Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi dinshunoslik fanidan



Yüklə 7,33 Mb.
səhifə8/14
tarix28.08.2018
ölçüsü7,33 Mb.
#64958
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14

ISLOMNING ASOSIY MANBALARI

Darsning maqsadi:

Islomning asossiy manbalari bo’lmish Qur’oni Karim oyatlari va hadislarning turlari haqida ma’lumotlar, buyuk muhaddis allomalar haqida so’ boradi

Tayanch so‘zlar

Qur’on; Sura; Oyat; Pora juz’; Mushaf; Pergament, Tafsir, Hofiz; Vahy; Qiroat; Hadis; Sunnat; Roviy; Isnod; Sahih; Zaif; Muhaddis;

Reja


  1. Qur’on va hadis - Islom dinining asosiy manbalari;

  2. Qur’onning tarkibi;

  3. Qur’onning jamlanishi;

  4. Toshkentdagi “Mushafi Usmoniy” tarixi.

  5. Hadis va mashhur muhaddislar;

  6. Imom al-Buxoriy - buyuk muhaddis.

Qur’oni Karim

“Qur’on” - arabcha “qaraa” o‘qimoq) fe’lidan olingan. Qur’on suralardan iborat. Sura Qur’ondan bir bo‘lak bo‘lib, eng kami uchta yoki undan ortiq oyatlarni o‘z ichiga oladi. Qur’onda jami 114 ta sura mavjud. Oyatlar soni esa, Qur’on mantlarini taqsimlashning turli yo‘llariga ko‘ra, 6204 ta, 6232 ta, hatto 6666 tagacha belgilangan. Bu har xillik Qur’on nusxalarining bir-biridan farqli ekanligini emas, balki undagi oyatlarning turlicha taqsimlanganligini bildiradi.

Suralar Qur’onda o‘z mazmuniy izchilligiga yoki o‘qilgan vaqtiga, ya’ni xronologik tartibiga qarab emas, balki hajmiga ko‘ra - avval katta suralar, undan so‘ng kichik suralar tartibida joylashtirilgan. Suralarning hajmi ham har xil: eng katta hajmga ega bo‘lgan 2-surada 286 oyat bor, eng kichik suralar faqat 3 oyatdangina iborat.

Islomshunoslik va Qur’onshunoslik xulosalari asosida suralarning xronologik tartibini quyidagicha shaklda tasavvur qilish mumkin:

1. Makka davri 610-615 yillar). Bu davrda yuksak adabiy ijod namunalari bo‘lgan saj’ janridagi suralar o‘qilgan. Yevropa olimlari ularga “Nazmiy suralar” deb nom berganlar.

2. Makka davri 616-619 yillar), Muhammad s.a.v.) va ularning izdoshlari doimiy ta’qib ostida yashagan va ko‘pchilik Habashistonga ko‘chib ketgan muhitda o‘qilgan. Bu suralarda Ollohning “Rahmon” sifatida ko‘p tilga olinganligi sababli Yevropa olimlari ularni “Rahmon suralari” deb ataganlar.

3. Makka davri 610 yil boshlaridan 622 yil sentyabrigacha). Bu davrda ham Muhammad s.a.v.) va uning izdoshlari ta’qib ostida yashaganlar, maxfiy ravishda, ko‘pincha shahardan tashqarida ibodatga to‘planganlar. Bu davr suralarida islomning aqoid ta’limotiga keng o‘rin berilganligi sababli, yevropalik olimlar bularga “Payg‘ambarlik suralari” deb nom berganlar.

Tarixiy voqealar aniqroq ko‘zda tutilgan holda Madina davriga oid 24 ta surani besh davrga ajratish ma’qulroqdir:

1-Madina davri 622 yil oktyabrdan 624 yil gacha). Muhammad s.a.v.) Madinaga ko‘chib kelganidan makkaliklar bilan birinchi yirik to‘qnashuv - Badr jangigacha o‘qilgan 4 sura bu davrga kiradi.

2-Madina davri 624 yil martidan 625 yil martigacha). Badr jangidan keyin Uhud jangigacha o‘tgan bir yil ichida o‘qilgan 3 surani o‘z ichiga oladi.

3-Madina davri 625 yil martida - 627 yil matrtigacha). Uhud jangidagi mag‘lubiyatidan keyin Xandaq jangigacha o‘tgan ikki yil ichida 5 ta sura o‘qilgan.

4-Madina davri 627 yil aprelidan 630 yil yanvarigacha). Xandaq jangidan so‘ng Makkaning olinishigacha o‘tgan salkam uch yil ichida o‘qilgan 8 sura shu davrga kiradi.

5-Madina davri 630 yil fevralidan 632 yil mayigacha). Makka olinganidan keyin Muhammad s.a.v.) payg‘ambarning vafotigacha o‘tgan ikki yildan ortiqroq davr ichida o‘qilgan 4ta sura shu davrga kiradi. 11-rasm_qohira_2

Muhammad alayhis-salom hayotlik chog‘larida yana vahy tushib qolar degan umidda Qur’on jamlanib, kitob holiga keltirilmagan edi. Payg‘ambar vafotlaridan keyin Qur’on kishilarning xotirasida va yozgan narsalarida saqlanib qoldi. Payg‘ambardan so‘ng musulmonlarga Abu Bakr 572-634) boshliq etib saylandi. Uning xalifalik davrida 632-634) mu’minlar va murtaddindan qaytgan)lar o‘rtasida shiddatli janglar bo‘lib o‘tdi. Ushbu janglarda Qur’onni to‘liq yod olgan qorilar ko‘plab shahid bo‘ldilar. Shunda Umar ibn al-Xattob 585-644) Abu Bakrga “barcha qorilar shu zaylda o‘lib ketaversa Qur’on nuqsonli bo‘lib qolishi mumkin, shu sababli uni jamlab kitob holiga keltirish zarur” degan maslahatini beradi. Avvaliga Abu Bakr ikkilanib turadi, chunki bu ish Payg‘ambar hayotlik paytlarida qilinmagan edi. Keyinroq Abu Bakr ham Qur’onni kitob shakliga keltirib qo‘yish zarurligini anglab yetdi va Zayd ibn Sobit ismli sahobani chaqirib bu ishni unga topshiradi. Chunki, Zayd Payg‘ambar alayhis-salom bilan juda ko‘p birga bo‘lgan, Qur’onni juda ham yaxshi yod olgan va Rasululloh huzurlarida yozgan. Payg‘ambar umrlarining so‘nngi yilida farishta Jabroil alayhis-salomga Qur’onni avvalidan to oxirigacha o‘qib berganlarida birga bo‘lgan edi. Shunday qilib, Zayd va Umar mashaqqatli urinishlardan keyin Qur’onni kiyik terisidan bo‘lgan sahifalarga yozib chiqdilar va bog‘lab Abu Bakrning uyida saqlab qo‘ydilar. Bu “suhuf” - sahifalar deb nomlandi. Abu Bakr olamdan o‘tgandan keyin sahifalar Umar ibn al-Xattob uyiga, u olamdan o‘tgandan so‘ng, uning qizi - Payg‘ambar alayhis-salom ayollari Hafsada qoldi.

Vaqt o‘tishi bilan ko‘plab xalqlar musulmonlikni qabul qilishi natijasida musulmonlarning soni ko‘paya bordi. Turli tillar va shevalar o‘rtasida mavjud farqlarga ko‘ra Qur’onni qanday o‘qish kerakligi borasida ixtiloflar chiqa boshladi. Bu holatni ko‘rgan o‘sha vaqtda xalifalik qilgan Usmon ibn Affon 644-656) Hafsa binti Umardan Abu Bakr va Umar davridagi suhuflarni so‘rab olib oltita nusxa ko‘chirishga buyruq beradi. Xalifa Usmon ibn Affon topshirig‘iga binoan Zayd ibn Sobit barcha Qur’on suralarini yig‘ib, taqqoslab chiqib qaytadan Qur’on matnini jamlagan. Qur’onning birinchi rasmiy nusxasi 651 yil taqdim etildi. U asl nusxa hisoblanib yana uchta, ba’zi manbalarga ko‘ra yettita nusxa ko‘chirtirilib, yirik shaharlardan - Basra, Damashq, Kufaga jo‘natiladi. “Imon” deb nomlangan asl nusxa esa Madinada, xalifa Usmon huzurida qoldi. Ko‘chirilgan nusxalar “Mushafi Usmon” deb ataldi.

Nusxalar tayyor bo‘lgandan so‘ng musulmonlar yashaydigan diyorlardagi markaziy shaharlarga bittadan nusxaga bitta qori qo‘shib jo‘natdilar va hammaga faqat Qur’onning shu nusxasidan ko‘chirishga buyruq beradi.

Mazkur Qur’on 5553 varaqdan iborat bo‘lib, varaqlar o‘lchami 68x53 sm., matn hajmi 50x44 sm.dir. Sahifalar kiyik terisidan ishlangan bo‘lib, har biriga 12 qatordan chiroyli kufiy xatida yozuv bitilgan. Ko‘p varaqlari yo‘qolgan va keyinchalik qog‘oz sahifalar bilan to‘latilgan.

Tataristonlik islom olimi Shihobudin al-Marjoniyning 1818-1889) aytishicha, Qur’onni qayta tiklash Samarqandda joylashgan “Mug‘ak masjidi” imomi Abdurrahim ibn Usmon vaf. 1838 y.) tarafidan bajarilgan.

Arab tarixchilarining xabar berishlaricha, xalifa Usmon Qur’onni mutoala qilib o‘tirganlarida o‘ldirilgan. U kishining qoni Qur’onga to‘kilgan. Shu tufayli ham Usmon Qur’oni asl nusxaligi va xalifa qoni to‘kilganligi bilan musulmon dunyosida muqaddas kitob hisoblanib, alohida e’tiborga sazovordir. Bizdagi, ya’ni Toshkent shahridagi Usmon Qur’onida ham qon izlari bo‘lib, shu nusxa xalifa Usmonga tegishli degan fikrlar mavjud.

Usmon Qur’oni ruslar O‘rta Osiyoni bosib olguncha Samarqandda, Xo‘ja Axror madrasasida saqlanar edi. Qur’oning Samarqandga keltirilishi haqida ham xalq o‘rtasida har xil rivoyatlar mavjud. Ulardan birida muqaddas kitobni Abu Bakr al-g‘affol ash-Shoshiy 976 yili vafot etgan, Toshkentda dafn qilingan) Bag‘doddan olib kelgan deb hikoya qilinadi. Avlodlar osha Abu Bakr Qaffol Shoshiy merosxo‘rlaridan Xo‘ja Ahror qo‘liga o‘tgan va u kitobni o‘zi qurdirgan madrasaga qo‘ydirgan. Ikkinchi bir rivoyatda esa Xo‘ja Ahror muridlaridan biri Makkadan haj qilib qaytayotganida Istambulga kiradi va borib Sultonni og‘ir hastalikdan davolaydi. Sulton minnatdorchilik bildirib, unga Qur’onni tortiq qiladi.

Bizning va arabshunos olimlarning fikricha bu Qur’on sohibqiron Temur tomonidan Basradan ko‘plab qo‘lyozma kitoblar va boshqa o‘ljalar bilan birga Samarqandga keltirilgan va mashhur Temur kutubxonasiga qo‘ydirilgan. Temuriylar davridagi o‘zaro kelishmovchiliklarda Temur kutubxonasi yondirilib yuborilgan. Tasodifan shu nusxa omon qolgan.

Qur’onni chuqur ilmiy taftish etgan Sankt-Peterburglik sharqshunos olim A.V.Shebunin fikricha, Qur’on Basradan Sohibqiron Temur tomonidan Samarqandga keltirilgan. chunki, Shebunin Parij, Berlin va Makkadagi boshqa nusxalariga solishtirib, bizdagi Qur’onning Basra nusxasi ekanligini isbotlab berdi. 400 yil davomida bu muqaddas kitob Samarqandda saqlanadi.

Ming afsuslar bo‘lsinkim, 1868 yilda rus askarlarining Samarqandga bostirib kirishi bilan xalqimizning moddiy, ma’naviy boyliklariga tajovuz boshlandi.

Albatta bu tajovuzdan muqaddas hisoblangan qabr toshlari, maqbara ichidagi yodgorliklar ham, musulmonlar diniy e’tiqodining shoxona mulki Usmon Mushafi ham chetda qolmadi. Musulmonlar Qur’onini tezlikda bekitib Buxoroga jo‘natmoqchi bo‘ladilar. Biroq bu xabar Zarafshon o‘lkasining boshlig‘i general Abramov qulog‘iga yetib,“fan uchun bunday nodir, bebaho, qadimiy yodgorlikni qo‘ldan chiqarmaslik uchun hamma chora ko‘rilsin” deb polkovnik Serovga buyruq beradi. Serov Qur’onni general Abramovga keltiradi. Abramov esa uni zudlik bilan Turkiston general-gubernatori K.N.Kaufmanga yetkazadi. U o‘z navbatida zudlik bilan 1869 yil 24 oktyabrda Peterburgga - Imperator kutubxonasiga alohida kuzatuvchilar bilan yuboradi.

Rus ishbilarmonlari qulay fursatdan foydalanib Qur’on tufayli boylik orttirish yo‘liga o‘tdilar. Masalan: 1895 yili 2000 nusxada Qur’onning bir varag‘i chop etildi. 1905 yili esa Ilyos ibn Ahmad Shoh“Yosin” surasining fotonusxasini chiqardi. Shu yili S.Pisarev Qur’onni Faksimilda 50 nusxa chop etib, 25 nusxasini sotishga chiqardi. Har bir nusxasiga 500 so‘m baho qo‘yildi. U Qur’onni asl nusxasiga o‘xshatish uchun xajmini ham eskicha qoldirdi. Hozir faksimil nusxadan jumhuriyatda ikkita bo‘lib, biri O‘rta Osiyo musulmonlarining diniy kutubxonasida, ikkinchisi - O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyida saqlanadi.

Oktabr to‘ntarishidan so‘ng Butunrossiya musulmonlar jamiyati nomidan Usmon To‘qumboyev RSFSR Xalk Komissarlari Sovetiga murojaat qilib, muqaddas Usmon Qur’oni o‘z egalariga, ya’ni musulmonlarning O‘lka s’ezdiga topshirilishini talab qiladi. RSFSR XKS tomonidan musulmonlarning talabini qondirilib, Qur’on musulmonlar ixtiyoriga beriladi. 1917 yil 29 dekabr kuni Peterburgdagi podsho kutubxonasining “nodir qo‘lyozmalar” bo‘limidan olinib, Butunrossiya musulmonlar jamiyati raisi U.To‘qumboyev javobgarligi ostida Ufa shahriga jo‘natiladi. Qur’on 1923 yilgacha Ufada saqlanadi.

1923 yil 23 iyulda Butunittifoq Markaziy Ijroqo‘mi Usmon Qur’onini Turkistonga qaytarishga qaror qiladi. Muqaddas yodgorlikni Ufadan Toshkentga maxsus komissiya kuzatuvida olib kelinadi. 1923 yil 18 avgustda Toshkentdan Sirdaryo diniy idorasiga qarashli Xo‘ja Ahror jome’ masjidiga topshiriladi.

Muqaddas yodgorlikni o‘z eliga keltirish uchun Ufa shahriga maxsus komissiya yuborildi. Komissiya tarkibida Sultonxo‘ja Qosimxo‘jaev sharqshunos olim, professor A.Z.Shmitd va din peshvolaridan 3 vakil bor edi. Komissiya maxsus vagonda, qurolli kuchlar qurshovida, Qur’onni eson-omon Toshkentga keltirdilar. Shundan keyin Qur’on 1923 yil 18 avgustda Sirdaryo diniy idorasiga qarashli Xo‘ja Ahror juma machitiga topshiriladi. Lekin ko‘p o‘tmay Qur’onni eski shahar muzeyiga keltiradilar va u maxsus po‘lat sandiqda saqlana boshlanadi. Eski shahar muzeyi Birinchi o‘zbek muzeyiga aylantirildi. Muzey 1926 yilning 1 yanvaridan ochildi. 1926 yilning faqat bir oyi ichida muzeyni 4000 kishi kelib ko‘rgan.

Qur’onga Sharqning juda ko‘plab olimlari tomonidan turli tafsirsharh, izoh)lar yozilgan. Qur’on XII asrdan boshlab Yevropa xalqlari tillariga, jumladan, lotin tiliga tarjima qilina boshlagan. XVIII asr boshlarida Yevropa xalqlari tillaridan, XIX asr o‘rtalarida arabcha asl nusxasidan rus tiliga tarjima qilingan. G.S.Sablukovning arabchadan dastlabki tarjimasi Qozonda 3 marta 1878, 1894, 1907) nashr qilingan. Akademik I.Yu.Krachkovskiy tomonidan amalga oshirilgan Qur’onning ilmiy izohlari bilan rus tilidagi adekvat so‘zma-so‘z) tarjimasi mashhurdir. Bu tarjima uning vafotidan keyin 1962) va 1986 yillarda nashr etilgan.

Mamlakatimiz mustaqil bo‘lganidan so‘ng o‘zbek tiliga davlat maqomi berildi. Davlat ish qog‘ozlari, ko‘plab darslik va qo‘llanmalar o‘zbek tilida yozila boshlandi. Shu qatori Qur’oni Karimni ham o‘zbek tiliga tarjima qilishga kirishildi.

Movarounnahr Diniy boshqarmasi vakillari Qur’onning o‘zbek tilidagi tarjimasini nashr etish uchun bir qancha tarjimalar bilan tanishib chiqib, Alouddin Mansur tarjimasini tanladilar. Shuningdek “Zvezda Vostoka” jurnali Qur’on matnlarini akademik Yu.Krachkovskiy tarjimasida, marhum falsafa fanlari doktori, professor, islomshunos olim M.Usmonovning tuzatishi va qisqa sharxi bilan “Adabiyotning qadimgi merosi” “Drevniy pamyatnik literaturi” mavzuida 1990 yildan boshlab qator maqolalar berib bordi. 1992 yilda Qur’on o‘zbek tiliga tarjima qilindi va “Cho‘lpon” nashriyotida ko‘p nusxada chop etildi.

Hadisi Sharif

Muhammad alayhis salomning aytgan so‘zlari, qilgan ishlari yoki u kishiga berilgan sifatlarni o‘zida mujassam qilgan rivoyatlar – hadislar deb ataladi. “Hadis” so‘zining lug‘aviy ma’nosi – yangi, xabar, hikoya, so‘z bo‘lib, to‘liq ko‘rinishi – al-hadis an-Nabaviy Payg‘ambar so‘zlari)dir. Hadislar ikki qismdan: aynan xabar beruvchi matn va uni rivoyat qilgan roviylar zanjiri isnoddan iborat.

Hadislar Islom dinining Qur’ondan keyingi ikkinchi manbasi hisoblanib, sunna unga asoslanadi. ko‘pgina fiqhiy masalalarni hal etishda ularga asoslaniladi.

Hadis ikki xildir:



  • al-hadis al-qudsiy bu kabi hadisda, ma’no Allohdan, lafz esa PayG‘ambarniki bo‘ladi);

  • al-hadis an-nabaviy bunisida esa, ma’no ham lafz ham PayG‘ambarnikidir).

Tafsir ilmi bilan bir qatorda hadis ilmida musnadlar yozila boshladi. Islomning avvalgi vaqtida faqatgina oyatlarni yozma holida saqlab kelingan bo‘lsa, keyinchalik turli darajadagi soxta hadislar ham musulmonlar orasiga singib ketdi. Bu esa olimlar oldiga katta mas’uliyatli vazifani, ya’ni mana shu “mavzu” to‘qima hadislarni va “sahih” ishonchlilarini ajratib berish vazifasini qo‘ydi. “Sahih”, “Hasan”, “Zaif” kabi uch qismga bo‘lib o‘rganila boshlandi. “Sihoh as-sitta” olti ishonchli to‘plam) nomli hadislar majmuasi paydo bo‘ldi. Ularning asoschilari:

  • Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn Mug‘ira ibn Bardazbeh al-Buxoriy 194/810 yilda Buxoroda tug‘ilgan, 256/870 yili Samarqandning Xartang qishlog‘ida vafot etgan.), u “Sahih al-Buxoriy” nomli asar muallifidir.

  • Imom Abu-l-Husayn Muslim ibn Hajjoj Qushayriy Nishopuriy 202-261/817-875), u “sahih Muslim” asari muallifidir.

  • Imom Abu Dovud Sulaymon ibn Jorud ibn Ashas Sijistoniy Siystoniy) 202-275/817-889), u “sunani Abi Dovud” asari muallidir.

  • Imom Abu Abdurrahmon ibn Ali ibn Shabiy Nasoiy 215-303/830-915), u “sunani Nasoiy” asari muallifidir.

  • Imom Abu Abd Alloh Muhammad ibn Yusuf ibn Mojja 209-273/825-887), u “sunan Ibn Mojja” asari muallifidir.

  • Imom Abu Iso at-Tirmiziy vaf. 279/893 y.), u “Sunan at-Tirmiziy” asarining muallifidir.

Yana bu muhaddislar qatorida Abdulloh ibn Abd ar-Rahmon ad-Dorimiy Samarqandiyni 181/798-255/869) ham aytib o‘tish lozim. U “Sunan ad-Dorimiy” asari muallifidir. Imom Dorimiy hadis ilmini Samarqandda rivojlantirishga o‘zining katta hissasini qo‘shgan.

XI-XII asrlarga kelib Movarounnahrda hadis sohasida ancha olg‘a siljishlar bo‘ldi. Bu davrda yashagan olimlar faqatgina ma’lum bir chegaralangan doira ijod qilish bilan kifoyalanmay, balki imkon qadar ilmning ko‘proq qirralariga ega bo‘lishga intilganlar. Shunga ko‘ra biror-bir olim masalan, faqatgina mufassir yoki faqihning o‘zi emas, balki bir vaqtning o‘zida muhaddis ham bo‘lganlar. Chunki bu davrda, yuqorida aytib o‘tilgandek, diniy ixtiloflar kuchaygan edi. Shunga ko‘ra ulamolar bu ixtiloflarni oldini olish, bartaraf etish uchun har taraflama kuchli bilimga ega bo‘lishlari lozim edi.

O‘tilgan mavzu bo‘yicha savollar


  1. Qur’oni Karim qachon nozil bo‘la boshladi?

  2. Qur’on nozil bo‘lish davriga ko‘ra qanday qismlarga bo‘linadi?

  3. Qur’on qachon yaxlit kitob shakliga keltirildi?

  4. Qur’on qanday qism va bo‘limlardan iborat?

  5. Qur’onning jamlanishi kimlar tomonidan amalga oshirildi?

  6. Toshkentdagi “Mushafi Usmoniy” haqida nima bilasiz?

  7. Mashhur mufassirlardan kimlarni bilasiz?

  8. Qanday tafsirlarni bilasiz?

  9. Qur’onning o‘zbek tiliga tarjimasi kim tomonidan amalga oshirildi?

  10. Hadis deganda nimani tushunasiz?

  11. Hadislar qachondan boshlab yozila boshlandi?

  12. Eng mashhur muhaddislar kimlar?

  13. Qanday hadis to‘plamlarini bilasiz?

  14. Qanday hadis turlarini bilasiz?

  15. Imom al-Buxoriy kim bo‘lgan?

Adabiyotlar

  1. Islam. Ensiklopedicheskiy slovar. M., 1991, ss. 141-144, 262-263.

  2. Islam na territorii bivshey Rossiyskoy imperii. Ensiklopedicheskiy slovar. Vipusk 1.-M., 1998, ss. 47-58.

  3. Xrestomatiya po islamu. Per. s arabskogo. vved. i primech. -M., 1994.

  4. Ismoil Maxdum. Toshkentdagi “Mushafi Usmoniy” tarixi.

  5. Imom al-Buxoriy. al-Jomi as-sahih: IV jild.  T.: Qomuslar bosh tahr., 1991-1993.

  6. Imom al-Buxoriy. al-Adab al-Mufrad.  T.: O‘zbekiston, 1990.

  7. At-Termiziy. Shamoili Muhammadiya/Sayid Mahmud Taroziy-Alixon to‘ra tarjimasi. T.: Mehnat nashr., 1991.

  8. At-Termiziy. Sahih at-Termiziy/A.Abdullo tarjimasi.  T.: G‘. G‘ulom n. Adab. va san’at nashr., 1993.

  9. Uvatov U. Muslim ibn al-Hajjoj. T.: A. Qodiriy n. xalq merosi nashr., 1995.

  10. Uvatov U. Muhaddislar Imomi. T.: Ma’naviyat, 1998.

inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi”.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasi

8-Mavzu


VIJDON ERKINLIGI VA DINIY TASHKILOTLAR

Darsning maqsadi:

«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi yangi tahrirdagi qonunning qabul qilinishi, O‘zbekistonda amalda bo‘lgan turli diniy konfessiyalar, milliy istiqlol va ma’naviyat bir-biriga mustahkam bog‘liq tushuncha ekanligi, ma’naviyatning tarixan qaror topib borishida madaniyat va dinning o‘rni, dunyoviy davlatda dinning o‘rni, «Dunyoviylik – dahriylik emas» tamoyilining mohiyati, din siyosiylashuvining salbiy oqibatlari, O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari borasida tasavvur shakllantirish.

Tayanch so‘zlar

Diniy jamoa; Diniy guruh; Diniy tashkilot; Konfessiya; Mafkura; Legallik va nolegallik; Diniy marosim; Hurfikrlilik; E’tiqod erkinligi; Diniy idora.

Reja


  1. Vijdon erkinligi - diniy e’tiqod erkinligi.

  2. O‘zbekiston Respublikasida vijdon erkinligining qonun yo‘li bilan kafolatlanishi.

  3. Diniy ekstremizmga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish.

Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar masalasi ijtimoiy hayotda muhim va murakkab masala bo‘lib kelgan. Chunki uning zamirida shaxsning huquqi, demokratiya, adolatparvarlik va insonparvarlik kabi katta ijtimoiy, siyosiy, huquqiy va axloqiy tushunchalar yotadi. Vijdon erkinligi kishilarning ruhiy olamiga, uning sog‘lom va barkamolligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham bu masalaning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va bajaradigan vazifalari g‘oyat muhimdir. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ustavidan tortib, barcha xalqaro hujjat va shartnomalarda, hamma mamlakatlarning konstitutsiya va qonunlarida vijdon erkinligi o‘z ifodasini topgan. 1948 yilda qabul qilingan inson huquqlari umumiy deklaratsiyasiga muvofiq har bir inson fikrlash, vijdon va din erkinligi huquqiga ega. Bu huquq o‘z dini yoki e’tiqodini o‘zgartirish erkinligini, o‘z dini yoki e’tiqodiga o‘zicha, shuningdek boshqalar bilan birgalikda amal qilish kafolatini, ibodat qilishda va diniy marosimlarda yakka tartibda yoki odamlar orasida birga qatnashish erkinligini o‘z ichiga oladi.

Bundan tashqari bu masala yana bir murakkab hodisani - turli dunyoqarash, e’tiqodda bo‘lgan kishilar o‘rtasidagi, davlat bilan din, diniy tashkilotlar bilan davlat o‘rtasidagi munosabatlarning amalda huquqiy ta’minlanishini ham nazarda tutadi.

Odamlar doim turli dunyoqarash va e’tiqod bilan yashaganlar va yashaydilar. Har kimning o‘z ichki dunyosi, o‘z e’tiqodi bo‘ladi.

Vijdon erkinligi qandaydir bir mavhum tushuncha emas, u albatta ma’lum ijtimoiy vaziyatda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun uni konkret tarixiy, ijtimoiy sharoitsiz, ob’ektiv va sub’ektiv omillarsiz tasavvur qilish qiyin. Bundan tashqari “vijdon erkinligi” tushunchasini ilmiy talqin qilishda milliy, mafkuraviy va madaniy omillarni ham albatta nazarda tutish kerak.

Mustaqillik, yangilanish jarayoni hamma sohalar kabi vijdon erkinligi, davlat va din, dinga ishonuvchilar va ishonmaydiganlar o‘rtasidagi munosabatlar sohasini ham o‘z ichiga oldi. Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida asrlar osha qaror topgan vijdon erkinligiga yuksak va samimiy hurmat ifodalangan. 1992 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 31-moddasida har bir fuqaro uchun vijdon erkinligi huquqi kafolatlanadi.

Shuni mamnuniyat bilan qayd etish lozimki, keyingi yillarda davlat bilan diniy tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda juda katta o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Dinning jamiyatdagi o‘rni tiklanmoqda. Diniy uyushma va tashkilotlarning faoliyat ko‘rsatishlariga imkoniyat yaratilmoqda. Qator tarixiy obidalar diniy tashkilotlar ixtiyoriga o‘tkazildi, yangi masjidlar ochilmoqda. Diniy tashkilotlarning xalqaro aloqalari kun sayin kengayib bormoqda.

Mustaqillik yillarida vijdon erkinligi prinsiplarini tiklash va unga og‘ishmay amal qilish davr, kundalik hayot talabi va zaruriyatiga aylanib qoldi. 1991 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunni qabul qildi. 1998 yilda bu qonunning yangi tahriri qabul qilinib, 15 may kuni matbuotda e’lon qilindi va shu kundan e’tiboran u kuchga kirdi.

Mazkur Qonun 23 moddadan iborat. Uning 1-moddasida ushbu qonunning maqsadi nimalardan iborat ekanligi ochiq va ravshan bayon etilgan: “Ushbu Qonunning maqsadi har bir shaxsning vijdon erkinligi va diniy e’tiqod huquqini, dinga munosabatidan qat’inazar, fuqarolarning tengligini ta’minlash, shuningdek diniy tashkilotlarning faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solib turishdan iborat”.

Qonunning 3-moddasi vijdon erkinligi huquqi haqida bo‘lib, unda har bir fuqaro dinga munosabatini o‘zi mustaqil aniqlashi, u har qanday dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega ekanligi va bu huquq esa O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi tomonidan kafolatlanajagi ta’kidlandi.

4-moddada fuqarolarning dinga munosabatlaridan qat’inazar, teng huquqliligi haqida so‘z boradi. Rasmiy hujjatlarda fuqaroning dinga munosabati ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmasligi ta’kidlanadi.

Vijdon erkinligi haqidagi qonunning 5-moddasida O‘zbekiston Respublikasida din va diniy tashkilotlar davlatdan ajratilganligi ko‘rsatilgan. Bu degani davlat diniy masalalar bilan shug‘ullanmaydi, diniy tashkilot va diniy boshqarma ishlariga aralashmaydi. Din va diniy tashkilotlar ham davlat ishlariga aralashmasligi lozim. Lekin diniy tashkilotlar jamoat ishlarida ishtirok etish huquqiga egadirlar.

Shuningdek, mazkur moddada davlat turli diniy konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni qo‘llab-quvvatlashi, konfessiyalar o‘rtasida adovatni avj oldirishga, xususan, bir diniy konfessiyadagi dindorni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlarga, missionerlikka yo‘l qo‘ymasligi ta’kidlangan.

Diniy tashkilotlarga O‘zbekiston Respublikasida diniy xarakterga ega bo‘lgan partiyalar tuzish, respublikadan tashqaridagi diniy partiyalarning bo‘lim yoki filiallarini ochish man etiladi.

Dindan davlatga va Konstitutsiyaga qarshi targ‘ibot olib borishda, dushmanlik, nafrat, millatlararo adovat uyg‘otish, axloqiy negizlarni va fuqaroviy totuvlikni buzishda, bo‘hton, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalar tarqatishda, aholi o‘rtasida vahima chiqarishda hamda davlatga, jamiyat va shaxsga qarshi qaratilgan boshqa xatti-harakatlarda foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Terrorizm, narkobiznes va uyushgan jinoyatchilikka ko‘maklashadigan, shuningdek boshqa g‘arazli maqsadlarni ko‘zlovchi diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalar va boshqalarning bunday faoliyatlari taqiqlanadi.

Fuqarolar dinga bo‘lgan munosabatlaridan qat’inazar, ta’limning xilma-xil turlari va darajalarini egallashi mumkin. Qonunning 9-moddasida ko‘rsatilishicha, diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari ruhoniylarni va o‘zlariga zarur bo‘lgan diniy xodimlarni tayyorlash uchun diniy o‘quv yurtlari tuzishga haqli. Diniy o‘quv yurtlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxat o‘tkazilib, tegishli lisenziya olganidan keyin faoliyat ko‘rsatish huquqiga ega bo‘ladi.

Oliy va o‘rta diniy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq umumiy majburiy o‘rta ta’lim olganidan keyin qabul qilinadi.

Diniy ta’lim beruvchilar maxsus diniy ma’lumoti bor kishilar bo‘lib, bolalarni o‘qitish uchun diniy boshqarmaning yoki markazning ruxsatnomasiga ega bo‘lishi kerak. Xususiy diniy ta’lim berishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu qonun-qoidalarni buzganlar qonun oldida javobgardirlar.

Diniy tashkilotlar diniy ta’lim olish uchun fuqarolarni chet elga yuborishlar va chet el fuqarolarini ta’lim olish uchun qabul qilishlari mumkin.

Diniy tashkilot - bu ma’lum dinga ishonuvchilar va ularning jamoalarining uyushmasidir masjid, cherkov, sinagoga, diniy o‘quv yurtlari va h.k. kabi). Uni tashkil etish uchun unga bir xil e’tiqodga ega bo‘lgan kamida 100 kishi a’zo bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasining har qanday fuqarosi 18 yoshga to‘lganidan keyin ma’lum diniy jamiyatga a’zo bo‘lishi mumkin.

Diniy tashkilotlar o‘z mulklariga ega bo‘ladilar. Binolar, din bilan bog‘liq buyumlar, ishlab chiqarish va xayriya ishlariga mo‘ljallangan inshootlar, pul mablag‘lari hamda diniy tashkilotlar faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan boshqa mol-mulk diniy tashkilotlarning mulki hisoblanadi. Diniy tashkilotlarga tushadigan moliyaviy va mulkiy xayriyalardan, shuningdek fuqarolardan tushgan mablag‘lardan davlat solig‘i undirilmaydi.

Ibodat, diniy rasm-rusum va marosimlar o‘tkazish mahalliy hokimiyat tomonidan taqiqlanmaydi. Qonunning 3-moddasida ko‘rsatilishicha, dinga e’tiqod qilish yoki o‘zga e’tiqodlar erkinligi milliy xavfsizlikni va jamoat tartibini, boshqa fuqarolarning hayoti, salomatligi, axloqi, huquqi va erkinligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan darajadagina cheklanish mumkin.

Diniy tashkilotlar fuqarolarni ishga olishga haqlidirlar. Ular davlat, jamoat korxonalari va tashkilotlarining ishchi xizmatchilari bilan baravar soliq to‘laydilar, ijtimoiy ta’minlanish va sug‘urta qilish xizmatlaridan foydalanadilar. Umumiy asosda pensiya olishga haqlidirlar.Qonunning oxirgi 23-moddasida “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunni buzgan kishilar qonun oldida javob berishlari ko‘rsatilgan.

Konstitutsiyada hurfikrlilik, vijdon va diniy e’tiqod erkinligi masalalariga katta e’tibor berilgan. Unda dinning tarbiyaviy ahamiyatiga yanada ko‘proq e’tibor berilishi lozimligi ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojoanadi. Uning hududida 14 ta diniy kofessiya vakillari istiqomat qiladilar. Yuqoridagi qonunda keltirilganidek, ular Konstitutsiya oldida huquq va majburiyat yuzasidan tengdirlar. Konstitutsiyaning 12-moddasida ta’kidlanishicha, hech qanday mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emas. Shunga ko‘ra, hech qanday konfessiya boshqalaridan ustun deb qaralishi yoki ularga o‘z ta’sirini o‘tkazishi mumkin emas.

O‘tilgan mavzu bo‘yicha savollar


  1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida diniy e’tiqod erkinligiga qanday munosabat bildirilgan?

  2. Diniy e’tiqod erkinligi haqida Konstitutsiyaning qaysi Qonunida so‘z yuritiladi?

  3. “Diniy tashkilotlar” deganda nimalar nazarda tutiladi?

  4. Diniy tashkilotlarga kimlar a’zo bo‘la oladi?

  5. Turli konfessiyalar orasida nizo chiqmasligi uchun davlat qanday tadbirlarni qo‘llaydi?

Adabiyotlar

  1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T., 1992. - 48 bet.

  2. “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni yangi tahriri)/ O‘zbekistonning yangi qonunlari, ¹ 19. T., Adolat, 1998, 224-234-betlar, Xalq so‘zi, 1998, 15-may, 2-bet.

  3. Karimov I.A. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. T., O‘zbekiston, 1992.


Yüklə 7,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə