V. V. Dokuchayev o„zining 1883-yilda nashrdan chiqqan "Русский чернозем"


Landshaftshunoslik fanida tarkibiy-genetik va funksional-dinamik



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix05.04.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#104445
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
L 111

4. Landshaftshunoslik fanida tarkibiy-genetik va funksional-dinamik 
yo‘nalishlar.
Landshaftshunoslik fanining taraqqiyoti bilan qiziqqan kishi bu 
fanda bir qator ilmiy yo„nalishlar hosil bo„lganligini payqamay qolmaydi. Bu 
yo„nalishlardan dastlabkisini tarkibiy-genetik yo„nalish deb atasa bo„ladi. Uning 
namoyondalari asosan landshaftlarni aniqlash, xaritaga kiritish, ularning 


komponentlari va komponentlararo aloqadorliklarini hamda landshaftlarning 
morfologik tuzilishi va morfologik qismlararo o„zaro ta‟sir va aloqadorliklarni 
o„rganish bilan, ya‟ni ularning vertikal va gorizantal tuzilishini ochib berish bilan 
shug„ullanganlar. Landshaftshunoslikdagi ushbu yo„nalish landshaftlar o„ziga xos 
tabiiy geografik kompleks sifatida o„zidan kichikroq bo„lgan komplekslar 
bog„lamidan iboratdir, degan g„oyaga asoslanadi. 
Landshaftshunoslikdagi ikkinchi bir ilmiy yo„nalish bu funksional-dinamik 
yo„nalishdir. Bu yo„nalish, asosan, XX asrning 60-yillaridan boshlab shakllana 
boshladi. Ushbu yo„nalishda olib borilgan ilmiy izlanishlarning asosiy mazmuni 
landshaftlarning vaqt mobaynida o„zgarishiga, landshaftlarning o„z funksiyasini
ya‟ni maxsus faoliyatini bajarish jabhalariga e‟tibor berishdan iboratdir. 
A.A.Krauklis (1979) ta‟biri bilan aytganda, landshaftshunoslikdagi tarkibiy- 
genetik yo„nalish tabiiy geografik rayonlashtirish bilan birgalikda landshaftlarni 
o„rganishga "makroskopik" yondashish bo„lsa, funksional-dinamik yo„nalish esa 
"mikroskopik" yondashishdir. Ularning birinchisida, landshaftlar aniqlanadi, 
xaritaga tushiriladi, morfologik tuzilishi o„rganiladi va tavsiflanadi. Ikkinchisida 
esa, landshaftlarning ichida ro„y beradigan jarayonlarni ham makonda, ham 
zamonda o„zgarishini, landshaftlararo, ularning morfologik qismlariaro hamda 
komponentlariaro modda va energiya almashinishini o„rganishga ko„proq e‟tibor 
beriladi. Bu yo„nalishning yuzaga kelishi bilan landshaftshunoslikka landshaftning 
holati, landshaftning dinamikasi, landshaft invarianti, landshaftning o„z maxsus 
faoliyatini bajarishi (yashashi) kabi yangi tushunchalar kirib keldi. 

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə