Toshkent moliya instituti hisob va audit fakulteti «buxgalteriya hisobi» kafedrasi


-chizma. Hisob siyosatining tarkibiy jadvali



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/23
tarix06.05.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#108827
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
4-chizma. Hisob siyosatining tarkibiy jadvali. 
Xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda buxgalteriya hisobini rivojlantirishda 
ular tomonidan mustaqil qabul qilingan hujjatlar ham alohida ahamiyatga ega. 
Bularga buyruqlar, qarorlar, farmoyishlar va boshqa ichki tartibni belgilovchi 
hujjatlarni kiritish mumkin. Ta’kidlaganimizdek, bunday hujjatlar asosan 
boshqaruv hisobi hususiyatlarini ifodalaydi va korxona boshqaruvining 
talablaridan kelib chiqadi. Shuning uchun hisob siyosatini ishlab chiqishda ichki 
tartib-qoidalarni ifodalovchi boshqaruv qarorlarini to’g’ri qabul qilish, buyruq 
va farmoyishlarni chiqarishda aniqlikka rioya qilish zarur. 
Mamlakatimizning xizmat ko’rsatuvchi korxonalari buxgalteriya hisobini 
rivojlantirishda qabul qilingan milliy standartlar ham muhim ro’l o’ynaydi. 
Biroq, qabul qilingan buxgalteriya hisobining milliy standartlarini ishlab 
chiqishda asosan rivojlangan mamlakatlar tajribasiga tayanilgan, xolos. Ularda 
1-darajada
O’zbekiston Respublikasining ,,Buxgalteriya hisobi 
to’g’risida’’gi va boshqa qonunlari
2-darajada 
O’zbekiston respubliksi Vaziarlar Mahkamasining 
Qarorlari
3-darajada
O’zbekiston Respublikasi bauxgalteriya hisobining 
milliy standartlari
4-darajada
Nizom va yo’riqnomalar (vazirlik, uyushma, 
kompaniya va boshq.)
5-darajada
Korxona darajasidagi qarorlar, buyruqlar 
farmoyishlar


47 
ifoda etilgan konseptual asoslar respublikamiz iqtisodiyotida hali to’la sinovdan 
o’tmagan. 
Mamlakatimiz buxgalteriya hisobi milliy standartlarining qabul qilinishi 
korxonalarda rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda hisob 
yuritish tartibini takomillashtirishni taqozo etmoqda. Jumladan, 21-sonli 
«Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy xo’jalik faoliyatining buxgalteriya 
hisobi schyotlari rejasi»ni amaliyotga joriy etishning o’ziga xos afzalliklari va 
kamchiliklari mavjud. Ushbu kamchiliklardan biri mazkur standart asosida 
yangi schyotlar rejasini tarmoq va tarmoqlararo miqyosga mo’ljallangan tizimini 
ishlab chiqishdir. Ayniqsa, savdo –tijorat korxonalarining o’ziga xos 
hususiyatlarini inobatga olgan holda bu soha uchun yangi schyotlar rejasini 
ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Savdo korxonalarida bu muammoning 
hal etish tovarlar harakatini, ularni sotish xarajatlarini, ko’rsatilgan xizmatlar 
tannarxini to’g’ri hisobga olish va aniqlashga imkon beradi. 
Chet mamlakatlarning iqtisodiy siyosati bizga to’liq mos kelmasligi 
mumkin lekin biz ulardan o’zimizga keraklisini olsak maqsadga muvofiq 
bo’ladi. 
Xalqaro hisob amaliyotida buxgalteriya hisobining quyidagi uchta iqtisodiy 
modeli mavjud: 

Britan-amerika modeli; 

Kontinental model; 

Janubiy Amerika modeli. 
Britan-amerika modelining asosiy maqsadi buxgalteriya hisobini investor 
va kreditorlarning manfaatlaridan kelib chiqqan holda tashkil qilish hisoblanadi. 
Bu model AQSH, Buyuk Britaniya, Avtraliya, Kanada mamlakatlarida 
qo’llaniladi. 
Kontinental model Yevropa va Yaponiya kabi kontinental mamalakatlar 
sanoatining rivojlanishiga asos qilib olingan. Bu modelning maqsadi hukumat 
talablarini qondirish, shuningdek soliq hisobiga oid masalalarni amalga 
oshirishdan iborat. Undan Fransiya, Germaniya, Shvetsariya, Shvetsiya


48 
Yaponiya, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Avstriya, Belgiya, Gretsiya, Daniya va 
Misr kabi mamlakatlar hisob amaliyotida foydalaniladi. 
Uchinchi model Janubiy Amerika mamlakatlarida hisob yuritish qoidalarini 
belgilab berish uchun asos vazifasini bajaradi. Uning asosiy mohiyati soliq 
siyosatini oqilona amalga oshirishga ko’maklashish va buxgalteriya hisobotini 
rejalashtirish ishlarini tashkil qilishdan iborat. Mazkur model Argentina, 
Braziliya, Paragvay, Peru, Urugvay, Chili kabi mamlakatlar hisob amaliyotida 
qo’llaniladi. 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə