Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi dinshunoslik fanidan


Zamonaviy missioner tashkilotlari



Yüklə 7,33 Mb.
səhifə13/14
tarix28.08.2018
ölçüsü7,33 Mb.
#64958
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14

Zamonaviy missioner tashkilotlari

Blits-so‘rov” savollariga javob bering





Savollar

Javoblar

1.

Fundamentalizm ilk bor qaysi din doirasida paydo bo‘ldi?

 

2.

Diniy ekstremizm deganda nimani tushunasiz?

 

3.

Islomda qanday radikal oqim va guruhlar mavjud?

 

4.

Ekstremistik guruhlarning maqsadlari nimalardan
iborat?

 

5.

Markaziy Osie mintaqasida qaysi ekstremistik guruhpar o‘z noqonuniy faoliyatini olib boradilar?

 

«Rezyume» usuli

Darsning maqsadi: YAngi pedogogik texnologiyaning «Rezyume» usulini qo‘llash orqali talabalarni kichik guruhlarda ishlash, berilgan bir mavzu atrofida uyushish va xulosaviy fikrni mustaqil yorita olish mahoratini shakllantirish.

Darsning jihozlanishi: Kichik – kichik guruh bo‘lib ishlash uchun bir nechta stollar, har bir stol atrofida 4 – 6 tagacha stullar joylashtiriladi. Guruh fikrini yoritishi uchun vatman qog‘oz.

1-topshiriq.Diniy ekstremistik tashkilotrani vujudga kelish sabablari.

2-topshiriq.Diniy ekstremistik tashkilotlarni faoliyat yuritish usullari.

3-topshiriq.O‘zbekistonda diniy tashkilotlar uchun yaratilgan sharoitlar.

4-topshiriq.Vijdon erkinligi va diniy qadriyatlar.

Darsning borishi:

1. Tashkiliy qism: O‘qituvchi talabalarni bir nechta guruhlarga bo‘ladi. Har bir guruh a’zolari bittadan stol atrofida joylashib oladilar. O‘z fikrlarini yoritishlari uchun katta qog‘oz bo‘lagi yoki vatman beriladi. Qog‘oz bo‘lagining past qismi buklanib, ohirgi xulosaviy fikr o‘sha erga yoziladi.



2. Asosiy qismda: Kichik guruhlarga «Guruhlar bu mavzularning alohida ijtimoiy hodisa sifatida mohiyatini, so‘ngra ma’naviyat bilan bog‘liq tomonlarini yoritib beradilar. Xulosaviy qismda, ma’naviyat bilan berilgan hodisa yoki jarayon doimo uzviy bog‘liq va bir – birini taqozo etishi misollar, tasdiqlovchi dalillar orqali ko‘rsatib beriladi. Agar guruh kelishgan holda bunga qarama – qarshi fikrga kelgan bo‘lsa, uni ham yoritib, inkor etuvchi dalillar, misollar keltiradi, guruh rezyumesi, ya’ni xulosasini bayon qiladi. Misol va dalillar qiziqarli, betakror bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.

Mashg‘ulot yakunida o‘qituvchi barcha kichik guruhlarning fikrlarini umumlashtirib, darsga yakun yasaydi. Kichik guruhlardagi talabalarning uyushganligi, faolligi va javoblarini saviyasiga qarab baholaydi.

Mashg‘ulot reglamenti: Tashkiliy qismga – 5-10 minut;

Asosiy qismga: 1. Guruhlarning soniga qarab 5 – 10 minut, tayyorlanish, muhokama qilish va yozishga;

2. Har bir kichik guruhning o‘z fikrini yoqlab chiqishi va «rezyume» - xulosasi bilan tanishtirishga 5 – 10 minut;

3. Qo‘shimcha fikrlarga 5 – 10 minut;
Nazorat savollari:


  1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida diniy e’tiqod erkinligiga qanday munosabat bildirilgan?

  2. Diniy e’tiqod erkinligi haqida Konstitutsiyaning qaysi Qonunida so‘z yuritiladi?

  3. “Diniy tashkilotlar” deganda nimalar nazarda tutiladi?

  4. Diniy tashkilotlarga kimlar a’zo bo‘la oladi?

  5. Turli konfessiyalar orasida nizo chiqmasligi uchun davlat qanday tadbirlarni qo‘llaydi?

6. Xristian dinida missionerlik harakatining paydo bo‘lishi

7.O‘zbekiston qonunchiligida missionerlik faoliyatiga belgilangan jazo va choralar

8. Missionerlik harakatining asosiy g‘oya-maqsadlari.

9.Prozelitizm keltirib chiqarayotgan salbiy oqibatlar



Foydalanilgan adabiyotlar

1Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: Xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari T., «O`zbekiston» 1997.

2.Karimov A.I. Olloh qalbimizda, yuragimizda. T, 1999

3.1999 yil fevral voqealari T., 1999

4Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma'naviy-ma'fiy asoslari T., 2004.

5.Diniy ekstremizm va fundamentalizm T., 1998 y.



MUSTAQIL TA’LIM MAVZULARI

Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni

Dinshunoslik fani bo‘yicha talabaning mustaqil ta'limi shu fanni o‘rganish jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to‘la ta'minlangan.

Talabalar auditoriya mashg‘ulotlarida professor-o‘qituvchilarning ma'ruzasini tinglaydilar, tahlil qiladilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi.. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o‘rganish maqsadida qo‘shimcha adabiyotlarni o‘qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo‘yicha testlar yechadi. Mustaqil ta'lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.

Uyga vazifalarni bajarish, qo‘shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o‘rganish, kerakli ma'lumotlarni izlash va ularni topish yo‘llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma'lumotlar to‘plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to‘garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma'ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil ta'limsiz o‘quv faoliyati samarali bo‘lishi mumkin emas.

Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg‘ulot olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o‘zlashtirish darajasini tekshirish va baholash esa ma'ruza darslarini olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.

Dinshunoslik fanidan mustaqil ish majmuasi fanning ayrim mavzularini qamrab olgan va quyidagi 4 ta katta mavzu ko‘rinishida shakllantirilgan.



Mustaqil ta’lim mavzulari

  1. Avesto» zardushtiylikning mukaddas kitobi

  2. Imom Buxoriy, at-Termiziy, imom Moturidiy,Axmad YAssaviylarni islom ilmini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi

  3. O‘zbekistonda diniy ekstremizm va terrorizmga karshi kurash

  4. Ekologiya va din


KEYSLAR BANKI

http://scheglenko.school04.smoladmin.ru/images/keys.jpg


Vaziyatli masalalar!

1. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin xalqimizning ma’naviy va madaniy merosiga, tarixiga, ona tilimizga munosabat tubdan ijobiy tomonga o’zgardi. Bizning mamlakatimizda diniy qadriyatlarga erkinlik berildi. Muborak istiqlolimiz tufayli ko’p yillar quvQinda bo’lgan dinimiz yana ravnaq topa boshladi. Jumladan, siyosiy dunyoqarashlar erkinligi, xurfikrliligi, diniy tashkilotlar faoliyatining rivoj topishiga zamin yaratdi. Musulmonlar uchun turli xil adabiyotlar chop etildi. Gazetalar, jurnallar sahifalarida, zangori ekranda Islom dinining etuk vakillari o’z maqolalari va suhbatlari bilan ishtirok etdilar. Taqvodorlarning jamoa bo’lib toat-ibodat qilishlari uchun qishloq va mahallalarda masjidlar barpo etildi. Agar O’zbekistonda mustaqillikka qadar 90 ga yaqin masjid bo’lgan bo’lsa, hozir ularning soni 3000 tadan oshib ketdi. Farg’ona viloyatida istiqlolga qadar bor-yo’g’i 3 ta Jome’ masjidi qonuniy ro’yxatdan o’tgan bo’lsa, hozir bunday masjidlar 200 dan ortiqroq. Namangan viloyatida ham mustaqillikkacha atigi uchta masjid bo’lgan bo’lsa, hozirgi davrda 1300 dan ortiq masjidlar faoliyat ko’rsatmoqda. Masjidlarning ko’pi juda katta mablag’ evaziga qurilgan bo’lib, moddiy jihatdan yaxshi ta’minlangan.

Keyslarga javob bering:

1.O’zbekistona din dalatdan ajralganmi?

2. Diniy munosabatlar haqida nialarni bilasiz?
2. Barcha dunyoviy davlatlar kabi O’zbekistonda ham din davlatdan ajratilgan. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida “hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson hohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l qo’yilmaydi”, deyiladi.

Dunyoviy davlatlar erishayotgan yutuqlar dunyoning siyosatini belgilayotgan bir paytda, davlat bilan din o’rtasidagi yoki uning bir oqimi o’rtasidagi kelishmovchilik kimga xizmat qilishini hamma tushunishi kerak. hozirgi davrda dunyo xaritasiga nazar tashlasak, rivojlangan, iqtisodi baquvvat, harbiy jihatdan qudratli, ilmiy-texnika taraqqiyotida oldinda turgan davlatlar asosan dunyoviy davlatlardir. Lekin bu davlatlardagi odamlar dinga. Xudoga ishonmaydi, degan so’z emas, aksincha, ularda ham diniy erkinlar yo’lga qo’yilgan, hatto davlat siyosatida asosiy rol o’ynaydigan ko’pgina mo’’tabar arboblar ham dinga amal qilib, ibodatni kanda qilmaydilar. Ularda din o’z yo’lida barqaror rivojlanmoqda. Din bilan davlat o’rtasida mustahkam ittifoq tuzilgan bo’lib, din davlat taraqqiyotiga, osoyishtalikka, fuqarolarni Vatanga fidoyilik, Ollohga ishonch, imonli – e’tiqodli, rostgo’y, pokiza, o’z mehnati evaziga kun ko’radigan, haromdan hazar qiladigan, kishining haqidan qo’rqadigan, adolatli, o’z huquqini taniydigan, boshqalarni hurmat qiladigan, mamlakatda mavjud qonunlar asosida ish yuritadigan ruhda tarbiyalashga ko’maklashadi.

Keyslarga javob bering:


  1. Dinning jamiyat hayotida tutgan o’rni nimalardan iborat?

  2. Diniy tashkilotlarning asosiy vazifasi nimada?

2.Amaliy topshiriq

Solishtirma Jadvalni to’ldiring



YAxudiylik dinidagi qanday oqimlarni bilasiz?

YAxudiylikdagi asosiy marosimlarni sanab btring.

Xinduiylikdagi mavjud kastalarni sanab btring.

Konfutsiy-chilikdagi asosiy  talablar nimalardan iborat.

Saduqiylar?

Esseylar


sionizm

Sunnat

Nikoh



Brahman

Kshatriy


Vayshiy

shudra


Osmondan yuborilgan

Jen qonunlariga amal qilish


«Matbuot konferentsiyasi» usuli asosida.


Dars mavzusi: Buddaviylik

Darsning ta'limiy maqsadi: Talabalarning umuman jahon tarixi, xususan Vatanimiz tarixi bo’yicha bilimlarini mustahkamlash. Ma'naviyatning tarix bilan uzviy bog’liqligini amalda ko’rsatish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: Mazkur usul yordamida talabalarning ijodiy kuch va qobiliyatlarini o’stirish, aniq va argumentatsiyali fikrlarni bayon qilishni o’rgatish.

Darsning jihozlanishi: Savollarga javob beradigan talabalar uchun stul auditoriyaning markaziga qo’yiladi.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: Talabalarning o’z ustilarida ishlash, mustaqil bilim olish, erkin fikrlash, o’z fikr – mulohazalarini qiziqarli va notiqlik mahorati bilan etkazib berish ko’nikmalarini shakllantirish hamda rivojlantirish.

Darsda foydalanilgan texnologiya: «Matbuot konferentsiyasi» usuli asosida.

Darsning borishi:

1. Tashkiliy qism: Dars mavzusi bo’yicha seminar savollariga talabalar uy vazifasi tarzida tayyorlanib kelganliklarini e'tiborga olib, har bir savolga uchtadan talaba javob beradi, qolgan talabalar esa mavzu bo’yicha savollar beradilar. Bitta talaba «taym - spiker», ya'ni vaqt nazoratchisi qilib tayinlanadi. O’quvchi javob beradigan uchliklarni va savol beradigan talabalarni tayinlab boradi.

2. Asosiy qismda: Uchta talaba auditoriyadagi talabalar tomonidan berilgan savollarga javob beradilar. Javoblar qisqa, aniq va argumentatsiyalangan bo’lishi e'tiborga olinadi. Savol yoritilishiga ko’ra uchliklar o’zgartiriladi va boshqa savolga o’tib boriladi. Javoblar berishda reglamentga rioya qilishni «taym - spiker» nazorat qilib turadi.

3. Yakuniy qismda: Javoblar va savollari bilan amaliy mashg’ulotda faol qatnashgan barcha talabalar baholanadi. O’qituvchi darsga yakun yasaydi.

Mashg’ulot reglamenti: Tashkiliy qismga – 5 minut;

Asosiy qismga har bir savolning yoritilishiga 15 minutdan;

Yakuniy qismga – 10 minut.
Keyslarga javob bering:


  1. Ma’naviy barkamol inson deganda nimani tushunasiz?

  2. Sog’lom, ma’naviy barkamol va komil insonning bir-biridan farqi nimada?

6. Din insoniyat ma’naviy hayotining tarkibiy qismidir. O’zbekiston Respublikasida ziyolilar oldiga ma’naviy barkamol insonni shakllantirish vazifasi qo’yilgan bir paytda din masalasini chetlab o’tish mumkin emas. Mazkur masalani hal etishda ilgarigi dinga agressiv hujum etish uslubining salohiyatsizligi hammaga ochiq-oydin. Lekin keyingi paytda paydo bo’lgan diniy bo’lmagan masalalarni diniy deb atash, har qanday, hatto bir-biriga zid bo’lgan, fikrlarni tahlil qilmasdan turib maqtash uslubi ham o’zini oqlamaydi. Demak, ushbu masalaga printsipial, professional, ilmiy yondashuv darkordir.
Keys echimi uchun taklif etilgan g‘oyalar taqdimoti uchun chizma namunasi

Muammo (asosiy va kichik muammolar)

Echim

Natija










Keyslarga javob bering:

  1. Dinning printsipial, professional va ilmiy jihatlarini yoritib bering.

  2. Dinning asosiy funktsiyasi nimalardan iborat?

7. Totemizm ta'sirida paydo bo’lgan urf-odatlar, normalar asrlar davomida qat'iy ravishda qo’llanildi. Tabu-ta'qiqlash, ya'ni totemni ozuqa sifatida iste'mol qilishni ta'qiqlash tizimi paydo bo’ldi. Faqatgina ba'zi diniy marosimlarda ruhoniylar yoki qabila boshliqlariga totemni eyish ruhsat etilgan. Totemizm urug’chilik jamoasi-ijtimoiy jamoalarning eng birinchisida diniy ko’rinishlarning tarixiy asosi bo’lib qoldi. Totemizmning asosiy vazifalari – birlashtiruvchilik va tartibga soluvchilik edi. Totemizm diniy shakllarining ilki bo’lishiga qaramasdan hozirda ham ba'zi xalqlarning urf-odatlarida, e'tiqodlarida uning qoldiqlari saqlanib qolgan. (Masalan, Hindistonda sigir, Avstraliyada kenguru, qirg’izlarda oq bug’u afsonaviy baxt keltruvchi hayvon sifatida ulug’lanadi). Totemizmning mohiyatini odamlar bilan ayrim hayvonlar va o’simliklar orasida qandaydir yaqinlik, aloqa, qon-qarindoshlik, ajdodlik bor deb ishonish tashkil etadi.

Keyslarga javob bering:

1.Dinning ibtidoiy shakllari nimalardan iborat?

2. Totemizm deganda nimani tushunasiz?

8. Bundan tashqari yahudiylikda messiya - xaloskorning kelishi haqidagi ta’limot ham keng o’rin olgan. Unga ko’ra oxirzamonda YAhve yahudiylar orasidan bir xaloskorni chiqaradi va u quyidagi vazifalarni bajaradi: 1) dunyoni qaytadan, isloh qilgan holda qurish; 2) butun yahudiylarni Sinion (Quddus yaqinidagi tepalik) atrofida to’plash; 3) ularning barcha dushmanlarini jazolash.

Muso Tur tog’ida YAhve bilan uchrashganda unga 10 ta lavhani tushirdi. Ularda ushbu din asosini tashkil qilgan 10 ta nasihat bor edi:


  1. YAhvedan boshqani iloh deb ushlamaslik;

  2. But, sanam va rasmlarga sig’inmaslik;

  3. Bekordan-bekorga Xudo nomi bilan qasam ichmaslik;

  4. SHanba kunini hurmat qilish va uni Xudo uchun bag’ishlash;

  5. Ota-onani hurmat qilish;

  6. Nohaq odam o’ldirmaslik;

  7. Zino qilmaslik;

  8. O’g’irlik qilmaslik;

  9. YOlg’on guvohlik bermaslik;

  10. YAqinlarning narsalariga ko’z olaytirmaslik.

Keyslarga javob bering:

  1. Messiya deganda nimani tushunasiz?

  2. Yahudiylikning asosini nimani tashkil etadi?


9. Buddaviylik asoschisi haqiqiy tarixiy shaxsdir. Bu ko’plab buddaviylik bilan shug’ullangan tadqiqotchi olimlar bizgacha etib kelgan manbalar asosida isbot qilganlar. Buddaviylik asoschisi haqida xabar beruvchi folklor va badiiy adabiyotlar uni Siddxarta, Gautama, Shakyamuni, Budda, Tadxagata, Djipa, Bxagavan kabi ismlar bilan zikr etadilar. Bu ismlarning ma'nolari quyidagicha: Siddxartxa - shaxsiy ismi, Gautama - urug’ ismi, Shakyamuni - shaklar yoki shakiya qabilasidan chiqqan donishmand, Budda - nurlangan, Tadxagata - shunday qilib shunday ketgan, Djina - g’olib, Bxagavan - tantana qiluvchi. Bu ismlar ichida eng mashhuri Budda ismi bo’lib, shu ismdan uning diniga buddaviylik (buddizm, buddiylik) nomi berilgan.

Keyslarga javob bering:

  1. Budda so’zining ma’nosi?

  2. Budda qanday ismlarda keladi?

10. XVI asr boshlarida katolitsizmdan bir necha Evropa cherkovlari ajralib chiqishi natijasida xristianlikda protestantlik harakatlari vujudga keldi. Buning doirasida lyuteranlik, baptizm, anglikanlik va kal’vinizm cherkovlari shakllandi. Bular bir cherkovning asosiy marosimlari jihatidan o’zlariga xos bo’lgan tomonlarga ega bo’lish bilan bir qatorda, bular ham o’z navbatida bir necha yo’nalishlar, mazhablar va oqimlarga bo’lindi. Muqaddas kitob bo’lmish Injil va muqaddas o’gitlar IV-VIII asrlardagi etti butxona Soborlarining qarorlari, shuningdek Afanasiy Aleksandriyskiy, Vasiliy Velikiy, Grigoriy Bogoslov, Ioann Damasskiy, Ioann Zlatoust kabi yirik cherkov xodimlarining asarlari ushbu oqim ta’limotining asosi deb tan olingan.

Xristianlikning SHarqiy tarmog’i bo’lmish pravoslaviyaning rivojlanishi jarayonida 14 Mustaqil (avtokefal) cherkovlari: Konstantinopol, Aleksandriya, Antioxiya, Quddus, Rus, Gruziya, Serb, Rumin, Bolgar, Kipr, Ellada, Albaniya, Pol’sha, CHexoslovakiya, Amerika cherkovlari shakllangan.

Katolitsizm umumiy, dunyoviy degan ma’nolarni ifodalaydi. Uning manbai - uncha katta bo’lmagan Rim Xristian jamoasi bo’lib, rivoyatilarga ko’ra uning birinchi Episkopi apostol Petr bo’lgan.

Katolitsizmda Bibliyani sharhlash huquqi faqatgina ruhoniylarga beriladi, chunki ular uylanmaslik haqidagi diniy talabga amal qiladilar. Diniy ibodatlar dabdabali va sohtalashtirilgan ko’rinishga ega, diniy o’qish, duo, iltijolar lotin tilida olib boriladi. provslaviyadagi kabi katolitsizmda ham farishta, ikona, ilohiy kuch, chirimaydigan marhum jasadlariga sig’inish odatlari mavjuddir.



Keyslarga javob bering:

  1. Katolitsizm bilan provaslav diniy oqimlar bir-biridan nima bilan farq qiladi?

  2. Xristianlik dinining asosi y manbai nima?

“DINSHUNOSLIK” FANIDAN TEST SAVOLLARI

1. Urug‘ qabila dinlarining o‘ziga xos jihatlari nimalardan iborat?

A) faqatgina bir qabila yoki urug‘ e’tiqod qilgan dinlar

B) urug‘lar va qabilalar sig‘ingan

C) totemistik, animistik tasavvurlarga asoslangan, o‘z urug‘idan chiqqan sehrgar, shaman yoki qabila boshliqlariga sig‘inuvchi dinlar

D) barcha urug‘ va qabilalar uchun umumiy bo‘lgan dinlar

2. Jahon dinlari qaysilar?

A) Buddizm, Xristianlik, Islom

B) Yahudiylik, Buddizm, Sintoizm

C) Xristianlik, Islom, Yahudiylik

D) Hinduizm, Islom, Konfusiychilik

3. Monotestik dinlar haqida nima bilasiz?

A) yakkaxudolik dinlari

B) jahon dinlari

C) millat dinlari

D) ko‘pxudolik dinlari

4. Totemizm e’tiqodining asosi nima?

A) odamning hayvonot yoki o‘simlikning muayyan turlariga qarindoshlik aloqasi bor, deb bilish

B) faqatgina bir turdagi hayvon go‘shtlarini iste’mol qilish

C) hayvonlar surati tushirilgan tumorlar taqib yurish va ularning madad berishiga ishonish

D) o‘ldirilgan hayvonlarning ruhi o‘ch oladi, deb ishonish

5. Shamanizmdagi marosimlar qaysi qatorda berilgan?

A) o‘z totemlari, ota-bobolarining ruhlari bilan xayolan bog‘lanish

B) tabiatdagi ba’zi hodisalarini ilohiylashtirish va ulardan madad so‘rash

C) muayyan hayvonlar va o‘simliklarni o‘zlarining ota-bobolari deb bilib, ularga sig‘inish

D) turli timsol va haykallar yasab ularga topinish

6. Qadimgi Misrda ilohiylashtirilgan podshohlar sulolasi qanday nomlangan?

A) fir’avnlar

B) barbarlar

C) nomlar

D) mirmadanlar

7. “Veda” so‘zi nima ma’noni anglatadi?

A) muqaddas bilim

B) taralgan ziyo

C) muqaddas kitob

D) qo‘shiqlar kitobi

8. Braxmanlik dini qanday din?

A) veda dinlarining bir shahobchasi

B) qadimgi hind e’tiqodlaridan biri

C) yakkaxudolik dini

D) barcha javoblar to‘g‘ri

9. Hinduizm qachon paydo bo‘lgan?

A) mil. av. VI asrda

B) milodiy III-IV asrlarda

C) mil. av. II asrda

D) mil. av. 2-ming yillik boshlarida

10. Hinduizmdagi “trimurti” nimani anglatadi?

A) asosiy xudolar – Braxma, Vishnu, Shiva uchligi

B) jamiyatdagi kastalar tizimi

C) insonlarning Xudo oldidagi burchlari

D) muqaddas hisoblanadigan diniy dostonlar

11. Jaynizm dini qachon paydo bo‘lgan?

A) mil. av. II-I asrlarda

B) mil. av. VI asrda

C) milodiy III asrda

D) to‘g‘ri javob yo‘q

12. Sikxizm dini qachon va qaerda paydo bo‘lgan?

A) XV-XVI asrlarda Panjobda

B) mil. av. X asrda Xitoyda

C) mil. av. VI asrda Shimoliy Hindistonda

D) XV-XVI Eronda

13. Sikxizm qaysi dinlar asosida paydo bo‘ldi?

A) hinduizm va islom

B) hinduizm va jaynizm

C) buddizm va braxmanizm

D) braxmanizm va hinduizm

14. Buddizm asoschining asl nomini aniqlang

A) Siddxartxa Gautama

B) Maxavira

C) Shuddxodana

D) Krishna

15. “Budda” so‘zining ma’nosi nima?

A) nurlangan

B) rahnamo

C) avliyo

D) yetib bo‘lmas

16. Buddizm ta’limoti qismlarini toping

A) axloq, meditatsiya, donishmandlik

B) yolg‘on so‘zlamaslik, nirvanaga erishish, beozorlik

C) trishna, botxa, sansara

D) A va V javoblar to‘g‘ri

17. Qachon va qaysi podshoh davrida buddizm birinchi marta davlat dini deb e’lon qilindi?

A) mil. av. 273-232 yillarda hukmronlik qilgan Ashoka davrida

B) mil. av. I asrda Kushon imperatori Kanishka davrida

C) milodiy 381 yili imperator Siyaou-Di davrida

D) milodiy 60-yillarda imperator Min-Di davrida

18. O‘zbekiston hududida arxeologik qazishmalar orqali buddizmga oid ashyoviy dalillar topilgan joylarni aniqlang

A) O‘ra-tepa, Qorovul-tepa, Dalvarzin-tepa, Quva, Zar-tepa, Ayritom

B) Toshkent, Zaroutsoy, Ayritom

C) Zarafshon, Mingtepa, Sirdaryo bo‘ylari

D) barcha javoblar to‘g‘ri

19. Konfusiychilikning asoschisi kim?

A) Kun Szi

B) Dao Szi

C) Shakyamuni

D) Szyun-szi

20.Konfusiychilik ta’limoti qachon paydo bo‘lgan?

A) mil. av. VI-V asrlarda

B) mil. av. III-II asrlarda

C) V-VI asrlarda

D) II asrda

21. Sintoizm dini qaerda paydo bo‘lgan?

A) Qadimgi Yaponiyada

B) Qadimgi Xitoyda

C) Qadimgi Koreyada

D) noma’lum

22.Sintoizmda kimni osmon ruhlarining davomchisi deb e’tiqod qilinadi?

A) yapon imperatorlari

B) yapon ruhoniylari

C) har bir yapon kishisi

D) barcha javoblar to‘g‘ri

23.Zardushtiylik dini qanday din?

A) dualistik din

B) ko‘pxudolik dini

C) yakkaxudolik dini

D) shamanlik dini

24. Zardushtiylikdagi muqaddas olov ... deb ataladi.

A) Ozarxurra

B) Otash


C) ikkala javob ham to‘g‘ri

D) Axuramazda

25. Avestoning nechta kitobi saqlanib qolgan?

A) 4 ta


B) 6 ta

C) 5 ta


D) Avesto mutlaqo saqlanib qolmagan

26. Yahudiy dini qanday dinlar toifasiga kiradi?

A) milliy dinlar

B) jahon dinlari

C) politeistik dinlar

D) dualistik dinlar

27.Yahudiylarning asosiy diniy manbasi nima deb ataladi?

A) Tora


B) Talmud

C) Mishna

D) Bibliya

28. Saduqiylar, yesseylar va farziylar qaysi dinning oqimlari hisoblanadi?

A) yahudiylik

B) xristianlik

C) zardushtiylik

D) mustaqil dinlar

29. Yahudiylikdagi “peysax” bayrami ...

A) yahudiylarning Misrdagi qullikdan qutulib chiqqanlari munosabati bilan nishonlanadi

B) Xudo Misrdagi yahudiy bo‘lgan go‘daklarni qirib tashlamaslikka amr qilgani uchun shukrona tarzida nishonlanadi

C) Sinay tog‘ida Musoga Xudo tomonidan Toraning berilgani nishonlanadi

D) Iordan daryosining kesib o‘tilganligi munosabati bilan nishonlanadi

30. Xristianlik dinining asoschisi va payg‘ambari kim?

A) Iso payg‘ambar

B) Muso payg‘ambar

C) Ya’qub payg‘ambar

D) Ishoq payg‘ambar

31.Xristianlik qachon va qaerda davlat dini deb e’lon qilindi?

A) IV asr boshlarida Rim imperiyasida

B) I asrda Misrda

C) I asrda Falastinda

D) I asrda Osiyoda

32. Troisa (Trinity) haqidagi ta’limot qachon qabul qilingan?

A) II Jahon soborida

B) I Butun Olam Xristian soborida

C) to‘g‘ri javob mavjud emas

D) 1950 yilda

33. Xristianlikdagi katta oqimlar qaysilar?

A) katolik, pravoslav, protestant

B) bapistlar, kalvinstlar, adventistlar

C) protestant, anglikan cherkovi

D) A va V javoblar

34. Katolik oqimining asosini tashkil qilgan jamoaning birinchi yepiskopi kim bo‘lgan?

A) apostol Petr

B) apostol Barnabo

C) avliyo Pavel

D) noma’lum

35. Quyidagi aqida qaysi oqimga tegishli? “Ilohiy lutfu marhamat insonlarga cherkovning ishtirokisiz in’om etiladi. Insonning najot topishi uning shaxsiy e’tiqodi va Isoning vositasi orqali ro‘y beradi. Avom ruhoniylardan farqlanmaydi, ruhoniylik hamma dindorlarga bir xilda joriy etiladi...”

A) protestant

B) pravoslav

C) katolik

D) barcha oqimlar

36. Rim papasining barcha mo’min katoliklarga qaratilgan maktubi nima deb ataladi?

A) Ensiklika

B) Ezgulik

C) Indugensiya

D) Inauguratsiya

37. Protestant sektalari qaysilar?

A) Baptizm, pyatidesyatniklar, adventistlar, mennomentlar, svideteli Iegovi, metodizm

B) Lyuteranlik, kalvinistlar, anglikanlik, bahoiylik, bobiylik, lamaizm

C) Baptizm, vahhobiylik, anglikanlik, sintoizm, bobizm, lamaizm

D) Pyatidesatniklar, zaroastrizm, hinduizm, svideteli Iegovi, kalvinizm

38. Johiliya davrida haniflar deb atalgan kishilar kim bo‘lgan?

A) Ibrohim a.s. dinida bo‘lganlar

B) butparastlar

C) hanafiya mazhabidagi kishilar

D) oxiratga ishonmaydigan kishilar

39. Isro va Me’roj voqealari haqida qaysi suralarda bayon qilingan?

A) Isro, Najm

B) Baqara, Yosin

C) Naba’, ‘Alaq

D) Muzzammil, Anbiyo

40. Amr ibn Luhay kim?

A) Arabistonga birinchi bo‘lib sanam keltirgan kishi

B) haniflardan biri

C) payg‘ambar sahobalaridan biri

D) nasroniy rohibi

41. Qur’oni karimdan ilk nozil bo‘lgan sura qaysi?

A) Alaq

B) Fotiha



C) Muddassir

D) Muzzammil

42. Madinada birinchi bo‘lib nozil bo‘lgan surani aniqlang

A) Baqara

B) Alaq

C) Fotiha



D) Moida

43. Payg‘ambarning vafotlari sanasini belgilang

A) 632 y

B) 571 y


C) 634 y

44. Imonning 7 sharti bor

A) to‘g‘ri

B) noto‘g‘ri

S) 6 sharti bor

D) 3 sharti bor

45. Islomning manbalari?

A) Hadislar to‘plami

B) Qur’on va Sunna*

C) Musulmon huquqi

D) Islomning ibodat marosimlari

46. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining qaysi moddalari vijdon erkinligi masalalariga bag‘ishlangan?

A) 18-31-61 moddalar

B) 37-44-19 moddalar

C) 52-32-117 moddalar

D) 14-27-64 moddalar

47. E’tiqod erkinligi masalasi qaysi hujjatlar tomonidan kafolatlanadi?

A) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlari

B) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari

C) Din ishlari bo‘yicha qo‘mita buyruqlari



D) Hokimiyatlar qarorlari

Dinshunoslik FANIDAN Izohli lug’at - glossariy

Yüklə 7,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə