Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi dinshunoslik fanidan


-MAVZU. DINIY EKSTREMIZM VA FUNDAMENTALIZM



Yüklə 7,33 Mb.
səhifə9/14
tarix28.08.2018
ölçüsü7,33 Mb.
#64958
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14

9-MAVZU.

DINIY EKSTREMIZM VA FUNDAMENTALIZM.MISSIONERLIKNING SALBIY OQIBATLARI

Darsning maqsadi: hozirgi kunda mamlakatimiz uchun tahdid solayotgan diniy ekstremizm, fundamentalizm, missionerlik haqida ma’lumot berish.

Tayanch so‘zlar: Missioner, Muqaddas yer, prozelitizm.,ekstremizm,jihod, aqidaparastlik

Reja


  1. Diniy ekstremizm va fundamentalizmni vujudga kelishi.

  2. Diniy ekstremistik guruhlarning zararli maqsadlari.

  3. O‘zbekiston qonunchiligida missionerlik faoliyatiga belgilangan jazo va choralar

3.Missionerlik harakatining asosiy g‘oya-maqsadlari.Prozelitizm keltirib chiqarayotgan salbiy oqibatlar
Diniy ekstremizm - muayyan diniy konfessiya va tashkilotlardagi ashaddiy mutaassib, fanatik unsurlarning faoliyati mafkurasi. Fanatizm o‘z aqidasining shak-shubhasiz to‘g‘riligiga ishonib, boshqa firqa va mazhablarni butunlay rad etgan holda ularni tan olmaslik, balki ularni diniy asoslarni buzishda ayblab, ularga qarshi urush ochishga olib boradigan omillardandir. Diniy fanatizm diniy ekstremizm va terrorizmga zamin tayyorlaydi.

Fundamentalizm - ma’lum din vujudga kelgan ilk davriga qaytish va bu yo‘l bilan zamonaning barcha muammolarini hal qilish mumkin degan fikrni ilgari suruvchilarning yo‘nalishi. Diniy fundamentalizm - aqidaning o‘zgarmasligini himoya qiladigan, vahy va mo‘’jizalarning muqaddas kitoblardagi bayonining harfiy talqini tarafdori, ularning har qanday majoziy talqiniga murosasiz, so‘zma-so‘z talqinga asoslangan e’tiqodni aqlga tayangan mantiqiy dalillardan ustun qo‘yadigan, muayyan diniy e’tiqod shakllanishining boshlang‘ich davrida belgilangan barcha yo‘l-yo‘riqlarni qat’iy va og‘ishmay bajarilishini talab qiladigan diniy oqimlarni ifodalashda qo‘llaniladigan istilohdir.

Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Eng avvalo, jamiyat, guruh, alohida shaxs ma’naviy hayotining muayyan sohasi bo‘lgan din umuminsoniy axloq meyorlarini o‘ziga singdirib olgan, ularni jonlantirgan, hamma uchun majburiy xulq-atvor qoidalariga aylantirgan.

Modomiki, biz yoshlarimizni, Prezidentiz aytganidek Imom Buxoriylar, Naqshbandiylar va Yassaviylar ta’limoti asosida tarbiyalar ekanmiz, biz ularni turli islom niqobi ostidagi g‘arazli guruhlar bilan buyuk ajdodlarimiz amal qilgan va bizlarga ham tavsiya etgan musaffo islom o‘rtasini ajrata oladigan darajada bilimli qilishimiz zarur bo‘ladi.

Vahhobiylik. Vahhobiylik XVIII asrda Arabiston yarim orolida vujudga kelgan dini-siyosiy oqimdir. Uning asoschisi Muhammad ibn Abd al-Vahhob 1703 yili Arabiston yarim oroli Najd o‘lkasining al-Uyayna degan joyida tavallud topgan. Bu davrda uning otasi Abd al-Vahhob ibn Sulaymon mustaqil mahalliy amir hokimiyatida qozilik lavozimida xizmat qilar edi. Muhammad yoshligidan diniy ilmlarni o‘z otasi rahbarligida o‘rgana boshladi. U an’anaga ko‘ra, Qur’onni yod oldi, tafsir va hadis ilmlari bilan tanisha boshladi. Bir necha bor Misr, Suriya, Kurdiston, Iroq, Eron mamlakatlarida bo‘lib, ko‘pincha ulamolar suhbatida o‘zining janjalkashligi va mutaassibligi bilan ajralib turgan. U o‘z targ‘botchilik faoliyatini 1730 yillarda boshlab, birinchi maqsadi o‘ziga munosib homiy topish bo‘ldi.

Ixvon al-muslimun. XIX asr dastlabki yillaridan islom dini tarqalgan mamlakatlar iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy hayotida katta tarixiy o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Bu o‘zgarayotgan yangi sharoitlarga diniy-falsafiy, huquqiy normalarning XIX asr yarmidan boshlangan moslashuvi fanda “Islomiy islohotlar” nomini oldi. Lekin bu jarayon haddan tashqari cho‘zilib ketdi va ko‘p sohalarda ziddiyatli hollarni keltirib chiqardi. Ular orasida panislamizm va musulmon jamoalarining boshqa konfessiyalardan ajratish g‘oyasini aytishimiz mumkin. Panislamizm g‘oyasini birinchi bo‘lib ilgari surgan Jamoliddin al-Afg‘oniy 1839-1897) hisoblanadi. U diniy-siyosiy arbob bo‘lib, 1884 yili Parijda Muhammad Abduh 1849-1905) bilan birgalikda “al-Urvat al-vusqo” jurnalini nashr etdi va unda panislamizm g‘oyalarini targ‘ib qila boshladi. Afg‘oniyning g‘oyalarini keyinchalik “Musulmon birodarlar” “al-Ixvon al-muslimun”) radikal shakllarida rivojlantirildi.

Al-Ixvon al-muslimun - 1928 yili Misrning Ismoiliya shahrida Misrlik shayx Hasan al-Banno tomonidan tashkil etilgan diniy-siyosiy tashkilot. Hasan al-Banno Jamoliddin al-Afg‘oniy, Muhammad Abduh, Rashid Rizo asarlaridan ta’sirlanib, panislamizm g‘oyasida “jihod”, “islomiy millatchilik”, “islomiy davlat” ta’limotlarini ishlab chiqdi. Ixvon al-muslimun bu ta’limotlar asosida islom dini tarqalgan mamlakatlarda Qur’on va shariatda ifodalangan qoidalarga to‘lik rioya qiluvchi, “islomiy adolat” prinsiplari o‘rnatilgan jamiyat qurish uchun siyosiy kurashni boshlab yubordi.

Hizb at-Tahrir. Hizb at-Tahrir 1952 yili Quddus shahrida falastinlik ilohiyotchi Taqiy ad-din an-Nabahoniy 1909-1979) tomonidan asos solingan diniy-siyosiy partiya. U Hayfada tug‘ilib o‘sgan, Qohiradagi “al-Azhar” universitetida ta’lim olgan.

Partiyaning asosiy maqsadi - avval arab davlatlari miqyosida, keyin islom dunyosi miqyosida va nihoyat jahon miqyosida xalifalik shaklidagi islom davlatini tuzish. Ularning asosiy da’vosi - Mustafo Kamol Otaturk tomonidan 1924 yili Usmoniy xalifa Ikinchi Abd al-Majid 1922-1924) xalifalikdan g‘ayriqonuniy chetlatildi. Davlat diniy-islomiy qonunlar asosida xalifa tomonidan idora etilishi lozim. Partiya dasturi 187 banddan iborat bo‘lib, asosiy maqsadi - hokimiyatga erishish. Bundagi asosiy yo‘l - islomiy fikrlovchi shaxslarni shakllantirish. Ularga islomiy ta’lim-tarbiya berish ikki bosqichdan iborat: 1) u bilan islom ta’limotini o‘rgatish yo‘lida madaniy-ma’rifiy ishlar olib borish; 2) siyosiy faoliyatga tortish.

Hozirgi zamon islom ulamolari – Yusuf Qarzoviy, Sayyid Muhammad at-Tantoviy, Nosir ad-din al-Alboniylar Hizb at-tahrirni ohod hadislarga, qabr azobiga, sirot ko‘prigiga ishonmasliklari uchun ularni ahl as-sunna va-l-jamo‘a safidan chiqqan hisoblaydilar.

Akromiylar. Akromiylar 1996-1997 yillarda Andijonda tashkil topib, uning nomi guruh asoschisi - 1963 yilda tug‘ilgan Yo‘ldoshev Akrom nomi bilan bog‘liq. A. Yo‘ldoshev Hizb at-tahrirning yetakchisi an-Nabahoniy g‘oyalari asosida 12 darsga mo‘ljallangan “Imonga yo‘l” risolasini yozgan. Shu sababdan akromiylarni “Imonchilar” deb ham yuritiladi.

Bu guruh a’zolari asosan hunarmandlardan iborat bo‘lib, ular rasmiy ishxonalardan bo‘shab, jamoa ma’qullagan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanganlar. Zarurat tug‘ilganda “birodarlari”ga “jamoa banki”dan moddiy yordam berganlar. Undan tashqari jamoa a’zolariga tashkiliy ravishda oziq-ovqat mollari tarqatib turilgan. Quda-andachilik faqat “birodarlar” o‘rtasida amalga oshirilgan.

O‘lkamiz mustaqil bo‘lgan kunidan boshlab, chet ellardan turli xil diniy oqimlarning yurtimizga yopirilib kelishi, va uning avj olib ketganligi hech kimga sir emas. Ayniqsa, missionerlarning hamlasida katta xavf yashirinib yotibdi. Ular mamlakatimizning «sodda» fuqarolarini o‘z tuzoqlariga ilintirib, ongini zaharlamoqdalar. Oqibat bunday insonlar manqurtga aylanib, millat, davlat va dinning qadriga yetmay vataniga, diyonatiga bo‘lgan sadoqat gullarini oyoq osti qilmoqdalar. Shunday oqimlarning biri va o‘ta xavflisi missionerlik harakatidir. Missionerlik faoliyati mafkuramiz uchun yot unsur bo‘lib qolmay, balki ma’naviyatimiz rivoji uchun ham to‘siqdir.

“Missionerlik (lotincha “yuborish” va “topshiriq” ma’nolarida bo‘lib), biror dinni o‘z yurtidagi yoki o‘zga yurtlardagi boshqa dindagilar o‘rtasida tarqatish sohasidagi cherkov (ya’ni, katolik va protestantlar kabi yo‘nalish) tashkilotlarining faoliyatidir. Missionerlik bosqinchilik urushlari davrida mustamlakachi imperiyalarni barpo etish va mustahkamlashda ideologik ekspansiya turlaridan biri bo‘lgan. Missionerlar oshkora yoki maxfiy ravishda Amerika, Osiyo, Afrika xalqlarini zabt etishda qatnashganlar...”1

Missionerlik – bu boshqa diniy e’tiqodga ega bo‘lgan aholini o‘z diniga og‘dirib olishlik bo‘yicha diniy tashkilotlar vakillari tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyat”.2 Sodda qilib aytganda, missionerlik xristianlashtirishdir. Shu o‘rinda bir narsani ta’kidlash zarur: da’vat boshqa, missionerlik boshqa. Bir din vakilining o‘z qavmiga xitobi da’vat bo‘lib, har bir inson bu ishni emin-erkin qilishi mumkin. Ammo, bir din vakilining boshqa dindagilarni o‘z diniga og‘dirish uchun qiladigan harakati esa, missionerlik deyiladi va O‘zbekiston qonunlari mana shu ishni ta’qiqlaydi.

Missionerlik davlatlararo urushlar paytida mustamlakachi imperiyalarni barpo etish va mustahkamlashda mafkuraviy hujum qurollaridan biri sifatida ishlatilgan. Missionerlar maxfiy ravishda Osiyo xalqlarini zabt etishda qatnashganlar va hozirda bu nayranglar boshqacha usulda davom etmoqda. 1962 – 1965 yillardagi II Vatikan soborida missionerlik masalalari muhokama qilinib, u haqda qonun tasdiqlangan.

Ilk missionerlik tashkilotlari quyidagilardir:

1. London missionerlik jamiyati (1795).

2. Anglikan cherkovi missionerlik jamiyati (1797).

3. Niderland missionerlik jamiyati (1792).

4. Parij Injilni tarqatish missionerlik jamiyati (1823).

5. Bazel Injilni tarqatish missionerlik jamiyati (1815).

6. Berlin missionerlik jamiyati (1824).

Ibodatxonalari ochiqcha ishlagani bilan missionerlar o‘zlari asosan yashirincha ishlashadi va makkorona uslublardan foydalanishadi. Ular yurtimizga til o‘rgatish, kampyuter o‘rgatish, har xil sohalar bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlash va hokazo kabi ishlar uchun turli-tuman o‘quv markazlari tashkil etib, yoki bo‘lmasa, har xil yo‘nalishlarda xayriya ishlari bilan shug‘ullanadigan nodavlat tashkilotlari qiyofasida kirib kelishdi. Uzoq yillik siquv ostida yashagan, ammo o‘zi ilmga chanqoq, dunyo bilan muloqotga kirishishga ishtiyoqmand xalqimiz, tabiiy, bunday o‘quv markazlariga murojaat qildi. Lekin o‘qish jarayonida, “o‘qituvchi”lari asosan missionerlardan iborat ekani ma’lum bo‘ldi...

Hozirda missionerlik “tabshir” (bashorat berish), “tansir” (nasroniylashtirish) kabi nomlar bilan ataladi. Ammo ular asl faoliyatlarini niqoblash uchun turfa chiroyli nomlardan foydalanadilar. Xususan, o‘zlariga va saflariga qo‘shilganlarga har xil ilohiy sifatlar berib (“Xudoning bolalari”, “muqaddas ruh bilan so‘zlashuvchilar” kabi), boshqalardan ajralib turishlarini ta’kidlab, shu tariqa ularni saflarida tutib turadilar.

Missionerlik harakatining asosiy g‘oya-maqsadlari. Sobiq ittifoq tugab, mustaqil davlatlar yuzaga kelganida, ayniqsa, yangi musulmon mamlakatlar duch kelgan eng katta xatar xalqaro missionerlik tashkilotlarining bu yurtlarga yopirilib kelishlari va keng miqyosda ish boshlashlari bo‘ldi.

Prozelitizm keltirib chiqarayotgan salbiy oqibatlar. Konstitutsiyada din erkinligi va din davlatdan ajratilganlik tamoyili ta’minlanadi. Biroq 1998 yilda qabul qilingan din to‘g‘risidagi qonun ko‘p huquqlarni ro‘yxatdan o‘tgan diniy guruhlar bilan cheklaydi va qanday guruhlar ro‘yxatdan o‘tishi mumkinligini cheklaydi. Prozelitizm, diniy adabiyotni olib qirib tarqatish va xususiy tarzda diniy ta’lim berish kabi hatti-harakat bilan qonun taqiqlarini buzgan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladilar.

O‘tilgan mavzu bo‘yicha savollar


  1. Fundamentalizm ilk bor qaysi dinda ishlatildi?

  2. Ekstremizm deganda nimani tushunasiz?

  3. Islomda qanday radikal oqim va guruhlar mavjud?

  4. Ekstremistik guruhlarning maqsadlari nimalardan iborat?

  5. Fiqh - islom qonunshunosligi.

  6. Islomning ilk davridagi fiqx markazlari.

  7. Fiqh ilmida qonun chiqarish uchun asosiy manbalar.

  8. Mashhur Movarounnahr faqihlari.

SEMINARLAR UCHUN MATERIALLAR


1 MAVZU: Dinshunoslik faniga kirish.

Mavzuning maqsadi: Dinshunoslikni fan sifatida shakllanishi, uni sohalari hamda inson ijtimoiy ongida dinni nima uchun zarurligi haqida ma’lumot berish.

Talaba bilishi lozim:

1. Dinshunoslik fanining predmeti, sohalari

2. Dinni mohiyati, kelib chiqishi, jamiyatdagi vazifalari, dinni ildizlari, dinlar tasnifi.

3. Dinning ibtidoiy shakllarini vujudga kelishi



Motivatsiya: Talabalar dunyoqarashida dinni o’rni, shu asosda qadriyatlarimizni shakllanishi, umuman din bilan hayotni qay darajada bog’liqligini bilishdan iborat.

Fanlararo va fan ichidagi bog’liqlik: har bir shaxsni ijtimoiy hayoti davomida din muhim o’rin tutadi, falsafa, ma’naviyat asoslari, pedagogika, sotsiologiya va boshqa fanlar bilan bog’liq.
Nazariy qism

Istiqlolning dastlabki kunlaridanoq diyorimizning barcha fuqarolari haqiqiy diniy e’tiqod nima ekanligini his eta boshladilar.Bugungi kunda turli din vakillarining hech qanday to‘siqlarsiz o‘z dinlariga e’tiqod qilishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.Sobiq sho‘ro davrida mamlakatimizda 89ta masjid 2 ta madrasa faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa hozirgi kunda O‘zbekiston musulmonlari idorasi boshqaruvi ostida 2000dan ortiq masjid,10ta madrasa va Toshkent islom instituti – oliy ma’had faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.Istiqlol tufayli mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida ham dinlarni o‘rganuvchi dinshunoslik fani yoshlarga o‘qila boshlandi.

Dinshunoslik fani dinning paydo bo’lishi va rivojlanishi tarixini, uning ta’- limotini, vujudga kelishi va shakllanishini o’rganuvchi fandir. Bu fan jamiyat taraqqiyoti jarayonida din bilan bog’liq bo’lgan barcha ijtimoy hodisalarni – mafkura va aqidalar, urf – odat va marosimlar, diniy tashkilotlarning talab va tartiblarini o’rganish, tahlil qilishni ko’zda tutadi. Dinshunoslik XIX asr o’rtalarida G’arbiy Yevropada alohida fan tarmog’I sifatida vujudga kelgan. Uning asoschilari – Myuller, Taylor, Tile, Freyzer, Sosse. Dinshunoslik XX sar 30 – yillarida O’zbekistonga tarqaldi. Bu erda oldin islomshunoslik bor edi, xolos.Hozirgi kunda dinni turli jihatlarini o‘rganuvchi sohalari vujudga kelib taraqqiy etgan.

Dinshunoslikning o’z tekshirish va o’rganish ob’ekti mavjud. U dinning paydo bo’lishi, ijtimoiy mohiyati va jamiyatdagi rolini tadqiq qilish bilan birga diniy e’tiqodlarning paydo bo’lishi va yashashi, ularning jamiyat taraqqiyotidagi evolyutsiyasini ilmliy jihatdan o’rganadi.

Dinshunoslik predmeti – kishilik jamiyati taraqqiyotining muayyan bosqichida paydo bo’lgan barcha din shakllarining ma’nosini, ma’naviy, ijtimoiy, gnoseologik va psixiologik ildizlarini, ularning ta’limoti va marosimchiligini, jamiyat hayotida tutgan o’rni va tamoyillarini ilmiy asosda o’rganuvchi, o’rgatuvchi fandir.

Dinshunoslik fanining vazifasi dinni falsafiy, tabiiy–ilmiy, tarixiy va psixologik nuqtai – nazardan har tomonlama tahlil qilishdan iborat.

Dinshunoslik tabiiy, ilmiy, insonshunoslik va ijtimoiy fanlar bilan o’zaro bog’liqlikda rivojlanadi. Uning etika, estetika, tarix, etnografiya, arxeologiya, psixologiya va boshqa ijtimoiy hamda tarixiy fanlar bilan mustahkam bog’liqligi dinshunoslik nazariyasini boyitadi.

Dinshunoslik murakkab, qurama fan sohasidir. Dinni turli xil fanlar o’rganadi. Masalan,dinlar tarixi – ibtidoiy jamiyatdan hozirgi davrlargacha bo’lgan dinlar evolyutsiyasini o’rgatai.Din psixologiyasi – dinni inson psixik faoliyati bilan bog’liq holda o’rgatadi. Din sotsiologiyasi – dinga ijtimoiy hodisa sifatida yondoshishini, uning ijtimoiy funksiyasini o’rgatadi.Din antropologiyasi – alohida olingan shaxs madaniyati tizimida din qanday rol o'ynashini o'rgatadi. Din falsafasi – dinni turli g'oya, qarash, ta'limotlar tizimi sifatida o'rgatuvchi falsafadir.Diniy axloq – umuminsoniy axloq xazinasidan din tanlab, terib olib, ularga tus bergan hulq-odob, o'git, nasihat, da'vat, qoralash, ma’qullash, rag'batlantirishlarni o'rganadi. Diniy estetika – dinni tasvirlash, tavsiflash, tarqatish, dindorlarni jalb etish, mustahkamlash, diniy ibodat, amallarni o'tkazishga yordam beradigan badiiy bilimlarni o'rgatadi.

Dinshunoslik oliygoh talabalarini shu sohadagi bilim doiralarini kengaytirish, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan erkin fikr yuritish hamda ilmiy va diniy tushunchalarni hozirgi fanlar va talabalar nuqtai – nazaridan turib o’rganishdan iborat. Dinshunoslik bilimlarning kompleks (lotincha complexus –aloqa, birikma degan ma’nolarni anglatadi) tarmog‘ini tashkil etadi. Mazkur fan ilohiyot, falsafiy va ilmiy fikr rivoji natijasida shakllandi.

Diniy bilimlarning tarixan tashkil topgan birinchi shakli ilohiyot (teologiya grekcha teos – xudo va logos – ta’limot degan ma’noni anglatadi), ya’ni xudoni o‘rganuvchi ta’limotdir. Ilohiyot muayyan dinning aqida (qoida)larni, muqaddas yozuvlar va diniy tashkilotlar hujjatlarini odamlarga tushunarli tilda etkazib beruvchi ta’limotdir. Dinga ilohiyot nuqtai nazaridan yondashuv dinni uning ichidan o‘rganishdir, chunki ilohiyot vakillari dinni faqat xudoga ishongan kishi tushunishi mumkin deb hisoblaydilar.

Dinni o‘rganishda ilohiy yo‘nalish bilan birga falsafiy va ilmiy yo‘nalishlar ham mavjud. Falsafiy va ilmiy yo‘nalishlar, ilohiyotdan farqli ravishda, dinni «ichidan» emas balki «tashqaridan» o‘rganadi. Ularning dinni o‘rganish usullari ilohiyotnikidan farq qiladi.

Falsafiy va ilmiy yo‘nalishlar dinni tafakkur, mantiqiy-nazariy, empirik-ilmiy prinsiplarga tayanib o‘rganadi.Falsafiy va ilmiy yo‘nalishlarning dinga yondashuvidagi umumiy jihatlari bilan birga o‘ziga xos xususiyatlari ham mavjud.Masalan, falsafiy yondashuv tevarak atrofdagi voqea-hodisalarning umumiy prinsiplari hamda qonuniyatlarini topishga, narsa-hodisalarning mohiyatini aniqlashga intiladi, ularga tanqidiy nuqtai nazardan yondashadi. Bunday yondashuv mavjud dunyoqarashning qanchalik to‘g‘ri ekanligini aniqlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, unda ijtimoiy hayotda isbotlanmaganlari inkor qilinadi, isbotini topganlari yanada rivojlantiriladi.

“Mustaqillik” izohli lug’atida dinga quyidagicha ta’rif berilgan: “din ijtimoiy hayotni, voqelikni, uning hodisalarni o’ziga hos tarzda in’ikos ettiruvchi ong shakllaridan biri”.

“Din” arabcha so’z bo’lib, o’zbek tilida “ishonch”, “ishonmoq” degan ma’nolarni anglatadi.Din e’tiqod hamdir. E’tiqod so’zi ham arab tilidan kirib kelgan bo’lib “chuqur, mustahkam”, “chuqur ishonch, maslak, ishonish” tushuniladi.

Din bu – tabiat, jamiyat, inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri, insoniyatni bevosita qurshab olgan atrof-muhitdan tashqarida bo'lgan, uni yaratgan, ayni zamonda insonlarga birdan-bir «to'g'ri», «haqiqiy», «odil» hayot yo'lini ko'rsatadigan va o'rgatadigan ilohiy qudratga ishonich va ishonchini ifoda etadigan maslak, qarash, ta'limotdir.

Din – muayyan ta'limotlar, his-tuyg'ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo'ladigan olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tariqasi, uni idrok etish usuli, olamda insoniyat paydo bo'lganidan to bizgacha o'tgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks ettirishdir. Komil insonni tarbiyalashda salmoqli tarbiyalovchi qudratga ega bo'lgan ma'naviy ahloqiy kuchdir.

Umumiy nuqtaiy nazar shuki, din – ishonmoq tuyg'usidir. Ishonmoq tuyg'usi insoniyatning eng teran va eng go'zal ruhiy, ma'naviy ehtiyojlaridandir. Dunyoda dini, ishonchi bo'lmagan xalqning o'zi yo'q.

Jamiyat shakillanishining dastlabki davrlarida paydo bo'lgan din xalqlar hayoti bilan bog'liq holda rivojlangan, moslashgan sekin-asta diniy tizimni vujudga keltirgan. Natijada ma'lum ijtimoiy-siyisiy va madaniy-ahloqiy vazifalarni bajarishni o'z zimmasiga olgan. Dinning jamiyatda bajaradigan ijtimoiy, ma'naviy, ruhiy vazifalari quidagilardan iborat.

1. Har qanday din e'tiqod qiluvchilar uchun to'ldiruvchi, ovutuvchi (kompensatorlik) vazifasini bajaradi. Masalan, insonda diniy ehtiyoj hosil bo'lishini olib qaraylik. U o'z hayoti, turmush tarzi, tabiat va jamiyat bilan bo'lgan munosabatlari jarayonida shaxsiy va ijtimoiy ehtiyoj, maqsadlarga yetishishi qiyin, ilojsiz bo'lib ko'ringanda bunday ma'naviy-ruhiy ehtiyoj vujudga kelgan. Din bu – o'rinda ma'naviy-ruhiy ehtiyojni qondiruvchi, tasalli beruvchilik vazifasini bajaradi.

2. Dinlar o'z ta'limot tizimini vujudga keltirib, unga e'tiqod qiluvchi shaxs va jamoani shu ta'limot doirasida saqlashga harakat qiladi. Buni dinlarning birlashtiruvchilik (integratorlik) fuksiyasi bajaradi.

3. Din dindorlar hayotini tartibga solish, nazorat qilish funksiyasini bajaradi. Har qanday dinlarning ma'lum urf-odat, marosim va bayramlari bo'lib, ularni o'z vaqtida, diniy ta'limot va talab asosida bajarilishi shart qilib qo'yiladi.

4.Din dindorlarning birligini, janiyat bilan shaxsning o'zaro aloqasini ta'minlovchi hususiyat – aloqa bog'lashlik vazifasiga ham egadir. Bunda u yoki bu dinga e'tiqod qiluvchi kishilarning o'z dinidagi kishilar bilan aloqador ekanligi, o'zaro huquq va burchlarni borligi, urf-odat va ibodatlarini jamoa bo'lib bajarilishi lozimligi nazarda tutiladi.

5. Dinning integratorlik vazifasi bilan legitimlovchilik – qonunlashtiruvchilik vazifasi chambarchas bog'liq. Din bu funksiyasining nazariy asosini yirik amerikalik sotsiolog T. Parsons ishlab chiqdi. Uning fikricha, «har qanday ijtimoiy tizim muayyan cheklovlarsiz mavjud bo'lolmaydi. Buning uchun u qonun darajasiga ko'tarilgan ahloq normalarini qonunlashtiribgina qolmay, ularga bo'lgan munosabatni ham belgilaydi.»

6. Din vazifalarining falsafiy, nazariy jihatlari ham mavjud. Bu vazifa insonga yashashdan maqsad, hayot mazmunini, dorulfano va dorulbaqo dunyo masalalariga o'z munosabatlaini bildirib turishdan iboratdir.

Qadimgi davrlarda bo'lgani kabi hozir ham barcha dinlar bir-biri bilan bog'liq bo'lgan bir qancha funksiyalarni bajarib kelmoqda. Dinning asosan gnoseologik, ya'ni dunyoni bilishga doir, ijtimoiy yohud jamiyatni muayyan diniy tartiblarda ushlab turish zarurati, psixologik, ya'ni dindorlarning ma'naviy-ruhiy ehtiyojlari bilan bog'liq bo'lgan ildizlari mavjuddir.

Dinning ildizlari

Gnoseologik Psixologik

Ijtimoiy-iqtisodiy

Dinshunoslik tarix,falsafa, siyosatshunoslik, sotsiologiya, huquq va boshqa fanlardan farq qilib, din hodisasining tarixiy, ijtimoiy-siyosiy va gnoseologik (grekcha gnosis – bilish, logos – ta’limot degan ma’nolarni anglatadi) ildizlarini ochib beradi, diniy aqidaga umumilmiy metodlardan biri bo‘lgan tarixiylik va mantiqiylikning dialektik birligi orqali yondashadi

Dinning g'oyat murakkab ildizi uning gnoseologik, ya'ni dunyoni, odamning o'z-o'zini bilish sohasiga doir ildizidir. Insonda dunyoni bilish qobiliyati, tafakkuri shakillangan. Nafaqat shakillangan, balki ayni paytda ular ma'lum darajada kamol topgan bo'lishi ham kerak edi. Masalaning bu tomonini dinning gnoseologik ildizi tashkil etadi. Binobarin, dinning gnoseologik ildizi tashqi olamning ibtidoiy kishilar miyasida, tasavvurida, ongida aks etishidir. Tabiat, jamiyat, insonni bilimga intilishi gnoseologik ildizni ko'rsatadi.

Dinning ildizlaridan yana biri ijtimoiy ildizdir. Bunda dinni vujudga keltirgan ijtimoiy-iqtisodiy ildiz, ya'ni kundalik hayotiy shart-sharoitlar yig'indisi tushuniladi. Insonlarning ijtimoiy – iqtisodiy kuchlar oldidagi zaifligi, nochorligi ular ongidagi diniy qarashlarning yanada mustahkamlanishiga olib kelgan.

Inson borlig'ida psixologik xususiyatlar mavjud bo'lgan jonzotdir. Bu psixologik hususiyatlar – hayol surish, fantaziya qila olish, xotira, diqqat, ichki kechinmalar, tush ko'rish kabilardan iboratdir. Inson psixologik kechinmalarsiz yashay olmaydi. Inson doimo taskin beruvchi, salbiy his-tuyg'ularni vaqtincha bo'lsa ham yengillashtiruvchi qandaydir kuchga ehtiyoj sezgan. Din ana shunday sifatida maydonga chiqqan. Xulosa qilib aytganda, dinning ildizlari:

Dinning vujudga kelishi, uning qayta tiklanish zaruriyati va imkoniyatini, umuman uning salohiyatini yaratuvchi omillar yig'indisidir.

Dinni vujudga kelishi haqida turli nazariyalar mavjud: teologik,materialistik diniy, ilmiy nazariyalar.Barcha dinlarda 3 asosiy element mavjud:



Diniy g’oya – deganda g’ayritabiiy kuch va hodisalar mavjud ligi haqidagi tasavvurlar, bu kuchlar ya’ni xudo, shayton, jannat, do’zax va boshqalarning insonlar taqdiriga aralashuvi haqidagi tasavvurlar tushuniladi.

Diniy his – tuygular insonlarning diniy qarashlari orqali vujudga keladigan kechinmalardir. Unga quyidagi kechinmalar masalan, xudoga muhabbat, jannatga tushishga umid, shaytonga nafrat va boshqalar kiradi.

Diniy harakatlar – bu dindor kishilarning g’ayritabiy kuchlarini hohishlariga ta’sir etishga qaratilgan. Unga barcha diniy marosimlar: ibodatlar, ikonalarga sig’inish, xristianlikda cho’qintirish, tavba – tazarru, ro’za va boshqalar kiradi.

Diniy g’oyalar va diniy his – tuyg’ular birgalikda diniy ongni tashkil etadi, diniy harakatlarni tashkil etadi.

Jamiyatda diniy ideologiya – mafkura mavjud bo’lgan. Unga diniy g’oyalar, tasavvurlar, marosimlarni bajarish qoidalari keng xalq ommasi o’rtasida tarqagan tasavvurlar, kayfiyatlar, an’ana, marosimlar, bayramlar yaxlitligi bo’lib o’z – o’zidan shakllanib boradi.

Fransuz sotsiolog olimi E. Dyurkgeym dinlarni qiyosiy tahliliy o‘rganish natijasida «Diniy rayotning elementar shakllari.Avstraliyadagi totemistik tizim» nomli asarida eng qadimgi din shakllarini atorflicha yoritib bergan.Ibtidoiy diniy tasavvurlarga: totemizm, fetishizm, animizm, shomonlik, sehrgarlik kiradi va biz quyida ular haqida gaplashamiz.

Shimoliy Amerika hindularining ojibve qabilasi tilida «ototem» - uning urug’i ma’nosini bildiradi. Totemizm tushunchasi ayrim shaxsning yoki bir guruh kishilar, urug' yoki qabilaning ko'pincha qandaydir bir hayvon yoki o'simlik bilan qon-qarindoshlik aloqasi bor, degan e'tiqodni anglatadi. Bu dinga sig'inuvchilar o'zlarini ma`lum bir hayvon yoki o'simlikdan kelib chiqqan, deb hisoblashadi.

Totemlar avstraliyaliklarda gruppalarning asoschisi hisoblangan. Uni yeyish ham, agar totem daraxt bo'lsa kesish ham mumkin emas. Qurollarga, turmush predmetlari hamda qayiqlarga totemlarning rasmi solinadi, turar joylar ularning rasmlari bilan bezatilgan. Tlinkitlarda (Shimoliy Amerika shimoli-g'arbiy qirg'og'i) har bir uyning oldida balandligi 40 m.gacha bo'lgan katta totem ustunlar o'rnatilgan. Ustunlarga naqshlar o'yilgan, unda totem avlod-ajdodining sarguzashtlari tasvirlangan. Tetemistik qarashlar insonlar o‘rtasida o‘ziga xos qarash,munosabatlarni keltirib chiqargan.Ular odamlarni «o‘zlariniki» va «begonalarga» bo‘lishadi. Bunday e’tiqod tarafdorlari hayotlarida bajarish mumkin va ta’qiqlangan harakatlar yoki narsalar mavjud,de hisoblashadi. Inson hayoti totemlarga bag‘ishlangan marosimlar bilan bog‘liq xolda o‘tadi.Bunda totemlarni ulug‘lash,undan najot kutish va u bilan qo‘shilib ketish kabilarni kuzatish mumkin. Totemizmda ta’qiqlar sistemasi – tabu mavjud.Bu tizim ayniqsa Polineziya mamlakatida ancha taraqqiy etgan.Taqiqlarga masalan, ma’lum bir taomni yoki mahsulotni emaslik, ma’lum kunda ishlamaslik kabilardir.

Yana bir din shakli fetishizm («feytisho» fransuzcha, portugalcha so'z tumor, sehrlangan buyum degan ma'noda) din tarixiy barcha pog'onalaridan iborat muhim elementi sifatida oddiy ilk dinlardan to murakkab jahon dinlarigacha hammasida namoyon bo'lgan. Ibtidoiy odamlar uchun barcha narsa fetish bo‘lishi mumkin edi, masalan, tosh, daraxt parchasi, xayvon terisi, tishi va boshqalar.Fetishlarni 2 guruhga bo‘lishgan:

1.Baxt va omad keltiruvchi (tumorlar,taqa va b.)

2.Turli ofatlardan saqlovchi (ko‘zmunchoq,isiriq,kalampirva b.)

Fetishizmning mohiyati shundaki, dahshatli tabiiy yoki berahim ijtimoiy kushlar oldida ojiz qolgan odam hurofiy qo'rqinch tuyg'ulari asosan qandaydir g'ayritabiiy kuchlardan madad kutadi, uning himoyasiga umid bog'laydi. Masalan, O'zbekistonda ham «muhad» daraxt va toshlar, har xil avliyo va anbiyolarga sig'inish, turli duo va tumorlardan madad istash, ayrim buyumlarning (isiriq, pichoq, qalampir)ning temir kuchga ishonish, muqaddaslashtirish fetishizm bilan bog'liq tasavvurlardir.O'zbekistonda fetishizmning yorqin namunasi yomg'ir chaqirish marosimida qo'llaniladigan yada toshi .XI asrda M. Qoshg'ariyning ta'rificha turkiy xalqlar «yomg'ir, shamol va biror narsa talab qilish uchun maxsus toshlar (yada toshi) bilan fol ochish odati bo'lgan. Bu odatlar ular orasida keng tarqalgan. Men buni yag'molar shimolida o'z ko'zim bilan ko'rdim».

Yana bir dinning shakli magiya (sehrgarlik) hisoblanadi. Magiya yolg’on va ko’zga ko’rinmaydigan sehrli aloqa va turlarning tabiat mavjudligiga ishontirish ayrim hollarda odam bilan tabiat o’rtasidagi munosabatlarga o’zaro ta’sir o’tkazish, biror odamning ikkinchi bir shaxsga ta’sir qila bilish qobiliyatiga ega ekanligidan iborat diniy e’tiqodlar bo’lgan va hodisalar afsonaviy kuchga ega ekanligiga ishonish baxt va omad keluvchi yoki balodan saqlovchi har xil tumor va tilsimlarning paydo bo’lishiga yaxshilik va yomonlikdan iborat turli irim – sirimlarning kelib chiqishiga sabab bo’lgan.Barcha xalqlarni, shu jumladan o’zbeklardan ham so’z va qattiq ko’z bilan bog’langan sehrgarlar qadimdan tarqalgan va hozirgacha kuchini saqlagan magiya turlaridan biri.

G’ayri tabiiy kuchlar haqidagi tushunchalar ibtidoiy odamlarda shu jumladan kerakli, ya’ni foydali yo’lda foydalanish istagini tug’dirgan. Biror maqsadga erishishning amaliy yo’lini topolmay kishilar sehirgar kishilariga umid bog’laganlar.

Ibtidoiy dinlarning ilk shakllaridan biri animizmdir. Bu nom fanga ingliz etnografi E. Teylor tomonidan kiritilgan (lot. “anima” jon, rux degani). Ibtidoiy odamlarda dastlab jon va tananing alohidaligi va jonning mustaqil yashashi mumkinligini to’gri oddiy tasavvurlar paydo bo’lgan, ular o’z tanalar ituzulishini, odamning o’lishini va jasadi bilan bog’liq hodisalarni tushuncha olmay jonning mavjud bir narsa deb bilganlar. Boshqa xalqlardagidek O’zbekiston ham animistic tasavvurlarning tub mohiyati ruhlar haqidagi qadimiy qarashlar bilan bog’liq.

Hozirgacha ozbeklarning tasavvurlarida ruhlar, o’z tabiatiga ko’ra yovuz yoki yomon (shaytoniy hamda ezgu yoki yaxshi raxmoniy) kabi turlarga bo’linadi. Bunday dualistic qarashlarga ko’ra, ruhlar, insonga yo ijobiy, yo salbiy ta’sir ko’rsatadi.Animistik tasavvurlar istisnosiz barcha xalqlarga xosdir. Bunday tasavvurlar juda qadimiy zamonlarda ibtidoiy odam o’zini o’rab turgan tabiat hodisalarini va o’z hayotini tush, uyqu va bularning mohiyatini tushunmagan holda, uni o’zicha tushuntirishga intilishdan kelib chiqqan.



Mustaqil bajarish uchun vazifalar

Jadvalni to’ldiring 

Dinshunoslik fanining maqsadi va vazifalari

Dinning jamiyatdagi funktsiyalari

Dinlarni tasniflang

 

 

 



 

 

 

 

 



 

 

Testlar

1. Dinning funktsiyalari

A) axloqiy,tarbiyaviy, mafkuraviy

B) to’dliruvchilik, birlashtiruvchilik, o’zaro aloqadorlik,tartibga soluvchilik.

V) tinchlik, do’stlik, ttnglik, tabiatni muxofaza qilish.

G) gnostologik, antropologik, ttologik, psixologik.

2. Dinning qanday ildizlari bor?

A) gtnttik, tarixiy, psixologiy

B) gnostologik, sotsial, psixologik

V) Sotsial, biologik, iloxiy

G) afsonaviy, falsaviy, psixologik

3. .Dinlarning bir-biridan farqi nimada ?

A) turli tillarda ibodat qilishda

B) mintaqalarida turli axolining joylanishida

V) diniy urf-odat va marosimlar amalga oshirilishida.

4. Din – bu...

A) Madaniy taraqqiyotning qonuniyatli bosqichi

B) ruxoniylar kiritgan xayoliy dunyoqarash

V) kishilarga Ollox inom etgan xaqiqat

5.Dinning unsurlarini sanab btring

A) Tasavvur, diniy-psixologiya, diniy tashkilotlar

B) diniy tasavvur, diniy axloq, diniy mafkura

V) diniy ong, diniy xis-tuyg’u, diniy ibodat

G) xudoga, payg’ambarlarga va farishtalarga ishonish.


Nazorat savollari:

1.Dinshunoslik fani qachon vujudga kelgan.

2.Dinshunoslikni o’rganishdan maqsad nimadan iborat

3.Dinni qanday ildizlarini bilasiz.

4.Milliy din, jaxon dini tushunchalarini ta’riflang

foydalanillgan adabiyotlar

1.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

2.Karimov I.O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida T.2011

3.Karimov I.YUksak ma’naviyat – engilmas kuch T.2008

3.Karimov I. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T. «O`zbtkiston», 1997 y.

4.Mo`minov A.Q. Dinshunoslik asoslarini o`qitish va o`rganishning yagona konseptsiyasi. T, 1999 y.

5.Mo`minov A.Q. va boshqalar. Dinshunoslik. T, «Mehnat» 2004 y.

6.Dinshunoslik. Ma'ruzalar matni. T, 2000 y.

7.Dinshunoslik. N.Ibrohimov tahriri ostida T., 2004 y.
2 MAVZU: Milliy dinlar.

Mavzuning maqsadi: Jahonda ko‘plab mamlakatlar singari turfa dinlar mavjud.Ular o‘z xususiyatlari bilan milliy dinlar guruhini ham tashkil etadi.Qadimgi Xitoy, Hindiston va Isroil erlarida vujudga kelib u erlik aholining milliy dinlari hamda o‘ziga xosliklarini ko‘rsatishdan iborat.

Talaba bilishi lozim: Milliy din tushunchasi, yuqorida nomlari keltirilgan mamlakatlar xalqlarining o‘ziga xos diniy marosimlari bayramlari haqida, muqaddas kitoblari va hozirgi kundagi jamiyatdagi o‘rni haqida ma’lumotga ega bo‘lish.

Motivatsiya: Hozirgi kunda 130dan ortiq millat va elatlar yashaydi hamda ularning o‘z e’tiqod qiluvchi dinlari mavjud.SHuningdek, azaldan qo‘shni bo‘lib kelgan Xitoy, Hindiston kabi davlatlar bilan ming yillik aloqalar mavjud.Mazkur xalqlarning diniy e’tiqodlaridagi o‘ziga xosliklarni o‘rganishga bo‘lgan intilishlarda amaliy yordam bo‘ladi.

Fanlararo va fan ichidagi bog’liqlik: ma’naviyat asoslari, pedagogika, falsafa, psixologiya fanlari hamda dinshunoslikda 1,3,4-mavzular bilan bog‘liq.
Nazariy qism

Iudaizm dini Falastinda miloddan avvalgi II ming yillikning oxirlari – I ming yillikning boshlarida vujudga kelgan. «Iudaizm» atamasi yahudiy qabilalar ittifoqiga kirgan (Ruvit, Simon, Levin va Iuda singari) 12 qabilaning eng kattasi nomidan olingan.Miloddan avvalgi X asrda ular Iuda qabilasi atrofida birlashti-rilgan. Qabila vakili Dovud Isroil-yahudiy davlatining podshohi lavozimini egallagan.Miloddan avvalgi XIII asrda yahudiy ko‘chmanchi qabilalari Falastinga bostirib kelishiga qadar totemizm, animizm va sehrgarlik avj olgan va ko‘pxudolik amalda mavjud bo‘lgan. YAhudiylarning diniy e’tiqodida yakkaxudolik g‘oyalari Falastinni bosib olganidan keyin shakllana boshlagan. Bu jarayon uzoq vaqt davom etgan. Dastlab bosh xudo sifatida YAxve (Iegova) tog‘lar, chaqmoq, momaqaldiroq va suv xudosi qabul qilingan bo‘lsa-da, aholi ko‘pxudolik an’analarini saqlab qolgan. Miloddan avvalgi 622 yilda podsho Iosif ko‘pxudolik amaliyotini tugatish maqsadida YAxvedan boshqa xudolarga sig‘inishni bekor qilgan. Lekin yakkaxudolikni joriy qilish maqsadida davlat tomonidan ko‘rilgan choralar ham samara bermagan. Miloddan avvalgi 586 yilda YAngi Bobil podshosi Navuxodonosor Iudeyani bosib olganidan keyin vaziyat tubdan o‘zgargan. Navuxodonosorning buyrug‘i bilan Quddusdagi iudaizmning bosh ibodatxonasi vayron qilingan. YAhudiylarning bir qismi Mesopotamiyaga majburan ko‘chirilgan. Isroilda mustaqillik uchun kurash boshlangan. Iudaizm dini yahudiylarning davlat mustaqilligini qayta tiklash va majburan ko‘chirib yuborilgan yurtdoshlarini Vataniga qaytarish uchun kurashida (diaspora) mafkura vazifasini bajargan. SHu vaqtdan boshlab yakkaxudolik g‘oyasi yahudiylarni birlashtiruvchi diniy mafkura sifatida jamiyatda mustahkamlangan.

Iudaizm dini aqidalari va marosimlari muqaddas manbalarda bayon qilingan. Ular muqaddas bitiklar (Tanak) va muqaddas rivoyatlar (Talmud – qadimgi yaxudiy tilida lameyd – o‘rganish degan ma’noni anglatadi)ga bo‘linadi. Tanak – xristianlikning muqaddas kitobi Injil (Bibliya)ning Eski ahd qismiga kiritilgan. Tanak manbalarda Tavrot deb qayd etiladi. Tavrot miloddan avvalgi X–V asrlarda yozilgan va quyidagi kitoblardan iborat: Borliq, CHiqish, Loviy, Sonlar, Ikkinchi qonun.Miloddan avvalgi V asrda muqaddas bitik yagona to‘plam sifatida dastxat qilingan. Tavrotning qismlarida YAxvening yagonaligi, olamning yaratilishi, Adam va Evaning jannatdan quvilganligi, ularning avlodlarini sarguzashtlari hamda xudo bilan murakkab munosabatlari tasvirlangan.

Muqaddas manbalarda qayd etilgan rivoyatlarga binoan, payg‘ambar Muso (Moisey)ga Sinay tog‘ida xudo YAxvedan vahiy kelgan. Xudo YAxve uning vositachiligida yahudiy xalqi bilan ahdnoma «zavet» tuzishni taklif etgan. Ahdnomaning asosini ikkita shart tashkil etadi. Birinchisi – yahudiy xalqi YAxveni xudolarning eng qudratlisi emas, balki yagona xudo, borliqning yaratuvchisi va unda yuz berayotgan hodisalarni belgilovchi sifatida tan olishi lozim. Ikkinchisi –yahudiylarga YAxvega sodiqligini isbotlasa, xudoning nazari tushganxalq imtiyozi beriladi va uning himoyasida bo‘ladi.YAhudiylar xudoning sevimli bandasi bo‘lib, ularga erda insonparvarlik, tenglik, farovonlik, hamjihatlik va boqiy hayotga hukmron ilohiy jamiyatni qurish messiyasini bajaruvchi xalq mas’uliyati yuklatilganligi aqidasi mavjud. Binobarin, unga asoslanib ravvinlar (qadimgi yahudiy tilida rabbi – mening ustozim degan ma’noni anglatadi), ya’ni ruhoniylar miloddan avvalgi 444 yilda yahudiylarning boshqa xalqlar bilan quda-andachilik munosabati o‘rnatishini taqiqlovchi qonun qabul qilinishiga erishganlar. Masalaning diqqatga sazovor jihati shundaki, bir tomondan, bu qonun yahudiylarni boshqa xalqlarga qarshi qo‘yish (hatto ularning ta’qibi)ga sabab bo‘lsa, ikkinchi tomondan, xalqni qiyin sinovlarni engib o‘tish yo‘lida jipslashtiruvchi vosita vazifasini bajargan.

YAxudiylik ta’limoti uning kitobiy asoslari «Tora» , «Tavrot»da o‘z aksini topgan


  1. Butun olamni yaratuvchisi-xudo YAxvedir.

  2. YAxudiylar tanlab olingan xalq

  3. Oxiratda xaloskor – messiya keladi va u bir qancha vazifalarni amalga oshiradi.

  4. Oxirat mavjud

YAxve Musoga Sinay tog‘ida «ahdnoma» bergan. Ahdnomaning mazmuni Tavrotning «CHiqish» va «Ikkinchi qonun» qismlarida qayd etilgan. U o‘nta diniy aqidalar, axloqiy-huquqiy normalardan tuzilgan.Ular quyidagilardan iborat:

1) faqat YAxvega sig‘inish;

2) YAxvedan boshqa osmondagi, erdagi, suvdagi yoki undan pastda

turgan narsalar va mavjudotlarni ilohiylashtirmaslik, ularning

butlarini yaratmaslik va sig‘inmaslik;

3) xudoning nomini besabab tilga olmaslik;

4) haftaning olti kunida ishlab, shanba kunida xudoga

sig‘inishni unutmaslik (zero, xudo dunyoni olti kun davomida yaratib,

ettinchi kunida fatvo bergan va uni muqaddaslashtirgan);dsc00006

5) ota-onani hurmat qilish;

6) odam o‘ldirmaslik;

7) zino qilmaslik;

8) o‘g‘rilik qilmaslik;

9) yaqin kishilarga yolg‘on guvohlik bermaslik;

10) yaqin kishilarning haqiga xiyonat qilmaslik.

Ahdnoma shartlari yahudiylar uchun amal qiladi va boshqa xalqlar vakillari bilan munosabatlarda legitimlik kuchiga ega emas.Zero, «jonga-jon, qonga-qon» aqidasi bu muammoga ko‘proq oydinlik kiritishi ehtimoldan xoli emas. Tavrotning «CHiqish» kitobida yakkaxudolik Moiseyning yahudiylarni Misr qulligidan qutqarganidan keyin joriy qilinganligi to‘g‘risida hikoya qilingan. Tarixda yahudiylarning Misrda tutqun-likda bo‘lganligi qayd etilmagan. Rivoyatda aks ettirilgan hodisalar yahudiylarning Falastinni bosib olish uchun kurashi davri bo‘lsa kerak.

Iudaizmning muqaddas rivoyatlari Talmud (qadimgi yahudiy tilidagi lameyd so‘zidan olingan bo‘lib, o‘rganish, tahlil qilish degan ma’nolarni anglatadi) hisoblanadi. Diaspora davrida Tavrotning matnlariga sharhlardan tuzilgan. Miloddan avvalgi II–I asrlarda Talmud og‘zaki an’ana shaklida yoyila boshladi. Milodiy III–V asrlarda dastxat qilingan. Jinoiy va fuqaroviy munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlar, axloq normalari, diniy aqidalar va qoidalarning sharhlari, oilaviy va shaxsiy hayot masalalari yuzasidan maslahatlardan tuzilgan.

Diniy aqidalarni tafsir qilish keyingi davrlarda ham davom ettirilgan. O‘rta asrlarda iudaizm o‘zining eski mazmunini saqlab qolgan holda biroz o‘zgargan.

Sionizm o‘zaro bog‘langan ikkita maqsadni ishlab chiqib, ularni izchil amalga oshirib kelmoqda. Bu maqsadlar quyidagicha: 1) tarixiy sabablarga ko‘ra turli tomonlarga ketib, o‘sha joylarda ko‘p asrlardan buyon yashayotgan yahudiylarni o‘z yurtlariga, ya’ni ajdodlarining Vataniga qaytarib kelish va Isroil davlatini Er yuzidagi jannatga aylantirishga xizmat qildirish; 2) agar shaxs yahudiy millatiga mansub bo‘lsa-yu, ammo yashab turgan joyidan Isroilga ko‘chib kela olmasa,uni o‘sha erdan turib Isroilni iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga hissa qo‘shishga da’vat qilish.

Iudaizmda yahudiylarning kundalik turmushi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishga katta e’tibor beriladi. Masalan,har bir dindor taom iste’mol qilish, jinsiy munosabatlar, jamoatjoylari, ibodatxonalardagi xulq-atvor qoidalari va hokazolarni tartibga soladigan 365 ta taqiq va 248 ta buyruqlarni yoddan bilishi kerak.

Mazkur dinda diniy bayramlarga alohida e’tibor beriladi. Ularning asosiylari quyidagilardan iborat: shabbat (shanbalik) –dam olish kuni va bunda har qanday ijtimoiy faoliyat taqiqlanadi; yom kippur (cheklanish kuni) – bir kunlik ro‘za, tavba-tazarru qilish; pesax (pasxa) – bahorning boshlanishi bayrami va hokazolar.

Iudaizmda diniy tashkilot tarixiy taraqqiyot bosqichlarida o‘zgarib borgan. Dastlab dindorlar jamoalariga kohinlar rahbarlik qilganlar. Diniy hayot YAxve (Quddus) ibodatxonasida markazlashtirilgan. Diaspora davri boshlanganidan keyin diniy hayotda sinagoga – ravvin (ustoz) rahbarligidagi dindorlar jamoasi tuzilgan.

Hozirgi davrda iudaizm Isroil davlatida asosiy din bo‘lsa-da, davlat dini maqomiga ega emas. SHunga qaramasdan, u davlatning madadiga tayanadi. Uning ijtimoiy hayotga ta’siri juda kuchli. Diniy jamoalar rahbarlari ravvinlar davlat xizmatchisi maqomiga ega. Ravvinlar fuqarolik holatini rasmiylashtiradilar. Qurolli kuchlarda tarbiyaviy ishlarni olib boradilar, diniy marosimlarga rahbarlik qiladilar.

Iudaizm diniy jamoalari Isroildan tashqari jahonning juda ko‘p davlatlarida faoliyat olib boradi. Jumladan, O‘zbekistonda ham rasmiy diniy konfessiya sifatida tan olingan.

Xulosa sifatida qayd etish lozimki, iudaizm yakkaxudolikka asoslangan eng qadimgi dinlardan biri, rivojlangan diniy marosimga ega, xalqning ma’naviy dunyosini boyitishga xizmat qiluvchi milliy dindir. Asrlar davomida takomillashtirib kelgan mazkur diniy ta’limot va marosimlar tizimi jahon dini maqomida xalqaro munosabatlarda faol ishtirok etib kelayotgan xristianlik va islom aqidalarining shakllanishga beqiyos hissa qo‘shgan.

Hinduizm juda murakkab dindir. U bir tomondan yirik ijtimoiy tashkilot, ikkinchi tomondan turli dinlar qorishmasidir. Ijtimoiytashkilotsifatida kastachilik asosiga qurilgan. Ma’lumki, mil. av. VI asrda Hindistonda buddizm dini vujudga keldi. U braxmanizmdagi bir necha jihatlarni qabul qilgan bo‘lsa-da, kastata’limotini inkor etdi. O‘sha davrda Hindistonda kasta tuzumini saqlab qolishga, braxmanizm dinini isloh qilib, qaytatiklashga xarakat boshlandi. Bu harakat braxmanizm bilan buddizm o‘rta-sidagi kurashni ifodalovchi hinduizm edi.

Bu din, asosan, Hindistondatarqalgan bo‘lib, mamlakat aholisining 83 foizi, ya’ni 750 mln. kishi shudingae’tiqod qiladi. Hinduizm e’tiqod qiluvchilar soni jixatidan jahonda uchinchi o‘rinda turadi. Hinduizm uni qabul qil-moqchi bo‘lganlarga qo‘yadigan birinchi va asosiy shart Hindistondagi kastatuzumini qabul qilishdir.

Diniy qorishma sifatida hinduizm oriylargacha bo‘lgan dinlar, hind-skif jamoalarining ibtidoiy diniy tasavvurlarini va qadimgi braxmanlarning buddizm bilan aralashgan qadimiy urf-odatlarini o‘zida mujassam qilgan. Miloddan avvalgi II ming yillikning o‘rtalarida Hindistonning shimoliy va markaziy qismlarini taxminan Pomir tog‘lari vohalarida yashagan ko‘chmanchi Oriy (asilzoda) qabilalari bosib olganlar. Ularning bu erlarga kelishi sinflar va davlatning paydo bo‘lishi davriga to‘g‘ri kelgan. Ko‘chmanchi qabilalar odatdagidek mahalliy aholiga singib ketmagan. Oriylar o‘z urf-odatlari, an’analari va udumlarini saqlab qolishi bilan birga mahalliy xalq madaniyatining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan. Oriylarning mahalliy ma daniyatga ta’siri diniy e’tiqodda ayniqsa salmoqli bo‘lgan. Ularning diniy aqidalari xudolarga qurbonlik qilish (xudoga eng katta qurbonlik odam hisoblangan, undan keyin qayd etish tartibiga ko‘raot, ho‘kiz, qo‘y va echki turgan) hamda boshqa marosimlari muqaddas bitiklarda tasvirlangan.

Miloddan avvalgi II ming yillik oxirlari – I ming yillikning boshlarida mazkur bitiklar asosida muqaddas matnlar to‘plami – vedalar (sanskrit tilida – bilim degan ma’noni anglatadi) yaratilgan. Vedalar matni qadimgi xudolar to‘g‘risidagi hikoyalar, xudolarga qurbonliklar qilish tartibi va bu marosimlarni bajarishda aytiladigan qo‘shiqlar, xudolar sharafiga aytiladigan madhiyalar va afsunlardan tuzilgan.

Vedalar 4 ta to‘plamga bo‘linadi va quyidagilardan iborat:

1) Rigveda – xudolarga bag‘ishlangan madhiyalar. Xudolarning sarguzashtlari, o‘zaro aloqalari va asosiy vazifalari she’riy uslubida tasvirlangan;

2) Samveda – asosan Rigveda mavzularini takrorlovchi she’riy to‘plam;

3) YAdjurveda – qurbonliklar qilish qoidalaridan iborat;

4) Atxarvaveda – yovuz ruhlarga qarshi qo‘llaniladigan jodu va afsunlardan tuzilgan.

Miloddan avvalgi II ming yillik oxirlari – I ming yillikning boshlarida Qadimgi Hindistonda vujudga kelgan din muqaddas bitik – vedalar sharafiga shu nom bilan atalgan. Veda dini asrlar davomida takomillashib borgan.

SHunisi qiziqki, hinduizm o‘ziningasosi hisoblanadigan vedizm vabraxmanizmdan tashqi ko‘rinishda farklanadi. Uida yaigi braxmanizm dinlari, to‘g‘rirog‘i, oqimlari mujassamdir. Ularning barchasini umumiy jihatlariga qarab bir guruhga jamlash mumkin: tushuncha va qonunlarning asl manbai bo‘lgan vedalarning muqaddasligi; guru (pir, ustoz)ning tan olinishi; muqaddas joylarga ziyoratga borish; sanskritning muqaddastil ekanligi; va nihoyat, sigirning muqaldas ekanligi. Bu besh qoida yoki aqida umum tomonidan tam olingan bo‘lsada, ko‘p sonli e’tiqod qiluvchilar orasida o‘ziga yarasha farq va o‘ziga xoslik kasb etgan.

Hiiduizmda keyingi davrda vedalardan tashqari xalq ogzaki ijodi namuialari, jumladan, «Maxabxarata» xam muqaddas yozuvlar qatoriga qushilgan. Hinduizmda ham braxmanlar asosiy o‘rinni egallaydi. SHuninguchun ham mazkur adabiyotlarning ko‘pchiligi braxmanlar tomonidan yaratilgan. Ular eski aqidalarning zamon talabiga javob bermasligini ko‘rib, yangi qonun-qoidalarga mos ravishda turli oqimlarni yuzaga keltirdilar. Hinduizmda trimurti (uchlik) - Braxma, Vishpu, SHiva xudolari asosiy xudolar sanalib, Braxma ularning eng (satgasi — dunyoni yaratgan xudo x.isoblaiadi. Biroq hinduizm – nafaqat Vishnu va Shivagagina sirinadilar. SHungabinoan, Hinduizm ikki asosiy oqimga bo‘linadi: SHivaga sig‘inuvchilar va Vishnuga siginuvchilar.

SHiva oddiy xalq ommasi — kambag‘aplarning ilohi hisoblanadi. Shivaizmning mayda oqimlari oriylarga tegishli bo‘lmagan an’analar bilan sug‘orilgan. Deylik, SHaktra yoki SHakta oqimi hayvon yoki odamlarni qurbon qilishi bilan ajralib turadi. Hozir turli balo-ofatlar paytida qilinadigan bunday qurbonliklar yo yo‘q bo‘lib ketgan, yoki maxfiy ravishda amalga oshiriladi. Xalqorasida SHivaning 1008 ta nomi bor.

Vishnu — hozirgi Hindiston panteonida birinchilik uchun kurashayotgan ikkinchi ilohdir. Rigvedada tabiatga jon ato etuvchi quyosh xudosi Vishnu birinchi darajali ilohdir. Unda Vishnu juda saxiy qilibtasvirlangan. Ibodat paytida uni Savitar, Roxita, Surya, Adita nomlari bilan ham ataydilar. U butun koinotni uch qadamda bosib o‘tishi va havoda muallaq yura olishi xususiyati bilan tavsiflanadi. Yarim inson, yarim xudo shaklidagi qaxramom Krishna Vishnuga qo‘shilib ketgan, deb tasavvur qilinadi.

Maxabxarata va Ramayana dostonlarida avatara, ya’ni insonning Vishnuga qo‘shilib ketishi haqida so‘z yuritiladi. Vishnu gohida to‘rt qo‘lli qilib tasvirlanadi. Vishnu-iing ommaviy ibodat marosimlari ba’zan juda murakkablashib, uzoq vaqt davom etadi. U hech qachon inson yoki hayvonni qurbonlik qilishii talab qilmagan.

Krishna («qora») o‘zining tabiiy kelib chiqishiga ko‘ra juda murakkab obrazdir. U haqda olov, chaqmoq, momaqaldi-roq, osmon, quyosh bilan bog‘liq afsonalar mavjud. Krishna jangovar, engilmas qahramon sifatida ta’riflanadi. U urushda xam, sevgida ham engilmas bahodir, ammo juda ayyor tabiatga ega. Krishnaga sig‘inuvchilar, asosan, Mattra shahri va unig.g atroflarida yashaydilar, shuningdek, u Bengaliya va Orissada ham katta shuxratga ega.пуджа

Vishnuizm bayramlari turli-tuman: ba’zilari umumiy, ba’zilari esa tabaqalarga ajratilgan holda o‘tkaziladi. Ular asnosida duolar o‘qib, ta’zim bajo keltiriladi, ommaviy diniy marosimlarda qatnashiladi, turli hadya va qurbonliklar ataladi, shuningdek, ibodatxona yaqini-dagi yoki ichidagi muqaddas hovuzda cho‘milish majburiydir. Bu marosimlar ba’zi paytda bir necha kunga ham cho‘zilib ketadi. Ularda faqatgina ruhoniy rahbarligida xadyalar (pul, qimmatbaho buyum yoki qimmatli toshlar) xudolarga hamda ruhoniylarga ataladi. Qurbonliklar turli gullar, xushbo‘yliklar, ovqatlardan, xudolar nomiga atab ozod qilinadigan yoki so‘yiladigan hayvonlardan bo‘ladi. Sig‘ir qadimdan hindlar e’tiqodida muqaddas hayvon hisob-langan. SHuning uchun uni qurbonlik qilish yoki boshqa maqsadlarda o‘ldirish katta gunohhisoblangan. Sigirning besh mahsuloti (sut, suzma-tvorog, sariyog‘, siydik va tezak)dan tayyorlangan pannagavyam hinduiylar e’tiqodida odamlarni va uylarni poklashda alohida kuchga ega. Sigir muqaddas qayvon hisoblanganligi uchun u xudolar bilan bir qatorda ehtirom qilinadi. U keyinchalik «tirik but»ga aylanib, SHivaning ma’budlik o‘rnini to‘ldirdi.

Vishnuizmda ham o‘zining muqaddas hayvoni bor. U may-mundir. Rigvedada Vrishakani (erkak maymun) timsolida Xanumanning ajdodini ko‘rish mumkin, degan rivoyat keltiriladi. Shuning uchun maymun Ram («Ramayana» dostoni-dagi odam-xudo)ning ittifoqchisi maymun-xudo Xanuman-ning vakili sifatida ulug‘lanadi.

Bundan tashqari, ilon, sher, fil, ba’zi qushlar ham ilox.iylashtiriladi. Umuman olganda, hinduizmda deyarli har bir Hindiston hayvoni xudo yoki xudoning hamrohi deb e’tiqod qilinadi.

Hiqduizmda bayramlar ma’lum bir oqimga tegishli bo‘lsa-da, ular ommaviy tarzda nishonlanadi. Masalan, Krishna (avgust) va SHivaning (fevral) tug‘ilgan kunini nishonlashda shivachilar ham, vishnuchilar ham, garchi bayramga xar bir oqim o‘zicha ma’no bersa-da, teng ishtirok etadilar. Qadim zamonlardan ulug‘ bayramlar qatorida mu-qaddas joylarni ziyorat qilish Hindiston diniy xayotida muhim ahamiyat kasb etgai. Vedalarda faqatgina ayrim joylarni ziyorat qilishga ruxsat etilgan bo‘lsa, Maxabxaratada Hindistonning shimolida joylashgan bir iecha muqaddas ziyoratgoxlar aniq ko‘rsatib o‘tilgan.

Daosizm falsafiy ta’limot sifatida Xitoyda mil. av. birinchi ming yillikning o‘rtalarida konfutsiychilik bilan deyarli bir vaqtda paydo bo‘ldi. Bu ta’limot, dastavval birmuncha mavhum xarakterga ega bo‘lib, din bilan hech qanday aloqasi bo,lmagan. Ushbu ta’limot tarafdorlari ham komfutsiychilar kabi o‘z zamonalaridagi harakatlarga qarshi bo‘lganlar. Daosizm targibotchilari ham hukmdorlar orasidagi tinimsiz urushlarni qarshi edilar. Ular boshqa bir qator falsafiy ta’limotlar qatori orqaga — «oltin asr»ga qaytishga chaqirar edilar.

Daosizm o‘zining ilk ko‘rinishida nazariyadan ko‘ra ko‘proq amaliyotga aloqador edi. Bu shamanizm, folbinlik, tabiblik bilan bogliq edi. CHunonchi qadimgi davolash uslublari falsafa, ayniqsa, daosizm falsafasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan. SHamanlardavolash uslublarida inson tanasidagi jarayoilarni tashqi fazoviy kuchlar, har xil ruhlar ta’siri bilan boglab, jodugarlik va sehrdan keng foydalanganlar.

Daosizmda mil. av. IV— III asrlarga kelib nazariy asarlar paydo bo‘la boshladi. Bunday asarlarda ijtimoiy-siyosiy va axloqiy masalalar daosizm uchun unchalik muhim sanalmadi. Biroq daosizm vakillari ilk bor borliq, tabiat, koinot haqidagi tushunchalarni ishlab chiqa boshladilar. Xitoydagi TSzis faylasuflar akademiyasida daosizm nazariyotchilari: Tyan Pen, Sun TSzyan, In Ven, SHen Dao, Xuan YUan va boshqalar to‘plangan bo‘lib, ular inson va uni o‘rab turgan borliq xususida beto‘xtov munozaralar olib bordilar va ri-solalar yozdilar. Bunday asarlar hozirgi kungacha saqlanmagan, biroq daosizmning asosiy manbasi sanaladigan «Daodetszin» risolasida o‘z aksini topgan. Mazkur risola muallifi Lao-TSzi hisoblanadi. Uning hayoti qaqidagi ma’lumotlar kam, borlari ham noaniq. Afsonalarga qaraganda, Lao-TSzi onasining qornida bir necha o‘n yillar yashab, keksa donishmand holida dunyoga kelgan. SHuning uchun uni «Lao-TSzi» — «keksa donishmand», «qari bola» deb atadilar. dsc04503

Lao-TSzi mil. av. VII asrda tug‘ilgan, Konfutsiyning zamondoshi hisoblanadi. Qadimgi Xitoy yodgorliklarida Konfutsiyning Lao-TSzi bilan uchrashganligi, uning donoligidan hayratga tushgani va uni ajdaho deb atagani xaqida rivoyat keltiriladi.

Lao-TSzi ta’limotiga ko‘ra, tabiat, jamiyat va butun borliqning asosi «Ulug‘ Dao» hisoblanadi (dao, tao — «yo‘l», «haqiqat», «tartib» demakdir). Dao haqidagi ta’limot konfutsiychilikda bo‘lgan. CHunki dao to‘g‘risidagi fikrlar konfutsiychilik va daosizm shakllanishidan ancha oldin mavjud edi, shuning uchun ham har ikki ta’limotning o‘xshash jihatlari ko‘p. Konfutsiy daoni jamiyatda muayyan tartiblarni yaratuvchi samoviy qonunlar majmuasi deb hisoblagan. Boshqacha aytganda, dao — ijtimoiy me’yorlar, intizom va axloqning yig‘indisidir. Daosizm vakillari uchun dao o‘zgacha mazmunga ega: dao umumiy tabiat qonuni va ibti-do, intihoning o‘zagidir. Umumiy mazmunda dao — butun borliq demakdir. Daoni hech kim yaratmagan, barcha narsalar dyaodan kelib chiqqan va unga qaytadi. Dao hech kimga ko‘rinmaydi, sezgi a’zolari uni ilg‘ay olmaydi. Nimani ko‘rish, eshitish, sezishga anglash mumkin bo‘lsa, u dao emas.

Milodiy II asrga kelib daosizm dinida yangi sektalar paydo bo‘ldi. Ulardan biri «Taypindao» («Buyuk tenglik ta’limoti») bo‘lib, uning asoschisi CHjan TSzue hisoblanadi. U xalq orasida sehr-jodu orqali barcha kasalliklarni tuzatuvchi hamda kishi umrini uzaytiruvchi shaxs sifatida shuxrat topdi. Uning atrofiga ko‘plab odamlar yig‘ildilar. CHjan Tszue odamlarni 36 jangovar guruhga bo‘lgan. Katta guruhparga «da fan» katta sehrgarlar, kichik guruxlarga «.syao fan» kichik sehrgarlar boshliq etib tayinlanganlar. Sektada yuqori boshliq CHjan TSzue («Buyuk osmon rahnamosi») sanaladi. Uning ikki ukasi «Buyuk er raxnamosi» va«Buyuk inson rahnamosi» deb talqin qilinadi. Bu uchtalik daosizmdagi uchtalik ta’limoti — osmon, er va inson birligining ramziy timsoli edi. «Taypindao» sektasi ta’limoti «Taypintszin» kitobiga asoslanadi.

Ushbu sektalar tarixda hukmron tabaqalarning adolat-sizligiga qarshi ko‘plabsiyosiy kurashlarga, quzg‘olonlarga boshchilik qilgan.

Daosizm birinchi ming‘yillikda buddizm va konfutsiychilik bilan raqobatlashib keldi. VI asrga kelib daosizm konfutsiychilikdan keyin ikkinchi o‘rinni egallagan edi. XIII asrdan boshlab daosizm ta’limoti aniq asoslarga ega emasligi haqidagi davrdagi yuksak ta’limotlari turli xurofotlar bilan almashgani tufayli inqirozga yuz tuta boshladi.

XX asr boshlariga kelib Xitoydaturli daosizm sektalariga qarshi kurash boshlandi. O‘tgan asrning ikkinchi yarmida daosizm tarafdorlari juda ozchilikni tashkil qildi. Ushbu kichik g‘uruhlar monaxlar, targ‘ibotchilar va bashoratchilarni o‘z ichiga olar edi.

Konfutsiychilik falsafiy g‘oya sifatida maydonga kelgan. Uning asoschisi Konfutsiy (Kun TSzi) mil. av. 551 yilda tug‘ilib, mil. av. 479 yilda vafot etgan.

Garchi Konfutsiy podshoxlar xizmatida bo‘lgan paytlarida o‘zining ish faoliyatida ba’zi isloxrtlarni amalga oshirishga harakat qilgan bo‘lsada, ammo uning ko‘pchilik takliflari amaldorlar va hukmdorlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmadi. Konfutsiyning asosiy e’tiborini tortgan narsa o‘z zamonasining kamchiliklari va aybu nuqsonlari edi.

Oddiy xalqning nochorligi, amaldorlarning zolimligi, hukmdorlar o‘rtasidagi o‘zaro ziddiyatlar, qadimgi ma’naviy an’ana va qadriyatlardan uzoqlashish — bularning hammasi Konfutsiyning keskin tanqidiy qarashlari yuzaga kelishiga turtki bo‘ldi. U mavjud muammoni hal qilishda yangicha qarashlarga tayanish lozimligini anglab etdi. Biroq u o‘z fikrlarining jamoatchilik tomonidan qabul etilinishi uchun hamma e’tirof qilgan obro‘ga ega bo‘lishi kerak edi. Konfutsiy xuddi ana shu obro‘ni uzoq o‘tmishning yarim afsonaviy obrazlaridan topdi. Konfutsiy vafotidan bir necha asr o‘tgach, uning ta’limoti xalq hayotining ajralmas bir qismiga aylandi.

Konfutsiyning falsafiy qarashlari. Konfutsiy komil inson (tszyun-tszi) haqidagi g‘oyani yaratdi. TSzyun-tszi, ya’ni yuksak ma’naviyatli inson ikki asosiy xususiyatga ega bo‘lishi kerak: insoniylik va mas’uliyat (ajdodlar oldidagi qarz)ni his qilish. Komil inson, eng avvalo, ishonchli va fidoiy bo‘lishi lozim. U buning uchun tinimsiz, o‘zini ayamasdan o‘z hukmdori, o‘z otasi va o‘zidan katta barchaga birday xizmat qilishi va doimo kamolot sari intilishi zarur.

Konfutsiychilikning ilk ko‘rinishida axloq masalasi birinchi o‘ringa qo‘yilgan, diniy e’tiqod esa ikkinchi darajali sanalgan. Diniy masalalar, aqidalarga konfutsiychilik ancha sovuqqon munosabatda bo‘lgan, ba’zi o‘rinlarda ularni inkor qilgan. Konfutsiy o‘z vaqtida Qadimgi Xitoyda keng tarqalgan ruhlarga e’tiqod masalasiga shubhali munosabatda bo‘lgan. «Lunyuy» (Konfutsiyning falsafiy fikrlari va suxbatlari majmuasi, konfutsiychilikning asosiy manbasi)da keltirilishicha, Konfutsiy g‘ayritabiiy narsalar va ruhlar to‘grisida gapirishni yoqtirmagan. SHuningdek, u taqdir, inson umri, o‘lim haqida so‘z yuritishdan qoshgan. Undan: «O‘lim nima?» — deb so‘raganlarida, u: «Biz tiriklik nima ekanligini bilmaymiz-u, o‘lim nima ekanligini qaerdan bila olar edik», deb javob bergan.Biroq qadimdan davom etib kelayotgan diniy qadriyatlar, urf-odatlarga Konfutsiy hurmat bilan munosabatda bo‘lgan.Konfutsiyning yana bir ta’limoti — «Syao» bo‘lib, u inson o‘z ota-onasiga munosib bo‘lishi haqidagi g‘oyani o‘zida mujassam qilgan. Konfutsiy fikricha, inson uchun Syaodan muhimroq narsa yo‘q.

Syao ta’limotining «Li qonunlari»ga ko‘ra, farzand ota-ona hayotlik chog‘ida mutlaqo ularning ixtiyoridadir. To ular dunyodan o‘tgunicha o‘ziga-o‘zi egalik qilishga haqli emas. Agar ota-ona vafot etsa, farzand qanday ish bilan mashgul bo‘lishidan qat’i nazar, barcha ishni tashlab uch yil aza tutishi shart. Konfutsiychilikning Syao ta’limoti asrlar mobaynida Xitoy madaniiti, axloqiy me’yorlariga katta ta’sir o‘tkazib keldi.

Qadimgi an’analarga ko‘ra, dunyo tartibli va o‘zaro aloqador abadiy ibtido bo‘lib, bir xil qonuniyatlar asosida spiralsimon rivojlanadi. Odam o‘zaro aloqador va tartibli olamda o‘z o‘rnini topishi kerak. Buning uchun u mukammallikka intilishi zarur. Konfutsiy mukammallikka intiluvchi «ideal kishi» to‘g‘risidagi g‘oyani ishlab chiqqan. Olam bilan hamohang yashashga qodir bo‘lgan insonni «olijanob er», uning antipodini «past kishi» deb atagan. Ideal kishiga quyidagi beshta sifat xos: hissiylik, burch, bilim, me’yorni bilish hissi va ishonch.

Olijanob inson burch va qonunga itoat etadi. Past kishi «yog‘li»joyni egallashga va ko‘proq foyda olishga intiladi. Birinchisi o‘ziga ikkinchisi odamlarga talabchandir. Olijanob inson to‘g‘risida uning mayda ishlariga qarab baho berib bo‘lmaydi, lekin katta ishlarni unga ishonib topshirish mumkin. Past kishiga katta ishlarni ishonib topshirib bo‘lmaydi, uning mayda ishlariga qarab xulosa chiqarsa bo‘ladi. Birinchisi odamlar bilan kelishib yashaydi, lekin ularga taqlid qilmaydi. Past kishi boshqalarga ergashadi, lekin ular bilan kelishib yashay olmaydi. Olijanob insonga xizmat qilish oson, lekin uni xursand qilish qiyin, chunki u zaruratdan shodlanadi. Ikkinchisini xursand qilish oson, lekin unga xizmat qilish qiyin. Olijanob inson insonparvarlik va zarurat sababli o‘limga tik boradi, ammo past kishi umrini o‘z joniga qasd qilish bilan yakunlaydi. Olijanob inson uch narsadan: Osmon amridan, buyuk insonlardan va aqlli so‘zlardan qo‘rqadi. Past kishi Osmon amrini bilmaydi va undan qo‘rqmaydi, amali katta aqlli odamlardan nafratlanadi, ularning maslahatlariga amal qilmaydi.

Barqaror jamiyat to‘g‘risidagi g‘oyalar ijtimoiy tartibotning asosiy tamoyilini ishlab chiqilishiga asos bo‘lgan. Ota otaligini,farzand farzandligini, hukmdor hukmdorligini, xizmatchi xizmatchiligini qilsin, ya’ni har bir kishi o‘z vazifasi va huquqini bilsin hamda talab qilingan ishni bajarsin. Jamiyat shu asosda yuqori (boshqaruvchi) va past (mehnatkash) tabaqalarga ajratilgan.Tabaqalar o‘rtasidagi tafovut nasl-nasabi, davlati bilan emas, balki bilimi va fazilatlari bilan belgilangan. Bu past tabaqa vakillarining iste’dodi va fazilatlari bilan mansab shohsupasidan imperatorgacha ko‘tarilishiga imkon bergan. Xitoy tarixida past tabaqa vakillarining imperator taxtini egallab, o‘z sulolasiga asos solgan yoki davlat boshlig‘i lavozimiga ko‘tarilganligi to‘g‘risida ko‘plab misollar keltirish mumkin.

Konfutsiylikda ajdodlar ruhiga sig‘inish marosimlari asosiy o‘rinni egallagan va ularning aniq bajarilishiga katta e’tibor berilgan. Marosim orqali har bir kishi koinotning cheksiz oqimida o‘z o‘rnini topadi, deb hisoblangan. Diniy etikada «syao» ta’limoti qabul qilingan. Unga ko‘ra, har bir farzand ota-onasini hurmat qilishi va doimo ularga sodiq qolishi talab qilinadi. Oqil farzand ota-onasi kim bo‘lmasin, ulardan voz kechishga haqli emas. Xitoy diniy rivoyatlarida ota-onasi och qolganda, ularga tanasini kesib, undan taom tayyorlab bergan farzandlar to‘g‘risida hikoya qilingan.

Ajdodlar ruhiga sig‘inish va «syao» ta’limoti oilaviy qadriyatlarning jamiyatda mustahkamlanishiga yordam bergan. Oila jamiyatning negizini tashkil qilgan va shaxs manfaatlaridan oila manfaatlari ustun qo‘yilgan. Oilaviy munosabatlarni tashkil etishda hissiyot, tuyg‘ular muhim emas. Muhabbat o‘tkinchidir. Uning yo‘qligi er-xotinning asosiy burchi hisoblanuvchi ko‘p farzandli bo‘lish va ularga tarbiya berish vazifasining bajarilishiga xalaqit bermasligi lozim.

Ajdodlar ruhiga sig‘inishning muhim jihatlaridan biri – kattalarga so‘zsiz bo‘ysunish. Har qanday katta kishiga, ota-ona, davlat xizmatchisi yoki hukmdorga kichik, xodim yoki fuqaro so‘zsiz itoat etishi lozim. YOshlarni kattaga ko‘r-ko‘rona bo‘ysunishi fozillik hisoblangan. Xulosa sifatida qayd etish lozimki, hozirgi davrda konfutsiylik Xitoyda oldingi mavqeini yo‘qotgan bo‘lsa-da, diniy e’tiqod sifatidagi ahamiyatini saqlab qolgan.

Oila va nikoh tushunchasi. Konfutsiychilik Xitoyda oila masalalariga hal qiluvchi ta’sir o‘tkazdi. Konfutsiychilik ta’limotiga ko‘ra, oila nikohdan, yoshlarning kelishuvi bilan boshlanmaydi. Balki oila ehtiyojlari uchun nikoh amalga oshiriladi. Konfutsiychilar urf-odatlariga ko‘ra, avlodlar o‘z ajdodlari ruhi oldida qilishlari kerak bo‘lgan barcha marosimlarni o‘z o‘rnida, muntazam ravishda bajarishlari lozim.

Xitoyda ilk CHjou va In davrlarida o‘tganlar ruxlari tiriklar uchun madad bo‘lishi kerak, deb e’tiqod qilinsa, Konfutsiy ta’limoti buning aksini, ya’ni tiriklar o‘tganlar oldida qarzdordirlar, degan g‘oyani ilgari surdi. Konfutsiy o‘zidan oldin jamiyatda mavjud bo‘lgan o‘tganlar ruhlari haqidagi aqidalarni tamoman o‘zgartirib yubordi.

Modomiki, tiriklarning asosiy vazifasi o‘tganlarni rozi qilish, ularga xizmat qilish ekan, butun oila mana shu asosiy goyaga xizmat qiluvchidir. Mana shuning uchun ham har bir oila boshliqlari o‘z ajdodlari oldidagi qarzlarini ado etishlari uchun oila naslini davom ettirishlari kerak.

Konfutsiy fikricha, dunyodan befarzand o‘tish va o‘zidan nasl qoldirmaslik nafaqat shu insonning yoki shu xonadonning, balki butun jamiyatning fojiasidir.

Konfutsiychilikning Xitoyda tarqalishi. Konfutsiychilikning yoyilishi sekin kechdi. Konfutsiyning o‘zi esa zamondoshlari tomonidan tan olinmay vafot etdi. Uning shogirdlariga ham oson bo‘lmadi.

Garchi konfutsiychilar o‘z ta’limotlarini qadimgi CHjou aqidalariga bog‘liq urf-odatlar, marosimlar, axloqiy me’yorlar asosiga qurgan bo‘lsalarda, ular mazkur aqidalar orasida o‘z munosabatlari, qolaversa, har bir masala yuzasidan o‘z xulosaparini xam berib bayon qilar edilar. Mana shu narsa konfutsiychilikning muvaffaqiyatga erishishiga sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, uning muvaffaqiyatga sabab bo‘lgan omillardan yana biri konfutsiychilarning o‘zlari foydalangan qadimgi kitoblar, she’rlar, risolalarni yig‘ib o‘quvchilariga o‘rgatganliklaridir. Bu ishning asosiy qismi Konfutsiyning o‘zi tomonidan bajarilgan edi. U turli podshohliklarda mavjud bo‘lgan uch mingdan ortiq qadimiy qo‘shiqlar, yozuvlarni jamlab, ularni qayta tahrir qilgan edi. Konfutsiy va uning shogirdlari tomonidan tahrir qilingan asarlar keyinchalik konfutsiychilikning asosiy manbalariga aylandi.

Mil. av. IV-III asrlarga kelib Konfutsiy ta’limoti ancha keng tarqaldi va katta ta’sir doirasiga ega bo‘ldi. Xan sulolasi davriga kelib (mil. av. III — II asrlar) konfutsiychilik davlat mafkurasi darajasiga ko‘tarildi. Xan podshohlari Konfutsiy ta’limotlarini to‘liq qabul qilmagan bo‘lsalarda, uning kuchini, jamiyatda egallab ulgurgan mavqeini e’tirof qilgan xolda undan davlat boshqaruvida foydalandilar.

Konfutsiy nomining ilohiylashtirilishi. Konfutsiy o‘zi yashab ijod etgan joy — TSuyfuda vafot etgandan keyin uning qabri yaqinida bir ibodatxona qurdilar. Ibodatxonaga Konfutsiyning shogirdlari va yaqinlari tomonidan uning barcha tabarruk narsalari va unga taalluqli ashyolar: yozgan asarlari, musiqa asboblari, ro‘zg‘or anjomlari, aravasi va boshqa narsalari keltirib qo‘yildi. Vaqt o‘tishi bilan faylasufning obro‘si oshib, ta’limoti keng tarkdlgani sari ushbu ibodatxona ham ziyoratgohga aylanib bordi. TSuyfu yaqinida Konfutsiy shogirdlari va izdoshlari makon tutgan kattagina qishloq barpo bo‘ldi. Lu podshohligi hukmdoriniig o‘zi TSuyfuga kelib, Konfutsiy ibodatxonasida uning xotirasiga qurbonlik qildi. Ibodatxonaning ahamiyati oshgan sayin er mulklari bilan boyidi. Bu joy oddiy mahalliy ibodatxona shaklidan Xan sulolasi davriga kelib butun mamlakat miqyosidagi muqaddas ziyoratgohga aylandi. Mil. av. 195yilda birinchi Xan podshohi Lyu Ban shaxsano‘zi Konfutsiy ibodatxonasida unga atab «tay-lyao» (Xitoyda eng oliy qurbonlik - qo‘y, xo‘kiz va cho‘chqa) uchlik qurbonligi keltiradi.

Mana shu asrdan boshlab Konfutsiy nomi Xitoyda ilo-hiylashtirildi va unga atab muntazam qoidalar asosida qurbonliklar qilinadigan bo‘ldi.

Xan sulolasi davrida Konfutsiyga knyazlik unvoni berildi. X—XIII asrlarga kelib, Sun sulolasi davrida unga imperatorlik unvoni, otasiga esa knyazlik unvoni berildi. Keyinroq YUan va Mii sulolalari (XIII—XIVasrlar) davrida unga yana ham yuksakroq daraja — «Haqiqiy donishmand», «Millatlarning buyuk ustozi» unvonlari berildi.Xitoyning deyarli barcha shaharlarida Konfutsiyga atab qurilgan ibodatxonalar pando bo‘ldi. Bunday ibodatxonalar soni mingga yaqin edi. Dastlabki paytda ibodatxonaning qurbonlik qilinadigan joyida oddiygina Konfutsiy nomi yozilgan lavha osilgan edi. Xitoyga buddizm kirib kelgach, lavxa o‘rnini endi Konfutsiyning haykali egalladi. TSuyfudagi ibodatxonadan boshqa hammasi bir xil shaklga ega edi. Uida Konfutsiy haykali yoniga 86 shogirdining nomi bitilgan lavha yoki hayka1lar quyilgan. TSuyfudagi ibodatxonada ularning soni ko‘proq.

Faylasufga atab qnlinadigan qurboiliklar va boshqa muhim marosimlar tartibga soliigan. Har oyning birinchi va 15-kunlarida ikki marta Konfutsiy haykali oldida odatiy qurbonliklar, yilda — bahorda va kuzda ikki marta alohida tantanali marosimlar o‘gkazilar edi. Tantanaga kelgan imperagor va ularning mulozimlari donishmand timsoli oldida turib, unga: «Sen buyuksan, ey mutlaq donishmand, sening fazilatlaring ko‘p, talimotingbeqiyos, o‘tganlar orasida senga tengi yo‘q» - kabi hamdu sanolar bilai murojaat qilganllar. Konfutsiy nomi orta asrlarga kelib Xitoyda ilohiy-lashtirildi. Uiing timsoli podshoxlar boshidagi tojlardan o‘rin oldi.

Milliy dinlardagi konfessiyalar bo‘yicha klaster tuzing


Конфуцийлик


Миллий динлардаги конфессиялар

Яҳудийлик

Ҳиндуийлик

Сикхийлик

Жайнийлик

Хитой миллий динлари

Вайшийлик

Кришнаийлик

Шивапарастлик

Даопарастлик

Jadvalni to’ldiring 


Yaxudiylik dinidagi qanday oqimlarni bilasiz?

Yaxudiylikdagi asosiy marosimlarni sanab btring.

Xinduiylikdagi mavjud kastalarni sanab btring.

Konfutsiy-chilikdagi asosiy  talablar nimalardan iborat.













Nazorat savollari:

1.YAxudiylikning vujudga ktlishi va ta’limoti haqida nimalarni bilasiz?

2. Vtda va  vtda dinlari haqida nimalarni bilasiz? Xinduiylik dinini uziga xos tomonlari.

3.Konfutsiychilik-Xitoydagi falsafiy ta’limot haqida nimalarni bilasiz?

4. Daosizm haqida nimalarni bilasiz?

Foydalanilgan adabiyotlar

1.Jo`ratv U, Saidjanov Y.dunyo dinlari tarixi T., 1998 y.

2.Ntmirovskiy A.I. Mifo` iltgtndo` drtvnogo

Vostoka. M.,1994.

3.Jabborov I.O`zbtk xalqi egnografiyasi T., 1994 y.

4.Dinshunoslik. T., «Mehant» 2004 y.



Yüklə 7,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə