Toshkent moliya instituti hisob va audit fakulteti «buxgalteriya hisobi» kafedrasi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/23
tarix06.05.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#108827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
 
dargohlarining oshxonalarida 
qo‘yiladi. 
Umumiy ovqatlanish korxonalarini tashkil etish va umumiy ovqatlanish 
mahsulotlarini
 
(xizmatlarni) ishlab chiqarish
 
va sotish tartibi 0‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
 
«Yuridik va jismoniyshaxslarni 
ro’yhatdan o‘tkazish va ular tomonidan savdo faoliyatini amalga oshirilishini 
tartibga solish
 
chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2002-yil 16-noyabrdagi 407-son
 
qarori
 
bilan tasdiqlangan «Ulgurji va chakana savdo faoliyatini ro’yhatdan 
o‘tkazish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom», Shuningdek 2003-yil 
13-fevraldagi 75-son qaror bilan tasdiqlangan «O

zbekiston Respublikasida 
umumiy ovqatlanish mahsulotlari (xizmatlari)ni ishlab chiqarish va sotish 
qoidalari» bilan tartibga solingan. 


21 
1.2.Xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda audit tekshiruvini tashkil 
etishning o’ziga xos xususiyatlari. 
Respublikamizda xizmat ko’rsatuvchi korxonalar moliyaviy barqarorligini 
oshirish, sodir bo’lgan xo’jalik muomalalarini amaldagi me’yoriy hujjatlar 
talablariga muvofiqligini ta’minlash ular amaliyotida auditorlik xizmatidan 
unumli foydalanishni taqozo etadi. 
Xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda auditorlik ichki va tashqi ko’rinishda 
bo’lishi mumkin. Ichki audit korxona rahbariyatiga bo’ysinuvchi va xodimlar 
shtatida hisobga olinadigan shaxsalar tomonidan amalga oshiriladi. Uning asosiy 
maqsadi savdo korxonasida aktivlarning but saqlanishini, xodimlarning o’z 
vazifalarini to’g’ri bajarishni tekshirish hisob siyosatiga rioya etilishini 
ta’minlaydigan usul chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat. 
Tashqi audit esa tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi, maxsus 
litsenziyaga ega bo’lgan mustaqil auditorlik tashkiloti tomonidan o’tkaziladi. 
Shuningdek, xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda tashqi audit xizmatini 
tashkil etish va samaradorligini oshirish uning me’yoriy-huquqiy asoslarini 
takomillashtirishga bevosita bog’liq. Mazkur korxonalarda auditorlik 
tekshiruvini o’tkazishning huquqiy asoslarini tashkil etuvchi me’yoriy hujjatlar 
quyidagilarga bog’liq bo’ladi: 

auditni tashkil qilish; 

auditorlik tekshiruvini o’tkazish; 

audit natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish; 

auditorlarni tayyorlash va qayta tayyorlash
Mamlakatimizda auditorlik faoliyatini huquqiy asoslarini O’zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasi, 
yangi 
tahrirdagi 
«Buxgalteriya hisobi 
to’g’risida»gi, «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunlar, «Maxsulot (ish va 
xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy 
natijalarini shakllantirish tartibi to’g’risida»gi NIZOM 2003-yil 25-dekabrdagi 
567-sonli qarori asosidagi o’zgartirishlar bilan va boshqa me’yoriy hujjatlar 
tashkil qiladi. Bu me’yoriy hujjatlar talablariga rioya qilish mamlakatimizda 


22 
auditorlik firmalarining mavqeini oshirish va audit xizmati bozorini 
rivojlantirishga imkon yaratadi. 
“Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni 
auditorlik firmasi huquq va majburiyatlarini, shuningdek auditorlik tekshiruvini 
o’tkazish tartibini ifodalaydi. Jumladan bu qonunning 9-moddasiga ko’ra, 
«auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborotlarning 
to’g’riligi va qonun hujjatlariga muvofiqligini aniqlash maqsadida xo’jalik 
yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotini hamda u bilan bog’liq moliyaviy 
axborotni auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshirishdir»
5


Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə