Variatsiya ko‘rsatkichlari


Asosiy tushuncha va atamalar



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə11/12
tarix10.04.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#104944
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Variatsiya ko‘rsatkichlari

Asosiy tushuncha va atamalar

Variatsiya, variatsiya kengligi, dispersiya (o‘rtacha kvadrat tafovut), kvadratik o‘rtacha tafovut, shartli moment usulda dispersiya hisoblash, umumiy dispersiya, juz’iy dispersiya, qismlararo (guruhlararo) dispersiya, dispersiyalarni qo‘shish qoidasi, muqobil belgi dispersiyasi, o‘rtacha absolut tafovut (modul), nimkvartil kenglik, variatsiya koeffitsiyentlari, geometrik dispersiya, asimmetriya, pirson asimmetriya koeffitsiyenti, taqsimot asimmetriyaligi koeffitsiyenti, ekstsess, moment, oddiy moment, markaziy moment, shartli moment, o‘tkir va yassi uchli taqsimot, chap va o‘ng yoqlama og‘ishgan taqsimot, kontsentratsiyalashish koeffitsiyentlari, Lorens egri chizig‘i, E.Jini kontsentratsiyalanish koeffitsiyenti, bozorni monopollashtirish ko‘rsatkichlari, ishlab chiqarishni ixtisoslashish ko‘rsatkichlari.




Qisqacha xulosalar

Variatsiya mohiyati va ko‘rsatkichlari analitik statistikada eng muhim va boshlang‘ich tayanch bo‘lim hisoblanadi. Ular ilmiy muammolar bo‘yicha statistik yechim va qarorlar qabul qilish asosida yotadi. Variatsiya - statistik to‘plamda sodir bo‘ladigan obyektiv miqdoriy va sifat o‘zgarishlar natijasidir. U to‘plam birliklari bo‘yicha o‘rganilayotgan belgi yoki belgilar qiymatlarida kuzatiladigan tebranuvchanlik, o‘zgaruvchanlikni bildiradi.


Variatsiya darajasi mutlaq va nisbiy ko‘rsatkichlar tizimi orqali o‘lchanadi. Uning asosiy me’yorlari bo‘lib dispersiya va kvadratik o‘rtacha tafovut, mutlaq o‘rtacha tafovut, nimkvartil kenglik, variatsion kenglik va variatsiya koeffitsiyentlari xizmat qiladi. Bular ichida dispersiya va kvadratik o‘rtacha tafovut hamda uning variatsiya koeffitsiyenti eng muhim ko‘rsatkichlar hisoblanadi.
Umumiy dispersiya o‘rtacha juz’iy (ichki guruhiy) va guruhlararo dispersiyalardan tarkib topadi. Nisbiy o‘zgarishlarni o‘rganayotganda va asimmetrik taqsimotda variatsiya darajasini baholayotganda geometrik o‘rtachaga nisbatan dispersiyani hisoblash o‘rinli hisoblanadi.
Variatsiya ko‘rsatkichlari o‘rganilayotgan to‘plam bo‘yicha belgi o‘zgaruvchanlik darajasini umumlashtirib ta’riflaydi. Ammo ular taqsimot tuzilishi, uning shakli va ichki xususiyatlarni yoritib bermaydi. Bu maqsadlar uchun asimmetriya va ekstsess ko‘rsatkichlari xizmat qiladi. Ular uchinchi va to‘rtinchi tartibli markaziy momentlar usulida hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishni kontsentratsiyalashishi va ixtisoslashishi, bozorni monopollashishi, kapitalni diversifikatsiyalashtirish kabi muhim iqtisodiy jarayonlarni o‘rganishda, jamiyat sotsial tuzilishidagi o‘zgarishlar, jumladan aholini ijtimoiy-iqtisodiy tabaqalashishi va kam daromadli qatlamlarini muhofaza qilishga qaratilgan davlat sotsial siyosatini baholashda variatsiya ko‘rsatkichlaridan keng ko‘lamda foydalanadi.



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə