Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi psixologiya va pedagogika


bilishi va ulardan foydalana olishi



Yüklə 13,21 Mb.
səhifə89/102
tarix15.01.2023
ölçüsü13,21 Mb.
#98632
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   102
Majmua Ped psixologiya 2022 фарм

bilishi va ulardan foydalana olishi;
- Turli xil hayotiy vaziyatlarda shaxsni o‘rganishda pedagogikaning har xil usullarini qo‘llash;
- Talaba psixologik hodisa va jarayonlarni tahlil qilish usullarini qo‘llash, psixologik muammolar bo‘yicha yechimlar qabul qilish –ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.


II.Asosiy nazariy qism (Ma’ruza mashg’ulotlari)
II.1 Fan tarkibiga quydagi mavzular kiradi.
Psixologiya va pedagogika moduli
1-mavzu. Psixologiya fanining predmeti , maqsad va vazifalari
“Psixologiya” tabiiy va ijtimoiy ilmiy fan sifatida. Psixika tirik mavjudotning ob’ektiv borliqni aks ettirish shakllaridan biri ekanligi to‘g‘risida umumiy tushuncha. Psixikaning aks ettirish va boshqaruvchanlik vazifalari. Psixikaning taraqqiyot bosqichlari. Psixika va ong. Ong va ongsizlik (anglanmagan, ong darajasiga borib yetmagan harakatlar) holatlari. Psixologiya va falsafa. Psixologiya fanining nazariy hamda amaliy vazifalari.“Psixologiya” fanining tarmoqlari, ishlab chiqarish, ta’lim tizimi,tibbiyot, oila, umuman hayotdagi ahamiyati.“Psixologiya” fanining vazifalari, tadqiqot metodlari va ularning ishlab chiqarish, ta’lim tizimi, tibbiyot, oilada qo‘llanishi.


2-mavzu. Shaxsning psixik bilish jarayonlari
Shaxsning bilish jarayonlari haqida umumiy tushuncha. Diqqat haqida tushuncha. Diqqatning fiziologik asoslari. Diqqatning turlari. Diqqatning asosiy xususiyatlari.Parishonlik. Diqqat-e’tiborlilik (ziyraklik) shaxsning fazilatidir.
Bilish jarayonlari. Sezgi. Sezgi turlari, ularning o‘rni va o‘ziga xos xususiyatlari. Sezgirlik va uning o‘zgarishi. Idrok. Idrokning umumiy ta’rifi. Idrokning yaxlitligi, anglangan bo‘lishi,ayrim narsalarga qaratilishi va barqarorligi. Xotiraning umumiy xarakteristikasi va fiziologik asoslari.Xotira nazariyalari. Esda qoldirish, uning shartlari va usullari. Tanish vaesga tushirish. Esda saklash va unutish. Xotira turlari. Xotiraning individual farqlari. Tafakkur haqida tushuncha.
Tafakkur turlari. Fikrlash operatsiyalari. Tushuncha, xukm va xulosa chiqarish. Til va nutq tugrisida umumiy tushuncha. Nutqni idrok qilish va tushunish. Nutq turlari. Xayol. Xayol turlari va obrazlar yaratish usullari.

Yüklə 13,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə