Toshkent moliya instituti hisob va audit fakulteti «buxgalteriya hisobi» kafedrasi


-jadval  Savdo korxonalari uchun yagona soliq to’lovi stavkalari 2012-yil



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/23
tarix06.05.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#108827
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
2-jadval 
Savdo korxonalari uchun yagona soliq to’lovi stavkalari 2012-yil 
uchun soliq stavkalari
№ 
Soliq to’lovchilar 
Soliq solinadigan bazaga 
nisbatan soliq stavkasi,% da 
1

Umumiy ozqatlanish korxonalari 
10 
Ulardan: 
Umumiy ta’lim maktabi, maktab internatlar, o’rta maxsus, 
kasb-hunar va oliy o’quv yurtlariga xizmat ko’rsatuvchi 
ixtisoslashgan umumiy ovqatlanish korxonalari 


Chakana savdo korxonalari(4-bandda ko’rsatilganlaridan 
tashqari): 
Aholisi soni 100 ming va undan ortiq kishidan iborat 
shaharlarda 

Boshqa aholi punktlarida 

Borish qiyin bo’lga va tog’liq tumanlarda 

Ulgurji savdo korxonalari (4-bandda ko’rsatilganlaridan 
tashqari) 


Ulgurji va chakana dorixona tashkilotlari: 
Aholi soni 100 ming va undan ko’p kishidan iborat 
shaharlarda 

Boshqa aholi punktlarida 

Borish qiyin bo’lga va tog’liq tumanlarda 


1, 2 va 4-bandlarda ko’rsatilgan korxonalar uchun (ulgurji 
dorixona tashkilotlaridan tashqari), plastic kartalarni qo’llagan 
holda haqi to’langan ko’rsatilgan xizmatlar hajmi bo’yicha 
Belgilangan stavka 10% 
ga pasaytiriladi 


35 
Savdo korxonalari davlatimizning soliq qonunchiligiga ko'ra, maqomi va 
yuritayotgan faoliyat turlari bo‘yicha har xil soliqlar, majburiy ajratmalar, 
to‘lovlar, ushlanmalar va yig'imlarni to’laydilar. Chunonchi, chakana savdo’ 
umumiy ovqatlanish. ulgurji savdo korxonalari (ulgurji savdo korxonalari 
uyushmasi tizimiga kiruvchi respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza- 
kontoralari va ularning hududiy bazalaridan tashqari), joylashgan joyi va 
aholisining soniga qarab, belgilangan stavkalarda soliqqa tortiladigan bazadan 
yagona soliq to‘lovini to’laydilar. 
Savdo korxonalarida majburiy ajratmalar va ushlanmalarning hisobini 
yuritish. Yagona soliq to’lovini to’lovchi savdo korxonalari davlatning maqsadli 
fondlari (pensiya fondi, yo’l fondi,)ga majburiy ajratmalarni qilmaydilar. Yalpi 
daromad solig’ini to’lovchi ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tizimiga 
kiruvchi respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji bazakontoralari va ularning 
hududiy bazalari esa ushbu majburiy ajratmalarni to’lovchilari bo’lib 
hisoblanadi. 2009-yil 1-yanvardan boshlab ulgurji savdo korxonalari uyushmasi 
tizimiga kiruvchi respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralari va 
ularning hududiy bazalari davlatning maqsadli fondlarining har biriga majburiy 
ajratmalarni sof tovar aylanmasidan 1% miqdorida to’laydilar. 
Umumiy ovqatlanish korxonalarida buxgalteriya hisobini yuritish tartibini 
quyidagicha ko’rsatish mumkin: 
-umumiy ovqatlanish korxonalarida tovar operatsiyalarini hisobini tashkil 
etish; 
-umumiy ovqatlanish korxonalarida tovar operatsiyalarini hujjatlashtirish 
va ular bo’yicha hisobot tuzish; 
Umumiy ovqatlanish korxonalarida tovar operatsiyalarini hisobini tashkil 
etish. Umumiy ovqatlanish korxonalari omborlarida tovar-moddiy boyliklarning 
hisobi 2910 “Ombordagi tovarlar”da hisobga olinadi. Umumovqatlanish 
korxonalarida xuddi chakana savdo korxonalari singari har bir sotilgan 
tovarlarning, ovqatning tannarxini sotish paytida aniqlab bo’lmaydi. Sotilgan 
tovarlarning tannarxini aniqlash uchun oy oxirida sotilgan va qoldiq tovarlariga 


36 
to‘g‘ri keladigan savdo va umumiy ovqatlanish ustamalari hisob-kitobi tuziladi. 
Ushbu hisob-kitob shakl va mazmuni jihatdan chakana savdo korxonalarida 
tuziladigan hisob-kitob to‘liq o

xshaydi. Hisob-kitob asosida topilgan sotilgan 
tovarlarga to’g’ri keluvchi savdo va umumiy ovqatlanish ustamasi summasi sof 
tushumdan chegirilgach, qolgan summa sotish tannarxini beradi. 
Umumiy ovqatlanish korxonalarida tovar operatsiyalarini hujjatlashtirish 
va ular bo’yicha hisobot tuzish.
Umumiy ovqatlanish korxonalarida tovar 
operatsiyalarini hujjatlashtirish va moddiy javobgar shaxslarning hisobotlarini 
tuzish ushbu korxonlarning ichki tuzilmalariga, ular bo‘yicha belgilangan 
moddiy javobgarlikka va boshqa omillarga bog’liq. Maxsus omborlar
muzlatkich xonalari oshxonalari, savdo zallari va bufetlari bo‘lgan yirik umumiy 
ovqatlanish korxonalarida tovar operatsiyalarini hujjatlashtirish va moddiy 
javobgar shaxslarning hisobotlarini tuzish ushbu bo‘linmalar bo‘yicha alohida-
alohida amalga oshiriladi. Kichik umumiy ovqatlanish korxonalarida tovar 
operatsiyalari korxona bo‘yicha umumiy holda amalga oshiriladi, jumladan 
barcha ichki almashuv operatsiyalari bitta moddiy javobgar shaxs tomonidan 
turli hujjatlarsiz olib boriladi, masalan tovarlarni ombordan oshxonaga yoki 
bufetga berilishi va shu kabi boshqa operatsiyalar. 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə