Toshkent moliya instituti hisob va audit fakulteti «buxgalteriya hisobi» kafedrasi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/23
tarix06.05.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#108827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
 



KIRISH 
Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi.
Bozor munosabatlari rivojlangan 
mamlakatlar iqtisodiyotida xizmat ko’rsatuvchi korxonalarning ulushi yalpi 
ichki mahsulot tarkibida ancha yuqori. Shu sababli, respublikamizda xizmat 
ko’rsatuvchi korxonalari faoliyatini tashkil qilish va jahon tajribasi asosida 
takomillashtirish dolzarb muammolardan hisoblanadi. Xizmat ko’rsatuvchi 
korxonalar iqtisodiyotni rivojlantirishda alohida ahamiyat kasb etadi. 
Mamlakatimiz mustaqilikka erishgandan keyin oldingi iqtisodiy tizim 
o’rniga xalqaro standartlarga mos demokratik huquqiy davlat barpo etish modeli 
tanlab olindi. O’tish davri sharoitida huquqiy asoslarni shakllantirish
islohotlarning qonuniy-huquqiy bazasini mustahkamlash va rivojlantirish 
vazifasi qo’yildi. Shuningdek , davlat mulkiga asoslangan mulkchilik shaklini 
isloh qilish hisobiga ko’p ukladli iqtisodiyot yaratish masalasi ustuvor yo’nalish 
sifatida 
qabul 
qilindi. 
Iqtisodiyotni 
modernizatsiya 
qilish 
sharoitida 
respublikamizda olib borilayotgan islohotlarning keng miqyosda rivojlanishi 
iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida kuzatilmoqda. Tabiiyki mamlakat 
rivojlangani sari yangi tarmoqlar va sohalarga ehtiyoj paydo bo’ladi. Yangi 
tarmoq va sohalarning rivojlanishi o’z navbatida mamlakat rivojiga o’z hissasini 
qo’shadi. 
Respublikamizda xizmat ko’rsatish sohalarini rivojlantirish, iqtisodiyotni 
bozor 
qonuniyatlari 
talablariga 
muvofiqlashtirish, 
mamlakatda 
aholi 
ehtiyojlarini qondira oladigan xizmat ko’rsatish sohalarini rivojlantirish kun 
masalasi hisoblanadi. Shu o’rinda, Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, 
«… buning uchun iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, … uni 
doimiy ravishda modrnizatsiya qilish va yangilab borish, o’z mahsulot va 
xizmatlari bilan jahon iqtisodiyoti va savdo tizimida munosib o’rin egallay 
oladigan zamonaviy tarmoqlarni jadal rivojlantirish lozim»
1

1
I.A.Karimov. Tinchlik va xavfsizligimiz o’z kuch-qudratimizga, hamjihatligimiz va qat’iy irodamizga bog’liq. T.12.-T.: 
,,O’zbekiston’’. 2004.-399 b.(b.198).b. 



Bugungi kunda aholiga xizmat ko’rsatuvchi umumiy ovqatlanish, chakana 
va ulgurji savdo shuningdek, avtotransport korxonalari, sartaroshxonalar 
aholining og’irini yengil uzog’ini yaqin qilishga xizmat qilmoqda. 
Prezidentimiz ma’ruzasidan bilishimiz mumkinki:»2012-yilda xizmat 
ko‘rsatish sohasi ham yuqori sur’atlar bilan rivojlandi. Aholiga ko‘rsatilgan 
xizmatlar hajmi qariyb 15 foizga o‘sdi, ushbu sohaning mamlakatimiz yalpi 
ichki mahsulotidagi ulushi esa bugungi kunda 52 foizdan ziyodni tashkil 
etmoqda»
2
Xizmat ko’rsatuvchi korxonalarni tashkil etish va ularni yuritishdan asosiy 
maqsadi foyda olish bilan birgalikda, bu aholini ishsiz qatlamini ish bilan 
ta’minlashdan iboratdir. Albatta bunday korxonalar iqtisodiyotning yetakchi 
sohasi hisoblanadi. Mamlakatning asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarida 
ishsizlik darajasi va ish bilan ta’minlanganlik darajasi ham hisobga olinadi. 
Shunday ekan ana shunday aholiga ham xizmat ko’rsatuvchi, ham aholini ish 
bilan ta’minlovchi korxonalarning tashkil etilishi ijobiy holdir. 
Xizmat ko’rsatuvchi korxonalar bugungi mamlakatizning ajralmas qismiga 
aylanib bormoqda. Chunki mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotida xizmat 
ko’rsatish sohasi asosiy qismni egallaydi. Hayotimiz qancha rivojlangani sari 
xizmat ko’rsatish sohasiga talab ortib boraveradi. Insonlarning hayoti qancha 
yengilashgani sari insonlar undanda yengiliga harakat qilaveradi. Shunday ekan 
bugungi kunda xizmat ko’rsatish sohasini yangilash va modernizatsiya qilish
yangi-yangi sohalarni o’ylab topish bugungi kunning asosiy kun masalasi 
hisoblanadi. 
Ushbu vazifalarni muvafaqqiyatli bajarish mamlakatimizda xizmat 
ko’rsatish korxonalari buxgalteriya hisobini yanada takomillashtirish, ular 
amaliyotiga buxgalteriya jarayonining rivojlangan davlatlar iqtisodiyotida 
qo’llanilayotgan shakllari va usullarini joriy etishni talab etadi. 
2
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2012-yilda mamlaktimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish 
yakunlari hamda 2013-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan 
vazirlar mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi.



Xizmat ko’rsatuvchi korxonalar iqtisodiy samaradorligini oshirish ko’p 
jihatdan ular amaliyotida buxgalteriya hisobi va audit tizimini oqilona tashkil 
etish va yuritishni taqozo etmoqda ayni paytda soha korxonalari faoliyatida 
buxgalteriya hisobi va audit an’anaviy tarzda tashkil qilinganligi sababli ularni 
xalqaro standartlar asosida tubdan isloh qilish talab etilmoqda. 
O’zbekiston respublikasi boshqa rivojlangan mamlakatlarga qiyos 
qilganimizda anchagina yangi va yosh davlat hisoblanadi. Lekin bugungi kunda 
uning erishgan yutuqlari maqtovga loyiqdir. Malakatimiz mustaqilikka 
erishganiga endigina 22 yil bo’lgan bo’lsada mamlakatimiz erishgan yutuqlari 
havas qilsa arzirlidir. Yurtimizga har yili ko’plab sayyohlar, mehmonlar, 
ishbilarmonlar, biznesmenlar va ko’plab boshqa soha egalari tashrif buyurishadi. 
Albatta ular ham yashash sharoitimizga turmush tarzimizga alohida e’tibor bilan 
qarashadi. Mamlakatimizning xizmat ko’rsatish sohalari bilan qiziqishadi. 
Jumladan 
transport 
sohasini 
rivojlanganligiga, 
umumiy 
ovqatlanish, 
bozorlarimizdagi savdo sohasini qay tarzda ekanligi barchani qiziqtirmasdan 
qolmaydi. 
Xizmat 
ko’rsatuvchi 
korxonalarning 
mamlakat 
iqtisodiyotini 
yuksaltirishdagi zaruratini quyidagilar orqali belgilash mumkin: 

korxonalarga zarur moddiy resurslarni etkazib berish orqali ular 
faoliyatida takror ishlab chiqarishning uzviyligi samaradorligini ta’minlash; 

aholining yuqori sifatli tovarlar va xizmatlarga bo’lgan ehtiyojini 
qondirishga ko’maklashish; 

aholiga sifatli transport xizmatlarini ko’rsatish; 

ichki bozorni iste’mol tovarlari bilan doimiy ravishda ta’minlab 
turish; 

ishlab chiqarilgan maxsulotlarni respublikaning turli hududlari 
aholisi va iqtisodiyot tarmoqlari o’rtasida taqsimlash; 

aholiga turli xil maishiy xizmatlarni ko’rsatish; 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə