Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Himoyaga ruxsat etilsin” Magistratura bo‘limi boshlig‘i D. A. Mamatqulov


Ta’lim jarayonida pedagogik o‘lchov metodlari va ulardan



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə33/43
tarix29.04.2022
ölçüsü1,13 Mb.
#86236
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43
Мухтарамм дисс. (1)

5. Ta’lim jarayonida pedagogik o‘lchov metodlari va ulardan

foydalanish ning mazmun va mohiyati

1. Pedagogik o‘lchov metodlari va uning ahamiyati. Ta’lim oluvchilar tomonidan o‘quv materiallari o‘zlashtirilganligini, ko‘nikma va malakalar hosil bo‘lganligini tekshirish va baholash ta’lim jarayonining zarur tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu faqat o‘qitish natijalarini nazorat qilish emas, balki o‘quv jarayonining turli bosqichlarida ta’lim oluvchilarning bilish faoliyatiga rahbarlik qilish hamdir.

Pedagogik (baholash) o‘lchov – ta’lim jarayonining ma’lum bosqichida o‘quv maqsadlariga erishilganlik darajasini oldindan belgilangan mezonlar asosida o‘lchash, natijalarni aniqlash va tahlil qilishdan iborat jarayondir.

Bilimlarni tekshirish va baholashning ta’limiy ahamiyati shundan iboratki, bunda o‘quv materialining o‘zlashtirilganligi ta’lim beruvchi ham, ta’lim oluvchi ham muayyan ma’lumotga ega bo‘ladi. Pedagogik o‘lchov natijasida, ta’lim beruvchi uchun ta’lim oluvchilarning nimani bilishi va nimani tushunmasligi, qaysi material yaxshi o‘zlashtirilganu, qaysi biri еtarli darajada o‘zlashtirilmaganligi yoki umuman o‘zlashtirilmaganligi ma’lum bo‘ladi. Bu ta’lim oluvchining bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish uchun asos bo‘lib hisoblandi. Ta’lim beruvchi o‘z ishining afzalliklariga va kamchiliklariga tanqidiy baho beradi. O‘z ish metodlariga tuzatishlar kiritadi. Shuningdek, baholash natijalari ta’lim beruvchining o‘quv dasturidagi materiallarni ta’lim oluvchilarning bilish imkoniyatlari nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqishi va baholashi uchun ham juda muhimdir.

Pedagogik o‘lchov natijasida tushuncha va qonun-qoidalarning qaysi birlari qiyin, qaysi birlari esa oson o‘zlashtirilishi aniq-ravshan bo‘ladi. Bu ta’lim oluvchining ijodiy tarzda darsga tayyorgarlik ko‘rishi va o‘quv mashg‘ulotini o‘tkazishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Xuddi shuningdek, ta’lim oluvchiga ham ta’lim jarayonida qaysi o‘quv materialini yaxshi, qaysinisini qoniqarli va nimani yomon o‘zlashtirgani ma’lum bo‘ladi. Bilimlarni tekshirmasdan ta’lim oluvchi o‘z bilimlarini chuqur, har tomonlama va to‘g‘ri baholashga qodir emas. Ba’zan unga go‘yo u o‘quv materialini yaxshi egallab olganday tuyuladi, tekshirish chog‘ida esa materialni yaxshi bilmasligi, yaxshi tushunmasligi ma’lum bo‘lib qoladi. Baholash natijasida ta’lim oluvchilarning o‘rganilayotgan materiallarni bilish, tushunish, esda saqlab qolish, anglab olish, amalda qo‘llay olish, tahlil qilish va o‘z bilimlariga tanqidiy baho borish darajalari aniqlanadi. Ta’lim oluvchi o‘z bilimlarining ijobiy tavsifi asosida kasb-hunar kollejida va uydagi ishining uslubini takomillashtirish, bilimidagi, malaka va ko‘nikmalaridagi ijobiy tomonlarni rivojlantirish, kamchiliklarni tuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bilimlarni, ko‘nikma va malakalarni nazorat qilish va baholashning tarbiyaviy ahamiyati shundaki, bunda ta’lim oluvchilarning o‘qishga, o‘z yutuqlari va muvaffaqiyatsizliklariga nisbatan munosabati shakllanadi, qiyinchiliklarni еngish istagi tug‘iladi. Baholash hamisha ta’lim oluvchining shaxs sifatida o‘ziga nisbatan muayyan bir munosabatini hosil qiladi. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchining o‘ziga nisbatan munosabatini, tuyg‘ularini, uning xarakteridagi irodalilik, hamkorlik, o‘zaro bir-biriga yordam berish kabi sifatla-rini shakllantirishga qaratishi lozim bo‘ladi.

Ba’zan baholash jarayonida ta’lim oluvchi qo‘shimcha bilim, ko‘nikma va malakalarga ham erishadi. Ta’lim jarayonida o‘zlashtirmagan tushunchalarning mohiyatiga tushunib еtadi. Shu bois, baholashni ta’lim olish jarayonining davomi deb ham aytish mumkin.

Ta’lim oluvchi o‘rtoqlarining, ota-onalaring unga, uning kollejdagi yutuqlariga va muvaffaqiyatsizliklariga munosabatiga hech qachon befarq bo‘lib qolmaydi. Uning bilimlariga berilgan baholar ushbu munosabatni belgilaydi. Mana shuning uchun ham maqtov, ma’qullash, tanbeh berish, yaxshi yoki yomon baho qo‘yish ta’lim oluvchi shaxsining fazilatlarini, uning tengdoshlari jamoasidagi va katga yoshdagilar orasidagi mavqeini shakllantiradi. Bu ayniqsa, o‘smirlar orasida katta ahamiyatga egadir.

Bilimlarni nazorat qilish va baholash davlat ahamiyatiga ega-dir. Baholash natijalarini umumlashtirib, ta’lim muassasasi ja-moasining ta’lim-tarbiya sohasidagi faoliyatiga, talabalarning umumiy o‘zlashtirish darajasiga baho beriladi va tegishli xulosa-lar chiqariladi. Davlat ta’lim standartlarida davlat tomonidan qo‘-yilgan talablar nechog‘lik bajarilayottanligi aniqlanadi.

Natijalarni baholash orqali bir paytning o‘zida butun ta’lim tizimi va uning komponentlari tekshirilib ko‘rilishi kerak. Bu bilan ta’lim tizimida kutilayotgan natijaga erishilayotganlik darajasi tekshirilib o‘lchanadi. Bilimlarni muntazam baholab borish ta’lim rejasi, uning katta-kichik bo‘limlari asosida amalga oshiriladi. Ta’lim tizimi natijalari muayyan standart me’yori orqali ifodalanadi.

Baholash natijasida nafaqat ta’lim oluvchining, balki ta’lim beruvchining kuchli va kuchsiz tomonlari, shuningdek, o‘quv jarayonidagi kamchiliklar ham aniqlanadi. Ta’lim vositalari, rejalar, ta’lim jarayonini tashkil etish sifatiga ham baho beriladi.

Ta’lim dasturining qism va bo‘laklari bo‘yicha muntazam baholab borish oxir-oqibat aniq va adolatli baholanishning shakllanishiga olib keladi. Kichik bo‘limlar bo‘yicha baholash, jamlash va umumlashtirish yakuniy baholashning aniq bo‘lishiga yordam beradi. Ta’lim oluvchini muntazam ravishda o‘z natijalari to‘g‘risida xabardor qilib turish, uning maqsad sari intilishi va istaklarini ro‘yobga chiqarishga ijodiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ta’lim berish davomidagi nazorat natijalarini o‘lchab borish bilim, ko‘nikma va malakalarni baholash o‘quvchining o‘zligini anglashi uchun bir imkoniyatdir.

Yuqorida keltirilgan fikrlardan kelib chiqib, baholashning mohiyati haqida quyidagi xulosalarni aytish mumkin:

Nima uchun baholash kerak?

  • O‘quv maqsadlariga erishilganlikni aniqlash uchun;

  • keyingi bosqichga o‘tishdan oldin avvalgi o‘zlashtirish daraja-sini aniqlash uchun;

  • natijaga erishganligini tasdiqlash uchun;

  • o‘quvchilarning qiziqishlarini aniqlash uchun:

  • yutuq va kamchiliklarni aniqlash uchun;

  • o‘qituvchi o‘z faoliyatiga tuzatishlar kiritishi uchun;

  • yalpi o‘zlashtirish darajasini aniqlash uchun;

  • ta’lim jarayoni yutuqlarini aniqlash uchun;

  • o‘quvchilarni yutuqlarga qiziqtirish uchun;

  • tashqi qiziquvchilarga, ish beruvchilarga, yuqori tashkilotlarga va ota-onalarga ma’lumot berish uchun.



Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə