Umurtqalilar kenja tipi. Tuzilishining asosiy belgilari



Yüklə 16,87 Kb.
səhifə3/5
tarix25.05.2023
ölçüsü16,87 Kb.
#112787
1   2   3   4   5
Umurtqalilar kenja tipi. Tuzilishining asosiy belgilari doc

Qo'l oyoq skeleti.Oyoq skeletlari toq va juft oyoq (suzgich qanot) skeletlariga bo'linadi. Toq oyoq (suzgich qanot) skeletlari faqat birlamchi suv hayvonlarida (to'garak og'izlilar va baliqlarda) bo'ladi. Ular orqa, dum va anal suzgich qanot pardalanni tutib turadigan tashqi skelet - shu'lalardan hamda gavda muskullariga o'mashgan va suzgich qanot shu'lalarini tutib turadigan ichki skelet-radial shu'lalardan iborat. Juft oyoqlar (suzgich qanotlar) skeleti, oyoq kamarlari skeletiga va erkin oyoq skeletlariga bo'linadi.Baliqlaming suzgich qanot kamarlari birmuncha sodda tuzilgan bo'ladi va umurtqa pog'onasiga qo'shilib turmaydi.Quruqlikda yashovchi umurtqalilaming juft oyoqlari baliqlarning juft suzgich qanotlaridan farq qiladi. Oldingi yoki yelka kamarining tipik elementlariga kurak. korakoid va prokorakoid kiradi.
Ularda. qoplag'ich suyak-o'mrov ham bo'ladi. Tos yoki chanoq kamariga yonbosh, quymich va qov suyaklari kiradi. Chanoq kamarida qoplag'ich suyaklar yo'q.Erkin oyoq skeletlari faqat ichki skeletlardan iborat bo'lib. 3 bo'limga. ya'ni oldingi oyoq-son, boldir va oyoq kaftiga bo'linadi. Birinchi bo'lim bitta. ya’ni yelka yoki son suyagidan. ikkinchi bo'lim2 ta suyakdan. ya'ni tirsak va bilakdan hamda katta va kichik boldir suyaklaridan iborat. uchinchi bo'lim esa 3 ta kichik bo'limlarga: oldingi oyoq-bilaguzuk. kaft va barmoq suyaklariga, orqa oyoq-tovon. oyoq kafti va barmoq suyaklariga bo'linadi.


Ovqat hazm qilish sistemasi. Boshskeletsizlarga nisbatan umurtqali hayvonlarning ovqat hazm qilish sistemasi ancha murakkab tuzilgan. Xususan, oziqni ushlashga moslashgan ogʻiz teshigi hosil boʻlgan. Hazm qilish sistemasi nayi uzaygan boʻlib, har xil boʻlimlar (oshqozon, ingichka va yoʻgʻon ichaklar)dan iborat(13-rasm). Oshqozon, oshqozonosti va ingichka ichak devorida hazm qilish bezlari kuchli rivojlangan. Bu bezlarning suyuqligi ovqat tarkibidagi oqsil, yogʻ, uglevod va boshqa moddalarni hazm qilishga yordam. beradi. Umurtqalilarda murakkab tuzilgan parenximatoz organ – jigar hosil boʻlgan. Jigar ovqat hazm qilishda ishtirok etish bilan birga murakkab biokimyoviy jarayonlar kechadigan joy ham hisoblanadi.

Yüklə 16,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə