Toshkent moliya instituti hisob va audit fakulteti «buxgalteriya hisobi» kafedrasi


-jadval Chakana va umumiy ovqatlanish korxonalarida ishning o’rtacha



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/23
tarix06.05.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#108827
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
3-jadval
Chakana va umumiy ovqatlanish korxonalarida ishning o’rtacha 
razryadi.
Korxona nomi 
Yagon ta’rif setkasi bo’yicha 
ishning o’rtacha razryadi. 
Chakana savdo korxonalari 

Umumiy ovqatlanish korxonalari 
uchun: 
Restoran 

Kafe 

Choyxona 

Oshxona 

Boshqa 
turdagi 
korxonalar 
(oshxona mvjud bo’lmaganda) 

Kafeteriy, kichik oshhona, bufet 



37 
Ta’minotchilardan tovarlar schot-fakturalar, kuzatuv va sifat hujjatlari 
asosida son va sifat jihatidan kirim qilinadi. 
Avtotransport korxonalarida buxgalteriya hisobini tashkil etish tartibini 
quyidagicha ko’rsatish mumkin: 

avtotransport vositalari va ular ish faoliyatining hisobini tashkil 
etish; 

avtotransport vositalarini baholash; 

avtotransport vositalari holati va harakatini hisobini yuritish

avtotransport korxonalarida ishlab chiqarish zahiralarini hisobini 
tashkil etish; 

avtomobil yoqilg’ilarining hisobini tashkil etish; 

avtomobil uchun ehtiyot qismlarining hisobini yuritish. 
Avtotransport vositalari va ular ish faoliyatining hisobini tashkil etish.
 
Avtotransport vositalarining tasnifi, tavsifi va baholanishi avtotransport korxonalari 
moddiy-texnika bazasida avtotransport vositalari bosh ro’lni o‘ynaydi. Ularsiz 
avtotransport korxonalari o’zlarining yuk tashish, yo‘lovchi tashish hamda boshqa ish 
(xizmat)lardan iborat bo’lgan asosiy faoliyatini yurita olmaydilar. Shu bois ham 
avtotransport korxonalarida ATV larning yetarli miqdorda mavjudligi, ularning butligi, 
ishga yaroqligi yangilanib turishi, shuningdek har bir avtomobil ish faoliyati qat’iy 
hisobini yuritish o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. 
Avtotransport korxonalari ixtiyoridagi ATVlarni buxgalteriya hisobi ob’ekti
sifatida turli belgilari bo‘yicha tasniflash mumkin. 
Ishlatilish maqsadiga ko‘ra avtotransport korxonalari ATVlari yo‘lovchi tashish, 
yuk tashish va maxsus ishlarga mo‘ljallangan bo‘ladi. 
Yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan ATVlarga avtobuslar, mikroavtobuslar hamda 
taksi sifatida ishlatiladigan yengil avtomobillar kiradi. 
Yuk tashishga mo‘ljallangan ATVlarga bortli, furgonli, o‘zi to‘kgich (samosval), 
tortgichli avtomashinalar, shuningdek ularning tirkamalari va yarim tirkamalari misol 
bo‘ladi. 


38 
Maxsus ish (xizmat)larni bajarishga mo‘ljallangan ATVlarga suv, sut, yoqilg'i, non 
va boshqa turdagi yuklarni tashuvchi, shuningdek maxsus ishlarni, masalan qurilish 
moslamalari va konstruksiyalarini ko’tarish, sindirish, yanchish mashinalari, yong‘in 
o’chirish, axlat tashish, asfalt yo‘llarni qor va muzlardan tozalash, supirish, suv sepish 
kabi ishlarni bajaruvchi avtomobillar kiradi. Barcha turdagi ushbu ATV ishlab chiqilgan 
joyi, nomi, markasi, iste’mol qiladigan yoqilg‘i turiga ko‘ra bir- biridan farqlanadi. 
Ishlab chiqilgan joyiga ko'ra ATV xorijiy mamlakatlarda hamda mamlakatimizda 
ishlab chiqarilgan avtomobillarga bo‘linadi. Chunonchi, respublikamiz avtotransport 
korxonalarida Rossiya, Belorussiya. Germaniya, Yaponiya va dunyoning boshqa 
mamlakatlarida, shuningdek Respublikamizning o‘zida ishlab chiqilgan 100 dan ortiq 
nomdagi va turli markalardagi ATVlar ishlatilmoqda. 
Iste’mol qiladigan yoqilg’ turiga ko‘ra ATVlar benzin (B), dizel yoqilg’isi (D), 
shuningdek suyultirilgan gaz (SG) hamda siqilgan tabiiy gaz ishlaydigan avtomibillarga 
bo’linadi. 
Avtotransport vositalari holati va harakatini hisobini yuritish. Avotransport 
korxonalarida ATVlar holati va harakatining sintetik hisob bosh kitobda 
ochiladigan 0160 «Transport vositalari» schyotida yuritiladi. ATVlar holati 
va 
harakatining tahliliy hisobi ularning har biriga ochilgan hisob kartochkalarida 
yoki «Asosiy vositalar hisob-kitobida
>>
olib boriladi. Hisob kartochkalari 
avtotransport korxonasida har bir ATVga ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng ochiladi. 
Ushbu kartochkada ATVning barcha texnik ma’lumotlari, uning sotib olinishi 
(bepul olinishi)ni tasdiqlovchi hujjatning tartib raqami, sanasi, shuningdek 
boshlang‘ich qiymati, tiklangan qiymati, jamlanib boruvchi eskirish summasi, 
qoldiq qiymati hisobot davrlari bo’yicha aks ettiriladi.
Avtotransport korxonalaridaATVlar asosan sotib olish, bepul olish, 
ta’sischilar badali sifatida kiritish evaziga ko‘payadi. 
ATVlarni sotib olinishi buxgalteriya hisobida tasdiqlovchi boshlang’ich 
hujjatlar asosida quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi. 
ATVlarni boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan bepul olinishi tuzilgan 
shartoma shartlariga ko‘ra va schot-fakturalar asosida avtotransport korxonasi 


39 
balansiga kirim qilinadi. Buxgalteriya hisobida ushbu operatsiyaga quyidagicha 
yozuv qilinadi: 
Debet 0160 «Transport vositalari»; 
Kredit 8530 «Bepul olingan mulk». 
Avtotransport korxonalarida ishlab chiqarish zahiralarini hisobini tashkil 
etish. Avtotransport korxonalarida ishlab chiqarish zaxiralariga quyidagilar 
kiradi: 

yoqilg‘i - benzin, solyarka, suyultirilgan gaz, siqilgan tabiiy gaz; 

yog’lash materiallari - aftol, solidol, litol va boshqalar, 

ehtiyot qismlar va agregatlar - dvigatel, akkumulyator, avtoshina, 
ressorlar, porshin, gilza va boshqalar; 

xo‘jalik inventarlari - turli o‘lchamli kalitlar, domkratlar, maxsus 
kiyim-kechaklar, xalatlar, poyafzal va boshqalar; 

boshqa
 
materiallar- temir-tersaklar, simlar, bo‘yoqlar, doka, bo‘z 

va boshqa xilma-xil materiallar. 
Avtotransport korxonalarida ishlab chiqarish zaxiralari hisobini to‘g‘ri va 
o‘z vaqtida yuritishning muhim shartlaridan biri bo‘lib ombor xo‘jaligi, 
ustaxona (sex), garaj, avtomobillarga yoqilg‘i qo‘yish shoxobchasi va boshqa 
yordamchi bo’linmalar ishini ratsional tashkil qilish hisoblanadi. 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə