Tuzuvchilar: Buxoro viloyat Kogon tuman 5- maktabning


Lingvistik kompetensiya elementi



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə41/113
tarix22.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#154178
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   113
1-sinf yozuv darsi ishlanmasi 2021-yil

Lingvistik kompetensiya elementi:
o‘zbek tilida nutq tovushlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki nutq-da qo‘llay oladi.
Dars turi : Yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi .
Dars metodi : Tahlil – tarkib metodi , tushuntirish , suhbat , ko‘rsatish ,“So‘z tuz” o‘yini .
Dars jihozi : Doska , mavzuga oid rasmlar , texnik vositalar .
Darsning borishi:

T/R

Bo‘limlar

Vaqt

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O‘tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O‘quvchilarni rag‘batlantirish

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa




Jami:

45 daqiqa



I .Tashkiliy qism.
O‘quvchilarni darsga tayyorlash .
Navbatchi axborotini tinglash .
Yil,fasl , oy va kun haqida suhbat o‘tkazish .
O‘quvchilardan ingliz tilida hafta kunlari nomlarini so‘rash va o‘rgatish.
O‘quvchilarga to‘g‘ri o‘tirish , yozuv qurollaridan to‘g‘ri foydalanish qoidalarini eslatish .
II .O‘tgan mavzuni mustahkamlash .
Yozuv daftaridagi kichik “t” tovush harfini , kichik “t” tovush harfi qatnashgan bo‘g‘in , so‘z , gap imlosini tekshirish va rag‘batlantirish .
Doskada “t” harfining o‘zidan oldingi va o‘zidan keyingi harf bilan to‘g‘ri yozilishini tekshirish . O‘qituvchi talaffuz qilgan so‘zlar ichidan o‘tilgan “Mm” va “t” tovushining o‘rnini topish topshirig‘i beriladi .
III . Yangi mavzu bayoni .



O‘quvchilarga rasmlarni ko‘satish va ular qaysi tovush bilan boshlanishini so‘rash . Yana “T” tovushi bilan boshlanadigan so‘zlardan so‘rash. O‘quvchilarga mavzuni e’lon qilish. O‘quvchilarga shahar ,viloyat ,tuman , qishloq, kishilarning ismlari, hayvonlarga atab qo‘yiladigan nomlarning bosh harf yozilishi haqida tushuncha berish .
Bosh “T” tovushining talaffuzi va yozilishi ko‘rsatiladi , tushuntiriladi . Doska-da bosh “T” harfining yozmacha shakli yozib ko‘rsatiladi . Harf yozilishi ko‘r-satilgandan so‘ng talaffuz qildirilib , havoda yozish mashqi bajariladi . O‘quv-chilar daftarlariga yozadilar. Yozuv daftariga bosh “T” harfi yoziladi .
“Tt” harflariga boshqa harflarni qo‘shib, bo‘g‘in hosil qilish , yozma shakli ko‘r-satib tushuntiriladi . “T” harfiga “ a , i , o” harflarini qo‘shib , bo‘g‘in hosil qilish va yozma shakli ko‘rsatiladi . “Ta”,”Ti” bo‘g‘inlari yozdiriladi . “Ta” , “ Ti” bo‘g‘in-lari qatnashgan so‘zlardan so‘rash va harf kassadan foydalanib so‘zlardan yozdirish .
“ Tom ana. “ gapi o‘qiladi va yoziladi . “Tom” so’zi nima uchun bosh harf bilan yozilgani haqida tushuncha beriladi . Yozuv daftarida berilgan “Tom ana” gapining yozilishi o‘qituvchi tomonidan doskada tushuntiriladi va yoziladi . Har bir so‘z tarkibi tahlil qilinadi . Kishilarning ismi va familiyasi doimo bosh harf bilan yozilishini tushuntirish .

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə