Umumiy doc



Yüklə 2,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/387
tarix28.11.2023
ölçüsü2,8 Mb.
#136282
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   387
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish Yusupbekov

Instrumental 
xatolik
deyilganda 
qo‘llanayotgan 
o‘lchov 
asboblari 
xatoliklariga bog‘liq bo‘lgan o‘lchash xatoliklari tushuniladi. YUqori aniqlikda 
o‘lchaydigan asboblar qo‘llanganda o‘lchov asboblarining takomillashmagani 
orqasida kelib chiqadigan instrumental xatoliklar tuzatma kiritish usuli bilan 
yo‘qotiladi. Texnik o‘lchov asboblarining instrumental xatoliklarini yo‘qotib 
bo‘lmaydi, chunki bu asboblarni tekshirilganda tuzatmalar bilan ta’minlanmaydi. 
O‘lchash usuli xatoligi
deyilganda usulning takomillashmaganligi orqasida 
kelib chiqadigan xatolik tushuniladi. Ular, ko‘pincha, yangi usullar qo‘llaganda, 
qiymatlar orasidagi haqiqiy bog‘lanishni taxminiy apporoksimasiya qiluvchi 
tenglamalardan foydalanilganda paydo bo‘ladi. O‘lchash usuli xatoligi o‘lchov 
vositasi, xususan, o‘lchash qurilmasi, ba’zida esa, o‘lchash natijasi xatoliklarini 
baholashda e’tiborga olinishi lozim. 
Sub’ektiv xatoliklar
kuzatuvchining shaxsiy xususiyatlaridan masalan, biror 
signal berilgan paytni kayd qilishda kechikish yoki shoshilishdan, shkala bir bo‘limi 
chegarasida ko‘rsatuvni noto‘g‘ri yozib olishdan, parallaksdan va hokazodan kelib 
chiqadi. Parallaksdan hosil bo‘lgan xatolik deyilganda sanash xatoligiga kiradigan, 
shkala sirtidan biror masofada joylashgan strelka shu sirtga perpendikulyar 
bo‘lmagan yo‘nalishda vizirlash (belgilash) natijasida kelib chikadigan xatolik 
tushuniladi. 
O‘rnatish xatoligi
o‘lchov asbobi strelkasining shkala boshlang‘ich belgisiga 
noto‘g‘ri o‘rnatilishi natijasida yoki o‘lchash vositasini e’tiborsizlik bilan, masalan, 
vertikal yoki gorizontal bo‘yicha o‘rnatilmasligi natijasida kelib chiqadi. 
O‘lchash uslubi xatoliklari
kattaliklarni (bosim harorat va b. ni) o‘lchash 
uslubi bilan bog‘liq bo‘lgan va qo‘llanayotgan o‘lchash asboblariga bog‘liq 
bo‘lmagan xatoliklaridan iborat. 
O‘lchashlarni, ayniqsa, aniq o‘lchashlarni bajarishda o‘lchash natijasini 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


29
muntazam xatoliklar anchagina buzishi mumkin. SHuning uchun, o‘lchashlarni 
bajarishga kirishishdan avval bu xatoliklarning barcha manbalarini aniqlash va ularni 
yo‘qotish choralarini ko‘rish zarur. Ammo muntazam xatoliklarni topish va yo‘qotish 
uchun uzil-kesil qoidalar berish amalda mumkin emas, chunki turli kattaliklarni 
o‘lchash usullari g‘oyatda turli-tumandir. 

Yüklə 2,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   387




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə