Toshkent moliya instituti hisob va audit fakulteti «buxgalteriya hisobi» kafedrasi


II-BOB. Xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda buxgalteriya hisobi va uni



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/23
tarix06.05.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#108827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
II-BOB. Xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda buxgalteriya hisobi va uni 
takomillashtirishning o’ziga xos xususiyatlari. 
2.1.Xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda buxgalteriya hisobini yuritish 
tartibi. 
Har bir xo’jalik yurituvchi sub’ektlar shuningdek xizmat ko’rsatuvchi
korxonalar ham buxgalteriya hisobi me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida va tartib 
bilan yuritilishini talab etadi 
Biz xizmat ko’rsatuvchi korxonalarni yuqorida bir necha guruhlarga 
ajratdik, demak har bir xizmat ko’rsatuvchi korxonani buxgalteriya hisobini 
yuritish tartibi turlicha bo’ladi. Shuning uchun biz har bir xo’jalik yurituvchi 
sub’ekt bo’yicha buxgalteriya hisobini yuritish tartibini ko’rsatib o’tamiz. 
Savdo korxonasi bugungi kunda xizmat ko’rsatishda yetakchi soha 
hisoblanadi. Shuningdek bu kabi korxonalarda ham buxgalteriya hisobini 
yuritish tartibi quyidagicha. 
Savdo korxonalarida buxgalteriya hisobini yuritish tartibini quyidagicha 
ko’rsatish mumkin: 

-savdo korxonalarida tovar-operatsiyalari hisobini yuritish; 

-tovar-moddiy boyliklarni sotib olish qiymati (tannarxi) va sotish 
baholarini aniqlash; 

-savdo korxonalarida tovar operatsiyalarini hujjatlashtirish; 

-tovarlarning ombor hisobini yuritish; 

-savdo korxonalarida tovarlarning kirimini hisobini yuritish; 

-tovarlar sotilishi va boshqa chiqimlarning hisobini yuritish; 

-tovar-moddiy boyliklarni inventarizatsiyasi va uning natijalarining 
hisobini yuritish; 

-daromadlar hisobini yuritish; 

-xarajatlar hisobini yuritish; 

-korxonada yakuniy moliyaviy natijalarning hisobini yuritish; 

-savdo korxonalarida soliq to’lovlarining hisobini tashkil etish; 


29 

-savdo korxonalarida majburiy ajratmalar va ushlanmalarning 
hisobini yuritish. 
Savdo korxonalari odatda ikki xil ko’rinishda tashkil etiladi ya’ni chakana 
savdo va ulgurji savdoga bo’linadi. Shunindek ulardagi tovar operatsiyalari ham 
farq qiladi. Ulgurji savdo korxonalarining asosiy funksiyasi chakana savdo 
korxonalariga, shuningdek, tovarlarni o’zlarining xo’jalik maqsadlarida 
ishlatadigan boshqa tarmoq xo’jalik yurituvchi sub’ektlariga naqd pulsiz shaklda 
sotish hisoblanadi. Buning uchun ularning o’zlari oldin tovarlarni turli ishlab 
chiqarish korxonalari va boshqa manbalardan sotib oladilar. Tovarlarni 
sotishgacha ulgurji savdo korxonalari ularni o’zlarining omborlarida saqlaydilar 
va xaridorlarga tuzilgan shartnomalarga muvofiq sotadilar. 
Chakana savdo korxonalariga tovarlar bevosita ishlab chiqarish 
korxonalaridan, tayyorlov-ulgurji savdo korxonalaridan, xususiy tadbirkorlardan 
va boshqa manbalardan kelib tushadi. Vositachilar orqali yetkazib berilgan 
tovarlarni oxirgi iste’molchilarga yetkazish, ularning iste’mol tovarlariga 
bo’lgan talabini qondirish hisoblanadi. 
Respublikamizning 4-son BHMS « Tovar-moddiy zahiralar»ga muvofiq 
tovar-moddiy zaxiralarning sotib olish qiymati, ya’ni tannarxi o’z ichiga 
quyidagilarni oladi: 
1.Sotib olishda tovar yetkazib beruvchi bilan tuzilgan shartnomada kо’r-
satilgan baho. 
2.Sotib olish bilan bog’liq boshqa xarajatlar. Bularga sotib olish bilan 
bog'liq brokerlik xizmatlari, komission (vositachilik) xarajatlari tashib keltirish 
xarajatlari (temir yo‘1, suv, havo yo’llari va boshqa transport tashkilotlarining 
yuklash. tushurish va yetkazib berish xarajatlari), tovarlarni sertifikatlash 
xarajatlari va shu kabilar kiradi; 
3.Bojxona to’lovlari. Bojxona to'lovlariga aksiz solig‘i, qo'shilgan qiymat 
solig’i, bojxona boji, bojxona yig’imi kiradi. Bu xarajatlar cheteldan import 
qilingan tovarlarga taalluqli bo‘lib ularning summalari bojxona yuk 
deklaratsiyalarida ko’rsatiladi. 


30 
Savdo korxonalarida tovar operatsiyalarini hujjatlashirish. Tovarlarning 
sotib olinishi va kirimini hujjatlashtirish ularning yuqorida keltirilgan kelib 
tushish manbalariga hamda ularni tashib keltirish transportining turiga bog’liq. 
4-chizma. Tovarlarning sotilishi. 
Tovarlarni jo’natishda ta’minotchilar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari 
lozim: 
-yuklash hujjatlari – bular temir yo’l nakladnoyi, tovar-transport 
nakladnoyi; 
-tovarlarni sifat hujjatlarini tasdiqlovchi hujjatlar – bular muvofiqlik 
sertifikati, spesifikasiyalar, labaratoriya tahlili dalolatnomasi, o’lchov tahlili 
dalolatnomasi, orov yorliqlari; 
-hisob-kitob hujjatlari – bular belgilangan shakllarda tuzilgan schyot-
fakturalar va to’lov talabnomasi. 
Tovar-moddiy boyliklarni olish uchun ishonchnomalar O'zbekiston 
Respublikasi Moliya Vazirligining 2003-yil 7-maydagi 62- son bo'yrug'i bilan
 
tasdiqlangan «Tovar-moddiy boyliklarni olishga ishonchnomalarni berish va 
ishonchnomalar bo'yicha ularning berish tartibi to'g'risida Nizom» va unga 
Moliya Vazirligining 2003-yil 28- oktabrdagi 121-sonli buyrug’ bilan kiritilgan 
o’zgartirishlarga muvofiq amalga oshiriladi. 
Tovarlarning ombor hisobini yuritish. Savdo korxonalrida barcha moddiy-
javobgar shaxslar tovarlarning ombor hisobini yuritadilar. Ombor hisobi natural 
miqdor ko’rinishda tovarlarning nomi, navi, soni va baholari bo’yicha 
kartochkalarda yoki maxsus kitoblarda yuritiladi. Ushbu hisob registrlariga 
9000-,,Asosiy (operatsion)faoliyatning daromadlarini 
hisobga oluvchi schyotlar’’ 
2910-,,Ombordagi 
tovarlar’’ schyoti 
3010-,,Savdo 
ustamasi’’ schyoti 


31 
yozuvlar tovarlarning kirimi va chiqimiga guvohlik beruvchi boshlang’ich 
hujjatlar asosida tayyorlanadi. 
Tovarlarning ombor hisobini yuritish ularni omborlarda saqlashning qabul 
qilingan usullariga bog’liq. Tovarlar omborlarda, odatda, har bir kelib tushgan 
Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə