieykotsitlar va retikula - endothelial sistemasining biologik reaksiyasiga bog’iiqdir. Bu hujayralarning mikrobga qarshi faoliyati fagotsitoz (30-rasm) hodisasidan iboratdir. Fagotsitoz- bu hayvon organizmi hujayralarining zarrachalarini aktiv tutishi, bu zarrachalar organik bo’lgan taqdirda ularni hazm qilish jarayonidir. Bu jarayonda asosiy rolni fagotsitlar o’ynaydi. I. L Mechnikov fagotsitoz va uning immunitetdagi rolini aniq tajribalar bilan isbot etadi. U dengiz yulduzining lichinkalari va dafniyalar ustida tajribalar o’tkazadi . Olim lichinka tanasiga tikan kiritadi. Bir necba vaqtdan keyin tikan atrofiga talaygiria xarakatchan hujayralar to’planganini aniqlaydi. Ikkinchi tajribada esa u dafniya tanasiga mahsus zamburug’ sporalarini kiritadi. Sporalar kam bo’lganidan ularning hammasini barakatchan hujayralar qamrab olib, hazm qilib yuboradi va dafniya tirik qoladi, Sporalar ko’p yuborilganda esa, ular o’sib ko’payardi va natijada jonivor nobud bo’Iardi. Bu tajribalarga asoslanib Mechnikov hayvonlar organizmi mahsus hujayralar yordamida mikroblarni qamrab olib yutib yuboradi va shu tariqa mikroblardan holos bo’ladi degan hulosaga keladi. Bu hodisani fagotsitoz deb, fagotsitoz qiladigan hujayralarni esa fagotsitlar ya’ni yutib yuboradigan hujayralar deb ataydi. I. I. Mechnikovning fikricha, qonning harakatchan hujayralarida leykotsitlar, asosan segmentlangan neytrofillar asosiy rol o’ynaydi. Ular mikrofaglar deb ataladi. Bundan tashqari yirik hujayralar - makrofaglar ham bor.Bularga monotsitlar, qon tomirlarining endoteliy hujayralari, taloq, jigar va boshqa organlarmng retikula - endoteliy hujayralari kiradi.

Fagotsit reaksiya 3 fazadan iborat:



  1. Fagotsitlarning mikrobga yaqinlashuvi

  2. Mikrobni qamrab olish

  3. Fagotsitga yutilgan mikrobning hujayra ichida hazm bo’lishi.

ANTIGENLAR HAQIDA TUSHUNCHA. Antigen grekcha so’z bo’Iib, anti - qarshi va genis - avlod degan ma’noni bildiradi. Organizmga tushib, immunologic reaksiyani paydo qiladigan har qanday moddalar o’ziga xos mahsus antitelalar hosil qilishi bilan ifodalanadi. Antigen noini 1899 yili vengriyalik olim Ladislau Doych tomonidan tavsiya etilgan. Antigenlaming molekulyar massasi nihoyatda yuqori. Shu sababli antitelalarni hosil qilish hususiyatlari1 am yuqori

Antigenlarning -rasm) molekulalari kolloid holatda bo’lgani uchun, ular shimilib, antitelalar hosil bo’Iadigan joylarga yetib boradi. Kristall moddalarning antigenligi aktiv emas. Antigeniarga mikroorganizmlar va ularning zaharlari, begona oqsillar (чужеродние белки), fermentlar, to’qima hujayralanning elementlari va hayvonlarning zaharlari kiradi. Oqsil moddalarning tarkibida aromatic gruppalar ko’p bo’lsa, unda oqsil moddalarning antigenlik hususiyati yuqori bo’ladi va shunga qarab ular ikki gmppaga: sifatli va sifatsizantigenlarga bo’linadi.

Sifatli antigenlarning kimyoviy tuzilishida aromatic gruppalar radikal bo’lib ishtirok etadi. Ular organizmga kiritilsa, o’ziga qarshi mahsus immune moddalar bilan probirkada ham spetsifik birlasha oladi.

Sifatsiz antigenlar yoki geptonlar organizmga parenteral yo’li bilan yuborilganda, o’ziga qarshi mahsus immune moddalar hosil qila olmaydi.



ANTITELALAR HAQIDA TUSHUNCHA. Bu hayvonlarning organizmiga antigenlar ta’sir qilgandan so’ng hosil bo’Iadigan mahsus oqsillar immuno - globulinlar (gamm - globulin) dir. Antitelalar termolobil bo’lib, molekulyar massasi nihoyatda katta (160000-195000). Antitelalarning asosiy hususiyati ular hosil qilgan antigenlatga sezgirligidir. Antitela bilan antigenlarning o’zaro ta’sir etishi orqali antigen zararsizlantiriladi. Hamma antitelalar uchta katta gruppaga 'bo’linadi: antimikrobli, antitoksinli va antihujayrali. Antitelalar, antigenlar ta’sir etgach, 5-6 kundan so’ng hosil bo’lib, bir necha oylar organrzmda saqlanib turadi. So’ngra yana kamaya boshlaydi. Antigenlar ta’sirida organizmda o’zgarishlar sodir bo’ladi. Antitelalarning ko’payish tezligi antigenlarning organizmga qayerdan yuborilishiga bog’liqdir. Vena qon tomiri orqali yuborilsa, antitelalar tezroq hosil bo’ lib, organiznming yuqumli kasallikka qarshi turish qobiliyati oshadi. Antigenlarga achchiqtosh, alyuminiyning gidroksili kabi moddalar qo’shib organizmga yuborilsa, hosil bo’lgan antitelalar uzoq muddat saqlanib turadi.

ANTIGEN BILAN ANTITELALARNING O’ZARO MUNOSABATI. Antigen bilan antitelalar o’zinirig shaklini va strukturasini o’zgartirmay molekulalar singari o’zaro ta’sir etadilar. Bu jarayon colloid va kimyoviy reaksiyalar singari ikkita fazada o’tadi. Avval antigenning sirtida antitelalar adsorbsiyalanadi, so’ngra complement ishtirokida elektrolit muhitda agglyutinatsiya, pretsipitatsiya yoki lizis o’tadi, ya’ni antigenlar neytrallanadi.

MIKROB HUJAYRASIN1 ANTIGEN STRUKT'URASI. Mikrob hujayrasi va virus zarrachalari tarkibi antigen faollik hususiyatiga ega bo’lgan murakkab strukturali moddalardan tuzilgan. Harakatchan bakteriyalarning hivchinli H- antigeni bo’lib, u o’zida flagellin degan termolabi! oqsil tutadi. Hujayra qobig’idagi antigenlarga esa О - antigen deyiladi. О - antigenlar issiqlikka chidamli, tarkibida lipoproteidlar mavjudligi bilan harakterlanadi. Ayrim mikroorganizmlarda, masalan, zotiljam klebsiyellasining kapsulasida murakkab polisaxaridlar tarzidagi K- antigenlar bo’ladi. Kapsulali antigenlarning yana biri Vi-antigenlar deb yuritilib, ular enterobakteriyalarning virulent tiplarida masalan, salmonellalarda qayd qilingan. Bakteriyalarning toksinlari ham xuddi oqsillar singari to’liq antigenlar sirasiga kiradi. Vaksina preparatlarini tayyorlashda va ayrim yuqumli kasalliklarning serologik diagnostikasida bakteriya antigenlaridan keng foydalaniladi.

IMMUNITET REAKSIYASI. Muayyan antigen va unga mos keladigan antitelalarning o’zaro reaksiyasi o’zining spetsiklik darajasi yuqoriligi va o’ta ta’sirchanligiga ko’ra yuqumli kasalliklarni aniqlash va tibbiy- biologik tadqiqotlarda keng qo’llaniladi.

Immun reaksiyalari anrigenlarning holati va antigelar bilan antitelalar o’zaro reaksiyaga kirishadigan muhitning o’ziga xos hususiyatlariga ko’ra agglyutinatsiya, pretsipitatsiya, lizis, komplementlarni bog’lash, neytrallash kabi turlarga bo’linadi.



AGGLYUTINATSIYA REAKSIYASI (RA). Tuzlar (natriy xloridning izotonik eritmasi) bilan antitela ta’sirida mikroorganizmiar va boshqa hujayralarning bir- biriga yopishib qolishi va cho’kmaga tushishi agglyutinatsiya hodisasi deyiladi. Agglyutinatsiya reaksiyasida ikki narsa ishtirok etadi: antitela (agglyutininlar ) - kasal odam yoki immunizatsiya qilingan jonivor zardobi; antigen - o’ldirilgan yoki tirik mikroorganizmiar va shunga o’zshash hujayralardan.

Nazorat savollari

1.Immunitet deb nimaga aytiladi?

2.Immunitetni nechta tun bor?

3.Immunitetning qanday faktorlari mavjud?

4.Fagotsitoz jarayonim tushuntirib bering?

5.


Kirish 4

Adabiyotlar:I. 1. 333-349 b. I. 3. 374-385 b 14

Ximiyaterapevtik preparatlar, ularning immun sistemaga ta’siri. Antibiotiklar olinishi va turlari. Biotexnologiyada ishlatilishi. 14

Adabiyotlar: I. 1. 321-329 b. I. 3. 200-204 b. I. 1. 361-377 b. I. 3. 210-215 b. I. 2. 354-358 b 14

Soat 15


III. FANNI O’QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTERFAOL TA’LIM METODLARI. 24

“M I YA SH T U R M I” U S U L I 24

“S T O L U S T I D A R U CH K A” U S U L I 25

“Q O R B O‘ L A K CH A L A R I” U S U L I 26

“Q O R U YU M I” U S U L I 26

“D I S K U S S I YA” U S U L I 27



. 35

IV.NAZARIY MATERIALLAR 40

1.O‘simliklarda uchraydigan mikrorganizmlarning asosiy turlari va ular to‘g‘risida ma’lumot 75

Dorilarni tayyorlashda har xil o‘simliklardan foydalaniladi yoki ko‘pgina o‘simliklardan qaynatma, damlamalar tayyorlanadi. Dorivor modda va tayyor dori-darmonlar tarkibida turli xil mikroorganizmlar bo‘lishi mumkin. O‘simliklardan olinadigan dorivor moddalarning mikroblar bilan zararlanishi o‘sha o‘simlik turi va uning o‘sib chiqishi uchun zarur bo‘lgan shart – sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. CHunki o‘simliklar atrof muhitdagi ayniqsa, tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar bilan zararlangan bo‘lishi ham mumkin. 75

Lekin shuni hisobga olish kerakki, dorivor o‘simliklar xom ashyosida o‘z mikroflorasi ya’ni normal mikroflora va fitopatogen mikroorganizmlar ya’ni o‘simlik kasalliklari qo‘zg‘atuvchilari bilan zararlangan bo‘lishi mumkin. 76

O‘simliklar normal mikroflorasi barg yuzida, urug‘larida, ildiz oldi sistemasida har xil bo‘ladi. 76

Jonli (tirik) o‘simliklarda yashovchi va ularga zarar keltirmaydigan mikroblar, “epifit mikroflora” tushunchasiga birlashgan. YAngi kesilgan yaproq yuza qismida ko‘pincha 2 xil bakteriya aniqlandi: 76

1)Bact herbicola aureum va 76

2)Psevdomonas fluorescens 76

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə