5
|
O‘quvchilarni rag‘batlantirish
|
10 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
|
Jami:
|
45 daqiqa
|
I .Tashkiliy qism.
O‘quvchilarni darsga tayyorlash . Dars shior va maqsadlarni aytish bilan boshlanadi .
Bizning maqsad: -A’lo o‘qib albatta ,
Biz kamolga yetamiz .
O‘zbekiston bayrog’in ,
Ko‘klarga ko‘taramiz.
Bizning shior : -Darslarimiz xilma –xil ,
Ongim o‘sar yilma-yil .
A’lo o‘qishdir burchim ,
Sarf etaman bor kuchim.
O‘quvchilarga to‘g‘ri o‘tirish , yozuv qurollaridan to‘g‘ri foydalanish qoidalarini eslatish .
II .O‘tgan mavzuni mustahkamlash .
Yozuv daftaridagi bosh “T” tovush harfini , “T t” tovush harfi qatnashgan bo‘g‘in , so‘z , gaplardan so‘rab doskaga yozdirish. Imlosini tekshirish va rag‘-batlantirish .
Doskada “Tt” tovush harfining o‘zidan oldingi va o‘zidan keyingi harf bilan to‘g‘ri yozilishini tekshirish . O‘qituvchi talaffuz qilgan so‘zlar ichidan o‘tilgan “Tt” tovushining o‘rnini topish topshirig‘i beriladi .Masalan : manti , it , tom.
O‘quvchlarning vazifalari o‘qituvchi tomonidan ko‘rib chiqiladi . Yozishda qiynalgan o‘quvchilarga tushunchalar beriladi .
Daftarlar almashtiriladi .
III . Yangi mavzu bayoni .
O‘quvchilarga topishmoqlar berilib , javoblari so‘raladi .
Teg desam tegmaydi ,
Tegma desam tegadi . (lab)
Uyga osdik bitta nok,
Yop-yorug‘ bo‘ldi har yoq . ( lampochka)
Kiyik ko‘zli qalam qosh ,
Undan bo‘lar shirin osh . (loviya)
Sen ichida tursang tikka ,
Olib chiqar yuksaklikka . (lift)
O‘qituvchi :
Qani o‘quvchilar, topishmoqlarimizning javoblari nimalar ekan? (lab lampochka, loviya va lift)
Bu so‘zlarni bir talaffuz qilaylik-chi.
Talaffuz qilganimizda qaysi tovushni birinchi eshitdik ? (l)
O‘quvchilarga “l” tovushini talaffuz qildirib , uning undosh tovush ekanligi haqida tushuncha berish .
Kichik “l” tovushining talaffuzi va yozilishi multimediyali ilova orqali ko‘rsati-ladi , tushuntiriladi. Doskada kichik” l” harfining yozmacha shakli yozib ko‘rsa-tiladi . Harf yozilishi ko‘rsatilgandan so‘ng talaffuz qildirilib , havoda yozish mashqi bajariladi .O‘quvchilar o‘qituvchi nazorati ostida kichik ”l” harfini daftarlariga yozadilar .
“ l” harflariga boshqa harflarni qo‘shib, bo‘g‘in hosil qilish , yozma shakli ko‘r-satib tushuntiriladi . “l” harfiga unli harflarni qo‘shib bo‘g‘in hosil qilish va yoz-ma shakli ko ‘rsatiladi . “ ol ,til, lola , alla , olti” so‘zlari yoziladi va o‘qiladi . Bu so‘z va bo‘g‘inlar tarkibi tahlil qilinadi .
Dostları ilə paylaş: |