Toshkent moliya instituti hisob va audit fakulteti «buxgalteriya hisobi» kafedrasi


Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/23
tarix06.05.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#108827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi. 
Bitiruv 
malakaviy ishi kirish, uch bob, xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar 
ro’yxatidan iborat. Bitiruv malakaviy ishida 6 ta jadval, 5 ta chizma ham 
keltirilgan. 



I-BOB. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida xizmat 
ko’rsatuvchi korxonalarda buxgalteriya hisobi va auditni tashkil etishning 
nazariy uslubiy-asoslari. 
1.1
 
Xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil 
etishning ahamiyati. 
O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlarning hozirgi 
bosqichida iqtisodiyotni erkinlashtirish, mamlakatni modernizatsiyalash, makro-
mikroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash evaziga uzluksiz iqtisodiy o’sishga 
erishishdek dolzarb vazifa qo’yilgan. Bu esa o’z navbatida xo’jalik yurituvchi 
sube’ktlarning moliyaviy natijalarini tahlil qilish va buxgalteriya hisobini 
qonunda belgilab qo’yilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida yuritilishini 
talab etadi. Zero, Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlab o’tganidek: «…iqtisodiy 
vaziyatni har tomonlama tahlil qilmay turib, jamiyatning sifat jihatdan yangi 
holatiga o’tib bo’lmaydi»
3

Albatta prezidentimizning bu so’zlaridan anglashimiz mumkinki, iqtisodiy 
vaziyatni tahlil qilish uchun bizga iqtisodiy ma’lumotlar kerak bo’ladi. Iqtisodiy 
manbalarni shakllantirib beruvchi bo’lim buxgalteriya bo’limidir. Buxgalteriya 
bo’limini har bir xo’jalik yurituvchi sub’ektda tashkil etish bu iqtisodiy 
vaziyatni har tomondan nazorat va tahlil qilish imkonini beradi. Shuningdek, 
xizmat ko’rastuvchi korxonalarda buxgalteriya hisobini to’g’ri va belgilangan 
me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq ravishda tashkil etish bu xo’jalik 
yurituvchi sub’ektning oldiga qo’yilgan asosiy vazifadir. 
Mamlakat rivoji kengaygan sari mamlakatda o’z-o’zidan yangi-yangi soha 
va tarmoqlarni paydo bo’lishiga ehtiyoj seziladi. Bu ehtiyojlarni qondirish 
maqsadida yangi sohalarning paydo bo’lishi, bu sohalarni davlat va tegishli 
davlat idoralari tomonidan tartibga solinishi talab etadi. Chunki tartib yo’q joyda 
yuksalish kuzatilmaydi. Bu tartiblarni amalda bajarilishini davlat soliq 
idoralariga soliq idoralari esa xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga yuklaydi. 
3
Karimov.I.A Bizdan ozod va obod vatan qolsin. – Toshkent, 1994,- 8b. 



Aslini olganda O’zbekiston Sharq va G’arbni bog’lovchi maskan 
hisoblangan. Bizning diyorimiz Buyuk Ipak Yo’lining markazi hisoblangani 
sababli ko’plab savdogar va yo’lovchilar bizning mamlakatimizga to’xtab 
o’tishgan. Ajdodlarimizning o’zlari ham savdo-sotiq ilm sohasi va boshqa 
ko’plab sohalar bilan shug’ullanishgan. Bu sohalar bugunga kunga kelib, 
rivojlantirilyapti. Bu esa o’z navbatida rivojlangan davrda xizmat ko’rsatuvchi 
korxonalarning hisobini yuritilishini talab etadi. 
Xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil etish
iqtisodiyotda muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish 
sharoitida buxgalteriya hisobini to’g’ri tashkil etish xizmat ko’rsatuvchi 
korxonaning kelajakdagi faoliyatiga o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatadi. 
Bizning fikrimizcha xizmat ko’rsatish korxonalari o’zlik mablag’laridan, 
bank kreditlari, ssuda kapitalidan foydalanib, mavjud tovarlar va xizmatlarni 
sotish natijasida foyda olishga yo’naltirilgan faoliyat turi bilan shug’ullanuvchi 
korxonalardir. 

1-chizma. Xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda buxgalteriya hisobining 


ob’ektlari. 
Xizmat ko’rsatuvchi korxonalarida buxgalteriya hisobining hozirgi 
holatini tahlil qilish uni takomillashtirishdagi mavjud muammolarni 
quyidagilarga ajratish imkonini beradi: 
- buxgalteriya hisobining kontseptual asoslarini rivojlantirishga doir 
muammolar; 
Xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda buxgalteriya hisobining ob’ektlari
XK korxona 
mablag’lari 
XK korxona 
mablag’larin
ing tashkil 
topish 
manbalari 
XK 
korxona 
jarayonlari 
XK 
korxona 
moliyaviy 
natijalari 


10 
- buxgalteriya hisobi borasidagi nazariy va amaliy muammolarni 
aniqlash; 
- buxgalteriya hisobining huquqiy asoslarini takomillashtirish; 
Xizmat ko’rsatish korxonalarida buxgalteriya hisobining kontseptual 
asoslarini rivojlantirishga doir muammolar ularda oqilona hisob siyosatini 
tashkil etish, yangi ishchi schyotlar rejasini ishlab chiqish, tovar (ish, 
xizmatlar)ni sotish bahosini shakllantirish, soha xususiyatlariga asoslangan 
holda moliyaviy, statistik, soliqlar va boshqa hisobot shakllarini tuzish uslubini 
yaratish kabi masalalar bilan bogliq. 
Biz xizmat korsatish korxonalari sifatida:
2-chizma. Xizmat ko’rsatuvchi korxonalarning turlari. 
Albatta har bir korxonaning buxgalteriya hisobi bir-biridan farq qiladi. 
Misol uchun savdo korxonalarini ham ikki guruhga ya’ni chakana savdo va 
ulgurji savdoga ajratishimiz mumkin ya’ni bu degani ulgurji savdo 
korxonalarida asosan savdo pul o’tkazish yo’li bilan yuritilsa chakana savdo 
korxonalarida savdo ham plastik, ham pul o’tkazish yo’li bilan ham naqd pul 
bilan amalga oshiriladi. Har bir soha ya’ni xizmat ko’rsatish sohasida 
buxgalteriya hisobi o’zgacha. Har birining o’z usuli mavjud. Shuning uchun biz 
har bir xizmat ko’rsatuvchi korxonaning buxgalteriya hisobini alohida-alohida 
yoritamiz. 
Respublukamiz xizmat ko’rsatish faoliyatini tartibga solish va 
rivojlantirishga qaratilgan hukumat chora-tadbirlarini amalga oshirishda katta 
o’rin boshqarishning muhim vositalaridan bo’lgan buxgalteriya hisobi va soliqqa 
berilgan. Buxgalteriya hisobini to’g’ri tashkil qilinishi xizmat ko’rsatish 
XIZMAT KO’RSATUVCHI KORXONALAR 
savdo-tijorat 
korxonalari 
umumiy ovqatlanish 
korxonalari 
avtotransport 
korxonalari 


11 
faoliyatini belgilangan qoidalarga amal qilinishiga, qonunbuzarchiliklarni oldini 
olishga, savdo pullarini o’z vaqtida banklarga topshirilishiga, xizmat 
ko’rsatuvchi korxonalarining davlat oldidagi soliqlar va to’lovlar bo’yicha 
majburiyatlarini to’liq ado etishga imkon yaratadi. 
Har qanday jamiyatni harakatga keltiruvchi kuchlardan biri savdo 
hisoblanadi. Chunki jamiyatda yaratilgan nozu-ne’matlarni iste’molchilarga 
etkazib berish aynan savdo orqali amalga oshiriladi. Savdo jamiyatda yuz 
bergan va berayotgan ishlab chiqarishning takrorlanishini, ya’ni takror ishlab 
chiqarishni, davomiyligini bevosita ta’minlab beruvchi vosita hisoblanadi. 
Savdoda ishlab chiqarilgan tovarlar pulga almashtiriladi, demak davlatning 
pul muomalasi siyosatini amalga oshirishda, pul tushumlari rejasini bajarishda 
savdoning o’rni beqiyos hisoblanadi. 
Respublikamiz 
prezidenti 
va 
hukumati 
mamlakatimizda 
savdoni 
rivojlanishiga juda katta e’tibor bermoqda. Buning yorqin guvohi sifatida shuni 
ta’kidlash mumkinki, mustaqillik yillarida mamlakatimizda savdo faoliyatini 
liberallashtirish, savdo korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiy 
savdo shaxobchalarini , yakka tartibdagi xususiy tadbirkorlik asosidagi savdo 
faoliyatini kengaytirishga keng yo’l ochib berildi. Lekin, jamiyatimiz uchun 
yangi bo’lgan xususiy savdo tijoratchilik faoliyati tadbirkorlar tomonidan savdo 
qoidalarini 
buzish, 
savdodan 
tushgan 
pullarni 
bank 
muassasalariga 
topshirmaslik, katta miqdordagi pul mablag’larini qo’ldan–qo’lga o’tib ketishi, 
pirovard natijada banklarda pul mablag’arining tanqisligini vujudga kelishi, 
qo’shimcha pul emmissiyasini amalga oshirish va boshqa shu kabi salbiy 
holatlarga ham olib keldi. Shuning uchun respublika hukumati tomonidan oxirgi 
ikki 
yilda 
savdo 
faoliyatini 
tartibga 
solish 
va 
uni 
rivojlantirish, 
iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, xalq iste’mol tovarlarini 
respublika hududiga olib kirish va undan olib chiqib ketish, pul muomalasini 
takomilllashtirish borasida qator chora-tadbirlar va qarorlar qabul qilindi. 
Jumladan, Respublika vazirlar mahkamasi tomonidan qabul qilingan 2002-yil 
26-noyabrdagi «Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan olib boriladigan savdo 


12 
faoliyatini qayd etish va yuritishni tartibga solish bo’yicha chora-tadbirlar 
to’g’risida» 407-son qarori, 2003-yil 4-fevraldagi «Ulgurji savdo korxonalarini 
rivojlantirishning qo’shimcha chora-tadbirlari» to’g’risida 62-son qarori, 2003-
yil 13-fevraldagi «O’zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari va 
O’zbekiston respublikasida umumiy ovqatlanish maxsulotlari (xizmatlari)ni 
ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash” to’g’risida 75-son qarori 
respublikamizda savdo faoliyatini tubdan yaxshilash va rivojlantirish, ularni 
iste’molchilar 
manfaatlariga 
moslashtirish, 
savdo 
faoliyatida 
qonunbuzarchiliklarni oldini olishga qaratilgan davlatimiz siyosatining yorqin 
namunasidir. 
Shuni ta’kidlash joizki, mustaqillik yillarida savdo korxonalarini davlat 
tasarrufidan chiqarilishi, savdoni liberallashtirish, xususiy savdoni rivojlanishiga 
e’tiborni kuchayishi, mos ravishda, savdo korxonalarida buxgalteriya hisobini 
tashkil etish bo’yicha yangi zamon talablariga mos keluvchi me’yoriy hujjatlarni 
ishlab chiqishni taqozo qilmoqda. O’tkazilayotgan soliq nazoratlari va auditorlik 
tekshiruvlarida tekshiruvchi xodimlar Respublika Xukumati tomonidan savdo 
faoliyatining buxgalteriya xisobiga doir tasdiqlangan maxsus me’yoriy 
hujjatlarni yo’qligi sababli ma’lum darajada qiyinchiliklarga uchramoqdalar va 
ko’p munozaralarga sababchi bo’lmoqdalar. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida savdo tijorat korxonalarining oldiga tovarlarni 
iste’molchilarga belgilangan miqdorda va muddatda yetkazib berish, tovarlarni
omborlarda sifatli saqlanishini tashkil etish, xaridorlarni zarurat tovarlarga 
bo’lgan talabini tezkor tahlil qilish, ularga zamonaviy servis xizmatlari 
ko’rsatish kabi bir qancha muhim vazifalar qo’yiladi. 
Savdo-tijorat faoliyatida muhim iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichi bo’lib 
tovar aylanmasi hisoblanadi. Unga «Entsiklopedik lug’at»da quyidagicha ta’rif 
berilgan. «Tovar oboroti. 1) tovarlar muomalasi jarayoni. 2) Ishlab chiqarish 
vositalari va iste’mol predmetlarini sotish jami qiymatini aks ettiradigan 
iqtisodiy ko’rsatkich. Ulgurji va chakana tovar oborotiga bo’linadi. Ulgurji tovar 
oboroti ishlab chiqarish va sotish korxonalari tomonidan chakana savdo 


13 
tashkilotlarida sotilgan va sanoat usulida qayta ishlash uchun korxonalarga 
berilgan tovarlar sotish hajmini o’z ichiga oladi. Chakana tovar oboroti chakana 
savdo tarmog’i, umumiy ovqatlanish korxonalari, shuningdek atel’e, remont 
ustaxonalari va boshqalar tomonidan aholiga tovarlar sotish hajmi va xizmat 
ko’rsatishdan iboratdir» 
Ayni paytda iste’mol bozorida tovarlarni sotilishi borasida ayrim 
muammolar mavjud. Bu holatni aholining to’lovga qobiliyatligini pasayganligi 
va soliq yukining kattaligi bilan izohlash mumkin. Mazkur muammolarni 
yechishda O’zbekiston Respulikasi Prezidentining soliqqa tortishni tartibga 
solish bo’yicha 2003-yil 30-iyundagi Farmonini qabul qilinishi savdo 
tashkilotlarining aylanma mablag’larini ko’paytirishga, savdoning rivojlanishiga 
va naqd pul tushumining ko’payishiga imkon yaratdi.
4
Savdo tijorat korxonalarining boshqaruvi samaradorligini oshirish, 
moliyaviy 
holatini 
yaxshilash 
ular xo’jalik faoliyatini ifodalovchi 
ko’rsatkichlarni son jihatdan tavsiflash, bu korsatkichlar to’g’risidagi 
axborotlarni yig’ish, qayd etish va umumlashtirish hamda hujjatlarda 
rasmiylashtirishni taqozo etadi. Mazkur masalalarni bevosita savdo tijorat 
korxonalarida buxgalteriya hisobini samarali tashkil etish orqali muvafaqqiyatli 
amalga oshirish mumkin. Savdo korxonalarida buxgalteriya hisobi ushbu 
xo’jalik yurutuvchi sub’ektlarning tovar aylanish rejasi va moliyaviy xo’jalik 
faoliyatini baholashning asosiy mezoni rolini bajaruvchi axborotlarni o’zida 
mujassamlashtirishi lozim. 
Bugungi kunda savdo korxonalarida buxgalteriya hisobi oldiga qo’yilgan 
vazifalarni quyidagicha ifodalash maqsadga muvofiqdir: 
1.Ulgurji va chakana savdo korxonalarida tovarlarni keltirish, saqlash, 
yuklash bilan bog’liq muomalalar hisobini tashkil qilish; 
2.Tovarlar inventarizatsiyasi natijasida aniqlangan nobudgarchiliklar, 
kamomadlar, va yo’qotishlarni o’z vaqtida hisobga olish; 
4
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-iyuldagi ,, O’zbekiston Respubliasi Prezidentining 
,,Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida soliqqa tortish tizimini tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risida’’ 2003-yil 
30-iyundagi PF-3270-son Farmonini amalga oshirish to’g’risida’’gi 300-sonli qarori. 


14 
3. Tovarlar bo’yicha baho siyosatini to’g’ri shakllantirish va uni samarali 
amalga oshirilishini doimiy kuzatib borish; 
4. Savdo korxonalarida tovarlarni komissiya, konsignatsiya, kredit 
shartnomalari bo’yicha sotish hisobini yuritish; 
5. Import qilingan tovarlar bo’yicha soliqlar hisobini oqilona tashkil etish; 
6. Sotilgan tovarlar bo’yicha moliyaviy natijalarni to’g’ri aniqlash; 
7. Ulgurji va chakana savdo korxonalarida xo’jalik muomalalarini tegishli 
buxgalteriya (moliyaviy) hisobot shakllarida to’liq aks ettirish. 
Tovarlarni savdo-sotig’ini amalga oshirish va unda qo’llaniladigan hisob-
kitoblarning shakliga ko’ra savdo ulgurji, mayda ulgurji va chakana savdo 
turlariga bo’linadi. 
Ulgurji savdo - savdo sohasida tovarlarning yirik turkumlarini hisob-
kitoblarning naqd pulsiz shakli bo’yicha, uni tijorat tadbirkorlik faoliyati 
maqsadida yoki o’z ishlab chiqarish-xo’jalik ehtiyojlari uchun foydalanishni 
mo’ljjalayotgan xo’jalik yurituvchi sube’ktlarga sotishni nazarda tutuvchi 
faoliyatni amalga oshirish. Ulgurji savdo ham ichki, ham tashqi savdo faoliyati 
bo’lishi mumkin. 
Mayda ulgurji savdo sohasida tovarlarni kichik turkumlar bilan o’zaro 
hisob-kitoblarning naqd pulsiz va naqd pul shakllari bo’yicha sotishni nazarda 
tutuvchi faoliyatni amalga oshirish. 
Chakana savdo-sotiq sohasida yakuniy iste’mol uchun, undan tijorat 
maqsadlarida foydalanish huquqisiz aholiga tovarlarni donalab yoki ko’p 
bo’lmagan miqdorda naqd pulga sotishni nazarda tutuvchi faoliyatni amalga 
oshirish. 
Chakana savdo yurituvchi shaxslarning statusiga ko’ra savdo faoliyati 
jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar tomonidan olib boriladigan savdoga 
bo’linadi. 
Jismoniy shaxslar tomonidan olib boriladigan savdo faoliyati – deganda 
yuridik shaxs maqomisiz mahalliy hokimiyat tomonidan ro’yxatdan o’tgan va 


15 
savdo faoliyatini yuritish huquqiga eg bo’lgan xususiy tadbirkorlar tomonidan 
amalga oshiriladigan savdo tushuniladi. 
Yuridik shaxslar tomonidan olib boriladigan savdo faoliyati – deganda 
yuridik shaxs sifatida mahalliy hokimiyat tomonidan ro’yxatdan o’tgan va savdo 
faoliyatini yuritish huquqiga ega bo’lgan korxonalar tomonidan amalga 
oshiriladigan savdo faoliyati tushuniladi. 
Savdo faoliyatining turlariga va davlat statistika organlari beradigan tarmoq 
kodiga ko’ra savdo korxonalari quyidagilarga bo’linadi. 

ulgurji savdo (71100); 

chakana savdo (71200); 

umumiy ovqatlanish (71300); 
Ulgurji va chakana savdo korxonalariga, o’z navbatida, mulkiy shakli, 
sotadigan tovarlarining turlari bo’yicha maxsus ichki savdo tarmog’i kodlari 
beriladi. 
Xodimlarning soniga ko’ra savdo korxonalarini yirik korxonalar, kichik 
korxonalar va mikrofirmalarga ajratish mumkin. 
Avtotransport korxonalarida boshqa korxonalar singari buxgalteriya 
hisobining ob’ektlari bo’lib asosiy va asosiy bo’lmagan faoliyat turlari, ularni 
tashkil qiluvchi jarayon va operatsiyalar, faoliyat turlarining olib borilishini 
ta’minlovchi aktivlar, aktivlarni tashkil topish manbalari, shuningdek erishilgan 
moliyaviy natijalar hisoblanadi. Buxgalteriya hisobining ushbu ob’ektlari 
avtotransport korxonalarida, bir tomondan, o‘ziga xos xususiyatlarga, ikkinchi 
tomondan esa, barcha korxonalardagi umumiy jihatlarga ega. 
Avtotransport korxonalari asosiy faoliyatini bevosita avtotransport 
vositalari bilan bog‘liqligi buxgalteriya hisobidan avvalambor ushbu 
vositalarning mavjud holati va harakati, ular yordamida bajarilgan ish 
(ko’rsatilgan xizmat)lar, olingan daromad va qilingan xarajatlar, avtotransport 
xizmatidan erishilgan moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi axborotlarni yig‘ish, qayd 
etish, guruhlash, jamlash kabi funksiyalarni bajarishni taqozo etadi. Bundan 
tashqari hisob xodimlari avtotransport vositalari ish faoliyatini soniy va sifat 


16 
jihatdan ifodalovchi ko‘rsatkichlarni doimiy nazorat va tahlil qilish, nazorat va 
tahlil natijalarini tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida 
rahbariyatga hamda boshqa foydalanuvchilarga o‘z vaqtida yetkazib berish kabi 
vazifalarni ham bajarishlari lozim. 
Avtotransport korxonasida buxgalteriya hisobining to’gri tashkil 
etilganligiga uning rahbari bevosita javobgardir. Shuningdek rahbar buxgalteriya 
hisobini tashkil etilishi va yuritilishini ta’minlash maqsadida buxgalteriya 
to’g’risida Nizom, bosh buxgalter va buxgalterlarning kasbiy mahoratiga 
qo’yiladigan talablar, buxgalterlar o’rtasida funksional majburiyatlarning 
taqsimoti, mehnat shartnomalari va boshqa ichki me’yoriy hujjatlarni o’z 
buyrug’i bilan tasdiqlashi lozim. Ushbu ichki me’yoriy hujjatlarning mavjudligi 
va ularga amal qilish avtotransport tashkilotlarida buxgalteriya hisobini to’g’ri 
tashkil qilinishi va yuritilishi muhim omillaridan hisoblanadi. Avtotransport 
korxonalari hisob siyosatida avtotransport yordamida bajarilgan ish (ko’rsatilgan 
xizmat) lardan olinadigan daromadlar, ularga doir sarf-xarajatlar hamda yakuniy 
moliyaviy natijalarni ifodalovchi ko’rsakichlarni tan olish va hisobini yuritish 
usullari aniq belgilab qo’yilishi lozim. Hisob siyosatida naqd pul asosida 
bajarilgan ish (ko’rsatilgan xizmat) lardan olingan daromadlarni kassa usulida, 
naqdsiz pul asosida bajarilgan ishlardan olingan daromadlarni esa hisoblash 
usulida tan olish hamda hisobga olish tartibini aniq belgilab qo’yish maqsadga 
muvofiq. Bundan tashqari haydovchilar tomonidan yo’lovchilardan terib olingan 
naqd pul hisobidan qilingan sarf-xarajatlar (masalan yo’lda olingan yoqilg’i, 
ehtiyot qismlar, ta’mirlashga sarflangan pul mablag’lari)ni daromad sifatida tan 
olish va tegishli schyotlarda aks ettirish tartibi hisob siyosatida aniq ifodalanishi 
lozim. 
Avtotransport korxonalarida bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar 
buxgalteriya hisobida muntazam yuritilishi lozim. Avtotransport korxonalarida 
bajarilgan ishlar (ko’rsatilgan xizmatlar) deganda avtotransport yordamida 
aholiga va yuridik shaxslarga yuk tashish hamda yo’lovchi tashish bo’yicha 
bajarilgan ishlar (ko’rsatilgan xizmatlar) tushuniladi. Avtotransport yordamida 


17 
bajarilgan ishlar (ko’rsatilgan xizmatlar) hajmining pul birligidagi qiymati 
mamlakatning yalpi ichki mahsulotida o’z aksini topadi. 
Avtotransport vositalari tomonidan bajariladigan ishlar (ko’rsatiladigan 
xizmatlar) hajmini ifodalovchi soniy hamda sifat ko’rsatkichlar avtotransport 
korxonasining ma’lum davrlar uchun tuziladigan biznes rejasida o’z aksini 
topadi. Buxgalteriya hisobi ushbu ko’rsatkichlar bo’yicha biznes rejada 
ko’rsatilgan marralarni bajarilishini nazorat hamda tahlil qilishda muhim 
axborot manbai hisoblanadi. 
Avtotransport korxonalari hisob siyosatida boshqa turdagi korxonalar 
singari tanlab olingan buxgalteriya hisobi ob’ektlarini tan olish mezonlari, ular 
hisobini yuritishga asos bo‘luvchi hujjatlar tizimi, ishchi schyotlarga, 
boshlang‘ich hujjatlar aylanishi, arxiv ishini tashkil qilish, tovar-moddiy 
boyliklarni inventarizatsiyasini o‘tkazish jadvali, hisobni yuritishga doir boshqa 
tartib-qoidalar o‘z aksini topishi lozim. 
Avtotransport korxonalarida buxgalteriya hisobining tashkiliy shaklini 
belgilashda ularning katta-kichikligi, maqomi, hujjatlar soni va boshqa jihatlar 
muhim ahamiyat kasb etadi. Chunonchi, yirik avtoxo‘jaliklarda bajariladigan 
hisob-kitob ishlarining ко’pligi maxsus buxgalteriyani tashkil qilishni, 
shuningdek uning tarkibida alohida bo‘limlarni (masalan transport vositalari ish 
faoliyati hisobi bo‘limi, moddiy boyliklar hisobi bo‘limi, mehnat va unga haq 
to'lash hisob-kitobi bo’limi, moliyaviy hisob-kitoblar bo’limi va boshqalar) 
ochishni taqozo etadi. Mikrofirmalar va kichik korxonalar maqomidagi 
avtotransport korxonalarida maxsus hisob bo'linmasi tashkil qilinmasligi, ushbu 
ishlar shartnoma asosida ishga qabul qilingan yakka buxgalter yoki maxsus 
buxgalterlik firmalari tomonidan yuritilishi mumkin. 
Avtotransport yordamida bajariladigan ish (ko‘rsatiladigan xizmat)lar 
avtotransport korxonalarida turli xizmat ko'rsatuvchi va yordamchi xo‘jaliklar 
faoliyatini uzluksiz kuzatish hamda hujjatli asosda hisobga olib borishni ta’qozo 
etadi. Ushbu xususiyatlar avtotransport korxonalarida o‘ziga xos boshlang‘ich 
hujjatlar tizimini shakllantirishni, ularni tuzilishidan tortib, to arxivga 


18 
topshirilishiga qadar bo‘lgan aylanish grafini belgilashni, shuningdek 
boshlang‘ich hujjatlar asosida tegishli hisob registrlarini yuritish talabini 
qo‘yadi. 
Umumiy ovqatlanish korxonalari buxgalteriya hisobi chakana va ulgurji 
savdo korxonalaridan farqli o‘laroq ayrim harakterli xususiyatlarga ega. Ushbu 
xususiyatlarning asosiylariga quyidagilarni kiritish mumkin: 
Birinchidan,
 
umumiy ovqatlanish korxonalari ishlab chiqarish, savdo va 
ovqatlanishni tashkil etish funksiyalarini bevosita birga olib boradi. Ishlab 
chiqarish korxonalari singari umumiy ovqatlanish korxonalari tayyor 
mahsulotlarni ishlab chiqaradilar. Lekin ushbu mahsulotlar umumiy ovqatlanish 
korxonasining savdo shaxobchalari orqali shu kunning o‘zidayoq asosan naqd 
hisob-kitoblar asosida iste’molchilarga (aholiga) sotiladi. Umumiy ovqatlanish 
korxonalari nafaqat o‘zlari ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan birga, chetdan 
olgan tovarlarni ham qayta ishlovsiz sotishlari mumkin. Bundan tashqari 
umumiy ovqatlanish korxonalari o‘zlari ishlab chiqargan tayyor mahsulotlarni, 
yarim tayyor mahsulotlarni boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga ulgurji hamda 
mayda ulgurji tarzda ham sotadilar. Boshqa savdo korxonalari naqd pulsiz 
hisob-kitoblar yo‘li bilan sotilgan tayyor mahsulotlar va yarim tayyor 
mahsulotlarning hajmi umumiy ovqatlanish korxonalarining ulgurji tovar 
aylanmasi, mayda ulgurji tarzda naqd va naqdsiz hisob-kitoblar yo’li bilan turli 
muassasalarga (masalan, bolalar bog‘chalariga, shifoxonalarga va boshqalarga) 
oxirgi iste’mol uchun sotilgan mahsulotlar chakana tovar aylanmasi hisoblanadi. 
Demak. umumiy ovqatlanish korxonalar tovar aylanmasi o‘z ichiga chakana 
hamda ulgurji tovaraylanmalarini oladi. 
Ikkinchidan, ishlab chiqarish, sotish va xizmat ko‘rsatish funksiyalarini 
bajarish umumiy ovqatlanish korxonalarida turli javobgarlik markazlari tashkil 
qilishni taqozo etadi. Bunday javobgarlik markazlariga omborlar, oshxona, 
savdo zali, bufetlar kiradi. 
Omborlarning asosiy funksiyasi ishlab chiqarish va sotish uchun zaxiralarni 
sifatli saqlash, ularni o‘z vaqtida ishlab chiqarishga yetkazib berish hisoblanadi. 


19 
Ombordagi tovar-moddiy boyliklar uchun ombor mudiri moddiy javobgar shaxs 
hisoblanadi. 
Oshxonaning asosiy funksiyasi korxonaning taomlar tayyorlash, ularni 
savdo zallari hamda bufetlarga buyurtma asosida yetkazib berish va sotish 
hisoblanadi. 
Bufetlarning asosiy funksiyasi oshxonada tayyorlangan tayyor mahsulotlar, 
yarim tayyor mahsulotlar, chetdan sotib olingan tovarlarni sotish hisoblanadi. 
Umumiy ovqatlanish korxonalarida ularning turiga, faoliyatining katta- 
kichikligiga qarab moddiy javobgarlikning yakka va brigada shakllaridan 
foydalaniladi. Umumiy ovqatlanish korxonasi rahbariyati barcha moddiy 
javobgar shaxslar bilan moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnomalar tuzishi ular 
faoliyati ustidan nazorat olib borishi lozim. 
Uchinchidan, umumiy ovqatlanish korxonalari tayyor mahsulotlarni ishlab 
chiqarish uchun masalliq va boshqa tovarlarni turlicha baholarda shartnomalar 
tuzish orqali turli ta’minotchilardan sotib olish. Aksariyat tovarlarni, jumladan, 
non va non mahsulotlari, go‘sht, sut, qatiq, meva- sabzavot va boshqa qishloq 
xo‘jaligi mahsulotlarini dehqon bozorlaridan kelishuv baholarida naqd pulga 
sotib olish zaruratini qo‘ydi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining 
maxsus yo‘riqnomasiga muvofiq umumiy ovqatlanish korxonalariga ularning 
mulk shaklidan qat’i nazar savdo tushumining oylik miqdorini 60 foizigacha 
bo‘lgan qismini ushbu maqsadlarda ishlatishga ruxsat etiladi. Savdo tushumi 
hisobidan masalliqlarni bozorlardan sotib olish korxona rahbari tomonidan 
tayinlangan hisobdor shaxs orqali amalga oshiriladi. 
Umumiy ovqatlanish korxonalarining asosiy daromadi savdo ustamalaridan 
iborat bo’ladi. Umumiy ovqatlanish korxonalarida savdo ustamalari ikkita turga 
bo’linadi: 
-sotib olingan tovarlarga qo’yilgan savdo ustamalari. ushbu
 
ustamalar 
miqdorini umumiy ovqatlanish korxonalari talab va taklifga ko

ra mustaqil 
belgilaydilar. Barcha sotib olinadigan masalliq va tovarlar sotib olish qiymatida 


20 
(tannarxida) ushbu savdo ustamalari bilan birgalikda omborlarga qabul qilinadi 
va hisobga olinadi; 
-tayyorlangan ovqatlarga qo'yilgan ustamalar. Ushbu
 
ustamaning miqdori 
umumiy ovqatlanish korxonalarining turlari, tabaqalariga qarab turlicha bo‘ladi. 
Eng yuqori umumiy ovqatlanish ustamalari lyuks va oliy tabaqali umumiy 
ovqatlanish korxonalarida (restoranlarda), eng past miqdordagi ustamalar esa 
III- tabaqali zavod va fabrikalarning, ta’ lim

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə