V. V. Dokuchayev o„zining 1883-yilda nashrdan chiqqan "Русский чернозем"


-mavzu. Landshaftshunoslikning yuzaga kelishi va rivojlanishi



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix05.04.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#104445
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
L 111

1-mavzu. Landshaftshunoslikning yuzaga kelishi va rivojlanishi 


qonuniyatlarini tabiatshunoslik fanlari ichida o„ziga xos, yangi bir fan o„rganishi 
kerak, 
degan 
xulosaga 
keladi. 
Bu 
fanning 
o„rganish 
predmeti, 
V.V.Dokuchayevning (1899) yozishicha: "Kuchlar, jismlar va hodisalar orasidagi, 
jonli va jonsiz tabiat orasidagi, bir tomondan o„simlik, hayvonot va minerallar 
olami, ikkinchi tomondan inson, uning turmushi va hatto, ruhiy olami orasidagi 
abadiy va hamisha qonuniy aloqalardir".
Ana shu qonuniy aloqadorliklar va o„zaro ta‟sirlarni o„rganishni u "Tabiatni 
bilishning mohiyati, haqiqiy naturfilosofiyaning yadrosi − tabiatshunoslikning eng 
a‟lo va oliy jozibasidir" deb hisoblagan edi. U landshaft, landshaftshunoslik yoki 
geografiya so„zlarini ishlatmagan bo„lsa ham, o„z fikrlari bilan tabiiy geografik 
komplekslar haqidagi "Yangi geografiya" ning dunyoga kelishiga sababchi bo„ldi. 
Shu ma‟noda mulohaza yuritgan L.S.Berg, V.V.Dokuchaevni landshaft haqidagi 
ta‟limotning yaratuvchisi va hozirgi zamon geografiyasining asoschisi deb atagan 
bo„lsa, 
landshaftshunos 
N.A.Solnsev 
(1948) 
V.V.Dokuchaev 
landshaftshunoslikning tub asoslarini, ya‟ni poydevorini yaratdi, deb ta‟kidlaydi. 
Uning dasht landshaftlarini o„zgartirish bo„yicha tuzgan dasturini inobatga olgan 
A.G.Isachenko (1991) esa V.V.Dokuchaev amaliy geografiya, aniqrog„i, amaliy 
landshaftshunoslikning ham asoschisidir, degan xulosaga keladi. V.V.Dokuchayev 
o„zidan keyin qator hamfikr shogirdlar qoldirgan olimlardan biridir. Uning
g„oyalarini keyinchalik A.N.Krasnov (1862-1914), G.F.Morozov (1867-1928), 
G.I.Tanfilev (1857-1928), G.N.Visotskiy (1865-1946), V. I. Vernadskiy (1863-
1945), K. D. Glinka (1867-1927) kabi shogirdlari fanning turli yo„nalishlarida 
targ„ib qilib, rivojlantirib bordilar. L. I. Prasolov, S. S. Neustruyev, N.A.Dimo, 
L.S.Berg, 
I. 
M. 
Krasheninnikov, 
B.B.Polinov 
va 
boshqalar, 
garchi 
V.V.Dokuchaevning bevosita shogirdlari bo„lib hisoblanmasalarda, uning
g„oyalari ta‟sirida bo„lib, o„z sohalarida yetuk olimlar sifatida tanildilar. 
V.V.Dokuchaev vafotidan keyingi dastlabki o„n yil ichida bir qator ilmiy 
maqolalar paydo bo„lib, ularda tabiiy geografik kompleks yoki landshaft haqidagi 
ilmiy tasavvurlar shakllana boshladi. Masalan, V.G.Visotskiy (1904), A.A.Borzov 
(1912), G.F.Morozov (1913), I.M.Krasheninnikov (1913), L.S.Berg (1913), 
R.I.Abolin (1914) kabilarning ishlari shular jumlasidandir (1-rasm). 
O„z mohiyati bo„yicha landshaft tushunchasiga yaqin bo„lgan tabiiy geografik 
kompleks tushunchasini ifodalashga urinib ko„rganlardan biri V.G.Visotskiy 
(1904) edi. Bunday komplekslarni u tabiiy okrug yoki joy deb atar ekan, tabiiy 
okruglar birgalikda tabiiy oblastlarni, ular esa o„z navbatida o„lkalarni tashkil 
qilishini ko„rsatib o„tadi. Bu bilan u, bir vaqtlar G.I.Tanfilev (1897) tavsiya etgan 
tabiiy geografik rayonlashtirishning taksonomik birliklar tizimiga o„xshash tizimni 
ishlab chiqdi. Xo„jalik maqsadlarida tabiiy geografik komplekslar (landshaftlar) 
xaritalarini yaratish fikri ham V.G.Visostkiyga tegishlidir. Geografiya fanining 
vazifalari haqida fikr yuritgan A.A.Borzovning (1912) yozishiga qaraganda, 
geografiya yer yuzasi haqidagi fandir va u hodisalarni alohida o„rganmasdan, balki 
ularni birgalikda, yerning turli joylarida qanday ko„rinishda uchrasa, o„shanday 
ko„rinishda o„rganishi kerak. Boshqacharoq qilib aytganda, geografiya tog„ 
jinslarini, iqlim, tuproq, o„simlik va hayvonotni alohida-alohida o„rganmaydi, hatto 
ularni har birining geografik tarqalishini o„rganish ham geografiyaning emas, balki 


boshqa fanlarning vazifasidir. Bir landshaftning ikkinchisiga ta‟siri qanday 
bo„lishini aniqlaydi va umuman yer yuzasi qanday landshaftlardan tuzilganligini 
tushunishga, ularning har birining mavjudligini, tarqalishini va o„zaro ta‟sir 
qonuniyatlarini tushuntirib berishga harakat qiladi. 

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə