V. V. Dokuchayev o„zining 1883-yilda nashrdan chiqqan "Русский чернозем"


O‘zbekistonda landshaftshunoslikning rivojlanishi



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix05.04.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#104445
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
L 111

3. O‘zbekistonda landshaftshunoslikning rivojlanishi.
XX asrga kelib 
O‟zbekistonda ham landshaftlarni o„rganishga bo„lgan qiziqish yanada kuchaydi. 
Ayniqsa, Antropogen, Cho‟l, Voha, Madaniy kabi landshaftlar bo‟yicha ilmiy 
izlanishlar olib borila boshlandi. 
1950-yillarning oxirida O„rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O„zMU) 
tabiiy geografiya kafedrasining olimlari L.N.Babushkin va N.A.Kogay tomonidan 
O„zbekiston hududini qishloq xo„jaligi maqsadlarida tabiiy geografik 
rayonlashtirish mavzuida ilmiy tadqiqot ishlari natijasida, O„zbekistonda 
landshaftshunoslikning
 
taraqqiyot 
tarixidagi 
muhim 
voqealardan 
edi. 
O„zbekistonning landshaft xaritasi 1964-yilda nashrdan chiqa boshladi (2-rasm). 
2-rasm. O’zbekiston landshaft xaritasi 
L.N.Babushkin bilan N.A.Kogayning ilmiy hamkorligi 15 yildan ortiq vaqt 
davom etib, nihoyatda samarali bo„ldi. Ular hammualliflikda juda ko„p ilmiy 
maqolalar, monografiyalar va o„quv qo„llanmalari yaratdilar. Landshaftshunos-
likning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi asosan rus olimlarining tadqiqotlari 
bilan bog„lagan I.I.Mamay (2008) bu fan tarixida to„rt bosqichni ajratar ekan, bu 
bosqichlar orasidagi chegaralarni anchagina shartli ekanligini ta‟kidlaydi. Uning 
ta‟kidlashicha, birinchi bosqich 1913-1947 yillarni o„z ichiga olib, 
landshaftshunoslikning fan sifatida shakllanishi bilan tavsiflanadi. Bu davrda 
landshaft tabiiy geografiyaning tadqiqot predmeti sifatida qaray boshlandi. 
Dialektik materializm esa landshaftshunoslikning metodologik asosi sifatida qaror 
topdi. 
Ikkinchi bosqich (1948-1965) landshaftshunoslikning ilmiy mustaqilligini va 
uning amaliy imkoniyatlarini geograflar tomonidan e‟tirof etilishi bilan 
tavsiflanadi. Bu davrda bir qator universitetlarda landshaftshunoslik maktablari, 
yangi ilmiy yo„nalishlar shakllandi. Bu fan bo„yicha darsliklar va o„quv 
qo„llanmalar yaratildi, monografiyalar e‟lon qilindi. 


Uchinchi bosqich (1970-1991) landshaftlar dinamikasi, tabiiy geografik 
komplekslarga antropogen ta‟sir va tabiatdan samarali foydalanish muammolarini 
yechishga qaratilgan tadqiqotlarning ustunligi bilan tavsiflanadi. Bu bosqichning 
tavsifli tomoni shundaki, bu davrda kosmosdan olingan ma‟lumotlar keng yuzaga 
keldi, tizimli yondashuv tushunchasi keng qo„llanila boshlandi. Bir qator yangi 
tushunchalar (bir butunlik, tashkillanganlik, funksiyasini bajarishi, holatlari, 
barqarorligi kabi) keng qo„llana boshlandi. Antropogen landshaftshunoslik 
(F.N.Milkov, 1977) yo„nalishi, geotextizimlar haqidagi ta‟limot (K.N.Dyakonov, 
1978) paydo bo„ldi. Landshaftshunoslik nazariyasiga oid bir qator monografik 
asarlar nashrdan chiqdi. "Landshaftshunoslik" predmeti ko„p oliy o„quv yurtlarida 
o„qitila boshlandi. 
To„rtinchi bosqich 1992-yildan boshlanib, hali tugamagan. Bu bosqichni 
muallif shartli ravishda XX asrning 50-80 yillarida to„plangan landshaft 
tadqiqotlari ma‟lumotlarini yerning kosmik suratlarini jalb qilish, kompyuter 
texnologiyalari va matematik modellashtirish usullaridan foydalangan holda tahlil 
qilish deb nomlagan. Bu bosqichning tavsifli tomonlaridan biri, ekologik 
yo„nalishdagi tadqiqotlarning oldingi o„ringa chiqib olganligidadir. 
Landshaftshunoslikning 
taraqqiyot 
tarixi 
bilan 
shug„ullangan 
V.S.Preobrajenskiy (1988) ham asosan uch davrni tavsiflashga harakat qilgan:

landshaft haqidagi asosiy g„oyaning (konsepsiyaning) tug„ilish davri (XIX 
asrning 80-yillaridan XX asrning 40-yillarigacha);

landshaft haqidagi ta‟limotning shakllanish davri (1945-65 yillar);

landshaftshunoslikning avj olish davri (1965-yildan boshlab).
Ushbu davrlar yana bir qancha bosqichlarga bo„lingan. Ammo, muallifning 
o„zi bunday bo„lishni anchagina shartli ekanligini tan oladi. V.S.Preobrajenskiy bu 
davr yoki bosqichlarning chegarasini aniqlashda fanda ro„y bergan muhim va yirik 
voqealarni ham hisobga olganligini ta‟kidlaydi. Bunday muhim yoki yirik voqealar 
deganda, u ko„pchilikda qiziqish uyg„ota olgan anjumanlar yoki yirikroq ilmiy asar 
va darsliklarning nashrdan chiqqanligini tushungan.
Chunki, shu mavzuda o„tkazilgan bir qator ilmiy anjumanlarda tabiiy 
geografik rayonlashtirishning asosiy metodi landshaft tipologik birliklar xaritasini 
tahlil qilish natijasida tabiiy geografik rayonlarni aniqlash ekanligi ta‟kidlab 
o„tilgan edi. Tabiiy geografiya va landshaftshunoslik ilmiy yo„nalishi shakllandi va 
uning dastlabki yillarida (1960-1963 yillar) geografiya fanlari nomzodlari, 
dostentlar N.D.Dolimov, O.Y.Poslavskaya, Ch.V.Galkovlar ishtirok etishgan. 
Keyinchalik esa ularning safiga Sh.Zokirov, I.Hasanov, A.Zaynutdinov, A.Soatov 
kabi yoshlar kelib qo„shildilar. O„zbekistonlik yosh geograflar orasida 
landshaftshunoslik masalalariga bo„lgan qiziqish 1960-1970 yillarda yanada avj 
oldi. Bu vaqtda bir qator yosh hamyurtlarimiz Moskva, Sankt Peterburg, Kiyev, 
Voronej, Lvov, Qozon kabi shaharlarga borib aspiranturada tahsil oldilar, 
dissertatsiyalarini himoya qilib qaytdilar.
P.G„ulomov, 
M. 
Umarov, 
Y.Sultonov, 
A.Saidov, 
S.Nishonov, 
A.Abdulqosimov, 
L.Alibekov, 
T.Allaberganov, 
T.Jumaboev, 
A.Rafiqov, 
M.Quziboev, Sh.Ergeshovlar shular jumlasidandir. Ularning ilmiy yo„nalishlari, 
O„zbekiston landshaftshunosligiga qo„shgan hissalari haqida Y.Sultonovning 


(1974) 
kitobidan 
umumiy 
tasavvurga ega bo„lish mumkin. Ushbu 
tadqiqotchilarning ko„pchiligi hududiy landshaftshunoslik yo„nalishida ish olib 
borganliklarini O„zbekistondagi geografiya hamda ekologiya tarixi bilan 
shug„ullangan R.U.Raximbekov (1995) ham ta‟kidlab o„tgan. Qo„shimcha tarzda 
shuni eslatib o„tish mumkinki, yuqorida nomlari sanab o„tilgan tabiiy 
geograflarimiz landshaft tushunchasini izohlashda hamfikr emaslar. Buning sababi 
ularning turli ilmiy maktablar namoyondalari rahbarligida tahsil olganliklaridandir. 
O„zbekistonlik yosh geograflar orasida landshaftshunoslik masalalariga 
bo„lgan qiziqish 1960-1970 yillarda yanada avj oldi. Bu vaqtda bir qator yosh 
hamyurtlarimizdan L.Babushkin, N.Kogay, A.Abdulqosimov, SH.Zokirov, 
S.Abbasov, K.Boymirzayev, A.Raxmatullayev va boshqalar Moskva, Sankt 
Peterburg, Kiyev, Voronej, Qozon va boshqa xorijiy shaharlarga borib 
aspiranturada tahsil oldilar yoki dissertatsiyalarini himoya qildilar. Shuningdek, 
O‟zbekistonda landshaftshunoslikni rivojlanishida fanga oid adabiyotlarning nashr 
etilishi bilan ham bog‟liqdir. Jumladan quyidagi adabiyotlarni aytib o‟tishimiz 
mumkin: 
O„zbekiston landshaftshunosligiga qo„shgan hissalari haqida Y.Sultonovning 
(1974) kitobidan umumiy tasavvurga ega bo„lish mumkin. Shu bilan birga, 
mamlakatimizda landshaftshunoslikning rivojlantirish bo‟yicha yosh olimlar 
tomonidan ilmiy tadqiqotlar olib bormoqdalar. Jumladan, landshaftlarni muxofaza 
qilish bo‟yicha (O.Quziboyeva – Qo‟qonDPI), landshaftlarni transformatsiyasi 
bo‟yicha (N.Sabirova – SamDU), voha landshaftlarini ekologik optimallashtirish 
bo‟yicha (I.Mirzahmedov – NamDU), adir landshaftlarini ekologik sharoitini 
baholash bo‟yicha (O.Mirzamahmudov – NamDU) va x.k. 

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə