Toshkent moliya instituti hisob va audit fakulteti «buxgalteriya hisobi» kafedrasi


-chizma.Moliyaviy hisoboti auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/23
tarix06.05.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#108827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
3-chizma.Moliyaviy hisoboti auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning 
umumiy konsepsiyasi.
5
,,Auditorlik faoliyati to’g’risida’’gi qonun 9-modda. 
Audit o’tkazish
konsepsiyasi
Auditorlik qoidalari
Auditorlik faoliyati 
standartlari
Ahloqiy 
me’yorlar
Manfaatlar 
to’qnashuvi
ehtimoli
Mustaqillik
Malakaviy
majburiyatlar
Rejalashtirish va 
nazorat
Auditorlik 
faoliyatining bir 
xilligi
Yuqori malakaviy 
tayyorgarlik
Mustaqillik
Yuqori malakali 
tayyorgarlik 
(professionallik)
Ishonchlilik
Ichki nazorat va uning 
ishonchliligi
Ishchi nazorat 
tizimi tuzilishi bilan 
tanishish
Auditor malakasi
O’tgan hisobot davrida 
ma’lumotlarning 
kelgusida ishonchliligi
To’liq,muhim va 
ishonchli ma’lumotlar


23 
Bu chizmadan ko’rinib turibdiki, unda moliyaviy hisobotni auditorlik 
tekshiruvidan o’tkazishning umumiy konsepsiyasi audit o’tkazish konsepsiyasi, 
auditorlik qoidalari va auditorlik faoliyati standartlari kabilarga ajratilib 
ko’rsatiladi. 
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda xizmat ko’rsatish korxonalarida 
auditorlik tekshiruvining asosiy vazifasini quyidagi taribda belgilash mumkin: 

xizmat ko’rsatish korxonasida amaldagi qonunchilik hujjatlariga 
rioya etilishini tekshirish; 

savdo muomalalarini buxgalteriya hisobi schyotlarida to’g’ri aks 
ettirilganligini tekshirish; 

xizmat ko’rsatish korxonasida amalga oshirilgan hisob-kitoblarning 
aniqligini tahlil qilish; 

moddiy-moliyaviy resurslardan oqilona foydalanilishini tekshiruvdan 
o’tkazish; 

ulgurji va chakana savdo korxonalarini moliyaviy hisobot shakllarida 
aks ettirilganligini aks ettirish. 
Bozor munosabatlarida xizmat ko’rsatish korxonalarida tashqi auditorlik 
tekshiruvini tashkil etishning asosiy maqsadi amalga oshirilgan savdo va 
xizmatlar muomalalarini mavjud me’yoriy hujjatlarga mosligini va ularda 
moliyaviy hisobotning tuzilish tartibini to’g’riligini aniqlashdan iborat. 
Moliyaviy hisobotni tashqi auditorlik tekshiruvidan o’tkazishda quyidagi 
konsepsiyaga tayanish maqsadga muvofiqdir. 
Shuningdek, mazkur Qonunga muvofiq, quyidagi xo’jalik sub’ektlari bir 
yilda bir marotaba majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tishlari shart. 

aksiyadorlik jamiyatlari; 

banklar va boshqa kreditorlik tashkilotlari; 

sug’urta tashkilotlari; 


24 

investitsiya fondlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning 
ixtiyoriy badallari bo’lmish xayriya fondlari va boshqa ijtimoiy 
fondlar; 

ustav kapitalida davlatga tegishli ulushi bo’lgan xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlar. 
Auditorlik tashkilotlari buxgalteriya hisobini yo’lga qo’yish va yuritish, 
moliyaviy hisobotni tuzish, korxonalar moliya-xo’jalik faoliyatini tahlil etish, 
buxgalteriya va soliq hisobotlariga oid maslahatlar berish, soliq va boshqa 
majburiy to’lovlar bo’yicha hisob-kitob va deklaratsiyalarni tuzish kabi 
professional xizmatlarni ham ko’rsatadilar. 
Xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda tashqi auditorlik tekshiruvini 
o’tkazishda auditorlik standartlari muhim ahamiyat kasb etadi. 
Do’stmuratov R.D.ning ta’kidlashicha, «auditorlik faoliyati milliy 
standartlari (AFMS) – bu barcha auditorlik tashkilotlari o’zlarining professional 
faoliyatlari jarayonida rioya qilishlari lozim bo’lgan yagona asosiy 
tamoyillardir» (2.48., 44b.). 
Umuman olganda, auditorlik standartlari audit o’tkazish tartib-qoidalari va 
ketma-ketligini ifodalaydi. Ularni ichki audit, tashqi audit, xalqaro audit, milliy 
audit va auditorlik firmasining audit standartllariga bo’lish mumkin. 
Auditorlik faoliyatining xalqaro va milliy standartlarini tadqiq etgan holda 
xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda tashqi auditorlik tekshiruvini tashkil etishda 
quyidagi talablarga asoslanish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. 
Respublikamizda qabul qilingan auditorlik faoliyatining milliy standartlari 
xalqaro standartlar talablariga muvofiq ishlab chiqilgan bo’lib, 20 tani tashkil 
etadi. Ularda auditni rejalashtirish qoidalari, mijozning xo’jalik faoliyati bilan 
tanishish tartibi, auditorlik xatarini belgilash, auditorlik tekshiruvi o’tkazishning 
xususiyatlari, auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasiga qo’yiladigan talablar 
va boshqalar ifodalagan. Shunga qaramasdan, respublikamizda auditorlik 
tekshiruvini rejalashtirish, tashkil etish va o’tkazish uslubini ishlab chiqish 
borasida ayrim muammolar yuzaga kelmoqda. Jumladan, Norbekov.D.E.ning 


25 
aytishicha, «auditorlik tashkilotlarining faoliyatini kengaytirish auditorlik 
kompaniyalari orqali amalga oshiriladi. Bu kompaniyalarda tarmoq harakteridan 
kelib chiqqan holda auditorlarni tayyorlash davr talabi bo’lib qolmoqda». 
Biz ushbu muallifning fiklarini qo’llab-quvatlaymiz. Haqiqatdan ham ilmiy 
tadqiqotlarning tasdiqlashicha, hozirgi kunda respublikamizda xizmat ko’rsatish 
korxonalarining o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ularni 
auditorlik tekshiruvidan o’tkazish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu 
borada savdo sohasida etarlicha bilim va amaliy tajribaga ega auditorlarni 
tayyorlash zarur. 
Bozor munosabatlarini rivojlantirish sharoitida respublikamiz xizmat 
ko’rsatish korxonalarida kompleks auditni tashkil etish tartibini belgilash, uning 
tarkibini aniqlash dolzarb masalalardan hisoblanadi. 
Xizmat ko’rsatish korxonalarida kompleks auditorlik tekshiruvini o’tkazish 
ularda ularda qo’llaniladigan audit shakllariga bevosita bog’liq. Audit 
shakllariga tasdiqlovchi, maqsadli va auditning tavakkalchilikka asoslangan 
shakllarini kiritish mumkin. 
Auditning tasdiqlovchi shaklida sodir bo’lgan savdo muomalalari va savdo 
jarayonlari tekshiriladi. Auditning bunday shaklida ichki, tashqi, moliyaviy va 
iqtisodiy samaradorlik auditi turlari keng foydalaniladi. 
Auditning maqsadli yoki yo’naltirilgan shakli ma’lum maqsad va 
vazifalarga qaratilgan bo’ladi. Xizmat ko’rsatish korxonalari o’z rivojlanish 
yo’nalishlarini belgilamoqchi yoki investitsiyalarni ma’lum shaklda (xom-
ashyo, tovar, pul) jalb qilmoqchi bo’lsa auditning mazkur shaklidan foydalanish 
maqsadga muvofiqdir. 
Xizmat ko’rsatish korxonalari shuningdek, savdo korxonalari o’z 
faoliyatlarini tavakkalchilik asosida yuritadilar. Ammo, tavakkalchilik har doim 
ham ijobiy samara beravermaydi. Shunday paytlarda tavakkalga asoslangan 
audit shaklini qo’llash zaruriyati tug’iladi. Ushbu audit shakli tadbirkorlikni 
rivojlantirish hamda ko’proq foyda olishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish 
imkonini beradi. 


26 
Tovarlar muomalarini tekshirishda auditorlar tanlama audit usulidan keng 
foydalanishlari lozim. Tanlash hajmiga auditorlik dalillarining etarliligi, o’z 
vaqtidaliligi va ishonchliligini ta’minlash muammosi bevosita bog’liq. Bunda 
auditorlar qanday tadbirlarni tanlashni va ularni qachon bajarishni aniqlab 
olgach, tanlovdagi birliklar miqdori, ularning hajmi, asosiy belgilari kabilarni 
aniqlaydi. 
Auditorlar tanlovning turli ussullaridan foydalanadilar. Ularning orasida 
asosiylari sifat miqdoriy tanlov usullaridir. Tanlab kuzatishning mazkur usullari 
asosida statistik tanlov tashkil etiladi. 
Auditor yordamchisining tanlov natijasida olgan axborotlari auditor uchun 
ham foydalidir. Bu axborotlar unga korxonaning moliyaviy holatini baholashda 
yordam 
beradi. 
Bundan 
tashqari buxgalteriya yozuvlarini noto’g’ri 
rasmiylashtirilganligi to’g’risida to’plangan auditorlik dalillari auditorga 
korxonaga 
taqdim 
etiladigan 
maxsus 
xatda 
ichki 
nazorat 
tizimini 
mustahkamlashga doir tavsiyalar berishga ko’maklashadi. 
Xizmat ko’rsatish korxonasi bilan auditorlik firmasi o’rtasidagi huquqiy-
iqisodiy munosabatlar ular o’rtasida tuziladigan shartnomalar orqali tartibga 
solib boriladi. Auditorlik shartnomasi audit o’tkazishga asos hisoblanib, xizmat 
ko’rsatish korxonasi va auditorlik firmasining huquq va majburiyatlarini 
ifodalovchi huquqiy hujjat hisoblanadi. Auditorlik shartnomasi qanchalik to’g’ri 
va asosli tuzilgan bo’lsa, uning samarasi shunchalik yuqori bo’ladi. 
Mazkur muomalalarga asosan xizmat ko’rsatish korxonalarining ma’lum 
faoliyati auditorlik tekshiruvidan o’tadi. Bunday tekshiruvnig ob’ektlari bo’lib 
xizmat ko’rsatish muomalalari, sotish muomalalari, debitorlik va kreditorlik 
qarzlari bo’yicha hisob- kitoblar, pul-valyuta muomalalari, bank muomalalari, 
byudjet bilan hisoblashishlar va boshqalar bo’lishi mumkin. Auditorlik 
xizmatini ko’rsatishga mo’ljallangan auditorlik shartnomalariga asosan 
mijozlarga har oyda yoki har chorakda xizmat ko’rsatiladi. Bunday xizmatlar 
xizmat ko’rsatuvchi korxonalarning hisob siyosatini belgilash, joriy hisobni 


27 
yuritish, moliyaviy hisobotni tuzish, soliqlarni to’g’ri hisoblash kabi muomalalar 
bo’lishi mumkin. 
Auditorlik shartnomasini tuzishda ma’lum ketma –ketlikka rioya qilish 
lozim. Tekshiruvdan avval xizmat ko’rsatuvchi korxonaning faoliyati atroflicha 
o’rganiladi, auditning maqsadi, vazifalari va ob’ekti aniqlanadi. 
Xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda kompleks auditorlik tekshiruvining 
samaradorligini ta’minlash uni to’g’ri rejalashtirishni talab etadi. Audit rejasini 
tuzish korxona faoliyatini tekshirishga rozilik berish va shartnoma tuzishdan 
oldin tuziladi. Audit rejasi ixcham tuzilgan va tushunarli bo’lishi kerak. 
Hozirgi kunda xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda kompleks auditorlik 
tekshiruvini tashkil etish va rejalashtirish bosqichlarini ishlab chiqish dolzarb 
masala hisoblanadi. 
O’zbekiston Respublikasi auditorlik faoliyatining 3-sonli «Auditni
rejalashtirish» nomli milliy standartning 1.1.-bandida auditni rejalashtirishning 
quyidagi bosqichlari belgilab qo’yilgan: 

dastlabki rejalashtirish; 

auditning umumiy rejasini tayyorlash va tuzish; 

auditning umumiy dasturini tayyorlash va tuzish (1.16., 103 b.). 
O’razov K.B.ning ta’kidlashicha, «auditni tashkil etishni shartli ravishda 
quyidagi to’rtta bosqichga bo’lish mumkin: 

auditni boshlashga qadar bo’lgan bosqich; 

auditorlik tekshiruvini o’tkazish bosqichi; 

auditorlik tekshiruvi natijalarini jamlash va rasmiylashtirish 
bosqichi; 

auditorlik tekshiruvi natijalarini tadbiq etish bosqichi; 
Xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda audit yuqoridagi tartibda tashkil etilsa 
maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.


28 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə