V. V. Dokuchayev o„zining 1883-yilda nashrdan chiqqan "Русский чернозем"


Landshaft tushunchasi va landshaftshunoslikning rivojlanish tarixi



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix05.04.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#104445
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
L 111

2. Landshaft tushunchasi va landshaftshunoslikning rivojlanish tarixi. 
XX asr 40-yillarining ikkinchi yarmida landshaftlarni o„rganishga bo„lgan 
qiziqish yanada kuchaydi. Bu vaqtga kelib tabiiy geografik komplekslar
jumladan, landshaftlar ham tabiiy komponentlarning o„zaro bog„liq va 
aloqador bo„lgan tizimi ekanligini va ular turli taksonomik qiymatga ega 
ekanligi haqidagi tushunchalar mavjud bo„lib, geografik adabiyotda 
landshaftshunoslikka 
oid 
muammoli 
ilmiy-nazariy 
masalalar 
tez-tez 
muhokama qilina boshlandi. Turli hududlarda turli masshtabdagi landshaft 
izlanishlari o„tkazila boshlandi va to„plangan aniq ma‟lumotlar asosida 
landshaftlarni tadqiq qilishi uslublari ishlab chiqila boshlandi. Ammo, hali 
ko„pgina kamchiliklar ham mavjud bo„lib, ulardan eng asosiysi landshaft 
haqidagi ta‟limotning umumiy nazariyasi ishlab chiqilmagan edi. Landshaft 
izlanishlarining amaliyot bilan bog„lanishi ham hali sust borayotgan edi. 
Landshaftshunoslikning nazariy asoslarini yaratish va undan xalq xo„jaligida 
foydalanishda landshaftlarni xaritaga tushirish ishlarining ahamiyati hammaga 
ayon bo„lib qolgan edi. Shuningdek, landshaft tushunchasini ko‟plab xorijiy va 
mahalliy olimlar tomonidan o‟rganib kelinmoqda (1-jadval).
 
1-jadval. Landshaft tushunchasini olimlar tomonidan o’rganilishi
Xorijiy olimlar 
Mahalliy olimlar 
O’rgangan 
olimlar
O’rganilgan 
yil
O’rgangan 
olimlar
O’rganilgan 
yil
P. Jeymsning 
1988 
Абдулкосимов А. 
1966 
K. Byurgerning 
1935 
Боймирзаев К. 
1989 
A. Gommeyer 
1805 
Зокиров Ш. 
1997 
I. Vimmer 
1885 
Максудов А. 
1979 
Z. Passarge 
1867 
Нишанов С. 
1984 
L.Vaybel 
1933 
Рахматуллаев А. 
1989 
H. Lautenzah 
1952 
Холиков Р. 
1988 
A. Isachenko 
1990 
Аббасов С. 
1989 
I. Zabelin 
1973 
Назаров А. 
1994 


A. Ryabchikov 
1972 
Мирзамахмудов 
О. 
1999 
A. Krasnov 
1895 
Қўзибоева О. 
1999 va 
boshqalar. 
Haaze, Shlyutter 
1980 va 
boshqalar. 
Landshaft tushunchasining oliy o„quv yurtlari darsliklariga kirib kelishi va 
landshaftshunoslik bo„yicha maxsus kurslarni o„qitishning boshlanishi ham 
asosan shu davrga to„g„ri keladi. Jumladan, S.V.Kalesnikning (1947) 
"Umumiy yer bilimi" darsligida landshaft haqida anchagina mulohazalar 
bildirilgan edi. U landshaft tushunchasini yana bir bor ta‟riflar ekan, landshaft 
geografik qobiqning ma‟lum bir individual strukturaga ega bo„lgan qismi 
ekanligi, uning bu strukturasi geografik qobiqning strukturasi bilan sababiy 
bog„liq ekanligini ta‟kidlab o„tadi. Muallifning fikricha, landshaftlarning 
tuzilishini aniqlash, taksonomik birliklarni ajratib aniqlash landshaftshunoslik 
va Umumiy yer bilimining muhim muammolaridandir. 
1948-1949 yillarda N.A.Solntsevning (1902-1991) bir qator ilmiy 
mulohazalari e‟lon qilinishi landshaftshunoslikning keyingi taraqqiyotiga 
qo„shilgan katta hissa bo„ldi. Chunki bu vaqtga kelib tabiiy geografik kompleks − 
landshaftning tabiiy komponentlari o„zaro bog„liq va aloqador bo„lgan bir butunni 
tashkil qilishi, uning turlicha taksonomik qiymatga ega ekanligi haqidagi fikrlar 
aytilgan bo„lsa ham, qaysi qiymatdagi tabiiy geografik komplekslarni landshaft 
deb atash lozim, bu landshaft boshqa landshaftlar bilan qanday nisbatda bo„ladi, 
landshaftni belgilab beruvchi asosiy xususiyatlari qaysilar, ular qanday hosil 
bo„ladi va qanday rivojlanadi, degan savollarga hali javob berilmagan edi.
N.A.Solnsevning ilmiy maqolalari ana shu masalalarni yoritib berishga 
qaratilgan edi. Dastavval u geograflarning ikkinchi butunittifoq syezdida (1947) 
qilgan ma‟ruzasida landshaft faqatgina tabiiy komponentlari ma‟lum o„zaro 
aloqada bo„lgan hududgina emas, balki o„ziga xos morfologik qismlar birikmasi 
bilan tavsiflanuvchi hamda genetik jihatdan bir butun hudud hamdir, degan g„oya 
bilan chiqdi. N.A.Solntsev o„zining "Tabiiy geografik landshaftlar morfologiyasi 
haqidagi" (1949) nomli maqolasida landshaft tushunchasiga yanada to„laroq ta‟rif 
berishga harakat qilib "Tabiiy geografik landshaft deganda, shunday genetik bir 
butun hudud tushuniladiki, unda hududning geologik tuzilishi, relyef shakllari, yer 
usti va osti suvlari, mikroiqlimi, tuproq xillari, fito va zoostenozlarning o„zaro 
bog„liq bo„lgan yig„indisining qonuniy va tipik qaytalanishi kuzatiladi", − deb 
yozadi. Shu bilan birga landshaft boshqa tabiiy hosilalar singari o„z rivojlanishida 
dialektik qonuniyatlarga bo„ysunadi, ya‟ni bir hosil bo„lganicha uzluksiz 
rivojlanadi va o„zgaradi. Bu rivojlanishni harakatlantiruvchi asosiy kuchlar esa 
uning o„zida hosil bo„ladigan ichki qarama-qarshiliklardir, deb ta‟kidlab o„tadi. 
N.A.Solntsevning ushbu maqolasida bir qator yirik ilmiy-amaliy masalalar, 
shu jumladan, landshaft hosil bo„lishidagi zarur sharoitlar, landshaftning 


morfologik qismlarini farqlashning muhimligi, fatsiya landshaftning eng oddiy 
qismi ekanligi, urochishe landshaftning murakkabroq qismi bo„lib, fatsiyalar 
komplekslaridan iborat ekanligi, landshaftlarni o„rganishning vazifalari kabi 
masalalar tahlil qilingan edi. Bu olimning landshaftshunoslik nazariyasiga 
qo„shgan yana bir hissasi shundan iborat bo„ldiki, u yangi ilmiy yo„nalishning 
asosiy tushunchalarini ishlab chiqdi, dalada olib boriladigan landshaft tadqiqot 
uslubini hamda dala sharoitida to„plangan ma‟lumotlardan amaliyotda foydalanish 
yo„llarini ko„rsatib berdi. Bu borada u o„ziga xos ilmiy maktab yaratdi. 
Landshaftlar dinamikasi haqida o„z fikrlarini bildirar ekan, N.A.Solntsev eng 
asosiy masalalardan biri landshaftning har bir komponentini o„rni va ahamiyatini 
hamda jonli va jonsiz tabiat o„zaro aloqadorligining ahamiyatini aniqlab olishdan 
iborat deb hisoblaydi. Bulardan tashqari u landshaftshunoslikka ikkita tushunchani, 
ya‟ni "landshaft turi" va "landshaftning tabiiy imkoniyati" tushunchalarini kiritdi. 
Landshaft turi tushunchasi landshaftning umumiy zonal xususiyatlariga e‟tiborni 
qarattiradi va geografik jarayonning turiga bog„liq bo„ladi. Landshaftning tabiiy 
imkoniyati tushunchasida esa har bir landshaftda mujassam bo„lgan ichki tabiiy 
imkoniyatlari mavjudligi va bu imkoniyatlar inson aralashuvi natijasidagina 
ro„yobga chiqishi mumkinligi e‟tiborga olingan. 
N.A.Solntsevning yuqorida nomi tilga olingan maqolasi bosilib chiqqan 
to„plamda V.N.Sukachevning (1880-1967) ham "Geografik landshaft va 
biogeosenoz tushunchalarining nisbati haqida" nomli maqolasi nashr qilingan. 
Ushbu maqolada muallif o„zi tavsiya etgan Biogeosenoz tushunchasi bilan 
landshaftshunoslikda ishlatilib kelinayotgan tushunchalarni mazmun jihatidan 
solishtirib ko„rar ekan, N.A.Solntsev tomonidan ajratilgan eng kichik tabiiy 
geografik kompleks, ya‟ni landshaftning eng kichik morfologik qismi bo„lgan 
fatsiya birligi biogeosenozga emas, balki biogeosenoz turiga mos kelishini 
ta‟kidlab o„tadi. Biogeosenozlar turi o„zining barcha muhim xislatlari bo„yicha 
o„xshash bo„lgan barcha biogeosenozlarni birlashtiradi. Uningcha, "biogeosenoz" 
va "biogeosenozlar turi" tushunchalari o„simlik jamoalari (fitostenoz) va o„simlik 
jamoalari turi yoki fitostenoz turi, ya‟ni o„simlik assotsiatsiyasi tushunchalariga 
mos keladi. 
1953-yilda A.G.Isachenkoning “Tabiiy geografiyaning asosiy masalalari” 
nomli kitobining bosilib chiqishi landshaftshunoslik va tabiiy geografiyaning 
taraqqiyoti tarixida katta voqea bo„ldi. Bu kitobda tabiiy geografiya va 
landshaftunoslikka oid bo„lgan munozarali muammolar ma‟lum ma‟noda tanqidiy 
baholandi. Ushbu asar o„z vaqtida dolzarb bo„lib turgan uchta yirik masala, ya‟ni:
1) landshaft haqidagi ta‟limot, uning rivojlanishi va holati; 2) landshaftning 
asosiy qonuniyatlari hamda 3) geografiyada miqdor ko„rsatkichlaridan foydalanish 
masalalari ko„tarilgan va ularni ilmiy tahlil qilishga bag„ishlangan edi. 
Landshaft haqidagi ta‟limotning rivojlanish tarixi haqida so„z yuritgan muallif
XVIII asrning birinchi yarmidan (V.N.Tatishevning ishlaridan) tortib, to 1950-
yillargacha (N.A.Solntsevning maqolalarigacha) bo„lgan davrdagi asosiy ilmiy
g„oyalarning shakllanishini bosqichma-bosqich va ma‟lum tartib bilan tahlil 
qilishga erisha olgan. 


Landshaft haqidagi ta‟limotning tahliliga yakun yasar ekan, A.G.Isachenko: 
"Geografik landshaft geografiyaning asosiy birligi, rayonlashtirishning birligidir, 
ya‟ni elementar tabiiy geografik kompleksning o„zginasi ekanligini hamma e‟tirof 
etmoqda, deb hisoblash kerak. Landshaft va geografik rayon mohiyatan 
sinonimlardir. Undan kattaroq tabiiy geografik rayonlar (oblast, provinsiya, 
o„lkalar, zonalar va h.k.) landshaft (tabiiy geografik) rayonlashtirishning 
taksonomik birliklari deb qaralmog„i lozim", − deb yozadi. Landshaftning 
qonuniyatlariga bag„ishlangan qismida muallif landshaftning tarkibi, tuzilishi, 
uning shakllanishidagi asosiy omillar, landshaftning rivojlanishi, landshaftlarning 
tabaqalanishidagi asosiy geografik qonuniyatlar, tabiiy geografik komplekslar va 
ularni rayonlashtirish, landshaftlar tasnifi kabi bir qator dolzarb mavzularga 
to„xtalib o„tadi. 
Kitobning oxirgi − uchinchi qismida esa tabiiy geografik komplekslarni tadqiq 
qilishda sifat tavsiflari bilan bir vaqtda, miqdor ko„rsatkichlaridan foydalanish va 
buning ahamiyati kabi masalalar ko„tarilgan. Bu borada A.G.Isachenko: 
"Landshaft sifat tushunchasidir. Shuning uchun landshaftlarni o„zaro taqqoslash 
ularning sifat tavsiflariga asoslangandir. Ammo landshaftning barcha tabiiy 
komponentlarida harakatdagi moddaga xos bo„lgan ma‟lum xususiyatlar (mexanik 
harakat, moddaning massasi, modda va energiyaning almashinishi va h.k.) mavjud 
bo„lib, ana shu umumiy xususiyatlar darajasida alohida komponentlarni ham
landshaftlarni ham o„zaro taqqoslash mumkin bo„ladi", − degan xulosaga keladi. 
A.G.Isachenkoning fikricha, landshaft geografik qobiqning genetik jihatdan 
o„ziga xos bo„lgan shunday bir qismidirki, u zonal va azonal jihatdan bir turligi 
bilan tavsiflanadi va o„ziga xos tuzilishga hamda o„ziga xos morfologik tarkibga 
egadir. Uningcha, landshaft tabiiy geografik rayonlashtirishning eng asosiy birligi 
bo„lib, zonal xususiyatlari bo„yicha ham, azonal xususiyatlari bo„yicha ham bir 
butundir va boshqa bo„linmaydi. Landshaft, agar o„zidan kichik tabiiy geografik 
komplekslarga bo„linsa, u o„zining zonal yoki azonal xususiyatlarini yo„qotib 
qo„yadi. 
A.G.Isachenkoning ushbu asari haqida batafsilroq to„xtalganimizning sababi, 
u landshaftshunoslik va tabiiy geografiyaning muammolariga bag„ishlangan va 
ma‟lum bir tartib bilan tuzilgan ilmiy asarlardan birinchisi edi. 1950-1960 
yillardagi geografiya mutaxassisligi bo„yicha yuqori kurs talabalari, aspirantlar va 
yosh olimlar ushbu asardan keng foydalanishgan. Bu asarda ko„tarilgan ayrim fikr 
va mulohazalar shu kunlarda ham o„z ahamiyatini yo„qotmagan. 
Landshaftshunoslik va tabiiy geografik rayonlashtirish bo„yicha bosilib 
chiqqan birinchi o„quv qo„llanmasining muallifi ham A.G.Isachenkodir. Uning 
1965-yilda nashr qilingan "Landshaftshunoslik asoslari va tabiiy geografik 
rayonlashtirish" nomli o„quv qo„llanmasi keyinchalik qayta ishlangan va 
to„ldirilgan holda 1991-yilda "Landshaftshunoslik va tabiiy geografik 
rayonlashtirish" 
("Ландшафтоведение 
и 
физико-географическое 
районирование") nomi bilan darslik sifatida bosmadan chiqarildi. 
A.G.Isachenko tomonidan bitilgan bu darslik shu toifadagi ishlarning ichida 
o„zining keng qamrovliligi va ancha puxta ishlanganligi bilan ajralib turadi. 
Muallif 
landshaftshunoslikning 
predmeti 
haqida 
fikr 
yuritar 
ekan, 


"Landshaftshunoslik – tabiiy geografiyaning bir qismidir, shuning uchun uning 
tabiiy geografiyaning predmetidan farq qiladigan alohida predmeti bo„lishi 
mumkin emas", − deb yozadi. Uningcha, geotizim tushunchasi barcha tabiiy 
geografik komplekslarni: geografik qobiqdan tortib, to uning elementar 
strukturaviy qismlarigacha qamrab oladi. Shunday qilib, "geotizim" tushunchasi, 
ham umumiy tabiiy geografiyaning, ham landshaftshunoslikning obyektlarini 
birlashtiradiki, bu bilan tabiiy geografiyaning ikkala tarmog„ining birligini 
bo„rttirib beradi. 
Landshaftshunoslik fanining taraqqiyotiga salmoqli hissa qo„shgan taniqli 
olimlardan yana biri F.N.Milkovdir (1918-1996). U hayotining keyingi qariyb 40-
45 yili mobaynida landshaftshunoslikda o„ziga xos yo„nalishning, ya‟ni “Landshaft 
− umumiy tushunchadir”, degan g„oyaga asoslangan yo„nalishning shakllanishiga 
katta hissa qo„shgan va keng targ„ibot qilgan tabiiy geograflardandir. 
F.N.Milkovning fikricha, landshaft tushunchasi iqlim, tuproq, o„simlik yoki 
relyef kabi umumiy tushunchadir va bu hududning katta yoki kichikligidan qat‟i 
nazar tatbiq qilinishi mumkin. Masalan, o„rmon landshaftlari, tog„ landshaftlari, 
qum landshafti, botqoqliklar landshafti kabi. U o„zining landshaft haqidagi ta‟limot 
va geografik zonallik masalalariga bag„ishlangan monografiyasida landshaft 
tushunchasiga shunday ta‟rif beradi, ya‟ni: "Tabiiy geografik landshaft tabiiy 
elementlarning murakkab tabiiy geografik jarayon tufayli o„zaro bog„liq va 
aloqador bo„lgan majmuidan iboratdir va ko„z o„ngimizda tarixan shakllangan, 
uzluksiz rivojlanishda va kishilik jamiyati ta‟sirida bo„lgan u yoki bu qiyofadagi 
hududiy 
guruhlashmalar 
ko„rinishida 
namoyon 
bo„ladi". 
Uningcha, 
landshaftshunoslik katta-kichikligi jihatidan cheklanmagan va yer yuzasida 
obyektiv mavjud bo„lgan barcha landshaftlarni, jumladan, yerning landshaft 
sferasini ham o„rganadigan fandir. 
Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillar tarixida landshaftshunoslikka bo„lgan 
qiziqish, landshaftlarni o„rganishga e‟tiborning kuchayishi 1960-70 yillarga to„g„ri 
keladi. Bu vaqtda landshaftshunoslikka oid ilmiy ishlar, kitoblar, to„plamlar 
ko„plab nashrdan chiqarila boshlandi. Landshaftshunoslik masalalari geografiya 
jamiyati syezdlarida va landshaftshunoslik muammolariga bag„ishlangan ilmiy 
anjumanlarda keng muhokama qilina boshlandi, muhokamalarga olib chiqilgan 
masalalarning aksariyati landshaftshunoslikning nazariy masalalari, landshaft 
tadqiqotlar metodikasi va amaliy landshaftshunoslik mavzulariga bag„ishlangan 
edi. 
XX asrning 60-yillari o„rtalaridan boshlab kishilik jamiyatining atrof-muhitga 
bo„lgan ta‟siri ortib ketganligi tabiiy boyliklardan foydalanishdagi xo„jasizlik, katta 
maydonlarda o„rmonlarning qirqilib ketishi, unumli yerlardan, suvdan oqilona 
foydalanmaslik, suv havzalari, tuproq, havoning jadal sur‟atlar bilan ifloslanishi 
orqali tezda sezila boshladi, ba‟zan o„zining salbiy oqibatlari bilan e‟tiborni jalb 
qila boshladi. Endi u yoki bu hayvon yoki o„simlik turini saqlab qolishgina emas, 
balki insonning o„zi yashab turgan muhiti hisoblangan landshaftlarni bir butun 
holida muhofaza qilish, tiklash va yaxshilash muammosi dolzarb bo„lib qoldi. Ana 
shunday murakkab hamda ko„p mehnat va mablag„ talab qiladigan muammoni hal 


etishning ilmiy asoslarini yaratishda landshaftshunoslikning ahamiyati katta 
ekanligi ma‟lum bo„lib qolgan edi. 
Natijada landshaftshunoslar oldida faqat landshaftlarni aniqlash emas, balki 
xaritaga tushirish va ularni ta‟riflab berish hamda ularni xalq xo„jaligining turli 
tarmoqlarini rivojlantirish nuqtayi nazaridan baholash, landshaftlarning keyingi 
rivojlanishi insonning xalq xo„jaligidagi faoliyati ta‟sirida qaysi yo„nalishda 
borishini va o„zgarishini oldindan aytib berish (bashorat qilish) zaruriyati tug„ildi. 
Bunday masalalarni ijobiy hal etish uchun landshaftshunoslik o„zining an‟anaviy 
uslublaridan tashqari geokimyoviy, geofizikaviy va ekologik usullardan 
foydalanishga majbur bo„la boshladi.
Landshaftshunoslarni landshaftlarda ro„y beradigan modda, energiya 
almashinishi, landshaftlarni imkoniyatlarini o„rganish qiziqtira boshladi. Bunday 
masalalarni o„rganish landshaftlarni bevosita joyida, tabiiy geografik yoki 
landshaft statsionarlari tashkil qilib o„rganishni taqozo etadi. Chunki 
landshaftlardagi biomassa va uning mahsuldorligi, moddaning biologik aylanishi 
va biogeosiklni, suvning harakati va aylanishini, modda va energiyaning landshaft 
komponentlari orasida, landshaftning morfologik qismlari orasida hamda bir 
landshaft bilan qo„shni landshaftlar orasida ko„chib yurishi va taqsimlanishi kabi 
masalalarni o„rganish shunday statsionarlar tashkil qilish zaruriyatini keltirib 
chiqaradi. 
Tabiiy geografik va landshaft statsionarlarida to„plangan aniq ma‟lumotlar 
tahlili natijasida anchagina nazariy xulosalar yuzaga keladi. Ulardan eng asosiysi 
landshaft yoki boshqa tabiiy geografik komplekslarni, jumladan, geografik qobiqni 
ham geotizim deb qarash bo„ldi. Shu bilan birga landshaftshunoslikda funksional 
dinamik ilmiy yo„nalish shakllana boshladi. 
Tabiiy geografik yoki landshaft statsionarida olib borilgan kuzatishlar natijasi 
va to„plangan ma‟lumotlar asosida u yoki bu landshaftni faqat makonda emas
balki zamonda ham o„zgarib turishini tadqiq qilish, matematika va matematik 
statistika tadqiqot usullaridan foydalanish va tatbiq qilish imkoniyatlari tug„iladi. 
Landshaftshunoslik yoki tabiiy geografiyaning rivojlanish tarixi bilan 
shug„ullangan tadqiqotchilarning ko„pchiligi fanning taraqqiyot tarixini ma‟lum 
bosqichlarga yoki davrlarga bo„lib o„rganishga harakat qilganlar. Jumladan, rus 
geografiyasida tabiiy hududiy komplekslar haqidagi tushunchalarning rivojlanishi 
mavzusida maxsus izlanishlar olib borgan N.G.Suxova (1981) to„rtta davrni 
ajratadi: 

XIX asrning 80-yillaridan XX asrning 10-yillarigacha bo„lgan davr. Bu 
tabiiy geografik kompleks g„oyasining tug„ilishi davridir. 

XX asrning 20-30 yillari davri. Bu davr landshaft tabiiy geografik 
kompleks ekanligi haqidagi tushunchaning ommalashuvi davridir. 

XX asrning 40-yillaridan 60-yillarining boshigacha bo„lgan davr. Bu 
landshaft haqidagi ta‟limotning nazariy asoslari ishlab chiqilgan davr 
hisoblanadi. 

XX asrning 60-yillari boshidan 80-yillarigacha bo„lgan davr, ya‟ni tabiiy 
geografik komplekslar geotizimlar ekanligi haqidagi tushunchaning ishlab 
chiqilishi va tarqalish davri. 



Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə