V. V. Dokuchayev o„zining 1883-yilda nashrdan chiqqan "Русский чернозем"


Landshaftshunoslik fanida landshaftlar geokimyosi va geofizikaviy



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix05.04.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#104445
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
L 111

5. Landshaftshunoslik fanida landshaftlar geokimyosi va geofizikaviy 
yo‘nalishlar.
Landshaftlardagi modda va energiya almashinish jarayoniga bo„lgan 
qiziqish boshqa bir qator yangi yo„nalishlarni hosil bo„lishiga olib keldi. Shular 
qatorida landshaftshunoslik va geokimyo fanlari orasida landshaftlar geokimyosi 
yo„nalishi 
shakllandi. 
Bu 
yo„nalishning 
eng 
asosiy 
xususiyati 
landshaftshunoslikning obyektini geokimyo fani tadqiqot usullar bilan 
o„rganishdir. 
Landshaftlar geokimyosidagi yetakchi ilmiy g„oyalarning shakllanishi 
"geokimyoviy landshaft" tushunchasining muallifi va landshaftlar geokimyosi 
ilmiy maktabining asoschisi B.B.Polinovning bir qator maqolalari bilan bog„liq 
bo„ldi. Uning tushunchasida, geokimyoviy landshaft kimyoviy moddalarning 
migratsiya xususiyatlari bo„yicha ajratilgan yerning bir qismidir. Ushbu olim 
V.V.Dokuchaevning tabiat zonalari haqidagi ta‟limoti hamda Vernadskiyning tirik 
organizmlarning geologik ahamiyati haqidagi ta‟limoti asosida landshaftlar 
geokimyosining metodologiyasini yaratdi. 
Landshaftlar geokimyosi yo„nalishining keyingi taraqqiyoti asosan 
A.I.Perelman va M.A.Glazovskayalarning ilmiy izlanishlari bilan bog„liq bo„ldi. 
Ularning muallifligida tayyorlangan bir qator monografiyalar va o„quv 
qo„llanmalar ko„pchilikka yaxshi tanish. Ana shu qo„llanmalar asosida ko„pgina 
universitetlarda landshaftlar geokimyosi bo„yicha maxsus kurslar o„rgatila 
boshlandi. Chunki xalq xo„jaligining ko„pgina tarmoqlarida, jumladan, foydali 
qazilmalarni izlab topishda, yangi yerlarni o„zlashtirish va qishloq xo„jaligining 
turli tarmoqlarini rivojlantirishda, tabiat muhofazasi bilan bog„liq bo„lgan 


masalalarni hal etishda landshaftlarning geokimyoviy xususiyatlarini o„rganishning 
ahamiyati 
katta ekanligi ayon 
bo„lib 
qolgan edi. Bu 
yo„nalish 
landshaftshunoslikning amaliyot bilan yaqinlashishida juda qo„l keldi. Masalan, 
geologiya-qidiruv ishlarida landshaftlarga insonning xo„jalikdagi faoliyati ta‟sirini 
chuqurroq tahlil qilish imkoniyatini yaratdi. 
Landshaftlar geokimyosining eng asosiy vazifalaridan biri landshaftlar 
orasida, ularning komponentlari orasida va morfologik qismlari orasida ro„y 
beradigan kimyoviy jarayonlarni, kimyoviy unsurlarning ko„chib yurishi, tarqalishi 
yoki jamlanishini o„rganishdan iborat. Kimyoviy unsurlarning almashinish 
jarayoni landshaftlarning hosil bo„lishi, tuzilishi, maxsus faoliyati va taraqqiyoti 
kabi muhim xususiyatlarini ko„p jihatdan belgilab beradi. 
Landshaftlar 
geofizikasi 
ham 
landshaftlar 
geokimyosi 
kabi 
landshaftshunoslikdagi katta bir ilmiy yo„nalishdir. Landshaftlar geofizikasi 
landshaftlarga xos bo„lgan eng umumiy fizikaviy jarayonlar va hodisalarni 
o„rganadi. Bu jarayon va hodisalarning o„zaro aloqadorlik va bog„liqlik 
qonuniyatlarini aniqlash ham ushbu yo„nalishning asosiy vazifalaridan biridir. 
Landshaftlarni o„rganishda geofizika tadqiqot usullaridan foydalanish 
landshaftlarning hozirgi holatda dinamikasiga va rivojlanishiga xos bo„lgan 
xususiyatlarini aniqlashda yaxshi natijalar beradi. Bu esa o„z navbatida, tabiatni 
kuzatib turish (geografik monitoring), muhofaza qilish va tabiat boyliklaridan 
oqilona foydalanish masalalarini hal qilishda katta ahamiyat kasb etadi. 
Landshaftlar uchun umumiy bo„lgan va fizika fani o„rganadigan fizikaviy 
xossalarga massa, ichki energiya, optikaviy va radiofizikaviy xossalarni, ularning 
makon va zamonga taalluqli xususiyatlarini misol keltirish mumkin. Shu xossalarni 
o„rganish orqali landshaftlarning o„zinigina emas, balki ularning komponentlarini 
ham ta‟riflab bersa bo„ladi. Masalan, havo, suv yoki o„simlikning optikaviy va 
radiofizikaviy xususiyatlarini o„rganish kabi. Ammo landshaftlarga xos bo„lgan 
fizikaviy xususiyatlar va jarayonlar shu landshaftlarni va ularning komponentlarini 
yanada kichikroq yoki tuzilishi jihatidan yanada oddiyroq bo„lgan qismlarga bo„lib 
o„rganishni taqozo qiladi. Landshaftlarning bunday o„zining fizikaviy xususiyatlari 
jihatidan bir xil va bir butun bo„lgan, oddiy qismlarini N.L.Beruchashvili (1986, 
1990) geomassa deb atashni tavsiya qiladi. 
Geomassalar sifat jihatidan turli jismlar bo„lib, bir-biridan massasi bilan, 
zamonda va makonda o„zgarib turish tezligi bilan farqlanadi. Landshaftlarning 
geomassalari ularning komponentlaridan moddasining bir xilligi bilan ajralib turadi 
va landshaftlarda ro„y beradigan jarayonlarda turlicha rol o„ynaydi. Bularga 
aeromassa, fitomassa, zoomassa, mortmassa, litomassa, pedomassa, gidromassa 
kabilar kirib ularning barchasini qamrab ola oladigan atama sifatida geomassa 
ishlatiladi. 
Geomassa biror komponentning hammasini to„la qamrab ola olmaydi. 
Masalan, pedomassa atamasi tuproq tarkibidagi mayda tuproq zarrachalari va 
chirindigagina yoki tuproqdagi organik va mineral aralashmagagina taalluqlidir, 
xolos. Tuproq tarkibidagi namlik, havo, mayda tosh bo„laklari, ildizlar va tirik 
mavjudotlar pedomassaga kirmaydi. Landshaftlardagi tuproq esa pedomassa bilan 
birga gidromassa (tuproqdagi namlik)ni, litomassa (tuproqdagi mayda toshlar)ni, 


fitomassa (o„simlik ildizlari)ni va zoomassa (tirik mavjudotlar)ni qamrab olishi 
mumkin. 
Aeromassa tushunchasi ham landshaft doirasidagi faqat quruq havogagina
ya‟ni gazlar aralashmasigagina taalluqlidir. Havo tarkibidagi suv bug„lari chang 
zarralari kabi aralashmalar aeromassaga kirmaydi. 
Landshaftlar geofizikasida geomassadan kattaroq birlik hisoblangan 
geoqatlam tushunchasi ham mavjuddir. Geoqatlamlarga shu tushuncha muallifi 
N.L.Beruchashvili (1990) eng oddiy tabiiy geografik komplekslarning ko„ndalang 
kesmasida ajratiladigan va o„ziga xos geomassalarning yig„indisi va nisbati bilan 
tavsiflanuvchi qatlamlarni kiritadi. Har bir geoqatlam boshqasidan tarkibi, 
teksturasi va strukturasi bilan farqlanadi. 
Geoqatlamlarning teksturasi eng zarur geofizikaviy xususiyatlardan biri 
bo„lib, unga ko„pincha quyosh radiatsiyasining kirib kelishi, yog„in-sochinlarning 
tutilib qolishi kabi jarayonlar bog„liq bo„ladi. Odatda, biz ishlatadigan 
tushunchalardan biri tuproq strukturasi landshaftlar geofizikasi nuqtayi nazaridan 
qaraganda tuproqning ayrim qatlamlari uchun tekstura hisoblanadi. 
Geomassalar ham, geoqatlamlar ham landshaftlarning hosil bo„lishi, 
shakllanishi, tuzilishi va ulardagi modda va energiya almashinishini geofizikaviy 
tadqiq qilish uchun muhim bo„lgan qismlardandir. Landshaftlar geofizikasining 
muhim vazifalaridan biri tabiiy geografik komplekslarning makon va zamonda
tutgan o„rni va holatini chuqur tahlil qilishdan iboratdir. Chunki makon ham, 
zamon ham fizikaning asosiy tushunchalari qatoriga kiradi. 

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə