Transport va logistika


- Potentsial tabiiy resurslar



Yüklə 5,87 Mb.
səhifə12/55
tarix28.11.2023
ölçüsü5,87 Mb.
#137813
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55
Ma`ruza matni 22

- Potentsial tabiiy resurslar: Ma’lum sabablarga ko’ra ishlab chiqarishda ishtirok etmayotgan lekin keyinchalik ishlab chiqarishga jalb etiladigan resurslardir. Demak, potentsial resurslar ham ma’lum vaqt o’tishi bian, ishab chiqarish texnik darajasini oshishi bilan real resurslarga aylanadilar.
Tabiiy resurslarni tugash darajasi bo’yicha sinflanishi: Insonlarni tabiiy resurs larga ko’rsatayotgan ta’siriga binoan ular tugaydigan va tugamaydigan turlarga ajratiladilar. Ular yesa o’z navbatida qayta tiklanmaydigan (yer osti foydali qazilmalarni) ya’ni ulardan foydalanish natijaida; nisbatan qayta tiklanadigan (tuproq, o’rmon) ya’ni qayta tiklash uchun uzoq vaqt muddati zarur; qayta tiklanadigan (o’simlik va xayvon turlari, ba’zi bir mineral resurslar–masalan dengiz va ko’llarda yigilib qoladigan tuzlar) turlariga bo’linadilar.
Bundan tashqari barcha resurslar yana quyidagi 2 guruhga ajratiladilar:
1. Almashtirilish mumkin –ya’ni tejamli foydalanish maqsadida ba’zi bir resurslarni boshqalari bilan almashtirilishi mumkin. Masalan, mineral yoqilg’i resurslari – atom va quyosh energiyasidan foydalanish;
2. Almashtirilishi mumkin bo’lmagan–masalan atmosfera havosi (chunki uning tarkibida ma’lum belgilangan miqdorda kislorod, azot, uglerod oksidi va boshqalar bordir), ichimlik suvi, genetik resurslar (tirik organizmlar turlari).
Ochiq dengiz resurslari, atmosfera havosi, Antarktida, kosmik bo’shliq barcha davlat va xalqlar uchun umumiydir.
Resurslarni sinflarga ajratish albatta shartlidir, chunki xar bir resurs boshqasi bilan o’zviy boglangandir va boshqa ba’zi birlarini hosil bo’lishida ishtirok yetadilar. Lekin ularni sinflarga ajratib o’rganish, ularni tabiatini, ulardan tejamli foydalanish va ximoya qilishni, qayta tiklashni tashqil qilish imkonlarini beradi. Agar resurs tugamaydigan turga mansub bo’lsa, demak undan cheksiz miqdorda foydalanish mumkin degani emasdir. Balki ulardan foydalanish jarayonida yana biz ularni ifloslantiramiz va natijada uning sifat ko’rsatkichlari ham yomonlashadi. Masalan, radioaktiv moddalar bilan ifloslangan havo hamma yerga tarqalishi natijasida global ifloslanish xavfi tug’iladi; sanoat oqova suvlari, dalalrdagi yuvuvchi suvlar suv xavzalariga juda ko’p miqdorda kimyoviy zahar moddalarni olib keladilar.
Tabiiy resurslarni iqtisodiy sinflanishi - resurslardan foydalanishning formalari va yo’nalishlariga asoslangandir. Tabiiy resurslarni asosiy ishlab chiqarish soxasida foydalaniladigan va ishlab chiqarish soxasida foydalanmaydigan turlarga ajratadilar.
Ma’lum sinfga mansub bo’lgan tabiiy resurslarning ko’pchilik qismi bir vaqtda bir nechta iqtisodiy sinflarga mansub bo’la olishlari mumkin.

Yüklə 5,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə