Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya



Yüklə 19,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/102
tarix26.03.2018
ölçüsü19,01 Kb.
#34535
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   102

45 
 
xujayra devorining yukligi 
ular  fakat  izotonik  eritmalarda  va  gipertonik  muxitlarda  usadi.  Usish  faktorlari  -  purin, 
pirimidin,  lipedli  ozik  muxitlarni  talab  kiladi.  Xayvonlarda  yukori  nafas  yullarining  shillik 
kavatida uchraydi. 
Parozitlari  upkani  yalliglaydi.  Spora  xosil  kilmaydi,  xarakatsiz,  Gr  (-  )  buyaladi.  Birinchi 
marotaba  L.Paster  aniklangan.  Tuprokda,  suvlarda  uchrashni  mumkin.  Patogen  va  patogen 
bulmagan  turlari  mavjud.  Fakultativ  anaerob.  Konli  agarda  gemoliz  xosil  kiladi.  Gemolizin 
ajratib chikaradi. Mikoplazmalarning bu xususiyatini konli agarda aniklash mumkin. 
Zamburuglar  bakteriyalarga  nisbatan  murakkabrok  tuzilishga  ega  va  kupayish  usullari 
takomillashganrokdir. 
Zamburuglar  xar  xil  shakillarga  (dumalok,  tuxumsimon,  noksimon,  tugnogichsimon, 
amebasimon)  ega.  Ulchamlari  bir  nechr  mkm  dan  (achitki  zamburuglari)  un  va  yo‘zlab  mkm 
gacha buladi. (mukor mogorlari) 
Xuj. devori  xar  xil kalinlikda,  yuzasi xar xil:  tulkinsimon,  gadir-  budir, ayrimlarida  nozik 
tuklar bilan koplangan buladi. Yosh xujayralarning sitoplazmasi gomogen, etuk xujayralarda esa 
donadar  buladi.  Sitoplazmalarda  kiritmalar,  mitoxondriyalar,  takomillashmagan  uzok  bitta  yoki 
bir  nechta  joylashgan.  Goldoji  apparata,  yog  kiritmalari,  valyutin,  glikogen,  organik 
kislotalarning kristaplari  va pigmentlar  xam  bor. Zamburuglarning vegetativ tanasi  shoxlangan, 
rangsiz iplardan 
(giflardan)  tashkil  toptan.  Ularning  uzunligi  50-70  mkm  va  undan  xam  ortik  bulishi 
mumkin. 
Zamburug‘lar aerob  sharoitda, uglerodli  muxitlarda usadi. Spora xG`k  yuli bilan va jinsiy 
yul bilan kupayadi. Morfologiyasini urganish uchun «ezilgan tomchi» usulida preparat tayyorlab, 
anilin buyoklar, Gram usullari kullaniladi. 
Glosarriy: 
Bakteriya-  (-lar)(  gr.  Bakterion-  tayoqcha)  –  1.  Tanasida  nukleood,  sitoplazmotik 
membrana , tig‘iz hujayraviy devor bo‗lishi bilan  ajralib turadigan va  ko‗ndalang bo‗lishi bilan  
ko‗payadigan bir hujayrali  mikroorganizm . 
Bakteriologiya-  (  gr.  Bakterion-  tayoqcha,Qgr.  Logos-  talimot  )-  bakteriyalar  tuzilishi, 
fiziologiyasi,  biologik  qiyofasi,  sistematikasi  va  genetikasini  o‗rganadigan  ,  ularning  tabiatda 
tutgan  o‗rni  va tarqalishini  tatqid   qiladigan  fan ,  mikrobiologiya faniga asos  solgan ,  endilikda 
esa uning bir bo‗limi hisoblanadi. 
Bakterioskopiya  -  (  gr.  Bakterion-  tayoqcha,Qgr.  Logos-  talimot  )-skoreo-ko‗zdan 
kechirmoq,  tekshirmoq)-  bakteriyalarni    mikroskop  ostida  ko‗zdan  kechirish  ,tekshirish  ,  tathid  
qilish. 
Diagnoz  –  (  yunon    diognosis  –  bilish  aniqlash  )  –  kasallikning  harakteri    moqiyati  va 
bemorning ahvoli haqida shifokor bergan qisqacha tarifiga eti 
Adabiyotlar 
1.Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T.,. 2006. 
2.Vorobyov A.A., Bo`kov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vo`sshaya shkola». 2003. 
3.Pyatkin  N.D.,  Krivoshein  Yu.S.  Mikrobiologiya  va  immunologiya.  M.,  izd-vo  «Meditsina» 
1980. 
4.Timakov V.D., Livashev V.S., Borisov L.B. Mikrobiologiya. M., 1983. 
5.Churbanova I.N. Mikrobiologiya. M., idz-vo «Vo`sshaya shkola». 1987. 
6.Mustaqimov  G.D.  O‗simliklar  fiziologiyasi  va  mikrobiologiya  asoslari.T.,  ―O‗qituvchi‖     
nashriyoti. 1978. 
7.Elinov N.P.‖ Ximicheskaya mikrobiologiya‖ M., izd-vo «Vыsshaya shkola». 1989. 
 
 


46 
 
Mavzu:   Prokariot va eukariotlar. Bakteriyalarning  struktura tuzilishi. Xujayralarning 
katta va kichik molekulalari 
 
 Ma‘ruzadan maqsad: Mikrobiologiyada prokariot va eukariotlarning birini biridan farqlash   
xaqida tushuncha beriladi. Bakteriya xujayrasidagi katta va kichik molekulalar    xaqida 
tushuncha beriladi. 
Ma’ruza rejasi: 
 
1.
 
Prokariot bakteriyalarning struktura tuzilishi. 
1.
 
Eukariot bakteriyalari haqida ma‘lumot berish. 
2.
 
Mikroorganizmlarning  yadro  apparati.Bakteriyalarning  doimiy  va  doimiy 
bo‗lmagan komponentlari.  
3.
 
Mikroorganizmlar  asosiy  organogen  elementlari  bilan  tanishish  va  ularning 
axamiyatini o‗rganish.Uneversal elementlar  bilan  tanishish; 
4.
 
Kichik molekulalar va katta molekulalar yoki makromolekulalarning  axamiyatini ; 
 
Tirik  materiyaning  tarkibiga  kiruvchi  asosiy  kimyoviy  moddalar  bir  ho‗jayrali  va  ko‗p 
hujayrali  mavjudotlar  uchun  bir  xil  bo‗lsa-da,  o‗ziga  xos  tuzilishlari  sezilarli    farq  qiladi. 
Masalan,  hamma  tirik  mavjudotlarning  hujayrasida  proteinlar,  nuklein  kislotalar,  polisaharidlar 
singari  polimerlar  bo‗ladi,  lekin  ular    har  bir  tur  uchun  o‗ziga  xosligi  bilan  ajralib  turadi.  
Jumladan,  glikolaktil  kislotalar  faqat  ma‘lum  bakteriyalar  hujayra  devorida;  ipsimon 
zamburug‗lar  hujayrasi  oqsillari  hayvonlar  organizm    oqsillaridan,  garchi  ular  bir  turdagi 
aminakislotalarga  ega  bo‗lsada,  o‗zaro  farq  qiladi.  Turning  nasliy  tavsifi  o‗ziga  xosligini 
belgilovchi  DNK,  garchi  bir  xil  g‗isht-bloklar–dezoksiriboza,  fosfat  kislotasi,  ikkita  purin 
(adenin,  guanin)  va  ikkita  pirimidin  (timin,  sitozin)  asoslaridan  iborat  bo‗lsada,  turli 
organizmlarda har xil bo‗ladi. 
Hujayra  devori.  Mikroorganizmlar  turli  xil  sharoitlarda  yashaydi,  shuning  uchun  ular 
harorat,  rN,  bosim,  muhit  tarkibi  o‗zgarishlariga  chidamli  bo‗lishi  kerak.  Bunda  hujayra 
chidamliligini  qattiq  tuzilishga  ega  bo‗lgan  hujayra  devori  ta‘minlaydi.  SHu  tufayli  hujayra 
yuqori ichki osmatik bosimni ko‗tara  oladi (5–20MPa). Hujayraning qattiqligi shaklini saqlashda 
yordam beradi. Ba‘zi mikroblarda hujayra devori yo‗qolib ketgan  - bularga mikoplazmalar kiradi 
(ilgari ular Pleuro-pneumonia-like organisms PPLO deb atalgan). Ular o‗zining pleomorfligi, oziq 
muhitlarda  reproduktivligi  (ularning  reproduktiv  birligining  eng  kichik  miqdori  125–250  nm), 
penitsillinga  chidamliligi,  biror  bir  bakterial  hosil  qiluvchi  shaklga  o‗tolmasligi  bilan  ajralib 
turadi. Mikoplazmalar shakliga ko‗ra  halqasimon, ipsimon, tayoqchasimon, spiralsimon,  bo‗lishi 
mumkin. 
Hujayra  devorining  mavjud  emasligi  vaqtinchalik  holat  bo‗lib,  u  tashqi  muhit  omillari 
ta‘siri (fermentlar, antibiotiklar) hisobiga yuzaga kelishi mumkin. Bunda grammanfiy bakteriyalar 
hujayra  devori  mutlaqo  mavjud  bo‗lmagan    protoplastlarni  hosil  qiladi.  Hujayra  devori  qisman 
mavjud  bo‗lsa,  sferoplast  deb  ataladi.  L-shaklli  bakteriyalarda  (SHotlandiyadagi  Lister  nomli 
institut nomidan olingan) hujayra devori nuqsonli bo‗lib, ular qattiq ozuqa muhitlarida ko‗payadi 
va  koloniyalarni  hosil  qiladi,  ularning  ayrimlari  barqarorlashadi,  boshqa  birlari  esa,  ayniqsa, 
15...30  %  jelatin  yoki  2,5  %  agar-agar  mavjud  bo‗lganda,  dastlabki  hosil  qiluvchi  shakliga 
reversiya  (lotincha  reversio  –  qaytish  so‗zidan)  bo‗ladi.  Oqsil  sintezi  ingibitorlari,  masalan, 
tetratsiklin guruhiga kiruvchi antibiotiklar bunday riversiyaga to‗sqinlik qiladi. 
SHunday  qilib,  mikoplazmalarni  protoplast,  sferoplastlar  va      bakteriyalarning  L-shakli 
bilan  birlashtirish  mumkin  emas,  chunki  ular  orasida  genetik  bog‗liqlik  yo‗q.  Hujayra  devori 
nuqsonli  bakteriyalar  mikoplazmalardan  farqli  ravishda  hosil  qiluvchi  hujayralar  (masalan, 
kapsulali  polisaharid  va  streptokokklarning  L-shakli  M-proteini)ga  xos  bo‗lgan  ayrim  hujayra-
devor moddalarini sintez qilishni davom ettirishi mumkin. 
Aniqlanishicha,  grammusbat  bakteriyalarda  hujayra  devorining  egiluvchan  karkasi  ko‗p 
qavatli,  grammanfiy  bakteriyalarda  esa  bir  qavatli  bo‗ladi.  Grammusbat  bakteriyalar  hujayra 


Yüklə 19,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə