Toshkent moliya instituti hisob va audit fakulteti «buxgalteriya hisobi» kafedrasi


  Xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda buxgalteriya hisobini



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/23
tarix06.05.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#108827
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
2.2 
Xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda buxgalteriya hisobini 
takomillashtirish masalalari. 
Xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda buhgalteriya hisobini rivojlantirish har 
bir korxona tashkilotning vazifasi hisoblanadi. 
Korxona va tashkilotlar xo’jalik faoliyatini idora etish maqsadida 
ma’lumotlarni olish, ularni guruhlab, boshqaruvni ushbu ko’rsatkichlar bilan 
ta’minlash, kelajakda korxona tashkilotlar faoliyatiga baho berish uchun, hisob-
kitob hujjatlarida aks ettirish yo’li bilan o’z faoliyatini rivojlantirib boradilar. 
Mamlakatimiz va xorij davlatlari buxgalteriya hisobi bo’yicha iqtisodchi 
olimlar o’z ishlarida buxgalteriya hisobi mohiyati bo’yicha har xil talqinlar 
beradilar. Masalan, M.Umarova, O’.Eshboev va K.Axmadjonov fikrlari 
bo’yicha: «Buxgalteriya hisobi bu kundalik va umumiy ma’lumotlar olish 
maqsadida ayrim korxona, aksiyadorlik jamiyati, muassasa, tashkilot va 
boshqalarning xo’jalik faoliyatini uzluksiz ravishda kuzatish va nazorat qilish 
tizimidan iborat». Bizning fikrimizcha, bu buxgalteriya hisobi mohiyati va 
maqsadini to’liq yoritmaydi, chunki turli foydalanuvchilarni to’liq ma’lumot 
bilan ta’minlash maqsadida hisob barcha korxonalarda olib borilishi lozim. 
Xizmat ko’rsatuvchi korxonalarining boshqaruvi samaradorligini oshirish, 
moliyaviy holatini yaxshilash ular xo’jalik faoliyatini ifodalovchi 
ko’rsatkichlarni son jihatdan tavsiflash, bu ko’rsatkichlar to’g’risidagi 
axborotlarni yig’ish, qayda etish va umumlashtirish hamda hujjatlarda 
rasmiylashtirishni taqozo etadi. Mazkur masalalarni xizmat ko’rsatuvchi 
korxonalarda bevosita xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda buxgalteriya hisobini 
samarali tashkil etish orqali muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkin. Xizmat 
ko’rsatuvchi korxonalarda buxgalteriya hisobini takomillashtirish ushbu 
korxonalarda hisob-kitob ishlarini yengillashtirishga xizmat qiladi. 
Xixmat ko’rsatuvchi korxonalarida buxgateriya hisobining hozirgi holatini 
tahlil qilish uchun uni takomillashtirishdagi mavjud muammolarni quyidagilarga 
ajratish imkonini beradi. 


44 
-buxgalteriya hisobining konseptual asoslarini rivojlantirishga doir 
muammolar; 
-buxgalteriya hisobi borasidagi nazariy va amaliy muammmolarni aniqlash; 
-buxgalteriya hisobining huquqiy asoslarini takomillashtirish; 
- buxgalteriya hisobining tashkiliy muammolarini belgilash. 
Bitiruv malakaviy ishiga aloqador korxonalar ya’ni xizmat ko’rsatuvchi 
korxonalarda buxgalteriya hisobining konseptual asoslarini rivojlantirishga doir 
muammolar ularda oqilona hisob siyosatini tashkil etish, yangi ishchi schyotlar 
rejasini ishlab chiqish, tovar (ish, xizmat)ni sotish bahosini shakllantirish, soha 
xususiyatlariga asoslangan holda moliyaviy, statistik, soliqlar va boshqa hisobot 
shakllarini tuzish uslubini yaratish kabi masalalar bilan bog’liq. Xizmat 
ko’rsatuvchi korxonalari hisob tizimini strategik rivojlantirish borasidagi 
ta’kidlangan boshqa muammolarni hal qilish ularda buxgalteriya hisobining 
konseptual asoslarini takomillashtirishga xizmat qiladi. 
Xizmat ko’rsatuvchi korxonalarida buxgalteriya hisobini rivojlantirishning 
nazariy va amaliy muammolari savdo muomalarini, avtotransport harakati va 
holatini va umumiy ovqatlanish korxonalarida ko’rsatilgan xizmatlarni dastlabki 
hujjatlarda rasmiylashirish, ularni schyotlarda aks ettirish tartibi, xizmat 
ko’rsatuvchi korxonalarda hisob registrlari shakllarini mukammallashtirish 
kabilardan iborat. 
Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, mazkur xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda 
buxgalteriya hisobining huquqiy asoslarini takomillashtirishda ham ayrim 
muammoli jihatlar mavjud. Jumladan, ayni paytda buxgalteriya hisobini xalqaro 
standartlar tamoyillariga muvofiqlashtirish xizmat korsatuvchi korxonalarida 
moliyaviy hisobot shakllari axborot hajmini oshirish, inventarizatsiya tekshiruvi 
asosida aniqlangan tovarlar kamomadini to’g’ri rasmiylashtirish bo’yicha 
me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashirishni taqozo etmoqda. 
Bozor munosabatlari sharoitida xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda 
buxgalteriya hisobini oqilona tashkil etish olzarb muammolardan hisoblanadi. 


45 
Ushbu muammoni yechimini topishda quyidagilarga asoslanish maqsadga 
muvofiqdir: 
- xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda nazariy-amaliy jihatdan asoslangan 
hisob siyosatini shakllantirish: 
- xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda hisob tizimini jahon tajribasidan kelib 
chiqqan holda moliyaviy va boshqaruv hisobiga ajratish hamda ularni yuritish 
tartibini belgilab olish. 
Xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda hisob siyosatini oqilona tashkil etish 
korxonada buxgalteriya hisobini rivojlanishiga o’z hissasini qo’shadi. Xo’jalik 
yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar va umumiy qoidalar 
korxonalarning mulkchilik shakli hamda faoliyat ko’rinishidan qat’i nazar 
barcha uchun bir xilda amal qiladi. Hisob siyosatida ushbu qonunlar va umumiy 
qoidalardan kelib chiqqan holda, korxona uchun maqbul yo’nalish tanlanadi. Bu 
yo’nalish korxonaning huquqiy shakli, tarmoq xususiyati, faoliyatinin g tavsifi, 
xodimlarning malakasi va boshqa o’ziga xos jihatlarni ifodalovchi hisob 
siyosatini ishlab chiqishni nazarda tutadi. 
O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining 1-sonli «Hisob yuritish 
siyosati va moliyaviy hisobot» nomli milliy standartida korxona hisob siyosatini 
yo’lga qo’yishning umumiy qoidalari, maqsadi, faoliyat sohasi aniq ochib 
berilgan, lekin, uning moliyaviy hisobot tuzishga sezilarli ta’siri yoritilmagan. 
Bu standartning 51-bandida «…xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosati 
sub’ekt tomonidan moliyaviy hisobotni tayyorlash va tuzishda qo’llaniladigan 
o’ziga xos tamoyillar, konventsiyalar, qoida va amaliy yondashuvlarni 
ifodalaydi» deyiladi. Mazkur ta’rif yuqorida keltirilgan ta’rifga to’liq mos 
kelmaydi, chunki unda buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni 
tuzish usullari haqida so’z boradi. 
Amaliyotda hisob siyosatini davlat va alohida korxona miqyosida tashkil 
etish ko’rinishlari mavjud. Hisob siyosatini quyidagi tarkib bo’yicha yuritish 
maqsadga muvofiq: 

Umumdavlat miqyosida (1-daraja); 


46 

Tarmoq ya’ni iqtisodiyotning ayrim sohalari miqyosida (2,3 va 4-
darajalar); 

Alohida olingan korxona miqyosida (5-daraja);

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə