|
![](/i/favi32.png) Variant 1 Marketing fani nimani o'rganadi va o'rgatadi?MARKETINGDA HBA-81I GURUHU UCHUN MAXSUS . AUF.COM (1)Etuklik bosqichi
. Bu bosqichda
tovar yirik partiyalarda takomillashgan
texnologiyalar
bo’yicha yuqori sifat bilan
ishlab chiqariladi. Bu bosqichda
ko’pgina
ishlab chiqaruvchilarda sotilmay qolgan
tovarlarning zahiralari to’planib qoladi,
oqibatda tovarlarning sotilishi kamayadi.
Natijada
raqobat
keskinlashadi.
Raqobatchilar
ko’proq past narxlarda
sotishga
harakat
qiladi.
Reklama
kuchaytirilib,
tovarlarning
yaxshilangan
variantlarin
i ishlab chiqarishga mablag’lar
sarflanadi. Bularning hammasi foydaning
kamayishini keltirib chiqaradi. Eng kuchsiz
raqobatchilar
kurashdan
chetga
chiqa
boshlaydilar. Tarmoqda faqat mustahkam
o’rin egallagan raqobatchilargina qoladi.
Marketing xizmati tovarning hayotiy
davrini uzaytirish, sotish hamda foydaning
kamayishiga
yo’l qo’ymaslik uchun tovar,
bozor
va
marketing
kompleksini
modifikatsiyalash usullarini izlashi kerak
bo’ladi.
Chiqish bosqichi.
Qanday holat
yuz bermasin baribir ma'lum vaqtdan
so’ngra tovarning sotilishi pasaya boradi.
Tovar sotilishining pasayishi ba'zan tezlik
bilan borsa, ba'zi hollarda sekinlik bilan bir-
tekis boradi.
Tovar sotishning pasayib ketishi
tovar ishlab chiqarish texnologiyasidagi
yutuqlar, iste'molchilar
talabining o’zgarishi
hamda mahalliy va xorijiy raqiblar tomonidan
raqobatning
keskinlashuvining
vujudga
kelishi kabi sabablar bilan izohlanadi.
Sotishning
va
foydaning
kamayishi
natijasida bir qancha firmalar va korxonalar
bozordan chiqishga majbur bo’ladilar.
Qolganlari esa taklif etilayotgan tovarlar
assortimentini
qisqartirishga,
samarasi
yuqori
bo’lmagan savdo kanallari va
bozorning
kichik
segmentlaridan
voz
kechishga,
rag’batlantirish
uchun
sarflanayotgan
mablag’larni kamaytirishga
va narxni tushurishga majbur
bo’ladilar.
Ba'zan tovar hayotiy davrining
chiqish bosqichida ham tovarni tiriltirish va
uning hayotiy davrini davom ettirishga
harakat qilib
ko’rish mumkin. Buning uchun
firmaning marketing xizmati reklamani
faollashtirishi,
narxni
o’zgartirishi,
tovarlarning
o’rab-joylanishini
takomillashtirishi, sotish tizimini qaytadan
tashkil etishni, eng asosiysi esa yangi
bozorlarga kirish va ularni o’zlashtirish kabi
ishlarni amalga oshirishi kerak
bo’ladi. Agar
bu chora tadbirlar ham ijobiy natija bermasa,
u holda tovar ishlab chiqarishni to’xtatishga
o’tish to’g’ri yo’l hisoblanadi. Bunday holat
yuz beradigan bo’lsa iste'molchilar va sotish
kanallari
muayyan
tovarni
ishlab
chiqarishning to’xtatilish vaqti, kafolat
majburiyatlariga rioya etilishi, kafolatlar
tugagandan keyin ta'mirlashni amalga
oshirish
tartiblari,
ishlab
chiqarishdan
olingan tovarning qancha vaqt davomida
yordamchi qismlar bilan ta'minlashi haqida
oldindan
ogohlantirilishi
maqsadga
muvofiqdir. Bunday harakat firmaga
bo’lgan
ishonch yo’qolmasligining va iste'molchilar
firmaning yangi tovarlarini ijobiy qabul
qilishlariga mustahkam zamin yaratadi.
|
|
|