Tuzuvchilar: Buxoro viloyat Kogon tuman 5- maktabning


Dam olish daqiqasi o‘tkaziladi



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə40/113
tarix22.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#154178
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   113
1-sinf yozuv darsi ishlanmasi 2021-yil

Dam olish daqiqasi o‘tkaziladi .
To‘ti qushim, hoy qushim ,
Sen gapga chechan qushim .
Kelgin birga o‘ynaymiz ,
O‘rtoq bo’l menga qushim .
VI. Yangi mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilar doskada navbat bilan kichik “t” harfini yozishni mashq qiladilar.
Daftar bilan islash .

Yozuv daftariga “ta” bo‘g‘ini va “tom , ot , mitti” so‘zlari yoziladi .Bu so‘z va bo‘g‘inlar nechta tovushdan iborat ekanligi so‘raladi .Bo‘g‘in va so‘zlar daftarlarga yozdiriladi. O‘quvchilar yozuvi nazorat qilib boriladi .Yozishga qiynalgan o‘quvchilarga individual tushuntiriladi.


“Rebusni to‘g‘ri yeching ” topshirig‘i beriladi . Rasm nomlarining birinchi harflaridan yangi so‘z hosil qiling .
1 . Tarvuz . 2 .Oy . 3 . Mushuk .(TOM)
1 .Tulki . 2 . Olma . 3 . Varrak . 4 . Uzum . 5 . Qalam .(TOVUQ)

  1. Turna. 2. Usta . 3. Varrak. 4. Anor. 5. Kitob (TUVAK)

O‘quvchilarning yozuvlari ko‘rib baholanadi . Vazifa daftarlar tarqatilib tushuntiriladi .
V . Darsni yakunlash : Dars oxirida darsda faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘-batlantiriladi .



VI. Uyga vazifa : So‘z va bo‘g‘inlarni takroriy yozib kelish .


15-dars mavzusi: Bosh “T” harfini yozish.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsad: O‘quvchilarga bosh “T” harfi imlosini to‘g‘ri , aniq va chi-royli yozishga o‘rgatish .”T” tovushi undosh tovush ekanligini , unga unli tovushlar qo‘shib bo‘g‘inlar hosil qilishni va so‘zlar tuzish va yozishni o‘rgatish .
Tarbiyaviy maqsad : O‘quvchilarni odobli , intizomli qilib tarbiyalash. Jamoa joy-larida o‘zini tutishga o‘rgatish .
Rivojlantiruvchi maqsad : O‘quvchilarda chiziqdan chiqib ketmaslik , harf un-surlarini to‘g‘ri yozish , bosh “T” harfiga oid yozuv ko‘nikmalarini rivojlan-tirish .
FK:
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish) elementlari:
mavzu doirasida o‘qituvchi nutqini, sodda audio (multimedia ilovalari) matnlarni va topshiriqlarini tinglab tushuna oladi; rasmlar asosida va o‘qib eshittirilgan matn yuzasidan o‘qituvchi yordamida suhbatga kirisha oladi, nutq jarayonida o‘zlashtirgan yangi so‘zlarni og‘zaki nutqda qo‘llay oladi;
kichik o, bosh O, kichik n, bosh N, kichik a, bosh A , kichik i va katta I , kichik m , katta M va Tt harflarini yoza oladi ,ular ishtirok etgan so‘zlarni yoza oladi .
Bosma va yozma harflarni, ular ifodalaydigan tovushlarni to‘g‘ri talaffuz eta oladi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə