Umumiy doc



Yüklə 2,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə177/387
tarix28.11.2023
ölçüsü2,8 Mb.
#136282
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   387
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish Yusupbekov

Ултратовушли
 
вискозиметрнинг
 
схемаси
 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


263 
ket uyg‘onishidagi vaqt oralig‘i kattaligidan iborat. Suyuqlik qovushoqligi qancha 
katta bo‘lsa, impulslar orasidagi vaqt oralig‘i shuncha kichik bo‘ladi. O‘lchash signali 
detektordan ikkilamchi asbob 7 ga keladi. 
Qovushoqlik birligida darajalangan o‘lchash asbobi impulslar intervalining 
o‘rtacha qiymatini o‘lchaydi. Asbobning o‘lchashdagi xatoligi ±1%. 
Ultratovushli viskozimetrlar texnologik oqimlardagi turli suyuqliklarni 
uzluksiz nazorat qilish uchun ishlatiladi. Bu viskozimetrlarning o‘lchash chegarasi 
0,0001...100 Pa


Tebranishli, ayniqsa, ultratovushli viskozimetrlarning qo‘llanilish sohasi 
Nyuton suyuqliklari bilan cheklab qo‘yiladi, bu suyuqliklarning qovushoqligi 
mexanik ta’sir jadalligiga bog‘liq bo‘lmaydi. Nyuton suyuqliklarda ular kamaytirib 
ko‘rsatadi, bu holda ham ulardan faqat qovushoqlik indikatorlari sifatidagina 
foydalanish mumkin. 
6.6- §. MODDALARNING NAMLIGINI O‘LCHASH 
Gazlar, suyuq muhit va qattiq jismlarning namligi kimyo, oziq-ovqat, 
metallurgiya, neft-gaz, to‘qimachilik sanoatida va boshqa sanoat tarmoqlaridagi 
hamda qurilishdagi ko‘pgina texnologik jarayonlarning muhim ko‘rsatkichlaridan 
hisoblanadi. 
Har qanday jismda namlikning mavjudligi uning mutlaq (absolyut) hamda 
nisbiy namligi bilan xarakterlanadi. 
Gazning mutlaq namligi
deyilganda normal sharoitlarda 1,0 m
3
gaz 
aralashmasidagi suv bug‘i massasi tushuniladi. Mutlaq namlikning birliklari g/m
3
yoki kg/m
3

Nisbiy namlik
deyilganda 1,0 m
3
aralashmadagi suv bug‘i massasi (hajmi)ning 
shu haroratdagi 1,0 m
3
aralashmadagi suv bug‘ining maksimal massasi (hajmi)ga 
nisbati tushuniladi. Nisbiy namlik o‘lchovsiz kattalik, ba’zan u foizlarda ifodalanadi. 
Materialdagi nam miqdorini miqdor jihatidan xaraqterlash uchun ikkita kattalik 
— nam saqlami va namlikdan foydalaniladi. 
Nam jism massasining mutlaq quruq material massasiga nisbati 

Yüklə 2,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   387




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə