Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi dinshunoslik fanidan



Yüklə 7,33 Mb.
səhifə11/14
tarix28.08.2018
ölçüsü7,33 Mb.
#64958
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14

Nazorat savollari:

1 Buddaviylik asoschisining shaxsi.

2.Buddaviylik ta’limoti.

3.Buddaviylikning tarqalishi. Buddaviylik manbalari.

4.. Rohiblar va xonaqohlar

5. Buddaviylikning maxayana, xinayana, vajrayana, lamaizm va boshqa oqimlari

6. Iso Masih (Iisus) hayotiga doir ilmiy bahslar

7. Xristian cherkovidagi bo‘linishlar. Katolik, pravoslav, protestant yo‘nalishlari

8. Hozirgi davrda O‘zbekistondagi xristian jamoalari va ularning diniy hayoti.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.Injil. Stokgolm., Bibliyani tarjima kilish instituti, 1992.

2. Bulgakov S.N. Pravoslavie. M., 1991.

3. Ger Gey E., Istoriya panstva. M., 1996.

4. Protestantizm. Slovar. M., 1990.

5. Religiozno`e traditsii mira: buddizm, iudaizm, xristianstvo, islam. Spravochnik shkolnika. Bishkek, 1997.

6. Jo`raev U., Saidjanov Y. Dunyo dinlari tarixi. T.,1998 y.

7. Mo`minov A. va boshqalar. Dinshunoslik. T., «Mehnat», 2004

«Tarmoqlar» (klaster) usuli

Buddaviylik dini haqida ma’lumot bering.



Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism: Mavzu bilan tanishtiriladi. Mazkur muammoning kelib chiqish sabablari va bartaraf etish yo‘llari haqida fikr yuritishga yo‘naltiriladi.

2. Asosiy qismda talabalar yoki kichik guruhlar tomonidan qog‘ozga fikrlarni tarmoqlash quyidagicha tashkil etiladi:

        1. hayolga kelgan har qanday fikr ketma – ket yoziladi (berilgan mavzu yoki muammo bo‘yicha);

        2. fikrlar tugamaguncha yozishni davom ettirish kerak, mabodo fikrlar tugab qolsa, u holda yangi fikr kelguncha biron rasm chizib turish mumkin;

        3. iloji boricha fikrlarning ketma – ketligi va o‘zaro bog‘liqligini ko‘paytirishga intilish zarur.

Mashg‘ulot jihozlanishi va reglamentiga ko‘ra har bir talaba yoki kichik guruhlar, o‘z fikrlarining ketma – ketligi bayoni bilan tanishtiradilar.

O‘zaro munozara, muhokama, fikr almashish va savol – javoblarga ham vaqt ajratiladi.



3. YAkuniy qismda o‘qituvchi barcha fikrlarni umumlashtirib, darsga yakun yasaydi. Talabalarning fikrlash faoliyatidagi faollik va erkin, ochiq ravishda yorita olishga qarab baholanadi.

Mashg‘ulot reglamenti: Tashkiliy qismga (5 minut)

1.Asosiy qismga: Har bir talaba va guruhning fikr yuritishiga (5-10 minut);

2.O‘z fikrlarini himoya qilishlariga (3-5 daqiqadan);

3.Savol – javob, munozaraga (10-15 minut);

YAkuniy xulosaga (5-10 minut).
Topshiriqlarni bajaring.

1-vazifa.Xristianlikni oqimlarga bo‘linib ketishi sabablarini tushuntiring.

2-vazifa.Xristianlik oqimlari ta’limotlari haqida ma’luomt bering.

3-vazifa.Hozirgi kunda O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan diniy konfessiyalar haqida ma’lumot bering

Христианликдаги конфессиялар

КАТОЛИКЛИК

ПРАВОСЛАВЛИК

ПРОТЕСТАНТЛИК

4 MAVZU: Islom dini va asosiy manbalari

Mavzuning maqsadi: Ko‘p asrlik tariximiz davomida milliy qadriyatlarimiz bo‘lgan islom dini, uni payg‘ambari, din ta’limoti., uni marosim va bayramlari haqida ma’lumotga ega bo‘lish

Talaba bilishi lozim:

1.Islom dinini vujudga kelishi

2.Johiliya davri

2. Islom dini ta`limoti

3. Islom dini marosim, bayramlari

Motivatsiya: O‘zbekiston aholisining aksariyati islom diniga e’tiqod qiladi.Dinning o‘ziga xos jihatlari, vujudga kelish tarixi hamda ta’limotini bilish.

Fanlararo va fan ichidagi bog’liqlik: Falsafa, ma’naviyat asoslari, tarix,pedagogika kabi ijtimoiy fanlar bilan hamda dinshunoslikning 4,6,7,8,9-mavzulari bilan bog‘liq.

Islom dini jahon dinlari ichida eng yosh dindir, e'tiqod qiluvchilari soni jihatidan esa xristianlikdan keyin ikkinchi o`rinda turadi.

Islom dini VII asrda Arabiston yarimorolida (hozirgi Saudiya Arbistonni) paydo bo`ldi. Bu orol arab tilida «Jazirat al-Arab», ya'ni arablarning yarim oroli degan ma'noni anglatadi. Turkiy xalqlar va eronliklar «Arabiston» deb ataydilar.

«Islom» so`zi quyidagi ma'nolarni anglatadi.



  1. Itoat va bo`ysunish.

  2. Ixlos va turli ofatlardan salomat bo`lish.

  3. Sulh va omonlik.

Avvalo, arablarning katta- kichik qabila va urug`larga bo`linib ketganligida. Bunday bo`linish - ular o`rtasidagi doimiy o`zaro urushlarning asosiy omiliga aylangan edi. Bu urushlar faqatgina vayronalik keltirmoqda edi, xolos.

Ikkinchidan, qo`shni davlatlar - Vizantiya imperiyasi, Sosoniy Eroni va Habashiston Arabiston yarimorolida siyosiy birlikning yo`qligidan foydalanib, doimiy ravishda bu o`lkaga hujum qilardilar, arablarni asoratga soladilar. Shunday qilib, VII asrda arablar yagona davlat barpo etishni davr ham taqazo etmoqda edi. Siyosiy jihatdan birlashish, ya'ni yagona Arab davlatini vujudga keltirish - xalqning kuchini tashqi bosqinchilarga qarshi kurash uchun birlashtirish hamda o`zaro ichki urushlarga barham berish vazifasini hal etish lozim edi. Bunday siyosiy birlashuv u davrda faqatgina yakka xudolik dini orqaligina, yagona xudo shiori ostidagina amalga oshirilishi mumkin edi, xolos. VII asrda esa Arabistonda ko`pxudolik dinlari mavjud edi. Yuqorida sanab o`tilgan omillar islom vujudga kelishining ob'ektiv shart - sharoitlarini tashkil etadi.Islomning paydo bo`lishiga muayyan g`oyaviy muhit- birinchidan, arablar milliy ongining uyg`onganligi, ikkinchidan, xaniflar (chinakam e'tiqod qiluvchilar, haqiqat izlovchilar)ning diniy harakati ham qulay sharoit yaratgan edi. Xaniflar arab qabilalarini birlashtirish jarayonining g`oyaviy ifodachisi ham edi. Xanifiylikning markaziy g`oyasini -yakka xudoga ishonish, qabila xudolariga va mahalliy xudolarga sig`inishdan voz kechish tashkil etardi. Hanifiylar o`z targ`ibotlarida arablarni «og`ir ahvoldan qutqaruvchi xaloskor»ning kelishi yaqinlashib qolganligini xabar berar, ilohiy qudratning hukmini sabr bilan kutib turish lozimligini uqtirar edilar. Ular har narsani yagona xudoning qudrati, uning marhamati yoki g`azabi bilan bog`lar edilar. Ijtimoiy adolatsizlikdan, chet el bosqichlari, quldorlarning asoratidan bezor bo`lgan qullarning, og`ir ahvoldan yashagan arab ommasining qalbida «yagona Alloxning adolati» , «Xaloskorning kelishi», «Dunyoning oxiri» haqidagi targ`ibotlar muayyan tuyg`u, unga ishonish xislatlarini uyg`otgan.

Arabiston yarimorolining Makka, Madina,Toif, Xaybar singari bir qancha eng muhim shaharlarini o`z ichiga olgan qismi qadimdan Hijoz deb atalgan. Hijoz asosan tog`li o`lka bo`lsa-da, undan qadimgi dunyoda mashhur bo`lgan xalqaro savdo yo`li o`tgan edi. Bu karvon yo`lining qachon paydo bo`lganligi ma'lum emas. Ba'zi manbalar - bu yo`l «sahro kemasi» deb nom olgan tuya qo`lga o`rgatilgan vaqtdan paydo bo`lganligini ta'kidlashadi. Deyarli 2000 kilometrlik bu yo`lda, tabiiyki, dam olish, suv va oziq-ovqat olish uchun muayyan karvonsaroylar bo`lgan. Vaqtlar o`tishi bilan bu karvonsaroylar shaharlarga aylangan.

Milodning VI asrida Arabiston yarimorolida hukm surgan davlatlar qulagach, mazkur karvon yo`lining markazida joylashgan Makka Arabiston shaharlarining eng yirik va ahamiyatlisi bo`lib qolgan. U deyarli hamma tomoni darali tog`lar bilan o`ralgan vodiyda joylashgan. Shuning uchun ham bu erda hech qachon shahar atrofiga devor qurish zarurati bo`lmagan. Shaharni tashqi hujumdan himoya qilish uchun daraga soqchilar qo`yilishining o`zi kifoya qilgan. U erdagi Allox qudrati bilan yaratilgan deb hisoblanuvchi Zamzam qudug`i, Ka'ba bora-bora Makkani arablarning muqaddas joyiga aylantirilgan, uning shuhratini orttirgan. Makkada hech qanday arxeologik ishlar olib borilmaganligi uchun uning yoshini aniqlashning imkoni bo`lmagan.

Islom dini jaxon dinlari ichida eng yosh dindir, e'tiqod kiluvchilar soni jihatidan esa xristianlikdan keyin ikkinchi o`rinda turadi.

Islom ta'limotini asosini iymon, islom, exson tashkil etadi.

Iymon 7 aqidaga asoslanadi:

1.Alloxga

2.Farishtalarga

3.Muqaddas kitoblarga

4.Payg`ambarlarga

5.Oxiratga

6.Taqdirga

7.O`lgandan keyin tirilishga ishonishdir.

Quyida ushbu aqidalarga qisqacha to`xtalib o`tamiz.

Islomni asosini tavxid, ya'ni yakkaxudolik tashkil etadi. Allox barcha narsalarni yaratuvchisi. Adulaziz Mansurning «Qur'oni Karim ma'nolarining tarjimasi» kitobida shunday deyilgan: «Allox taolo Er kurrasini yakshanba va dushanba», toglarni seshanba, daraxtlar va suvlarni chorshanba, osmonlarni jum'a, Quyosh, oy, yulduzlar va farishtalarni shanba kunida va odamni shanba kunining oxirida yaratganligi haqida ma'lumotlar berilgan».

Alloh insonni Odamni erdagi uzining xalifasi etib tayinlaydi. Ma'lumki odamni Allox taolo tuproqqa suv qo`shib yasab, unga O`zining ruhidan dam urgach unga jon kirgizdi. Farishtalarga unga sajda qilishni buyurdi, ular darhol peshonalarini erga qo`yib Odamga sajda qildilar. Ammo ulardan Iblis Allohning amridan bosh tortdi, takabburlik qilib gunohga botdi va oxir-oqibat kofirlar sirasidan bo`lib qoldi. «Kissadagi farishtalarning Odamga sajda qilishi bizni tasavvurimizdagi peshonani erga qo`yib sajda qilishlikni ifoda qilmaydi Farishtalarni sajdalari boshni engashtirib ta'zim bajo keltirishdan iborat. Uluglarga bu kabi ta'zim bajo keltirish ilgari joiz bo`lgan. Ammo Payg`ambarimiz (a.s.) Salmon Forsiyni o`zlariga bu kabi ta'zim qilishdan qaytarganlar. Shundan so`ng islomda hech kim va hech narsaga bosh egib ta'zim qilishlikka ruxsat etilmagan.» (Qur'on qissalari. T. 2004 15 bet).

Alloxni yagona, bilguvchi, rahmdil, mehribon shu kabi 99 ta nomi mavjud.

Farishtalarni payg`ambarimiz o`z hadislarida «nurdan yaratilgandir» deb bayon qilganlar. Shundan ko`rinib turibdiki ular latif ko`zga ko`rinmaydigan, ushlab bo`lmaydigan narsadan yaratilgan ekan. «Farishtalar insonlardan farq qilib, ularni o`z ixtiyorlari yo`q, ular doimo Allohga itoat qiladilar, isyon qilishga imkonlari yo`q. Q`ur'onda shunday deyilgan: «Osmonlaru erdagi barcha narsalar Allohga sajda qiladi, farishtalar ham». Farishtalarning bajaradigan ishlarining eng ahamiyatlisi Allohning vahiysini payg`ambarlarni qo`llab quvvatlash, ularni og`irini engil qilishdir. Qur'onda Alloh taolo Iso payg`ambarni Ruxul Quddus farishta bilan qo`llab-quvvatlaganini aytib o`tadi. Qr'onda aytilishicha, Alloh taolo insonga bir necha farishtani biriktirib qo`yganki, ular insonning qilgan ishlarini yozib boradilar» (Muxammad Sodiq Muxammad Yusuf. Imon T. «Kamalak» 1992 61-bet).

Bundan tashqari maxsus vazifalar yuklatilgan ulug` farishtalar ham bor. M-n, «Jabroil – payg`ambarimizga Alloh vahiysini etkazib turgan, Azroil esa insonlarni jonini olish buyurilgan, Mikoil-rizq ulashuvchi, Isrofil-Qiyomat boshlanganidan darak berib, sur chalguvchi farishtadir» (Islom ma'rifati. T. 2005 67 bet).

Shu o`rinda odamga sajda qilmagan Iblis haqida qisqacha to`xtalamiz: Qur'oni karimda yovuzlik ramzi va timsoli sifatida ko`rsatiladi. «Iblis» so`zi «ablasa» so`zidan olingan bo`lib u «noumid» degan ma'noni anglatadi. U shaytonlarning barchasiga berilgan umumiy nomdir. Chunki shaytonlar Allohning rahmatidan noumiddirlar» (Qur'on qissalari. T. «Kamalak» 2004 15 bet).

«Iblis osiy bo`lishidan ilgari farishtalardan edi, uning nomi Azozil edi. U farishtalarning eng mujtaxidi va eng bilimdoni bo`lgan, shuning uchun ham u kibru havoga berilib ketgan (Usha kitob 15 bet).

Ko`pchilik mufassirlar Iblisga oid «Baqara» surasidagi 34-oyatni tafsir qilganlarida uning jinlardan ekanligini ta'kidlaydilar.

Islom dinida payg`ambarlarga imon keltirish buyurilgan. «Payg`ambar» so`zi fors tilidan «payg`om (xabar)» va «baridan (tashuvchi)» so`zlarining birikmasidir. Islomiy e'tiqodga ko`ra payg`ambarlik Allohning bandalariga bergan eng buyuk lutfidir. Insonlik darajasining eng yuksak cho`qqisidir. Hech kim payg`ambarlik maqomiga o`z dahosi, bilimi va o`z g`ayrati bilan erishaolmaydi. Payg`ambarlarni Alloh taolo o`z bandalari orasidan o`zi tanlaydi. «Alloh farishtalardan ham, odamlardan ham elchilarni o`zi tanlaydi. Alloh eshituvchi va ko`ruvchidir» (Qur'oni karim. Xaj surasi 75 oyat).

Payg`ambarlar o`z vazifalarini bajarishda o`zlarining aql-idroklari va zakovatlaridan foydalansalar ham, ularni bu ishga buyurgan narsa aql-zakavot emas, balki vahiydir.

Islom dini aqidalarida aytilishicha 124 ming payg`ambar yashab o`tgan. Shulardan 25 tasining nomi Qur'oni karimda keltirilgan. Payg`ambarlar rasul - elchi va nabiy - xabar beruvchilarga bo`linadi. Shulardan 313 tasi Raxmatilla qori Obidov keltirishicha rasul payg`ambarlar bo`lib, qolganlari nabiylardir. Rasul payg`ambarlar jamiyatga maxsus shariat qonun qoidalar olib kelganlar.Rasul payg`ambarlarga: Muso va Xorunga Tavrot bir vaqtda nozil bo`lgan ular rasuldirlar. Dovud payg`ambar va o`gli Sulaymon ham rasul payg`ambardirlar.Payg`ambarlar g`ayritabiiy xususiyatlarga ega bo`ladilar, bular mo`jiza deyiladi. Allohx taolo qaysi qavmga payg`ambar yuborishni iroda qilgan bo`lsa, uni begona erdan yoki millatdan emas, balki o`sha qavm ichidan tanlab oldi. «Biz har bir payg`ambarni (xikmlarimizni) o`z tillarida bayon qilib berishlari uchun shu qavmning ichidan tanlab yuborganmiz» (Qur'oni karim Ibroxim surasi, 4 oyat).

Payg`ambarimiz (s.a.v.) ham asli millatlari va tillari arab bo`lgani uchun dastlabki yuborilishlari arab qavmlariga bo`lsa ham, Alloh taoloning azaliy irodasi barcha ummatlarga umumiy paygambar etib yuborish edi. Shuning uchun Qur'oni karimda: «Ey Muxammad biz sizni shak-shubxasiz, barcha odamlarga mo`minlarga jannat haqida xushxabar eltuvchi, kofirlarni esa do`zax azobidan ogohlantiruvchi bo`lgan xalqingizdan, payg`ambar qilib yubordik» (Quro'ni karim Sabo surasi 68 oyat).Payg`ambarimiz (s.a.v.) butun olamga payg`ambar bo`lganlaridek, eng oxirgi payg`ambar hisoblanadilar: «Muxammad sizlarni erkaklaringizdan birortasining otasi emasdir, balki u Allohning elchisi va payg`ambarlarining muhridir» (Qur'oni karim Axzob surasi 40 oyat). Bu erda Alloh taolo Muxammad (s.a.v.)ni «Payg`ambarlarni muhri» deb atagan deydi Raxmatilla qori Obidov zero har bir muhim yozma ish so`nggida muhr bosilgani kabi, Payg`ambarimiz (s.a.v.) ham oxirgi paygambar bo`lganlari va endilikda to qiyomatgacha boshqa payg`ambar kelmasligi aniq bo`lgani uchun payg`ambarlar kitobiga muhr bosilgandek bo`ldi.

Olamlar parvardigori ulug` Alloh tomonidan payg`ambarlari vositasi bilan bandalarga nozil qilingan, muqaddasligiga shak-shubha bo`lmagan kitoblar iloxiy sanaladi. Payg`ambarimiz hadislarida shunday deyiladi: «Payg`ambarlarga 104 ta kitob nozil qilingan Shis a.s ga 50 saxifalik kitob tushgan. Odamning barcha farzandlaridan tarqalgan insonlar inqirozga uchrab, bitta ham qolmay yo`qolib ketganlar. Hozirgi insonlar esa Shisning avlodlaridir».

Odam (a.s) ga 10 ta, Idris (a.s) ga 50 ta, Ibroxim (a.s) ga 10 ta jami 100 sahifa hamda Musoga Tavrot, Dovudga Zabur, Isoga Injil, Muxammad (s.a.v.) ga Qur'on kitoblari nozil qilingan.

Ilohiy kitoblar boshqa turdagi asarlardan tubdan farq qiladi. Ularni vazifasi insonlarni hidoyat yo`liga boshlash, ular ma'naviyatini takomilga etkazish, inson hayotining asl mohiyatini ochib ko`rsatishdan iborat.

Islom dinida musulmonlarni oxiratga ishonib yashashlari iymon butligidan dalolatdir. Qur'on ta'kidlab o`tadiki, oxirat hayoti - bu dunyo hayotidan yaxshidir. Har bir musulmon uchun ko`zlagan maqsadi, ruhiy kamolotga erishishdir, Qur'onda oxiratning bu dunyodan afzalligi turli oyatlarda aytib o`tilgan. Inson uchun «Ankabut» surasida shunday deyilgan: «Bu dunyo hayoti bekorchi o`yindan iborat va albatta oxirat hayoti haqiqiy hayotdir-agar ular bilsalar» (64 oyat). «Qahf» surasida bu dunyo hayoti quyidagicha tasvirlanadi: «Bu dunyo hayotini ularga quyidagi misolda tushuntirib ber. U biz osmondan tushirgan Kir suvga o`xshaydi. Shu suv sababidan nabototlar o`sadi, so`ng esa qurib, shamol uchirib ketadi. Alloh taolo har bir narsaga qodirdir. Mol - dunyo, bola-chaqa bu dunyo hayotining ziynatidir. Yaxshi, solih ishlar esa Alloh huzurida savobli va orzuga etish uchun yaxshidir» (45-46 oyatlar).Qur'on bu dunyo hayotini kishilarning imtihon joyi, deb ta'riflaydi. Bu dunyo hayoti oxirat saodatiga erishish uchun vositadir. Hayotning barcha sohasi kishilarning imtihon joylaridir.

Islom - Alloh yagona degan e'tiqod bilan unga bo`ysunmoqlik, itoat etmoqlik va butun qalb bilan unga ixlos qilmoqlik va Alloh buyurgan diniy e'tiqodga imon keltirmoqlik demakdir.

Allohga itoat qilgan va Alloh yuborgan payg`ambarlarga ergashgan kishi musulmon (muslim-sadoqatli) deyiladi.Islomning paydo bo`lishi VI asr oxiri - VII asr boshlarida Arabiston yarimorolida yuz bergan ijtimoiy - iqtisodiy ahvol bilan bevosita bog`liqdir. Xo`sh, bu ijtimoiy-iqtisldiy ahvol nimalarda o`z ifodasini topgan edi.Islom ta`limotidagi asosiy 7 aqidaning Alloh taolo va Muhammadga ishonish qismi Islomda iymon deb ham ataladi, ya`ni Allohdan o`ziga o`zga iloh yo`q, Muhammad uning bandasi va rasuli (paygambari), deb shohidlik berishi tushuniladi. Barcha 7 aqida to`laligicha iymoni mufassal deb ataladi. Shuningdek, Islom dinida “Islom arkonlari” degan tushuncha ham mavjud. Bu tushuncha 5 ta asosiy narsani (islom ustunini) – diniy marosim talabalarini o`z ichiga oladi. Bular:

1. Kalimai shahodat;

2. Namoz o`qish;

3. Ro`za tutish;

4. Zakot berish;

5. Haj qilish.

Qur’on” – arabcha “qara’a ” (o’qimoq) felidan olingan. Qur’on suralardan iborat. Sura Qur’ondan bir bo’lak bo’lib, eng kami uchta yoki undan ortiq oyatlarni o’z ichiga oladi. Qur’onda jami 114 ta sura mavjud. Oyatlar soni esa, Qur’on matnlarini taqsimlashning turli yo’llariga ko’ra, 6204 ta, 6232 ta, hatto 6666 tagacha belgilangan. Bu narsa Qur’on nushalarining bir – biridan farqli ekanligini emas, balki undagi oyatlarning turlicha taqsimlanganligini bildiradi.

Suralar Qur’onda o’z mazmuniy izchilligiga yoki o’qilgan vaqtiga, ya’ni xronologik tartibiga qarab emas, xajmiga ko’ra – avval katta suralar, undan so’ng kichik suralar tartibi Muhammad s.a.v. ko’rsatmalariga binoan joylangan. Suralarning hajmi ham har xil: eng katta hajmga ega bo’lgan 2 – surada 286 oyat bor, eng kichik suralar faqat 3 oyatdangina iborat.

Muhammad Payg`ambar vafot etganidan so`ng xalifa Abu bakr davrida suralarni yoddan biladigan odamlar hayotligi vaqtida bu suralarning matnini to`plash zarurati tug`ildi va bu ish Payg`ambar hayotining so`nggi besh yil mobaynida uning kitobi bo`lib xizmat qilgan va ko`plab suralarni o`zi ham yoddan bilgan Zayd ibn Sobitga topshirildi. U barcha manbalardan yig`ilgan suralarning to`plamini tuzdi. Suralarning bu to`plami «Suhuf» (sahifalar) degan nom olgan. Bu to`plam Qur'onning Abu Bakr nusxasi ham deyiladi.

Halifa Usmon ibni Affon tez fursat ichida Qur'oni karimning mufassal, bir butun kitob xolidagi nusxasini yaratishga amr etdi.Bu ish yana Zayd ibn Sobitga topshirildi. 651 yilda bu vazifa bajarildi. Yangi yaratilgan nusxa «Mushaf» ko`pincha esa «Usmon to`plami» deb atala boshladi. Usmon Qur'oni kiyik terisiga bitildi. Kelgusida bu boradagi har qanday tafovutlarning oldini olish maqsadida, qolgan barcha to`plamlar, matnlar, shu jumladan, «Suhuf» ham yo`q qilib yuborilgan. Yangi to`plamning asl nusxasi Madinada qoldirilgan, 3 nusxasi esa ko`chirtirilib, Kuba, Basra va Damashqqa yuborilgan. Qur'onning «Usmon to`plami» muqaddas kitobi sifatida rasmiy tan olingan.

«Usmon to`plami»ning qolgan 3 nusxasi Qohirada, Makka va Madina shaharlarida saqlanayotir.

Islomshunoslik va Qur’onshunoslik xulosalari asosida suralarning xronologik tartibini quyidagicha shaklda tasavvur qilish mumkin:

1. Makka davri (610 – 615 yillar). Yevropa olimlari bu davrda nozil bo’lgan suralarga “Nazmiy suralar” deb nom berganlar.

2. Makka davri (616 – 619 yillar), Muhammad s.a.v. va ularning izdoshlari doimiy ta’qib ostida yashagan va ko’pchilik Xabashistonga qo’chib ketgan muhitda nozil bo’lgan. Bu suralar Allohning “Rahmon” sifatida ko’p tilga olinganligi uchun Yevropa olimlari ularni “Rahmon suralari” deb ataganlar.

3. Makka davri (610 yil boshlaridan 622 yil sentyabrgacha). Bu davrda ham Muhammad s.a.v. va sahobalar taqib ostida yashaganlar, maxfiy ravishda, ko’pincha shahardan tashqarida ibodatga to’planganlar. Bu davr suralarida islomning aqoidiga keng o’rin berilgan. mushaf

Tarixiy voqealar aniqroq ko’zda tutilgan holda Madina davriga oid 24 ta surani besh davrga ajratish ma’qulroqdir:

Zabt etilgan Osiyo oldi, Markaziy Osiyo va Shimoliy Afrika mamlakatlarida arablar shakillanib bo’lgan ilk feodal jamiyatiga, eski arab jamiyatiga qaraganda nisbatan murakkab iqtisodga, ijtimoiy munosabatlarga va madaniyatga ega bo’lgan jamiyatga duch kelganlar, Arablar zabt etgan mamlakatlarda er mulk munosabatlari, shahar hayoti, mulkiy qonun – qoidalar majmui, hokimiyat tashkilotlari, ijtimoiy – maishiy hayot arablar mamlakatidagiga qaraganda ancha murakkab edi. Bu erlarda arablar butun bir qator muammolar va talab – ehtiyojlarga duch keldilarki, ularga Qur’on to’la javob bera olmas edi.

Sunnat islomda Qur’ondan keyingi, uni to’ldiruvchi manba, islom mohiyati va shariatining ikkinchi asosi sifatida e’tirof etilgan. U VII asr o’rtalaridan e’tiboran yig’ila boshlagan. Arabcha Sunna (as – sunna, ko’plikda sunai) – yo’l, yo’nalish, ko’chma ma’nosi – “ajdodlaridan qolgan urf – odatlar”, ya’ni “rivoyat”, “naql”, “xotira”, “odat”, “an’ana”, “xatti - xarakat” ma’nolarini beradi.

Musulmon sunnalari ko’plab hadislardan tashkil topgan. Hadis so’zining dastlabki ma’nosi (ar, ko’plikda “ahadis” so’zidan) – “xabar”, “hikoya”, rasmiy ma’noda hadis – Muhammad so’zlari va amaliy ishlari haqidagi rivoyatlardir. Bu ma’noda hadis faqat Muhammad so’zlariga nisbatangina ishlatiladi.Ba’zi hadisshunoslar faqat Payg’ambar so’zlarigina hadis deb, boshqalarnikini esa xabar ataganlar. Shu boisdan ham Payg’ambar hadislarini to’lovchilarga muhaddis, boshqa tarix, qissa kabilarni naql qiluvchilarga axboriy deyilgan.

Hadis – islomda Qur’ondan keyingi muqaddas manba hisoblangan. Bunda Muhammadning hayoti, faoliyati va ko’rsatmalari, uning diniy, axloqiy dasturlari ham o’z ifodasini topgan. Muhammad biror gap aytgan yoki ma’lum ishni qilib ko’rsatgan bo’lsa, yohud boshqalarning qilayotgan ishini ko’rib uni man etmagan bo’lsa, shu uch holatining har biri hadis deb atalaveradi. Ma’lumki, hadislarda islom ahkomlari, ya’ni farz, vojib, sunnat, mustahab, halol, harom, makruh, muboh, kabi amal turlaridan tashqari, axloq – odobga oid maqol, qimmatli hikmatli gaplar ham qamrab olingan.

Hadislarda ibodatning tartib qoidalari va ularni astoydil bajarishga da’vat etish bilan birga insoniy fazilatlar keng tashviq qilingan, insoniy sha’niga dog’ tushiradigan razil hatti – harakatlar keskin qoralangan. Shuning uchun ham islomning ilk tarqalishi davridanoq musilmonlar orasida hadislarga juda katta ahamiyat berilgan. Eshitgan har bir hadisni yanglishmay, asl holicha boshqalarga etkazishga qat’iy rioya qilingan. Bu to’grida Muhammadning o’zi musulmonlarni tez – tez ogohlantirib turgan.

Hadislarni og’zaki holdan kitob shakliga keltirish hijriy yil hisobining ikkinchi asridan ,ya’ni ishlarning Vll asrdan avj olib ketgan.

Muayyan bir hadis asosida huquqiy urf-odat bo’lgan; yo’l – yo’riqlar, diniy marosimar sofligi, noz – ne’matlar haqidagi ko’rsatmalar (sofligi) maishiy turmushdagi axloq va odob tartib – qoidalari keltirib chiqarilgan.

Tarixiy xarakterga ega bo’lgan ham hadislar bo’lgan: ular Muxammad yoki sahobalar tarjimai holidagi ayrim tafsilotlarni aks ettirar edi. Shu hadislar asosida Vlll-IX asrlarda Muhammad va uning yaqinlari, harby yurishlari haqida “Yurishlar kitobi” yozilgan. Bu arab tilidagi ilk tarixiy asar va Muhammad tarjimai holda edi.

Ma’lumki, hadislar asosan Muhammad vafotidan keyin yozila boshlagan, Islomda Muhammadga payg’ambarlik uning qirq yoshida nasib bo’lgan, deb hisoblanadi.

Shunga ko’ra, Qur’on oyatlari payg’ambar safdoshlari – sahobalar bu oyatlari – maxsus sahifalarga yozib borganlar. Ularning ba’zilari payg’ambarning aytgan so’zi va xatti – harakatlarini ham yoza boshlaganda payg’ambar bu ishni davom ettirishni ta’qiqlangan va bunga ular Qur’on bilan sunnani ajratolmay qolishlaridan cho’chisligini sabab qilib ko’rsatgan.

Manbalarda ko’rsatilishicha, hadisni to’plab chiqarishni dastlabki vaqtda taqiqlashning turli xil sabablari bo’lgan. Masalan, tarixchi ibn Qutaybaning ta’kidlashiga ko’ra, bunday sabablardan biri xatotlarning kamligi bo’lsa, ikkinchisi, arab alifbosining ham yetarli darajada takomillashganligidir.

VII asr boshlarida hadis ilmi uch maktab tashkil topdi: Madina (Urva ibn Zubayr va az – Zuhriy shu) va Suriya (Damashqda) maktablari.

Shakllangan an’anaga ko’ra hadis ikki qismdan iborat bo’lishi kerak edi: 1. Isnod (ar aynan – “tayanch”), ya’ni shu hadisni yetkazgan kishilarni sanab o’tish va matn, ya’ni hadisning mazmuni.

Muhammad zamondoshlari va boshqa hadis to’plab yetkazuvchilar tarjimai holi alifbe tartibida turkumiga qarab keltirilar edi. Bular jumlasiga Ibn Sa’dning “Tabaqat”, sahoba Ibn al – Asirning alifbo tartibidagi lug’ati, shuningdek uning mashhur tarixiy “Al – Komil fit - tarix” degan asari kirardi. Adabiyotning shu uslubiga “ojizlar”, ya’ni hadis keltiruvchilar ishonchini qozonmaganlar haqida ma’lumot beruvchi ma’lumotnomalar ham kiradi.

Ba’zi muhaddislar roviylar nomini “Xurufi hito” (alfavit) tartibida berganlar. Bu uslubiya at – Tabaroniy, ibn Rohavayh, Abi Shayba va boshqlar juda muvaffaqiyatli amalga oshirganlar. Ular hadislarni isnodlari bilan keltirganlar.Yana ular sohta hadislarnitark etib sahih va zaif, quvvatli va illatli kabi ko’ turlarga bo’lib chiqqanlarkim, bunday malaka har qanday ilm sohibiga ham muyassar bo’lavermagan. Ba’zi muhaddislar faqat sahih, hadislarning o’zini jamlashga harakat qilganlar va ularning to’plamlari yuzaga kelgan. Birinchi bo’lib bu ishni Ismoil Buxoriy, keyin ibn Hattot, so’ng ibn al – Ash’is, ulardan keyin Iso at – Termiziy, an – Nosin va Ibn Mojjolar bajarishgan. Mana shu kishilar olamga mashhur bo’lgan 6 ta sahih hadislar to’plamining ijodkorlari hisoblanadi.

Markaziy Osiyoda islom dini 708 yildan keyin keng tarqala boshlaganiga qaramay, ilohiyot qatori muhaddislik ham ildam rivojlangan, Islom olamida mashhur va eng ishonchli deb e’tirof etilgan 6 hadislar to’plami mualliflarining aksariyati Markaziy Osiyoda chiqqanlar. Masalan, Imom Buxoriy (810 - 870), at – Termiziy (824 - 897), ad – Dorimiy as – Samarqandiy (797 – 868) va Kaspiy bo’yi xalqlaridan ibn Majja (824 – 886) va boshqalar bu sohaning taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shganlar.

Qur'on yuqorida ta'kidlaganidek, 114 ta suraga, suralar esa ko`p yoki oz miqdordagi oyatlarga bo`lingan (sura bandlari).

Suralar yaratilgan vaqti va joyiga ko`ra ikkiga:

1)Makka suralariga (610-622 yillar,90sura);

2)Madina suralariga (622-632 yillar,24sura);

Hadis (arabchada hikoya, xabar)- Muhammad Payg`ambarning, sahobalarning aytgan so`zlari, qilgan ishlar, ko`rsatmalari to`plamidir. Hadisning Muhammad Payg`ambar aytgan so`zlari, qilgan ishlari, ko`rsatmalaridan iborat qismiga Sunnat (yo`l) deyiladi. Sunnatislom shariatining ikkinchi asosidir (birinchisi Qur'on).

Hadislar Islomda Qur'ondan keyingi muqaddas manba hisoblanadi.

Xo`sh, Qur'ondek muqaddas kalom turganida Hadis yaratilishiga nima sabab bo`lganq

Ma'lumki, Qur'on qanchalik mukammal muqaddas kitob bo`lmasin, u musulmonlar jamoasining barcha huquqiy va ahloqiy masalalariga davr nuqtai nazaridan hamisha ham javob bera olmagan. Xalifalik kengaya borgan sari bu hol aniq sezila bergan. Urug`-qabilachilik sharoitlarida vujudga kelgan Qur'on ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va madaniy hayoti ancha murakkab bo`lgan yangi istilolarda mavjud jamiyatning ko`pgina hodisalariga javob bera olmasligi tabiiy ham edi.

Hadislarning aksariyati huquqiy va ahloqiy normalarni, marosimlar va urf-odatlarga oid ko`rsatmalarni aks ettirgan. Shuning bilan bir qatorda, Muhammad Payg`ambar tarjimai holini, xalifalar, sahobalar faoliyatini bayon etgan hadislar ham bo`lgan. Ilk Islom tarixi, Muhammad va boshqa ilohiyotchilar tarjimai hollariga oid asosiy asarlar hadislar negizida yaratilgan.

Islomda taniqli va nufuzli hisoblangan kishilar tomonidan etkazilgan hadislar «ishonarli» deb e'tirof etilgan. Hadisni etkazgan kishilar o`rtasida qandaydir uzilish ro`y bergan bo`lsa, bu hadislar «go`zal» (hasan), agar hadisni etkazganlar orasida hurmatga va ishonchga loyiq bo`lmagan odamlar kirib qolgan bo`lsa, bunday hadislar «ishonchsiz» deb hisoblangan. Shuning uchun ham har bir hadis ikki qismidan iborat. Uning birinchi qismida ushbu hadisni etkazgan kishilarning nomlari, bunda muhammad Payg`ambarning hikmatli so`zlarini shaxsan eshitgan odamlarning nomigacha sanab ko`rsatilgan. Ikkinchi qismida esa, hadisning mazmuni keltirilgan.

Hadislarning 6 ta to`plami vujudga kelgan. Bulardan ayniqsa 2 tasi- «Sahiylik al-Buxoriy» va «Sahiyh al-Muslim» ko`p e'zozlanadi.Yurtdoshimiz Muhammad ibn Islom al-Buxoriy (810-870) 600.000 dan ziyod hadis to`plangan kiritgan. 4 jildlik bu to`plam hozir o`zbek tilida nashr etilgan.Muslim an-Nishopuriy (817-875) 300.000 hadisdan 12 mingtasini «ishonarli» deb topgan.


Yüklə 7,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə