V. V. Dokuchayev o„zining 1883-yilda nashrdan chiqqan "Русский чернозем"


-rasm. Landshaftshunos Xorijiy va O’zbek olimlari



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix05.04.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#104445
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
L 111

1-rasm. Landshaftshunos Xorijiy va O’zbek olimlari 
Vasiliy Vasilyevich 
Dokuchayev 
(1846-1903) 
Lev Semyonovich 
Berg (1876-1950) 
 
Boris Borisovich 
Polinov (1877-1952) 
Nikolay Adolfovich 
Solnsev (1902-1991) 
Anatoliy 
Grigorevich 
Isachenko (1922-y.) 
Fyodor Nikolayevich 
Milkov (1918-1996) 
Nikolay 
Andreevich 
Kogay (1926) 
 
Leonid 
Nikolaevich 
Babushkin (1902-1976) 
 
 
 
Ali 
Abdulqosimov 
Abdulqosimovich 
 
Zokirov 
Shuhrat 
Isroil 
Qilichevich 
Nazarov 
 
Abbasov
Subxon 
Burxonovich 
 
Karimjon Boymirzayev 
Mirzaaxmedovich 
 
Mirzamaxmudov 
Odiljon 
To’xtasinovich 
 
V.V.Dokuchaevning shogirdlaridan biri, ilmiy o„rmonshunoslikning asoschisi 
G.F.Morozov (1913) ham landshaft haqida o„z fikrlarini bayon qilar ekan, har 
qanday hudud o„zining tabiiy sharoitiga qarab landshaftlarga, ya‟ni tabiiy 


birliklarga bo„linadi deb yozadi. Uningcha, ana shu tabiiy birliklar bir tomondan 
iqlim, ikkinchi tomondan relyef, geologik sharoit va uchinchi tomondan o„simlik 
va hayvonot dunyosi kesishadigan fokusni yoki "tugunni" tashkil qiladi. 
G.F.Morozovning tasavvurida landshaft umumiy tushunchadir. 
Geobotanik olim R.I.Abolin (1914) ham landshaft deganda, G.F.Morozov 
singari har xil katta-kichiklikdagi tabiiy geografik komplekslarni tushungan. Uning 
fikricha, yerning kompleks landshaft qobig„i (epigenema) tabiiy zonallanishga 
muvofiq holda epizonalarga, ular esa o„z navbatida joyning geologik, tektonik va 
orografik tuzilishiga qarab epioblastlarga, ular esa yana epitiplarga bo„linadi. 
Epitiplar esa boshqa bo„linmaydigan kichik tabiiy geografik birliklar − 
epimorfalardan tashkil topgandir. Bu tabiiy geografik rayonlashtirishning o„ziga 
xos taksonomik birliklar tizimi edi. 
V.G.Visostkiy, A.A.Borzov, G.F.Morozov va R.I.Abolinlarning tabiiy 
geografik kompleks, landshaft haqida bunday muhim ilmiy xulosalarga kelishiga 
asosiy sabab V.V.Dokuchaev ilgari surgan, ya‟ni yer yuzasi va undagi tuproqlar bir 
tomondan suv, havo, tuproq osti tog„ jinslari, ikkinchi tomondan o„simlik va 
hayvonot organizmlarining birgalikdagi o„zaro ta‟sirining bevosita natijasidir, 
degan g„oya ekanligi shubhasizdir. 
Landshaftshunoslik 
fanining 
taraqqiyot 
tarixi 
bilan 
ozmi-ko„pmi 
shug„ullangan olimlarning aksariyati landshaft tushunchasini birinchi bo„lib 
geografiya faniga kiritgan va uni ifodalab berishga harakat qilgan kishi L.S.Berg 
(1876-1950) ekanligini e‟tirof etadilar. Darhaqiqat, uning 1913-yilda e‟lon qilingan 
"Опыт разделения Сибири и Туркестана на ландшафтные и морфологические 
области" nomli asarida ilk marta yer yuzasida predmet, hodisa va jarayonlarning 
ma‟lum aloqadorliklari tufayli hosil bo„lgan hududiy birliklarni ajratish zarurligi 
haqidagi fikr aytilgan edi.
Keyinroq, L.S.Berg (1915) geografiyaning predmeti va vazifalari haqida fikr 
yuritar ekan, "Geografik izlanishlarning maqsadi nihoyat, ham tabiiy, ham 
madaniy landshaftlarni o„rganish va ta‟riflab berishdan iboratdir", − deb yozgan 
edi, shu bilan birga u yana bir bor landshaftni ta‟riflab berishga harakat qiladi va 
"Tabiiy landshaft relyef, iqlim, o„simlik va tuproq qoplami tavsiflari garmonik 
(uyg„unlashib ketgan) bir butunni tashkil qilgan, yerning ma‟lum zonasi bo„ylab 
tipik qaytalanib turadigan oblastdir", − deb yozadi. Bundan tashqari, u ilmiy 
geografiyaning asosiy vazifasi tabiiy landshaftni tashkil qiluvchi omillarning 
o„zaro ta‟siri va aloqadorligini o„rganishdir, deb ta‟kidlab o„tadi. Bu landshaft 
haqidagi eng dastlabki ilmiy ta‟rif bo„lib, unda landshaft tabiiy zonaning bir qismi 
ekanligiga va tabiiy geografiyaning o„rganish predmeti ekanligiga ishora qilinadi. 
L.S.Bergning landshaftlar, landshaft zonalari haqidagi ushbu ishlarining 
bosilib chiqishi boshqa rus tabiatshunoslari, ayniqsa geobotanik, tuproqshunos, 
o„rmonshunos olimlar tomonidan landshaft haqidagi g„oyaga bo„lgan qiziqishning 
ortishiga sabab bo„ldi. Ularning ilmiy izlanishlari bilan bevosita yirik masshtabli, 
aniq dala tadqiqot ishlari boshlandi. Natijada dastlabki landshaft xaritalari tuzila 
boshlandi. Bunday izlanishlar, albatta, amaliy maqsadlarni ko„zlagan holda, 
ayniqsa, yangi yerlarni o„zlashtirish maqsadlarida amalga oshirildi. Bir vaqtning 
o„zida landshaft tushunchasining ta‟rifi ham sayqallana boshladi. 


XX asr 20-yillarining o„rtalariga kelib, birin-ketin landshaft izlanishlarining 
natijalari va ular tufayli yuzaga kelgan fikrlar e‟lon qilina boshlandi. Ana shunday 
ishlardan biri B.B.Polinovga (1877-1952) tegishlidir. Uning 1925-yilda "Природа" 
jurnalida bosilib chiqqan "Landshaftlar va tuproq" nomli maqolasida 
landshaftshunoslikning bir qator umumiy masalalari ko„rilgan va shu jumladan, 
landshaft tushunchasini aniqlashtirishga ham harakat qilingan. B.B.Polinovning 
yozishicha, landshaft deb, yer yuzasining shunday bir qismiga aytiladiki, uning 
hududida iqlim, tog„ jinslari, relyef, suv havzalari, o„simlik, tuproq va hayvonot 
dunyosining ma‟lum tarkibi va xususiyatlari, ular orasidagi o„zaro ta‟sir va 
jarayonlarning bir butunligiga sabab bo„ladigan darajada saqlanadi. 
B.B.Polinov landshaftlarning dinamik holatiga e‟tibor berib, landshaftlarning 
tarkibiy qismlari orasidagi o„zaro bog„liqlikni muvozanat holatda emas, balki u 
doimo harakatda bo„ladi hamda landshaftning evolutsiyasini, ya‟ni asta-sekin 
muttasil rivojlanib borishini hamda uning oqibatida bir landshaft o„rnida boshqasi 
hosil bo„lishini uqtirib o„tadi. 
Tabiiy geografik omillarning landshaftlar evolutsiyasidagi roli haqidagi
g„oyaning muallifi ham B.B.Polinovdir. Uningcha, landshaftning umumiy 
qiyofasini shakllanishida iqlim va joyning geologik tuzilishi birlamchi omillar 
bo„lib hisoblanadi. Qolgan omillar esa genetik jihatdan ana shu iqlim va geologik 
sharoitga bog„liqdir. Hayvonot dunyosi esa landshaftning eng tobe elementidir. 
Tuproq landshaftning boshqa elementlaridan katta farq qiladi. U landshaft hosil 
bo„lishining dastlabki daqiqalaridanoq landshaftning hosilasi hisoblanadi. Bundan 
tashqari, B.B.Polinov har bir landshaftda hozirgi tabiiy sharoitni aks ettiruvchi 
(konservativ) elementlar, o„tgan davrlardagi tabiiy sharoitning xususiyatlari 
saqlangan (relikt) elementlar va yangi, endigina nish urayotgan, kelajakda yuzaga 
keladigan tabiiy sharoitdan darak beruvchi (progressiv) elementlar mavjudligini 
ta‟kidlab o„tadi. 
1926-1927 yillarda I.V.Larin (1889-1972) ham o„zining landshaftlarni 
o„rganishga bag„ishlangan bir qator ilmiy maqolalarini e‟lon qildi. Uning Ural 
guberniyasi 
hamda 
Kaspiybo„yi 
pasttekisliklaridagi 
Chiji 
yoyilmalari 
landshaftlariga tegishli ishlarida o„simlik qoplami bilan landshaft o„rtasida juda 
katta bog„liqlik mavjudligi va shu bilan birga landshaftlarni o„simliklarga qarab 
aniqlash metodikasi yoritib berilgan. Ushbu ilmiy ishlarda aniq landshaft xaritalari 
va ularga bog„liq holda landshaftlarning batafsil tahlili ham keltirilgan. Bundan 
tashqari, tabiiy geografik komplekslarning eng kichigi, boshqa bo„linmaydigani 
mikrolandshaft ekanligi haqidagi g„oya ham ilgari surilgan. 
I.V.Larin kabi bir qator hududlarning landshaftlarini tadqiq qilish bilan 
shug„ullanganlardan yana biri A.D.Gojevdir (1929, 1930, 1932). U o„z 
maqolalarida "landshaft" atamasi o„rniga "hudud tipi" atamasini ishlatishni ma‟qul 
topgan. A.D.Gojevning ta‟riflashiga qaraganda, hudud tipi yer yuzasidagi uncha 
katta bo„lmagan, ma‟lum tuproq, o„simlik va relyef sharoitiga ega, qiyofasi shu 
joyning geologik tuzilishiga bog„liq bo„lgan birlikdir. Uning bir butunligi o„zaro 
bog„liq va o„zaro ta‟sirdagi tabiiy omillarning mavjudligi bilan belgilanadi. 
A.D.Gojevning hudud tiplariga misol qilib, savanna, cho„l, chalacho„l, dasht, 


o„rmon, tundra kabilarni keltirishi, uning "hudud tiplari" L.S.Bergning landshaft 
zonalarining o„zginasi ekanligidan dalolat beradi. 
Shunday qilib, XX asrning 30-yillariga kelib, B.B.Polinov, I.V.Larin, 
A.D.Gojev va boshqalarning ayrim-ayrim hududlarda olib borgan landshaft 
izlanishlari natijasida bir qator aniq landshaft xaritalari tuzildi. R.I.Abolin 
tomonidan 1929-yilda tuzilgan Qozog„istonning janubiy qismiga tegishli o„rta 
masshtabdagi tuproq-geobotanik xarita ham o„zining mazmuni va sifati jihatidan 
hozirgi zamon landshaft xaritalaridan qolishmaydi. Bu davrga kelib landshaft 
tushunchasi ko„pgina tabiatshunos olimlar tomonidan e‟tirof etila boshlandi. 
A.G.Isachenkoning (1991) yozishiga qaraganda, XX asrning 20-yillari bilan 
30-yillarining chegarasida geograflar tomonidan fanning metodologik va nazariy 
muammolariga bo„lgan qiziqish ancha ortgan. Landshaftshunoslik sohasidagi 
nazariy izlanishlar va qizg„in munozaralarga L.S.Bergning (1931) landshaft, 
geografik zonalar haqidagi kitobining bosilib chiqishi asosiy sabablardan biri 
bo„lgan. Bu yirik ilmiy asarning kirish qismida landshaft haqidagi ta‟limot asoslari 
qisqacha bayon etilgan. Unda L.S.Berg landshaft tushunchasining izohini 
to„ldirishga va aniqlashtirishga harakat qilgan. Shu bilan birga, landshaftlarning 
vaqt mobaynida o„zgarishi va bu o„zgarishlarning shakllari va sabablari haqida bir 
qator muhim fikrlarni bildirgan. Ushbu kitobda yozilishicha, geografik landshaft 
shunday bir hodisa va jarayonlarning guruhlashganiki, landshaft iqlim, suvlar, 
tuproq, o„simlik qoplami va hayvonot dunyosi hamda ma‟lum darajada insonning 
xo„jalikdagi faoliyati ham uyg„unlashib ketgan garmonik bir butunni tashkil qiladi. 
Shu bilan birga, u yerning ma‟lum tabiat zonasi ichida tipik qaytalanib turadi.
Landshaft tushunchasiga berilgan ushbu ta‟rif L.S.Bergning 1936, 1938, 
1939-yillarda nashr qilingan ishlarida ham qaytalanadi. Ammo u keyinchalik 1945- 
va 1948-yillarda "landshaft" atamasi o„rniga "geografik aspekt" atamasini 
ishlatishni lozim topadi. Shu bilan birga 30-yillarda bir qator faylasuflar tomonidan 
qattiq tanqidga sabab bo„lgan "Garmonik (uyg„unlashib ketgan) bir butunni tashkil 
qiladi", − degan jumlani ham chiqarib tashlaydi. Landshaftning yangi ta‟rifini berar 
ekan, L.S.Berg: "Geografik aspekt deganda, predmet va hodisalarning shunday 
majmui yoki guruhlashganini tushunamizki, u tabiiy chegaralar bilan 
chegaralangan bo„lib, uning qismlari butunga, butuni esa qismlarga ta‟sir etib 
turadi.
Ushbu geografik aspektga xos bo„lgan relyef, iqlim, suvlar, tuproq va o„simlik 
qoplami, hayvonot dunyosi hamda ma‟lum miqdorgacha insonning qishloq 
xo„jalikdagi faoliyati (umuman insonning organik dunyodan foydalanishi)ning 
xususiyatlari shu aspekt mavjud bo„lgan zonada tipik qaytalanib turadi", − deb 
yozgan edi. Landshaftlarga misol qilib o„rmon zonasidagi archazor, shu zonadagi 
qarag„ayzor, shu zonadagi botqoqlik, Valday balandligi, o„rmon-dashtdagi jar 
landshafti, O„rta Sibir yassi tog„ligi kabilarni keltiradi. Shuning uchun ham 
L.S.Bergning ishlaridan landshaftning hajmi, katta-kichikligi haqida, u regional 
birlikmi, tipologik birlikmi degan savollarga aniq javob topish qiyin. Uning jar 
landshaftlari yoki botqoqlik landshaftlari bilan bir qatorda O„rta Sibir yassi 
tog„ligi, Qozoq burmali tog„lari kabi katta-katta, tabiiy geografik jihatdan 
anchagina murakkab tuzilgan hududlarni ham alohida landshaftlar tariqasida 


keltirishi, o„zining "Landshaft yerning ma‟lum zonasi bo„ylab tipik qaytalanib 
turadi", − degan fikriga mutlaqo to„g„ri kelmaydi. 
L.S.Berg (1947) geografik landshaftlar birgalikda landshaft zonalarini hosil 
qilishi va shu bilan birga birinchi darajalik va ikkinchi darajalik landshaftlarga 
bo„linishini misollar bilan keltiradi. Uningcha, mo„tadil iqlimli cho„llar landshaft 
zonasidir, undagi qumliklar esa 1-darajali landshaft, do„ng qumlar esa 2-darajali 
landshaft yoki fatsiya hisoblanadi. Fatsiyalar esa eng kichik tabiiy geografik birlik 
sifatida boshqa bo„linmaydigan tabiiy geografik kompleks hisoblanadi. 
Landshaftlarning dinamik holatda bo„lishi L.S.Bergning diqqat-e‟tiboridan 
chetda qolmagan. Uning fikricha, biron bir landshaft haqida to„laroq tushunchaga 
ega bo„lish uchun u qachon va qanday sharoitda hosil bo„lgan va keyinchalik 
qanday ko„rinishga ega bo„lishidan xabardor bo„lish lozim. Landshaft 
taraqqiyotidagi dinamik jarayonlarni fasliy, tarixiy bo„lishi hamda inson faoliyati 
ta‟sirida ham rivojlanishini unutmaslik kerak. 
Tabiiy geografiyada Dokuchaevcha genetik bo„linishni va uni L.S.Berg 
asarlarida rivojlantirilishini tahlil qilgan A.G.Isachenko (1955) L.S.Bergning ilmiy 
faoliyatidagi uchta asosiy yo„nalishni ajratadi. Bular: 1) geografik zonalar haqidagi 
ta‟limot; 2) geografik landshaft haqidagi ta‟limot; 3) yer yuzasi tabiati (geografik 
muhit)ning rivojlanishi haqidagi ta‟limot. 
L.S.Bergning landshaftlar va zonallik haqidagi ta‟limoti keyinchalik juda ko„p 
landshaftshunos olimlarning ishlarida davom ettirildi va rivojlantirildi. Yirik 
landshaftshunos olim N.A.Solntsevning ta‟biri bilan aytganda, kimki landshaft 
muammolari bilan shug„ullanar ekan, albatta L.S.Bergning ilmiy ishlariga murojaat 
qiladi. Chunki, u landshaft haqidagi ta‟limot asoslarini yaratdi va uning g„oyalari 
asosida landshaftshunoslik rivojlana boshladi. 
Landshaftshunoslikning taraqqiyot tarixi haqida so„z yuritilar ekan, 
L.G.Ramenskiy (1884-1953) bildirgan fikrlar haqida ham to„xtalib o„tmasak 
bo„lmaydi. Chunki landshaftning morfologik tuzilishi haqidagi dastlabki fikrlar va 
landshaftshunoslikdagi butun boshliq bir yo„nalishga asos bo„lgan tushuncha, ya‟ni 
"Landshaftlar regional birliklardir", degan tushunchani ilgari surgan kishi ana shu 
L.G.Ramenskiydir. U o„zining 1935-yilda e‟lon qilingan maqolasida 
landshaftshunoslik uchun dastlabki, eng kichik birlik bo„lib tabiiy sharoiti jihatidan 
bir xil bo„lgan eng oddiy kompleks epifatsiyalar hisoblanadi, deb yozgan edi. 
Epifatsiyalar, uning fikricha, tabiatda o„zidan kattaroq bo„lgan mikrokomplekslar, 
ya‟ni tabiiy uchastkalarni hosil qiladi va ular o„z navbatida, kelib chiqishi bir xil 
bo„lgan mikrokomplekslar bilan birga mezokomplekslarni, mezokomplekslar esa 
makrokomplekslarni, ya‟ni landshaftlarni hosil qiladi. Landshaftlar bir-biridan 
miqdor va sifat o„zgarishlari bilan farq qiladi. Shuning uchun ham har bir landshaft 
eng kichik tabiiy rayon yoki mikrorayon bo„lib xizmat qilishi mumkin. 
Keyinchalik L.G.Ramenskiy (1938) mezokomplekslarni urochishelar deb 
ataydi va epifatsiyalarning ma‟lum bir guruhi, ya‟ni o„zaro bog„liq va aloqador 
bo„lganlari birgalikda urochishelarni tashkil qilishini ta‟kidlab o„tadi. Uning fikriga 
qaraganda landshaftlarni tashkil qiluvchi urochishelar namlik, issiqlik va turli 
moddalar almashinuvi orqali o„zaro bog„liq va aloqadordir hamda bir butun 


moddiy tizimdir. Uning bu mulohazalari landshaftning morfologik strukturasini 
ochib berishga qaratilgan dastlabki qadam edi. 
Shunday qilib, L.G.Ramenskiy landshaftni regional birlik deb targ„ib qilgan 
va landshaftning morfologik tuzilishi haqidagi ta‟limotni rivojlantirgan olimlardan 
birinchisi edi, desak bo„ladi. 
Landshaft regional birlikdir, degan tushunchaning tarafdorlaridan yana biri, 
tabiiy geografiyaning nazariyasi, yerning umumiy geografik qonuniyatlari va 
geografik landshaft haqidagi ta‟limot bo„yicha bir qator ilmiy asarlar yaratgan olim 
S.V.Kalesnik (1901-1977) hisoblanadi. Uning fikricha, har bir landshaft tabiiy 
geografiyaning asosiy birligidir, ya‟ni tabiiy geografik rayon bilan landshaft 
ikkalasi bir narsadir.
Landshaftdan kichik bo„lgan tabiiy geografik komplekslarni o„rganish boshqa 
fanning vazifasidir. S.V.Kalesnikning (1970) fikricha, Y.Byallovichning "xora", 
L.S.Bergning "geografik aspekt", A.Ponomarevning "elementar landshaft", S. S. 
Neustruevning "tabiiy rayon", V.B.Sochavaning "okrug", A.D.Gojevning "hudud 
tipi", S.D.Muraveyskiyning "geografik kompleks", V.I.Lidovning "tabiiy 
kompleks"lari landshaft atamasining sinonimlaridir. Landshaft va ularning turli 
taksonomik qiymatga ega bo„lgan guruhlari regional tabiiy geografiyaning asl 
obyektidir, deb hisoblagan S.V.Kalesnik (1952) tabiiy geografiya landshaftlarni, 
ularning tarkibi, tashqi ko„rinishi, strukturasi va rivojlanish qonuniyatlari jihatidan 
o„rganadi, deb yozadi.
Uningcha, landshaft yer yuzasining shunday bir qismiki, u boshqa qismlaridan 
sifat jihatidan farq qiladi, tabiiy chegaralar bilan chegaralangan bo„ladi. Landshaft 
predmet va hodisalarning o„zaro bog„langan bir butun yig„indisi bo„lib, anchagina 
katta hududda tipik namoyon bo„lib turadi va har tomonlama yerning landshaft 
qobig„i bilan uzluksiz bog„liqdir. Agar V.V.Dokuchaev izlanishlaridan boshlab to 
XX asr 40-yillarining boshlariga qadar bo„lgan davrdagi landshaftshunoslikning 
rivojlanish tarixiga qisqacha yakun yasaydigan bo„lsak, quyidagilarni 
ta‟kidlashimiz mumkin bo„ladi: 
1) yangi tabiiy geografiyaning, shu jumladan, landshaftshunoslikning yuzaga 
kelishiga, avvalo, V.V.Dokuchaevning (1893-1899) jonli va jonsiz tabiat orasidagi 
aloqalar haqidagi g„oyasi sabab bo„ldi. XX asrning boshlariga kelib tabiiy 
geografik komplekslar haqidagi yangi bir fanning yuzaga kelishi muqarrar bo„lib 
qolgan edi. 
2) 
A.A.Borzov, 
G.F.Morozov, 
L.S.Berg, 
R.N.Abolin, 
B.B.Polinov, 
L.G.Ramenskiy va boshqalarning ilmiy izlanishlari natijasida landshaft haqidagi 
ta‟limot shakllana boshladi. Yirik va o„rta masshtablik landshaft xaritalarini 
yaratish jarayonida kattami-kichikmi tabiiy geografik komplekslar mavjud
ekanligi va ularni hosil qiluvchi komponentlari haqiqatdan ham bir-biri bilan 
chambarchas bog„liq va o„zaro aloqador ekanligi ma‟lum bo„ldi. 
3) nihoyat, landshaftlar o„zidan kichik bo„lgan tabiiy geografik komplekslar − 
urochishe va fatsiyalar (mikrolandshaft yoki elementar landshaft)dan tuzilganligi, 
ularning o„zaro aloqadorligi, ya‟ni landshaftlarning morfologik tuzilishi haqidagi 
tushuncha shakllana boshladi. 



Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə