V. V. Dokuchayev o„zining 1883-yilda nashrdan chiqqan "Русский чернозем"


Landshaftshunoslik fanida tizimli va ekologik yo‘nalishlar



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix05.04.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#104445
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
L 111

6. Landshaftshunoslik fanida tizimli va ekologik yo‘nalishlar.
Landshaftshunoslikdagi yangi yo„nalishlardan yana biri tizimli yondashishdir. O„z 
tadqiqot obyektini tizim deb e‟tirof etish va uni tadqiq qilishda tizimli yondashish
g„oyasining tabiiy fanlarga, shu jumladan, tabiiy geografiyaga ham kirib kelishi, 
avstriyalik biolog olim Lyudvig fon Bertalanfi tomonidan XX asrning 30-yillarida 
tizimlar umumiy nazariyasining ishlab chiqilishi bilan bog„liq bo„ldi. Bu 
nazariyaning yuzaga kelishi fanlarning bo„linib ketishi jarayoniga qarama-qarshi 
ularni bitta umumiy metod yordamida birlashtirish masalasi bilan bog„liq edi. 
Haqiqatdan ham, tizimlar umumiy nazariyasi alohida-alohida hodisalarni emas, 
balki ularning tizimini o„rganishni, tizimlarni boshqarishning tamoyillarini 
belgilash va tadqiqot obyektlari bilan o„xshashliklarini aniqlashni talab qiladi. 
Tizimli yondashish g„oyasining asl mohiyati o„rganish obyektining xususiyatlarini 
uning qismlaridagi xususiyatlari asosida tadqiq qilishdan iboratdir. 
XX asrning 70-80 yillariga kelib bu ta‟limot ko„pchilik geograflarni ham 
qiziqtirib qoldi. Bunga misol qilib, D.Xarvey (1969), R.Chorli va B.Kennedi 
(1971), A.Y.Reteyum (1972), I. Krxo (1976), K.N.Dyakonov (1975), Y.Demek 
(1977), V.B.Sochava (1978), P.Xagget (1979), V.N.Solntsev (1981), R.Djonston 
(1987) va boshqalarning ilmiy ishlarini keltirish mumkin. 
R.Chorli va B.Kennedining "Tabiiy geografiya. Tizimli yondashish" (1971) 
nomli asarida butun borliq turli katta-kichiklikdagi, o„zaro ta‟sir va aloqada 
bo„lgan, kichiklari kattalarini hosil qiladigan tizimlardan iborat ekanligi 
ta‟kidlangan. Ularning fikricha, tabiiy geografiya asosan to„rt turdagi tizimlarni 


o„rganadi. Bular: 1) morfologik tizimlar; 2) kaskadli tizimlar; 3) "jarayon-javob" 
turidagi tizimlar; 4) boshqariladigan tizimlardir. 
Yerning landshaft qobig„ida kechadigan turli jarayonlarni o„rganishda tizimlar 
nazariyasini qo„llashga harakat qilgan taniqli chex olimi Y.Demek (1977) ham 
tizimlarning shu to„rt turini e‟tirof etgani holda tabiatda funksional aloqalar 
tavsifiga qarab, tizimlarning yana uch xilini ajratish mumkinligini aytadi, ya‟ni:

chegaralari modda va energiyaning kirib kelishi va chiqib ketishiga yo„l 
qo„ymaydigan alohida tizimlar. Bunday tizimlar faqat laboratoriya 
sharoitidagina hosil qilinishi mumkin;

chegaralari faqat moddaning (energiyaning emas) kirib kelishiga va chiqib 
ketishiga to„sqinlik qila oladigan berk tizimlar;

atrof-muhit bilan modda va energiya almashinib turadigan ochiq tizimlardir. 
Ayrim geograflarning fikriga qaraganda, o„z tadqiqot obyektini tizim deb 
qabul qilish va uni tadqiq qilishda tizimli tahlildan foydalanish tabiiy geografiyaga 
ilmiy bilishning yangi bir metodologik yo„nalishi sifatida kirib keldi. Lekin bu 
yo„nalish yuzaga kelishidan ancha avvalroq ham ko„pgina tabiatshunos olimlar 
jumladan, V.V.Dokuchaev, A.A.Grigorev, L.S.Berg, S.V.Kalesnik va boshqalar, 
garchi "tizimli yondashish" yoki "tizimli tahlil" jumlalarini ishlatmagan bo„lsalar 
ham, obyektning bir butunligini, uning tarkibiy qismlari orasida o„zaro ta‟sir va 
aloqadorliklar mavjudligini doimo ta‟kidlab kelganlar. Landshaftshunoslardan 
S.O.Zauer (1925) ning "Landshaftda birgalikda mavjud bo„lgan obyektlar o„zaro 
ta‟sirdadir" yoki N.A.Solntsev (1949) ning "Geografik landshaft qonuniy 
tuzilishga ega bo„lgan kichikroq tabiiy hududiy komplekslar tizimidir", deb 
yozishlari landshaftlarning tahlili ham tizimli tahlilning bir ko„rinishidir, degan 
xulosaga olib keladi. Demak, tabiiy geografiyaning obyekti, u geografik qobiq 
bo„ladimi, tabiiy geografik rayon, landshaft yoki fatsiya bo„ladimi, baribir o„z 
tuzilishiga ko„ra tizimlardir. Balki shuning uchundir, tabiiy geograflar geotizim 
atamasini to„g„ridan-to„g„ri tabiiy geografik kompleks yoki landshaft atamalarining 
sinonimi sifatida ishlatmoqdalar.
Bundan 
tashqari, 
geografik 
adabiyotda 
tizimlar 
nazariyasi 
bilan 
landshaftshunoslik nazariyasining yaqinligi (N.A.Gvozdetskiy va b., 1970), tizim 
va landshaft tushunchalarining bir-biriga yaqinligi (A.Y.Reteyum, 1972) haqida, 
yoki landshaftlarni tavsiflash tizimli izlanishlarning bir xilidir (E.G.Kolomist, 
1971), tabiiy geografiya landshaft deb ataladigan tizimlar haqidagi fandir 
(V.N.Solntsev,1981) kabi o„xshash fikrlar uchraydi. Bu borada A.G.Isachenko 
(1991) esa to„g„ridan-to„g„ri geokompleks atamasining o„rniga geotizim atamasini 
ishlatish maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. Ushbu muallif bu atamalarning izohini 
tahlil qilar ekan, "kompleks" so„zi lotinchadan, "tizim" (ya‟ni "sistema") so„zi esa 
grekchadan kirib kelganligi va ularning mazmunlaridagi farqlarni ilg„ab olish 
qiyinligini eslatib o„tadi. Buni biz L.Bertalanfi (1969) bergan tizim 
tushunchasining eng qisqa va lo„nda izohidan ham ko„rishimiz mumkin, ya‟ni 
"Tizim − bu o„zaro ta‟sirda bo„lgan elementlar kompleksidir". 
Taniqli kartograf olim K.A.Salishev (1978) ham tizimli kartografiya 
masalalariga bag„ishlangan ilmiy maqolasida hozirgi vaqtda geografiyada 
"kompleks" va "tizim" atamalarini har xil tushunish uchun ishonarli asoslar 


yo„qligini ta‟kidlab, geografik tadqiqotlarning asosiy obyektlari – tabiiy va sotsial-
iqtisodiy komplekslar va ularning komponentlari tizimli yondashgan vaqtda 
shunga mos holda tabiiy va sotsial-iqtisodiy tizimlar va ularning qismlari sifatida 
qaralmoqda, deb yozadi. Uning fikricha, tabiiy va sotsial-iqtisodiy tizimlarning 
ikkalasi ham hududiy bo„lganligi uchun ikkovini ham bir nom bilan geotizim deb 
atash mumkin. A.F.Aslanikashvili va Y.G.Saushkinlarning (1975) fikri ham 
shunga mos, ya‟ni "Geotizimlar − tabiiy-ijtimoiy hosilalardir". Ammo keyinchalik 
Y.G.Saushkin (1980) bu masalada boshqacharoq tasavvurga ega ekanligini ma‟lum 
qiladi. Uning yozishicha, har bir geografik fan hududiy tizim ko„rinishidagi o„z 
moddiy obyektini o„rganadi. Masalan, geomorfologiya − relyef tizimlarini, 
gidrologiya − suvlar tizimlarini, biogeografiya − hayot tizimlarini, iqtisodiy 
geografiya − aholi joylashishi, shaharlar, iqtisodiy obyektlar tizimlarini, tabiiy 
geografiya − tabiiy territorial komplekslar va h.k. Demak, tabiiy geografiya ham 
o„z obyekti bo„lgan tabiiy geografik komplekslarni geotizim deb qabul qilishi 
mumkin. 
Ushbu masala yuzasidan V.B.Sochava (1978) "geotizim" atamasini 
"geokompleks" atamasi o„rnida ishlatilishi yoki ularni sinonim so„zlar deb qabul 
qilinishi geotizim tushunchasining mazmuniga mutlaqo mos emasligini va bu 
xalqaro atamashunoslik normalariga ham to„g„ri kelmasligini ta‟kidlab o„tadi. 
Ammo uning bu fikridan tabiiy geografik komplekslar geotizimlar emas ekan, 
degan ma‟no chiqmaydi. Balki, tabiiy geografik komplekslar ham geotizimlardir, 
ularning ma‟lum bir sinfidir yoki kategoriyasidir. "Tizim" tushunchasining 
"kompleks" tushunchasiga nisbatan kengroq tushuncha ekanligini A.G.Isachenko 
(1991) ham e‟tirof etar ekan, "Har qanday tabiiy geografik kompleks tizimdir, 
ammo hamma tizimlar ham tabiiy geografik kompleks bo„laolmaydi", degan fikrni 
bildiradi. 
Tabiiy hududiy tizimlar haqidagi g„oyaning rivojlanishi haqida fikr yuritgan 
K.N.Dyakonov (1976) hozirgi vaqtda geotizim tushunchasi uch xil ma‟noda 
ishlatilayotganligini aytadi. Uningcha, birinchi xil geotizimlarga eng oddiy tabiiy 
geografik komplekslar (fatsiyalar) kirib, ularning bir butunligi asosida modda va 
energiyaning vertikal oqimi yotadi. Ikkinchi xil geotizimlarga geografik 
landshaftlar kiradi. Uning bir butunligi modda va energiyaning gorizontal oqimlari 
hukmronligi bilan belgilanadi. Uchinchi xil geotizimlarning mavjudligi asosida esa 
modda va energiyaning bir tomonga yo„nalgan oqimi yotadi. K.N.Dyakonovning 
(1975) o„zi ham ana shu uchinchi xil ma‟no tarafdoridir. Uning yozishicha, 
"Mavjudligi asosida moddaning bir tomonlama yo„nalgan oqimi yotgan, bir 
butunlik xususiyatiga ega bo„lgan tabiiy birliklar geotizim deb ataladi". 
N.A.Gvozdetskiy (1979) esa tabiatda obyektiv mavjud bo„lgan tipologik, 
regional va funksional tabiiy geografik komplekslar uch turdagi geotizimlardir deb 
hisoblaydi va obyektni o„rganishdagi tizimli yondashish landshaftshunoslik va 
tabiiy geografik rayonlashtirishning o„rnini bosishi uchun emas, balki ularga 
qo„shimcha, ularni to„ldirish uchun xizmat qilishi kerak, degan xulosaga keladi.
Tabiiy geografiyaga tizimli yondashishni joriy qilish tarafdorlaridan biri 
V.N.Solntsev (1981) geotizim tushunchasini har kim har xil talqin qilayotganligini 
inobatga olib: "Tizimli yondashish o„z mohiyati bilan fanda qandaydir bir mutlaq 


yangilik va odatdan tashqari hol emas, balki muayyan muammoni hal etishda 
olimning ixtiyoridagi vositalardan ustalik bilan foydalanishni bilishdir", − deb 
yozadi. Uning fikricha, geografiyaning obyekti va tushunchalarining o„ziga xosligi 
va murakkabligini hisobga olmay turib, tizimli yondashishni mexanik tarzda, 
nomigagina tatbiq qilishga berilib ketmaslik kerak. 
Tabiiy geografiyada tizimli yondashish masalasiga ingliz geograflari ham 
anchagina ehtiyotkorlik bilan qaraydilar. Masalan, E.Djons (1980): "Tizimli tahlil 
qanchalik zamonaviy va jozibali tuyulmasin, baribir u geografiyaning fundamental 
muammosiga eskicha yondashishga bo„lgan yangicha munosabatdir", − deb 
yozadi. R.Djonston (1987) esa hozirgi tizimli yondashish eskicha yondashishdan 
farq qilsa ham, eski vinoni yangi bochkaga quyishga o„xshaydi, deydi. 
Chizxolm (1967) bu masalaga o„zining salbiy munosabatda ekanligini qat‟iy 
bildirib, tizimlar umumiy nazariyasini "Fikrni chalg„ituvchi nomunosib 
qiziqishdir", deb ta‟kidlaydi. O„rganish obyektini tizim deb qarash uchun u, 
asosan ,to„rtta talabga javob berishi kerak bo„ladi: 1) obyektning o„zi butun 
bo„lishi bilan bir vaqtda qismlardan, ya‟ni kichik tizimlardan tuzilgan bo„lishi 
kerak; 2) kichik tizimlarni bir butun tizimga birlashtirish tadqiqotning maqsad va 
vazifalarini belgilashga yordam berishi lozim; 3) tizimning qismlarini o„zaro 
aloqalarini belgilab beruvchi tavsiflari mavjud bo„lishi kerak; 4) tizimning o„zi 
birorta kattaroq tizimning qismi bo„lib xizmat qilishi kerak. 
Tabiiy geografik komplekslarning har biri tizim deb atalishi uchun zarur 
bo„lgan belgilarga egadir va yuqoridagi talablarga to„la javob beradi. Masalan, har 
bir tabiiy geografik kompleks o„zidan katta bo„lgan kompleksning bir qismidir va 
o„zidan kichik bo„lgan komplekslardan tashkil topgandir. Har bir tabiiy geografik 
kompleksning tarkibiy qismlari orasida o„zaro ta‟sir va aloqadorliklar mavjuddir 
va natijada ular bir butunlik xususiyatiga egadir va nihoyat, har bir tabiiy 
geografik kompleks atrof-muhit bilan o„ziga xos aloqadorliklarga egadir. Bu 
V.B.Sochava (1978) tomonidan berilgan geotizim tushunchasining izohiga ham 
mos keladi. U geotizimlarni: "Alohida, o„ziga xos boshqaruvchan tizimlar sinfidir, 
unda tabiatning barcha komponentlari bir-biri bilan bog„liq va o„zaro aloqadadir 
hamda ma‟lum miqdorda bir butun obyekt sifatida fazo bilan va kishilik jamiyati 
bilan o„zaro ta‟sirdadir", – deb izohlagan edi. Demak, yer yuzasida obyektiv 
mavjud bo„lgan barcha tabiiy geografik komplekslarni, geografik qobiqdan tortib,
to fatsiyagacha barchasini geotizim deb hisoblash mumkin. Ularning har biri 
dinamik geotizimlardir. Ular tashqi omillar va o„ziga xos bo„lgan bir butunlikni 
yaratuvchi ichki jarayonlar ta‟sirida shakllanadi, mavjudlik qiladi va o„zini o„zi 
muttasil rivojlantirib turadi. 
Landshaftlar ekologiyasi yo„nalishi. Keyingi yillarda ilmiy adabiyotda, 
siyosiy, ijtimoiy nashrlarda, turli ommaviy axborot vositalarida "Ekologiya", 
"Ekologik vaziyat", "Ekologik fojia", "Ekologik tanazzul", "Ekologik xavfsizlik" 
kabi ekologiya so„zi bilan bog„liq bo„lgan atamalar tez-tez ishlatiladigan bo„lib 
qoldi. Vaholanki, ekologiya atamasining fanga kirib kelganiga 130 yildan oshdi. 
Uni birinchi bo„lib, 1866-yilda Charlz Darvin ta‟limotining targ„ibotchisi, 
ekologiya fanining rasmiy asoschisi hisoblangan nemis zoologi Ernst Gekkel 
(1834-1919) kiritgan edi.


Ammo bu atamaning 100 yildan ortiq vaqt o„tishi bilan yanada yangi kuch 
bilan e‟tirof etilishi va keng ommalashib ketishi, asosan, ikki narsaga bog„liq edi. 
Birinchisi, ushbu atamaning nihoyatda muvaffaqiyatli tanlanganligi bo„lsa, 
ikkinchisi XX asrning ikkinchi yarmida tabiat-jamiyat tizimida insonning tabiatga 
ta‟siri ortib ketganligi va tabiatda mavjud bo„lgan modda va energiya almashinishi 
jarayonida turli xil nomutanosibliklarning yuzaga chiqa boshlashi bo„ldi. Buning
oqibatida inson yashab turgan tabiiy muhit turli chiqindilar bilan ifloslana boshladi, 
organizmlar, shu jumladan, insonning hayoti uchun ham tahdidli bo„lgan murakkab 
vaziyatlar hosil bo„la boshladi.
Insoniyat oldida o„zi yashab turgan tabiiy muhitni muhofaza qilish, mavjud 
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bilan bog„liq bo„lgan keng qamrovli va 
murakkab ilmiy-amaliy muammolar ko„ndalang bo„lib qoldi. Bu muammolarning 
yechimini izlashda ekologiya fanining ilmiy va amaliy ahamiyati ko„pchilikka 
ma‟lum bo„lib qolgan edi. Haqiqatdan ham, ko„pgina taniqli ekolog olimlar 
(Y.Odum, 1975; R.Dajo, 1975; R.Riklefs, 1979 va boshqalar)ning ta‟kidlashi 
bo„yicha ekologiya − tirik organizmlarning yashash sharoitlarini va ularning 
o„zaro hamda yashash muhiti bilan aloqadorliklarini o„rganadigan fandir. 
Ekologiyaning ham barcha fanlar qatori o„ziga xos tushunchalari, ilmiy g„oyalari 
va tadqiqot metodlari bordir. Hozirgi kunda dolzarb hisoblangan va atrof-muhit 
muhofazasi bilan bog„liq bo„lgan muammolarni to„g„ri hal etishda ekologiya
g„oyalarini hisobga olish, uning tadqiqot metodlaridan unumli foydalanish boshqa 
bir qator tabiiy fanlar, jumladan, landshaftshunoslik uchun ham samarali natijalar 
berishi mumkin. 
Aslini olganda, ekologiya fanining ham, landshaftshunoslikning ham 
o„rganish obyektlarida va tadqiqot usullarida ma‟lum o„xshashliklar mavjud. 
Bunday o„xshashliklardan eng asosiysi shundaki, ekologiya fani organizmlar bilan 
ularning atrof-muhiti orasidagi aloqadorliklarni komponentlar orasidagi modda va 
energiya almashinish jarayonini o„rganish orqali aniqlaydi. Bu usul 
geotizimlardagi ichki jarayonlarni o„rganishda, geotizimlarning "yashashini" yoki 
ularning tabiatda bajaradigan maxsus faoliyatini o„rganishda eng asosiy usul bo„lib 
qoldi. A.A.Krauklis (1979) ning yozishicha, eksperimental-landshaft tadqiqotlarini 
yo„lga qo„yish va o„tkazishda ham ekologik tadqiqotlar tajribasi katta ahamiyatga 
ega bo„lishi mumkin. Ekologiya fani bilan landshaftshunoslikning o„xshashlik 
tomonlaridan yana biri shundaki, bu ikkala fan ham o„z tadqiqot obyektini tizim 
deb qaraydi. Boshqacharoq qilib aytganda, ekologiya ekotizimlar haqidagi, 
landshaftshunoslik esa geotizimlar haqidagi fandir. Ammo tizimli yondashish 
ekologiyaga landshaftshunoslikka nisbatan oldinroq kirib kelgan.
Ekotizim tushunchasiga birinchi bo„lib asos solgan olim ingliz botanigi 
A.Tensli (1935) ekanligi ko„pchilikka ma‟lum. 1970-yillarning boshlarida 
V.B.Sochava tomonidan geotizimlar haqidagi ta‟limotning ishlab chiqilishi esa bu 
ikki fanni yanada bir-biriga yaqinlashtirib qo„ydi. Natijada bir qator tabiiy 
geograflar (D.L.Armand, I.P.Gerasimov, A.G.Isachenko, V.S.Preobrajenskiy va b.) 
ekologiya bilan geografiyaning, ekotizim bilan geotizimning o„xshashliklari, 
farqlari, o„zaro nisbatlari haqida fikr yurita boshladilar. Ularning ko„pchiligi 


ekotizimlar biostentrik tizimlar, geotizimlar esa polisentrik tizimlar ekanligini 
e‟tirof etmoqdalar (3-rasm). 

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə