Tuzuvchilar: Buxoro viloyat Kogon tuman 5- maktabning



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə112/113
tarix22.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#154178
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   113
1-sinf yozuv darsi ishlanmasi 2021-yil

Dars metodi : Tahlil – tarkib metodi , tushuntirish , suhbat , ko‘rsatish , “Rebusni to‘g‘ri eching ” topshirig‘i
Dars jihozi : Doska , mavzuga oid rasmlar , texnik vositalar .
Darsning borishi.

T/R

Bo‘limlar

Vaqt

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O‘tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O‘quvchilarni rag‘batlantirish

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa




Jami:

45 daqiqa

I .Tashkiliy qism.
O‘quvchilarni darsga tayyorlash . Darsni “Yozuv darsi” she’ri bilan boshlash.
Dars shiori va maqsadi aytiladi.
Navbatchi axboroti tinglanadi .
Ingliz tili daqiqasida hayvonlar haqida suhbat o‘tkaziladi .




O‘quvchilarga to‘g‘ri o‘tirish , yozuv qurollaridan to‘g‘ri foydalanish qoidalari va oltin qoidalarni eslatish .




II .O‘tgan mavzuni mustahkamlash .
Yozuv daftaridagi bosh ”Ng” harf birikmasini , “Ng” harf birikmasi qatnashgan bo‘g‘in , so‘z, gap imlosini tekshirish va rag‘batlantirish .
Doskada “Ng” harf birikmasining o‘zidan oldingi va o‘zidan keyingi harf bilan to‘g‘ri yozilishini tekshirish .O‘qituvchi talaffuz qilgan so‘zlar ichidan o‘tilgan “ng” tovu-shining o‘rnini topish topshirig‘i beriladi .
Rasmli diktant o‘tkaziladi .
III . Yangi mavzu bayoni .
Ekranda “samolyot, soyabon va soat” rasmlari ko‘rsatilib ularning nomlari so‘raladi. Bu so‘zlar qaysi tovush bilan boshlanganini so‘rab , o‘quvchilarga “s” harfini tanishti-
rish . Bosma va yozma “s” harfini solishtirib farqini so‘rash. O‘quvchilarga “s” tovushini talaffuz qildirish va undosh tovush ekanligini tushuntirish.

Kichik “s” tovushining talaffuzi va yozilishi ko‘rsatiladi , tushuntiriladi . Doskada kichik s harfining yozmacha shakli yozib ko‘rsatiladi. Yozmacha va bosmacha shakli qiyoslanadi.Harf yozilishi ko‘rsatilgandan so‘ng talaffuz qildirilib , havoda yozish mashqi bajariladi .



“Ss” harfiga boshqa harfni qo‘shib, bo‘g‘in hosil qilish , yozma shakli ko‘rsatib tushuntiriladi . “Ss” harfiga a , i , o , e, u, o’ harflarini qo‘shib bo‘g‘in hosil qilib , uning yozma shakli ko’rsatiladi. “Sel, soat, asal, atlas” so‘zlari yoziladi va shu so‘zlar o‘qitiladi .Yozilgan har bir so’z tarkibi tahlil qilinadi .So‘zlarning har biri alohida yozib ko‘rsatiladi , havoda yozish mashqidan so‘ng o‘quvchilar so‘zlarni daftarlariga yozadilar.



O‘quvchilarning yozuvi o‘qituvchi tomonidan nazorat qilib boriladi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə